Asosiy mazmunga o‘tish
Konsullikning yangi sayti sinov rejimida ishlamoqda va doimiy to‘ldirilmoqda. Xato topsangiz — bizga yozing.

O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar 22 iyun kuni Surxondaryo Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

TOSHKENT, 23-iyun /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning oliy siyosiy lavozimiga nomzodlar saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishni davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Kecha Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Robaxon Maxmudova Farg‘ona  viloyatida, «Ekologik» partiyadan davlat rahbarligiga nomzod Abdushukur Xamzayev Xorazm viloyatida saylovchilar bilan muloqot o‘tkazdi.

Bugun O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Uchrashuvlar chog‘ida nomzodlar o‘zlarining saylovoldi dasturlarini taqdim etmoqda, saylovchilarning savollariga javob bermoqda, ularni saylovda hamda mamlakatning kelgusidagi taqdirini hal etish jarayonida faol qatnashishga chaqirmoqda.

ТЕСТОВАЯ КОПИЯ · не основной сайт