{"id":995,"date":"2020-05-06T14:17:02","date_gmt":"2020-05-06T12:17:02","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=995"},"modified":"2020-05-06T14:17:12","modified_gmt":"2020-05-06T12:17:12","slug":"%d1%88%d0%b0%d0%b2%d0%ba%d0%b0%d1%82-%d0%bc%d0%b8%d1%80%d0%b7%d0%b8%d1%91%d0%b5%d0%b2-%d0%bd%d0%b0%d0%b2%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bb%d0%be-%d0%b3%d0%be%d1%80","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/05\/06\/%d1%88%d0%b0%d0%b2%d0%ba%d0%b0%d1%82-%d0%bc%d0%b8%d1%80%d0%b7%d0%b8%d1%91%d0%b5%d0%b2-%d0%bd%d0%b0%d0%b2%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bb%d0%be-%d0%b3%d0%be%d1%80\/","title":{"rendered":"Shavkat Mirziyoyev: suv toshqini biz uchun achchiq saboq bo\u2018ldi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-may kuni videoselektor yig\u2018ilishi avvalida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga hamda Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida yuz bergan favqulodda hodisalarga yana bir bor alohida to\u2018xtalib o\u2018tdi.<!--more--><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"detail_picture aligncenter\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/normal\/d42401b9-dcab-9869-eae1-6d24126c6291.jpg\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari, jumladan, shunday dedi:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Butun insoniyat koronavirus bilan birga, iqtisodiy inqirozga ham qarshi kurashayotganini hammamiz ko\u2018rib, kuzatib turibmiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jahonda murakkab vaziyatdan chiqish uchun karantin choralarini asta-sekin yumshatayotgan davlatlar soni ko\u2018payib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yaratganga shukur, bugun O\u2018zbekistonda epidemiologik vaziyat tobora barqarorlashib boryapti. Kundan-kunga kasallikka chalinganlarga nisbatan sog\u2018aygan bemorlar soni ko\u2018paymoqda. Karantinga yangi olinganlarga nisbatan ancha ko\u2018p odam undan chiqarilmoqda. Natijada bugungi kunda koronavirus yuqtirgan 2 ming 204 nafar bemordan 1 ming 454 nafari yoki 66 foizi to\u2018la sog\u2018aydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Karantindagi aholining 83 foizi o\u2018z uyiga qaytdi. Ya\u2019ni, ijobiy dinamika kuchayib bormoqda. Shifoxonalarda qolayotgan 740 nafar bemorni davolash, salomatligini tiklab, oilasi bag\u2018riga qaytarish uchun barcha zarur choralar ko\u2018rilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu ishlar osonlikcha bo\u2018layotgani yo\u2018q. Hozirga qadar bunga Inqirozga qarshi kurashish jamg\u2018armasidan 2 trillion 250 milliard so\u2018m sarfladik va 500 million dollar xalqaro moliya institutlaridan jalb qildik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda butun dunyoda hech kim pandemiya yana qancha davom etishini bilmayapti. Shu sababli, qanchalik qiyin bo\u2018lmasin, xalqimiz bilan birga pandemiya sharoitida, barcha talablarga amal qilgan holda, ishlash va yashashga o\u2018rganishimiz kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Epidemiologik vaziyat ijobiy tomonga o\u2018zgarganidan foydalanib, biz iqtisodiyotimizda karantin rejimini asta-sekin yumshatmasak bo\u2018lmaydi. Chunki bu tartib iqtisodiyotimiz rivojiga va aholimiz hayotiga juda katta salbiy ta\u2019sir qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu borada xalqimizga, ayniqsa, fermer va tadbirkorlarga qulaylik yaratish uchun karantin talablarini yumshatish bo\u2018yicha dastlabki qadamlarni qo\u2018ydik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/7b48ffb3-e98e-a2aa-d8f7-9e3767e28748.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli do\u2018stlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yil insoniyat uchun, shu jumladan biz uchun juda og\u2018ir keldi. Keyingi bir haftaning o\u2018zida xalqimiz ketma-ket kutilmagan sinovlarga duch keldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">27-aprel kechasi Buxoro viloyatida, ayniqsa, Olot va Qorako\u2018l tumanlarida yuz bergan og\u2018ir tabiiy ofatdan yaxshi xabardorsizlar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu ofat viloyat bo\u2018yicha 38 mingdan ziyod aholi xonadonlari, 847 ta ijtimoiy soha ob\u2019ektlariga, ekin maydonlariga zarar yetkazdi. Qishloq xo\u2018jaligi, ishlab chiqarish, xizmat ko\u2018rsatish va infratuzilma sohalariga ham jiddiy talafot yetdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish bo\u2018yicha barcha zarur choralarni ko\u2018ryapmiz. Hukumat komissiyasi tunu kun ishlamoqda. Bugungacha 70 foiz ijtimoiy ob\u2019ektlar, 20 foiz aholi xonadonlarining tomi yopildi. Shuningdek, 5 ming kilometr elektr tarmoqlari, 1 ming 100 ta transformator ta\u2019mirlanib, 286 ming aholining elektr ta\u2019minoti tiklandi. Yakka tartibdagi uy-joylar ham ta\u2019mirlanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Afsuski, boshimizga kelgan sinovlar shu bilan tugagani yo\u2018q.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xabaringiz bor, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir bo\u2018lgan favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi. Ularning barchasiga birinchi darajali zarur sharoitlar yaratilib, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlar yetkazilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Suv toshishi oqibatlarini bartaraf etish va sabablarini o\u2018rganish bo\u2018yicha Hukumat komissiyasi ishlamoqda. Zarar yetgan uy-joylarni tiklash va ta\u2019mirlash, odamlarni o\u2018zining tiklangan uyiga qaytarish va ro\u2018zg\u2018origa yordam berish, infratuzilmani tiklash, aholi salomatligini himoya qilish bo\u2018yicha barcha masalalar hal qilinmaguncha Sirdaryoga biriktirilgan har bir rahbar kuchaytirilgan safarbarlik rejimida ishlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu hududlardagi odamlarning hayotini nafaqat oldingi holatiga qaytarish, balki uni yanada yaxshilash kerak. Ularga yangi uy-joylar, ijtimoiy ob\u2019ektlar barpo etib, yangi ish o\u2018rinlari yaratib berishimiz shart, deb hisoblayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda qator mahallalarda keng qamrovli tozalash-tiklash ishlari amalga oshirilyapti, natijada 53 mingdan ziyod aholi o\u2018z uylariga qaytishi yoki yaqin qarindoshlari uyiga ko\u2018chib o\u2018tishi ta\u2019minlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Takror aytaman, davlatimiz, jamiyatimiz hech kimni bunday kutilmagan falokatlar qarshisida yolg\u2018iz va e\u2019tiborsiz qoldirmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Odamlarimiz hayotini saqlab qolish va evakuatsiya qilishda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiya xizmatchilari muhim rol o\u2018ynadi. Bugungi kunda ular avariya va tiklash ishlariga keng jalb etilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Afsuski, hozirgacha 4 nafar fuqaromizning tabiiy ofat oqibatida halok bo\u2018lgani, 1 nafari bedarak yo\u2018qolgani aniqlandi. Jumladan, aholini xabardor qilish va qutqaruv ishlarini olib borish jarayonida Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimini kuchli suv oqimi olib ketgan. Ular o\u2018z jonini fido qilib, yuzlab, minglab insonlar hayotini saqlab qolishdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Halok bo\u2018lganlarning yaqinlari va oila a\u2019zolariga o\u2018zimning chuqur hamdardligimni bildiraman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yigitlarimizning jasorati barcha kasbdoshlari va yoshlar uchun Vatanga, xalqimizga sodiqlik va fidokorona xizmat qilishning namunasi bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, Buxoro va Sirdaryodagi ofatlar Yaratganning bizga yuborgan sinovi. Bunga sabr qilishimiz, qattiq mehnat bilan, birgalikda yorug\u2018 yuz bilan o\u2018tishimiz kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu qiyinchiliklarga qaramay, xalqimiz bu sinovlar oldida o\u2018zini yo\u2018qotib qo\u2018ymaganini alohida ta\u2019kidlamoqchiman. Mana, \u201coynai jahon\u201d orqali ko\u2018ryapsizlar, xalqimiz yanada birlashib, o\u2018zining mehr-oqibati, bag\u2018rikengligi, buyuk saxovatini har kuni, har daqiqada namoyon etmoqda. Buni Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridan ko\u2018chirilgan fuqarolarning 81 foizini Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari aholisi ixtiyoriy ravishda o\u2018z xonadonlariga joylashtirgani ham yaqqol ko\u2018rsatib turibdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Boshqa viloyatlar, vazirlik, kompaniya va uyushmalar, aholimiz tomonidan qisqa vaqtda Buxoro va Sirdaryoga yordam berish uchun katta miqdordagi homiylik mablag\u2018lari o\u2018tkazildi, qurilish materiallari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, dori-darmon va ro\u2018zg\u2018or buyumlari yuborildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fursatdan foydalanib, jabr ko\u2018rganlarga yordam ko\u2018rsatayotgan bag\u2018rikeng, saxovatpesha va hamdard xalqimizga yana bir bor o\u2018zimning samimiy minnatdorchiligimni izhor etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqimiz bir narsadan ko\u2018ngli to\u2018q bo\u2018lishi kerak, hech qanday ortiqcha gap-so\u2018zlarga va mish-mishlarga o\u2018rin bo\u2018lmasligi lozim. Mening topshirig\u2018imga ko\u2018ra huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan suv toshqini bilan bog\u2018liq voqea yuzasidan ob\u2019ektiv, xolis va keng qamrovli tergov harakatlari boshlangan. Xalqimizni ishontirib aytaman, tergov yakunlari bo\u2018yicha barcha aybdorlar, kim bo\u2018lishi va egallab turgan lavozimidan qat\u2019i nazar, qonun oldida javob beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/d604dfb7-d0f2-aea3-35a2-8e5fba8c6f62.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu suv toshqini biz uchun achchiq saboq bo\u2018ldi. Shu sababli suv ombori masalasida biz xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda to\u2018g\u2018onning barcha dambalarini chuqur ekspertizadan o\u2018tkazamiz. Faqat shundan keyingina yakuniy xulosaga kelamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, mening topshirig\u2018imga binoan hozirgi kunda tegishli davlat organlari tomonidan kuchli yog\u2018ingarchilik sababli eroziya yuzaga kelishi mumkin bo\u2018lgan barcha gidroinshootlar, to\u2018g\u2018onlar va GESlarda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Afsuski, Sardobadagi ofat natijasida biz bilan chegaradosh bo\u2018lgan yon qo\u2018shnimiz \u2013 Qozog\u2018iston Respublikasi Turkiston viloyati Maqtaral tumanining ayrim aholi punktlarini ham suv bosdi. Biz Qozog\u2018iston Prezidenti, hurmatli Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali bu masalani o\u2018zaro tushunish va ochiqlik ruhida atroflicha muhokama qilib oldik. Kuni kecha Turkiston viloyati hokimi Umirzoq Shukeyev boshchiligidagi delegatsiya voqea joyida bo\u2018lib, vaziyatni har tomonlama chuqur o\u2018rgandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz qardosh qozoq xalqi bilan azal-azaldan bir daryodan suv ichib, o\u2018zaro quda-anda bo\u2018lib, et bilan tirnoqdek yaqin bo\u2018lib yashaganmiz. Quvonchli kunlarda ham, sinovli damlarda ham hamisha bir-birimizga yelkadosh bo\u2018lib, qo\u2018llab-quvvatlab kelganmiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu kutilmagan texnogen ofat nafaqat aholimizga, balki qo\u2018shni qozoq birodarlarimizga ham ortiqcha tashvish va ziyon yetkazganidan judayam xijolatdamiz. Ularning aholi yashash joylari va ekin maydonlari zarar ko\u2018rganidan, albatta, biz juda afsusdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hukumatimiz, tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, boshqa mutasaddi va mutaxassislar qozog\u2018istonlik hamkasblari bilan birgalikda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo\u2018yicha, albatta, yaqindan hamkorlik qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz qozog\u2018istonlik birodarlarimizga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda kerakli yordam berishga ham tayyor ekanimizni bildirdik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishonchim komil, biz boshimizga tushgan bu og\u2018irliklarni ham xalqimiz bilan birgalikda, o\u2018zaro hamjihatlikda bir tanu bir jon bo\u2018lib, albatta, yengib o\u2018tamiz.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":782,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-995","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/995","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=995"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/995\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":997,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/995\/revisions\/997"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/782"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=995"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=995"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=995"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}