{"id":983,"date":"2020-04-29T14:01:44","date_gmt":"2020-04-29T12:01:44","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=983"},"modified":"2020-04-29T14:01:44","modified_gmt":"2020-04-29T12:01:44","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d0%bc%d0%b0%d0%b5%d1%82-%d0%b0%d0%ba%d1%82%d0%b8%d0%b2%d0%bd%d1%8b%d0%b5-%d1%88","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/04\/29\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d0%bc%d0%b0%d0%b5%d1%82-%d0%b0%d0%ba%d1%82%d0%b8%d0%b2%d0%bd%d1%8b%d0%b5-%d1%88\/","title":{"rendered":"Bojxona tizimiga doir eng dolzarb savollarga javoblar"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\">Karantin bilan bog\u02bbliq vaziyatda aholi, ayniqsa tadbirkorlarni bojxona tizimiga doir turli savollar qiziqtirmoqda. Buni qo\u02bbmitaning \u201c1108\u201d qisqa raqamli ishonch telefoniga, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar orqali kelib tushayotgan savollar, murojaatlardan ham kuzatish mumkin. Shularni inobatga olgan holda eng ko\u02bbp berilayotgan va dolzarb savollarga qo\u02bbmita mutaxassislari javoblarini e\u02bctiboringizga havola etishni joiz bildik.<\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile aligncenter\" title=\"Bojxona tizimiga doir eng dolzarb savollarga javoblar\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/095\/unnamed-_1_.jpg\" alt=\"Bojxona tizimiga doir eng dolzarb savollarga javoblar\" border=\"0\" \/><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">SAVOL: Koronavirus pandemiyasi sababli dunyo mamlakatlari tomonidan turli tovarlar eksportiga ayrim cheklovlar qo\u02bbyilmoqda. O\u02bbzbekistonda hozirgi davrda qaysi mahsulotlarni chetga eksport qilishga cheklovlar o\u02bbrnatilgan?<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">JAVOB: O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi \u201cKoronavirus pandemiyasi davrida tibbiy buyumlar uchun xom ashyo eksporti va sement mahsulotlari importiga cheklovlar joriy etish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qaroriga asosan joriy yilning 1-may kunidan 31-dekabr kuniga qadar tibbiy niqoblar uchun xom ashyo tovarlari eksporti uchun vaqtincha cheklov o\u02bbrnatilgan.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Himoya niqoblarining ichki bozordan ortiq hajmini Iqtisodiy taraqqiyot va kambag\u02bballikni qisqartirish vazirligi, Farmatsevtika tarmog\u02bbini rivojlantirish agentligi, \u201cO\u02bbzto\u02bbqimachiliksanoat\u201d uyushmasi va \u201cDori-darmon\u201d kompaniyasining o\u02bbzaro qo\u02bbshma xulosa asosida eksportga chiqarish mumkin.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Shuni alohida ta\u02bckidlash joizki, mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida joriy qilingan cheklovlar istisno tariqasida xalqaro yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etilmasligi belgilangan hamda respublikamizdan chet davlatlarga yuqorida ko\u02bbrsatilgan tovarlardan boshqa eksport tovarlarini olib chiqishga cheklovlar joriy etilmagan.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">SAVOL: Bugungi kunda O\u02bbzbekistonga chetdan olib kelinadigan texnologik asbob-uskunalarga nisbatan bojxona to\u02bblovlarida qanday imtiyozlar mavjud?<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">JAVOB: Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 246-moddasi 6-bandi va Bojxona kodeksining 297-moddasi 13-bandlariga muvofiq texnologik asbob-uskunalarga nisbatan qo\u02bbshilgan qiymat solig\u02bbi va bojxona bojidan imtiyozlar nazarda tutilgan. Ma\u02bclumot uchun aytish joizki, amaldagi qonunchilikda texnologik asbob-uskunalarga nisbatan aksiz solig\u02bbi belgilanmagan.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">SAVOL: Xitoyda ishlar qayta tiklangani sababli internet orqali biron tovar buyurtma qilsak, yetib keladimi? Bojxonadan o\u02bbtkazishadimi?<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">JAVOB: Jahon miqyosida tarqalish geografiyasi tobora kengayib borayotgan koronavirus infeksiyasi respublikamizga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida joriy yilning 1-fevral kunidan boshlab Xitoydan kirib keluvchi barcha turdagi pochta va kuryerlik jo\u02bbnatmalarini qabul qilish vaqtincha to\u02bbxtatilgan edi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Biroq 2020-yil 27-fevral kunidan boshlab Xitoydan faqatgina \u201cO\u02bbzbekiston pochtasi\u201d AJ orqali kirib kelayotgan jo\u02bbnatmalarni qabul qilishga ruxsat etilgan.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">SAVOL: Mamlakatimizga tomchilatib va yomg\u02bbirlatib sug\u02bborish texnologiyasini joriy etish uchun zarur bo\u02bblgan butlovchi qismlar va xomashyolarni olib kirishda bojxona to\u02bblovlarida imtiyozlar qo\u02bbllaniladimi?<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">JAVOB: O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi qarori 16-bandiga muvofiq 2022-yil 1-yanvarga qadar ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilar, shuningdek, tomchilatib va yomg\u02bbirlatib sug\u02bborish tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan olib kiriladigan, tomchilatib va yomg\u02bbirlatib sug\u02bborish texnologiyasini joriy etish uchun zarur bo\u02bblgan butlovchi qismlar va xomashyolar mazkur qarorning 7-ilovasidagi ro\u02bbyxatga muvofiq bojxona to\u02bblovlarini to\u02bblashdan (qo\u02bbshilgan qiymat solig\u02bbi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig\u02bbimlardan tashqari) ozod etilgan.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">SAVOL: Xorijdan yuk tashish uchun mo\u02bbljallangan avtomobil olib kelishda imtiyozlar mavjudmi?<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">JAVOB: O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi qarori 9-bandiga muvofiq 2022-yil 1-yanvarga qadar ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan, yuk tashish uchun mo\u02bbljallangan transport vositalari (samosvallardan tashqari) bojxona to\u02bblovlaridan (qo\u02bbshilgan qiymat solig\u02bbi va bojxona rasmiylashtiruvi yig\u02bbimlaridan tashqari) ozod qilingan.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, mazkur qarorda yuk tashish uchun mo\u02bbljallangan transport vositalarining Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodlari aniq ko\u02bbrsatib o\u02bbtilgan.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">SAVOL: Xorijdan urug\u02bblar, ko\u02bbchatlar va mineral o\u02bbg\u02bbitlar olib kelmoqchiman. Bu masalada tadbirkorlarga qulayliklar bormi?<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">JAVOB: O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Farmoni 6-bandiga muvofiq 2021-yil 1-yanvarga qadar chetdan olib kirilayotgan urug\u02bblar, ko\u02bbchatlar va payvandtaglar, mineral o\u02bbg\u02bbitlar, o\u02bbsimliklarni kimyoviy himoyalash vositalari bojxona to\u02bblovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig\u02bbim bundan mustasno) ozod etilgan.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">SAVOL: Karantin davrida eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlarni tegishli idoralardan olishda qanday qulayliklar mavjud?<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">JAVOB: Joriy yilning 1-yanvaridan boshlab, eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlarni \u201cYagona darcha\u201d bojxona axborot tizimi orqali \u201cO\u02bbzstandart\u201d agentligi, Sog\u02bbliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo\u02bbmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo\u02bbmitasi, \u201cO\u02bbzbekekspertiza\u201d AJ, \u201cO\u02bbzdavkarantin\u201d tomonidan elektron ravishda rasmiylashtirish yo\u02bblga qo\u02bbyildi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Tadbirkorlar internetdagi yagonadarcha.uz manzilda joylashgan \u201cYagona darcha\u201d bojxona axborot tizimi orqali elektron raqamli imzodan foydalangan holda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va sertifikatlarni olish uchun mazkur tashkilotlarga ariza yuborsa, kifoya.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Arizaga javoban berilgan hujjatlar va sertifikatlar mazkur portal orqali bir vaqtning o\u02bbzida ham tadbirkorga, ham bojxona organlariga bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Hozirga kelib \u201cYagona darcha\u201d tizimidan 14 mingga yaqin tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari foydalanmoqda. Tizim orqali qisqa muddat davomida 146 mingdan ortiq ruxsatnoma va sertifikat elektron ravishda taqdim qilindi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div class=\"news-props\">\n<div class=\"viewed\" style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div class=\"prop\" style=\"text-align: justify;\"><span class=\"pull-right\">O\u02bbzA<\/span><\/div>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":849,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-983","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/983","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=983"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/983\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":984,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/983\/revisions\/984"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/849"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=983"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=983"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=983"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}