O‘zbekiston Prezidenti 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

TOSHKENT, 21 avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 22-23 avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deb  xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tashrif dasturida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat yetakchilari ishtirokidagi boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Kun tartibidan O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

 

 “Dunyo” AA arxividan olingan surat.