Asosiy mazmunga o‘tish
Konsullikning yangi sayti sinov rejimida ishlamoqda va doimiy to‘ldirilmoqda. Xato topsangiz — bizga yozing.

Vengriya Bosh vaziri TDT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi

TOSHKENT, 9-noyabr. /“Dunyo” AA/. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bugun Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Taʼkidlash joizki, Vengriya 2018 yildan buyon ushbu tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.

ТЕСТОВАЯ КОПИЯ · не основной сайт