TOSHKENT, 18-dekabr. /”Dunyo” AA/. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 19-dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni tantanali topshirish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Toshkent shahrida bo’ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.









