TOSHKENT, 16 avgust. “Dunyo” AA/. Shu yil 29 oktyabrdan boshlab «Uzbekistan Airways» Toshkent – Myunxen – Toshkent yo‘nalishida havo qatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Aviatashuvchi maʼlumotiga ko‘ra, parvozlar haftasiga ikki marta, chorshanba va yakshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq bajariladi:
-Toshkentdan jo‘nab ketish soat 06:25 da
-Myunxenga yetib kelish soat 9:20 da
-Myunxendan jo‘nab ketish soat 10:45 da
-Toshkentga yetib kelish soat 21:05 da
15 avgustdan boshlab aviachiptalarni xarid qilish mumkin.