Muhtaram delegatsiyalar rahbarlari!
Hurmatli Bosh kotib janoblari!
Barchangizni bugun “Ko‘rfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” oliy darajadagi birinchi sammitida ko‘rib turganimdan g‘oyat mamnunman.
Mo‘tabar bo‘lgan Makkaning ramziy darvozasi – go‘zal va betakror Jidda shahridagi tarixiy uchrashuvimizni anchadan beri kutayotgan edik.
Ushbu nufuzli anjumanimizni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqani hamda tadbir yuksak saviyada tashkil etilgani uchun Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon Bin Abdulaziz Ol Saud A’lo Hazratlari hamda Valiahd, Vazirlar Mahkamasi raisi, birodarimiz Muhammad Bin Salmon Ol Saud Hazrati Oliylari nomlariga bildirilayotgan minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman.









