Shaxsiy kabinetlar: ilova va my.gov.uz
Bu saytda shaxsiy kabinet yo‘q va kerak ham emas: xavfsiz kirish va elektron xizmatlar davlat platformalarida ishlaydi. «Consular Services» ilovasini o‘rnating, boshqa davlat xizmatlari uchun yagona my.gov.uz portalidan foydalaning (OneID orqali kirish). Frankfurt konsulligining o‘z xizmati keyinroq qo‘shiladi — saytda e’lon qilamiz.
«Consular Services» ilovasini yuklab oling
O‘zbekistonning barcha elchixona va konsulliklarining manzillari va aloqa ma’lumotlari, konsullik okrugini tekshirish hamda masofaviy xizmatlar: Vatanga qaytish guvohnomasi va vaqtincha yoki doimiy konsullik hisobi. Bepul, Android va iPhone uchun. Ilova sinov rejimida ishlaydi, xizmatlar ro‘yxati kengaytiriladi.
Yuklab olish:Google PlayYuklab olish:App Store
Ilovani faqat shu rasmiy havolalar orqali yuklab oling. Yozilish yoki «tezlashtirish» uchun pul so‘rovchi «yordamchi» ilova va saytlar — konsullik emas.
- Barcha vakolatxonalar xaritada
- Konsullik hisobi onlayn
- Qaytish guvohnomasi
- Konsullik okrugini tekshirish