TOSHKENT, 8-avgust. /”Dunyo” AA/. Bugun Ostonada bo’lib o’tgan ikki tomonlama muzokaralar yakunida O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog’iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Olmaota shahrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Chirchiq shahrida M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston davlat universitetining filiallarini tantanali ravishda ochdilar, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.









