Asosiy mazmunga o‘tish
Konsullikning yangi sayti sinov rejimida ishlamoqda va doimiy to‘ldirilmoqda. Xato topsangiz — bizga yozing.

Konsullik haqida

O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulligi 1994-yildan buyon faoliyat yuritadi va Germaniyaning olti federal yeri hamda Lixtenshteyn knyazligidagi O‘zbekiston fuqarolariga xizmat ko‘rsatadi.

  • 1994ochilgan yil (Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-apreldagi 192-son qarori)
  • 6 + 1Germaniya federal yerlari va Lixtenshteyn knyazligi konsullik okrugida
  • 4sayt tili: o‘zbek, rus, nemis, ingliz
Bosh konsulMiranshoh RaupovBosh konsulga murojaat →

Sizga qaysi vakolatxona xizmat ko‘rsatadi?

Biz nimada yordam bera olamiz

  • Pasport, qaytish sertifikati va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish
  • Konsullik hisobiga qo‘yish
  • Tug‘ilish, nikoh, ajrim, vafotni qayd etish
  • Ishonchnoma, imzo, nusxa, rozilikni tasdiqlash
  • Hujjatlarni legallashtirish va O‘zbekistondan hujjat talab qilish
  • Hibsga olingan fuqaro va uning yaqinlari bilan bog‘lanish, qayerga murojaat qilishni aytish
  • Chet el fuqarolariga viza berish

Konsullik nima qila olmaydi

  • Germaniya sudi yoki politsiyasi ishiga aralashish, qamoqdan ozod qilish
  • Advokatingiz bo‘lish yoki jarima, davolanish, uy-joy, chiptalarni to‘lash
  • Germaniya yashash ruxsatnomasini berish yoki uzaytirish
  • Ish yoki uy-joy topish, kafil bo‘lish
  • Hujjatlarni yozilishsiz yoki «vositachilar» orqali qabul qilish

Konsullik yig‘imlarini to‘lash

Yig‘imlar konsullikda EC (girocard) karta orqali terminalda yoki bank o‘tkazmasi bilan to‘lanadi — o‘tkazma faqat konsul bilan kelishilgandan so‘ng. Hech kimga «tezlashtirish uchun» pul to‘lamang.

Bosh konsullik konsullik okrugida yashayotgan, ishlayotgan va o‘qiyotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, ularga konsullik xizmatlarini ko‘rsatadi va qiyin vaziyatlarda yordam beradi. Shuningdek, O‘zbekistonning Germaniya yerlari bilan iqtisodiyot, ta’lim, madaniyat va turizm sohasidagi aloqalarini rivojlantiramiz.

Xizmat ko‘rsatish standartlarimiz

  • Yozilish bo‘yicha qabulTIV elektron navbati orqali yozilish — bepul va vositachilarsiz.
  • Har bir murojaatga raqamSayt orqali yozma savollar raqam oladi, javob elektron pochtaga keladi.
  • Shaffof yig‘imlarFaqat xizmat sahifasida ko‘rsatilgan rasmiy yig‘imlar.
  • To‘rt tilda tushunarliMa’lumotlar o‘zbek, rus, nemis va ingliz tillarida.
  • Ma’lumotlarga ehtiyotkorlikSayt murojaatlaringizni saqlamaydi va reklama cookie-fayllaridan foydalanmaydi.
  • Qayta aloqaBiror narsa noto‘g‘ri bo‘lsa, shakl orqali Bosh konsulga yozing.

Qadriyatlarimiz

  • HurmatHar bir murojaatga va har bir insonga, saytning to‘rt tilining istalganida.
  • AniqlikHujjatlar ro‘yxati va muddatlar rasmiy manbalardan olinadi va yangilanadi.
  • QulaylikYirik shrift, kontrast, klaviatura bilan boshqaruv, telefonda qulaylik.
  • MaxfiylikSavol shakli saytda hech narsani saqlamaydi: xabar xodimlarga pochta orqali yuboriladi.
  • TezkorlikShoshilinch e’lonlar saytning tepasida va tushunarli qabul vaqti.
  • Vatandoshlarga g‘amxo‘rlikGermaniyadagi O‘zbekiston fuqarolariga yordam va mamlakat do‘stlari uchun ochiq eshik.

Biz doimo yordam berishga tayyormiz

Bosh konsullik Germaniyadagi konsullik okrugida yashayotgan, ishlayotgan va o‘qiyotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi hamda ularga kundalik ishlarda va qiyin vaziyatlarda yordam beradi. Xorijiy fuqarolarga konsullik viza, hujjatlar va O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlar bilan yordam beradi. Har bir murojaat biz uchun muhim: saytda javob topmagan bo‘lsangiz — yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling. Biz sayt va xizmatlarni doimo takomillashtirib bormoqdamiz.

Savol berish

Rekvizitlar va qo‘shimcha ma’lumot

O’zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasining asosiy faoliyati konsullik okrugida O’zbekiston Respublikasi va uning fuqarolari manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bosh konsulxona konsullik okrugiga Germaniyaning 6 federal yeri, ya’ni Hessen, Baden-Wyurtemberg, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Bavariya va Saarland hamda Lixtenshteyn knyazligi kiradi.

Bosh konsulxona o’z faoliyatida xorijliklar uchun viza berish, O’zbekiston Republikasi fuqarolari uchun barcha konsullik xizmatlarini ko’rsatish – pasport, xorijga vaqtincha va doimiy yashashga chiqish, fuqarolik xolatini qayd etish v.x.

Bundan tashqari, Bosh konsulxona O’zbekiston va Germaniya vakillari o’rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishni har toimonlama qo’llab-quvvatlaydi.

Bosh konsulxona manzili:
Generalkonsulat der Republik Usbekistan
Eschenheimer Anlage 1,
60316 Frankfurt am Main
Bosh konsulxona bilan aloqa:
Tel.: +49 69915011112 / +49 69915011113
Fax: +49 69915011115 E-mail: frankfurt@gk-usbekistan.de Website: www.gk-usbekistan.de
Bosh konsulxona bank rekvizitlari:
Nassauische Sparkasse
Frankfurt am Main
Kontonummer 141055100
BLZ 51050015
IBAN DE08510500150141055100
BIC NASSDE55XXX
yoki
ONLINE-TO’LOV
Konsullik yig’imlari konsul hujjatlarni ko’rib chiqqandan so’ng pul o’tkazish yo’li bilan yoki Bosh konsulxonadagi EC-karta uchun terminal orqali to’lanishi mumkin!
 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FRANKFURT–MAYN SHAHRIDAGI

BOSH KONSULXONASINING TASHRIF BUYURUVCHILAR DIQQATIGA

Bosh konsuxonada konsullik va notarial xizmatlari belgilangan vaqt orqali amalga oshiriladi. Bosh konsulxonaga navbatga yozilish «bosh sahifada» ko’rsatilgan.

Sizdan fuqarolarni qabul qilishning quyidagi qoidalari bilan tanishib chiqishingizni so’raymiz:

Konsullik va notarial xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha qabul (tayyor xorijga chiqish pasportini olishdan tashqari) belgilangan vaqt (elektron navbat tizimi orqali olinadi) orqali amalga oshiriladi.

Qabul zaliga hamrohlik qilayotgan odamlarning kirishi taqiqlanadi.

Fuqarolarni Bosh konsulxonada qabul qilish qat’iy belgilangan vaqtda amalga oshiriladi.

Konsullik yoki notarial xizmatlarni ko’rsatish uchun arizachi xizmat ko’rsatilishi munosabati bilan yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi me`yoriy – huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan arizalar va boshqa hujjatlar va ularning nusxalarini topshirishi lozim. Tegishli hujjatning yo’qligi, noto’g’ri yoki to’liq to’ldirilmagan so`rovnoma hujjatlarni qabul qilishni rad etish uchun asos bo’ladi..

Bosh konsulxonaga tashrif buyurishdan oldin, diplomatik vakolatxonaning veb-sahifasida joylashtirilgan «Konsullik masalasi» ma’lumotlarni diqqat bilan o’qib chiqishlari, maxsus interaktiv xizmatlar yordamida so`rovnomalarni toldirish va ularga kerakli ilovalarni yuklash lozim.

Payshanba, shanba va yakshanba kunlari, shuningdek bayram kunlarida konsullik va notarial masalalari bo’yicha tashrif buyuruvchilarni qabul qilish amalga oshirilmaydi.

Telefon orqali maslahatlar qabul vaqtida ham beriladi. Shu o’rinda, elektron pochta orqali murojaatlar qisqa muddatda ko’rib chiqiladi!

Bosh konsulxona o’z navbatida, pochta orqali yuborilgan murojaatlar va ularning javoblari yo’qolmasdan etib kelishi va borishiga kafolat bermaydi, shuningdek, mazkur masalalardan kelib chiquvchi harajatlarni qoplamaydi.

O’zbekiston Respublikasi bayramlari: 1 yanvar – Yangi yil

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni

21 mart – Navro’z

9 may – Xotira va qadrlash kuni

1 sentyabr – Mustaqillik kuni

1-oktabr – O`qituvchi va murabbiylar kuni

8 dekabr – Konstitutsiya kuni

Ramazon hayiti

Qurbon hayiti

Bayram kunlari Bosh konsulxona ishlamaydi.
Manzil
Eschenheimer Anlage 1
60316 Frankfurt-Mayn, Germaniya xaritada
Telefon
+49 69 915011112Qo‘ng‘iroqlar — faqat ish vaqtida (Du, Se, Ch, Ju 09:00–13:00). Ko‘p masalalarni telefonda hal qilib bo‘lmaydi — yozish tezroq. Suhbat yozib olinishi mumkin.
Ma’lumot liniyasi (pullik)
+49 900 174 50 76Qo‘ng‘iroq pullik — narx operatoringiz tarifiga ko‘ra. Suhbat yozib olinishi mumkin.
E-pochta
frankfurt@gk-usbekistan.de
Konsullik okrugi
Gessen, Baden-Vyurtemberg, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Bavariya, Reynland-Pfalts va Saarland federal yerlari hamda Lixtenshteyn knyazligi.

O‘zbekiston fuqarolari uchun favqulodda aloqa: +49 69 915 011 113

ТЕСТОВАЯ КОПИЯ · не основной сайт