{"id":985,"date":"2020-04-29T17:24:09","date_gmt":"2020-04-29T15:24:09","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=985"},"modified":"2020-04-29T17:24:09","modified_gmt":"2020-04-29T15:24:09","slug":"%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d1%8b-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2-%d0%be%d0%be%d0%bd-%d0%b8-%d0%be%d0%b1%d1%81%d0%b5-%d0%b2-%d1%83%d0%b7","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/04\/29\/%d0%b3%d0%bb%d0%b0%d0%b2%d1%8b-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2-%d0%be%d0%be%d0%bd-%d0%b8-%d0%be%d0%b1%d1%81%d0%b5-%d0%b2-%d1%83%d0%b7\/","title":{"rendered":"BMT va YEXHTning mamlakatimizdagi vakolatxonalari rahbarlari O\u2018zbekistonda kam sonli millatlar uchun yaratilgan sharoit bilan tanishdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">BMTning O\u2018zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Helena Freyzer, YEXHTning mamlakatimizdagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Jon MakGregor tegishli vazirlik va idoralar vakillari bilan birgalikda \u201cObod qishloq\u201d dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatining Paxtakor tumani Oltinko\u2018l qishlog\u2018ida bo\u2018ldi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do\u2018stlik aloqalari qo\u2018mitasi manbasiga asoslanib.<!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur qishloq bir necha oy davomida tashlandiq sahro hududida qad rostladi. Noyob shaharsozlik loyihasining amalga oshirilishi O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsan e\u02bctiborida bo\u2018ldi. Bir yil mobaynida bu yerda 460 ta yangi kottej, maishiy xizmat ko\u2018rsatish uyi va 500 o\u2018rinli to\u2018qimachilik fabrikasi qurildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda qishloqda 939 ta oila istiqomat qiladi. Shundan 301 oiladagi 1 ming 225 nafar aholi lo\u2018li millatiga mansub bo\u2018lib, ular o\u2018zbek, tojik, qozoq, qirg\u2018iz, tatar va boshqa millat vakillari bilan qo\u2018ni qo\u2018shnichilikda yashamoqda. Ushbu yangi qishloqning qurilishi O\u2018zbekistonning mamlakatda barcha millat va elatlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga sodiqligi, shuningdek, aholining turmush darajasi va sifatini yaxshilashga qaratilgan islohotlarining yana bir yorqin namunasi bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashrif doirasida xalqaro tashkilotlar va davlat idoralari vakillariga qishloqni qurish jarayoni haqida videofilm namoyish etildi. Filmga Oltinko\u2018l qishlog\u2018i aholisining bundan oldingi yashash sharoiti haqida ma\u02bclumot beruvchi lavhalar kiritilgan. Ikki yil oldin ushbu hududda faqat eski, qulab tushgan kulbalar bor edi, hayot kechirishning past darajasi kuzatilib, zarur infratuzilma mavjud emas edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/admin\/uploads\/photo\/%D0%96%D0%B8%D0%B7%D0%B7%D0%B0%D1%85-2.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">BMTning O\u2018zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Helena Freyzer o\u2018z taassurotlari bilan bo\u2018lishar ekan, BMT har doim aholining zaif qatlamlari haqida qayg\u2018urishini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Kam ta\u02bcminlangan insonlar \u2013 faoliyatimizning ustuvor yo\u2018nalishidir. Bunday insonlar hayotini yaxshilash maqsadida O\u2018zbekiston hukumati \u201cObod qishloq\u201d dasturi doirasida keng ko\u2018lamli bunyodkorlik ishlarini amalga oshirayotganidan xursandmiz. Ayniqsa, lo\u2018li millatiga mansub aholi hayotidagi o\u2018zgarishlarni, ularning boshqa millat vakillari bilan tenglikda yashayotgani kishini quvontiradi. Quvonarlisi, mamlakatning boshqa hududlarida ham kichik millat vakillari uchun ana shunday munosib hayot tarzi, zarur sharoitlar yaratilmoqda, \u2013 deya qayd etdi H.Freyzer.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu o\u2018rinda ta\u02bckidlash joiz, bundan ikki yil muqaddam Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi tojiklar istiqomat qiladigan \u201cTong yulduzi\u201d qishlog\u2018i ham to\u2018liq qayta qurilgan edi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ana shunday loyihalar O\u2018zbekistonning boshqa chekka hududlarida ham muvaffaqiyatli amalga oshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu kunlarda yana bir mahalla \u2013 Paxtakor tumanidagi Olmazor mahallasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, nogironlar, kambag\u2018al va boquvchisini yo\u2018qotganlar uchun 400 ta ana shunday uylar qurilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oltinko\u2018ldagi to\u2018qimachilik fabrikasi ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Bu yerda qishloq xotin-qizlari mehnat qilmoqda. Ular bu yerda ishlash orqali uy-joy uchun imtiyozli kreditni qoplash imkoniga ega bo\u2018lishmoqda. Mehmonlar, shuningdek, fabrikada ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar namunalari bilan tanishdi, mehnat sharoiti va mahsulot sifatini yuqori baholadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/admin\/uploads\/photo\/%D0%96%D0%B8%D0%B7%D0%B7%D0%B0%D1%85-1.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">YEXHTning O\u2018zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Jon MakGregor Oltinko\u2018lda guvohi bo\u2018lganlari mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko\u2018lamli namunali o\u2018zgarishlardan biri ekanini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Respublikada kam sonli millat va elatlar manfaatlarini himoya qilishga katta e\u02bctibor qaratilayotgani quvonarli. Bu odamlar e\u02bctiborni his qilishlari muhim. Shu tariqa ularning o\u2018ziga, o\u2018z kelajagiga bo\u2018lgan ishonchi ortib boradi, farzandlari va nabiralarining porloq kelajagiga umid uyg\u2018onadi. E\u02bctiborga molik jihat, mahalliy aholi nafaqat uy-joy bilan, balki ish bilan ham ta\u02bcminlanmoqda. Biz ko\u2018rgan fabrikada 500 ga yaqin xotin-qiz mehnat qilmoqda. Bu yerda ko\u2018rganlarim maqtovga sazovor, \u2013 dedi u.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u02bckidlash joiz, Inson huquqlari bo\u2018yicha O\u2018zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 2019-yil dekabr oyida Jenevada bo\u2018lib o\u2018tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Irqiy kamsitishlarga barham berish bo\u2018yicha qo\u2018mitasining 100-sessiyasida ishtirok etgan va mamlakatimizda Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to\u2018g\u2018risidagi Konvensiya qoidalarining bajarilishi to\u2018g\u2018risida hisob\u043et taqdim qilgan edi. Unda so\u2018nggi uch yilda O\u2018zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va ilgari surish sohasidagi tub o\u2018zgarishlar to\u2018g\u2018risida ma\u02bclumotlar keltirilgan. O\u2018sha kezlarda Oltinko\u2018l qishlog\u2018ida qurilish ishlari qizg\u2018in davom etayotgan edi. Bugungi kunda esa lo\u2018lilar boshqa millat vakillari bilan bir qatorda shinam uylarga ega bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oltinko\u2018lda bo\u2018lgan mehmonlar mamlakatimiz rahbarining davlat siyosati ustuvor yo\u2018nalishlari, shuningdek, jamiyatda hukm surayotgan bag\u2018rikenglik va totuvlikni to\u2018liq aks ettiruvchi bunday sa\u02bcy-harakatlarni davom ettirish ahamiyati va zarurligi to\u2018g\u2018risida yakdil fikr bildirdi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":986,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-985","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/985","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=985"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/985\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":987,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/985\/revisions\/987"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/986"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=985"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=985"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=985"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}