O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi nomidan Sizlarni muborak Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
Qurbon hayiti mehr-oqibat, bag‘rikenglik, saxovat va insonparvarlik kabi yuksak fazilatlarni o‘zida mujassam etgan, xalqimizning ezgu qadriyatlari va an’analarini namoyon etuvchi muqaddas ayyomdir. Ushbu qutlug‘ kunda har bir xonadonga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka va quvonch olib kirishini tilaymiz.
Ayniqsa, Vatanimizdan uzoqda yashab, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va ona tilimizni asrab-avaylab kelayotgan vatandoshlarimizning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni beqiyosdir. Sizlarning O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish, mamlakatimiz haqida xolis axborot tarqatish va ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizni yuksak qadrlaymiz.
Mazkur muborak bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar va farovonlik tilaymiz. Xonadoningizdan mehr-muhabbat, dasturxoningizdan baraka, qalbingizdan ezgulik arimasin.
Yaratgan Egam barcha ezgu niyatlaringizni ro‘yobga chiqarsin, yurtimiz va xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va taraqqiyot ato etsin!
Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasining
Frankfurt-Mayn shahridagi
Bosh konsulxonasi
