TOSHKENT, 16-mart. “Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
