Asosiy mazmunga o‘tish
Konsullikning yangi sayti sinov rejimida ishlamoqda va doimiy to‘ldirilmoqda. Xato topsangiz — bizga yozing.

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Eronga keldi

TOSHKENT, 18-iyun. /“Dunyo” AA/.   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Tehron shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimiz Prezidenti matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, “Mehrobod” xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbarining tashrifi munosabati bilan ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Oliy martabali mehmonni Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri Abbos Aliobodiy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

ТЕСТОВАЯ КОПИЯ · не основной сайт