Asosiy mazmunga o‘tish
Konsullikning yangi sayti sinov rejimida ishlamoqda va doimiy to‘ldirilmoqda. Xato topsangiz — bizga yozing.

O’zbekiston Prezidenti hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga jo’nab ketdi

TOSHKENT, 24 oktyabr. /«Dunyo» AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun ertalab hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga jo’nab ketdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko’ra, tashrif davomida sanoat korxonalari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, mahallalarda bo’lish rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha yil yakunigacha va kelgusi yilda amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan yig’ilish o’tkazish ko’zda tutilgan.

ТЕСТОВАЯ КОПИЯ · не основной сайт