Asosiy mazmunga o‘tish
Konsullikning yangi sayti sinov rejimida ishlamoqda va doimiy to‘ldirilmoqda. Xato topsangiz — bizga yozing.

O‘zbekiston Prezidentining Vengriyaga amaliy tashrifi yakunlandi

 TOSHKENT, 21 avgust. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga amaliy tashrifini yakunladi, deb  xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Budapeshtda davlatimiz rahbari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi.

Mamlakatimiz yetakchisi yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga tashrif buyurib, uning doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan fikr almashdi. Shuningdek, Vengriyaning davlat bayrami – avliyo Ishtvan kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

ТЕСТОВАЯ КОПИЯ · не основной сайт