Asosiy mazmunga o‘tish
Konsullikning yangi sayti sinov rejimida ishlamoqda va doimiy to‘ldirilmoqda. Xato topsangiz — bizga yozing.

“Peugeot Expert” va “Peugeot Boxer” avtomobillari 2019 yildan boshlab «Made in Uzbekistan» belgisi ostida chiqadi

2017-yil iyul oyida tamal toshi qo‘yilgan “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” zavodida yiliga 16 ming “Peugeot Expert” va “Peugeot Boxer” rusumidagi tijorat avtomobillari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. 
Korxonaning qurilish-montaj ishlari joriy yil may oyiga qadar amalga oshiriladi, 2019-yilda mahsulot ishlab chiqarishni boshlaydi.

Eslatib o‘tamiz, zavod O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-iyundagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» korxonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “O‘zavtosanoat” AK va Peugeot Citroen Automotive guruhi o‘rtasidagi kelishuv asosida qurilmoqda.

O‘zA
ТЕСТОВАЯ КОПИЯ · не основной сайт