O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN HUJJAT TALAB QILISH

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, Bosh konsulxona konsullik okrugi hududida yashovchi bo‘lsalar, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlaridan, O‘zbekiston Respublikasida joylashgan muassasa va tashkilotlardan fuqarolik holati aktlarini davlat ro‘yxatidan o‘tganligi, ta’lim, mehnat staji va boshqa murojaatchilarning huquq va manfaatlariga tegishli hujjatlarni Bosh konsulxona orqali talab qilishlari mumkin.

Quyidagilar talab qilinmaydi, yuborilmaydi yoki chet elga chiqarilmaydi: mehnat va pensiya daftarlari asl nusxalari, harbiy guvohnomalar, haydovchilik guvohnomalari va shunga o‘xshash hujjatlar. Shuningdek, agar nikoh bekor qilingan bo‘lsa, takroriy nikoh guvohnomalari, shuningdek, vafot etgan shaxslarning tug‘ilganlik guvohnomalari ham talab qilinmaydi. Nogiron shaxslarning tug‘ilganlik guvohnomalari ularning qonuniy vakillari tomonidan talab qilinadi. Vafot etgan shaxslarning o‘lim guvohnomalari qarindoshlari yoki rasmiy maqsadlarda yuridik shaxslar tomonidan talab qilinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasidan hujjatlarni talab qilish uchun Bosh konsulxona qabuliga belgilangan vaqtda  quyidagi hujjatlar bilan 1 nusxada tashrif buyurish zarur:

1. Bosh konsulxona nomiga ariza (kerakli shaklni chop etish);

2. So`rovnoma to‘ldiriladi. So‘ngra u chop etiladi, imzo va sana qo‘yiladi. To‘liq va har bir bo‘limi batafsil to‘ldirilgan anketaning haqiqiy hisoblanadi;

3. Pasport asl nusxasi va barcha sahifalarining nusxasi (qayerda yozuv va muhr bo‘lsa);

4. Yashash qonuniyligi hujjati asl nusxasi va nusxasi (Dokument über die Rechtmäßigkeit des Aufenthalts);

5. To‘lov Bosh konsulxonada EC-bank kartasi bilan terminal orqali amalga oshirilishi yoki konsullik yig‘imi summasining o‘tkazilgan kvitansiya nusxasi taqdim qilinishi mumkin;

  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun – 30 yevro
  • Chet el fuqarolari uchun – 70 yevro

6. Tayyor hujjatni yuborish uchun orqa manzili ko‘rsatilgan markali konvert.

MUHIM!

Agar talab qilinayotgan hujjat O‘zbekiston Respublikasi arxiv muassasalarida topilmasa, murojaatchiga so‘ralgan hujjatlar yoki ma’lumotlar mavjud emasligi haqida xat yuboriladi. Bunday holatda konsullik yig‘imi qaytarilmaydi.

Bosh konsulxonaning bank rekvizitlari:

Nassauische Sparkasse
Frankfurt am Main
Kontonummer 141055100
BLZ 51050015
IBAN DE08510500150141055100
BIC NASSDE55XXX