{"id":980,"date":"2020-04-29T13:26:02","date_gmt":"2020-04-29T11:26:02","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=980"},"modified":"2020-04-29T13:26:02","modified_gmt":"2020-04-29T11:26:02","slug":"%d1%81ovid-19-%d0%b7%d0%b0%d1%80%d1%83%d0%b1%d0%b5%d0%b6%d0%bd%d1%8b%d0%b5-%d0%bf%d0%b0%d1%80%d1%82%d0%bd%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d0%b2%d1%8b%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d1%8f%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/04\/29\/%d1%81ovid-19-%d0%b7%d0%b0%d1%80%d1%83%d0%b1%d0%b5%d0%b6%d0%bd%d1%8b%d0%b5-%d0%bf%d0%b0%d1%80%d1%82%d0%bd%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d0%b2%d1%8b%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d1%8f%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba\/","title":{"rendered":"OTB iqtisodiy tanglik holatida ham O\u02bbzbekistonni qo\u02bbllab-quvvatlaydi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\">Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti Masatsugu Asakava va Bosh vazir o\u02bbrinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, OTBning O\u02bbzbekiston Respublikasi tomonidan boshqaruvchisi Sardor Umurzoqov ushbu yirik xalqaro moliyaviy tuzilma COVID-19 koronavirus infeksiyasi pandemiyasiga qarshi kurashda mamlakatimizga qay tarzda ko\u02bbmaklashishi mumkinligi masalalarini muhokama qilishdi.<\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\">Janob Asakava pandemiyaga qarshi kurash bo\u02bbyicha o\u02bbz vaqtida ko\u02bbrilgan chora-tadbirlar uchun hukumatimizga minnatdorlik bildirdi. Uning fikricha, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 19-mart kuni e\u02bclon qilingan choralar O\u02bbzbekiston xalqi farovonligini ta\u02bcminlashga nisbatan faol yondashuvni namoyon etdi. Bu qarorlar islohotlar sur\u02bcatini saqlab qolish, rivojlanishi sustlashgan iqtisodiy jarayonni qayta tiklash uchun zarur bo\u02bbladigan vaqtni qisqartirishga yordam beradi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">OTB rahbari, shuningdek, iqtisodiyotning salbiy ta\u02bcsirga uchragan tarmoqlarida faoliyat olib borayotgan korxonalar va biznes vakillariga ko\u02bbmaklashish bo\u02bbyicha ko\u02bbrilgan choralarni ham ma\u02bcqulladi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">\u2013 Osiyo taraqqiyot banki mana shunday favqulodda murakkab vaziyatda O\u02bbzbekistonni to\u02bbliq qo\u02bbllab-quvvatlash tarafdori, moliyaviy manbalarni koronavirus infeksiyasi yana-da keng tarqalishining oldini olish, shuningdek ishbilarmonlarni qo\u02bbllab-quvvatlash va bandlikni ta\u02bcminlash, ijtimoiy yordam hajmini kengaytirish va iqtisodiyotning barqaror harakatlanishini ta\u02bcminlashga yo\u02bbnaltirishga tayyor, \u2013 dedi janob Asakava. \u2013 OTB shoshilinch tibbiy ehtiyojlar uchun 200 ming dollar miqdoridagi grant yordami ajratilishini ma\u02bcqulladi. Tuzilma hukumat bilan hozirjavob turkum ko\u02bbmagini taqdim etish ustida ish olib boryapti. Bu pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta\u02bcsirini yumshatishga xizmat qiladi. OTB shuningdek, mamlakatimizda shoshilinch ehtiyojlarni qondirishga yordam berish va sog\u02bbliqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun siyosat va joriy zaymlar shaklidagi jamg\u02bbarmalarni taqsimlash bo\u02bbyicha tavsiyalar beradi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Sardor Umurzoqov, o\u02bbz navbatida doimiy ko\u02bbmak va ayniqsa, pandemiya tufayli yuzaga chiqqan hozirgidek tang vaziyatdagi hamkorlik uchun OTB rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi. U O\u02bbzbekiston hukumati tomonidan o\u02bbz aholisi salomatligi va farovonligini ta\u02bcminlash va mamlakat oldida turgan makroiqtisodiy muammolarni hal etish uchun barcha choralar ko\u02bbrilishini ta\u02bckidladi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Hukumat iqtisodiy o\u02bbsish sekinlashishini e\u02bctirof etadi. Bunda byudjet tushumlari va eksport orqali keladigan daromadlar kamayishi byudjet va joriy hisob raqamlarida kamomad hosil bo\u02bblishiga olib keladi. Shu bois, hukumatning vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida qabul qilayotgan chora-tadbirlari aholi turmush darajasida aks etadigan salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar ko\u02bblamini kamaytirishga yordam beradi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Joriy yilning 18-martida OTB tuzilmaga a\u02bczo rivojlanayotgan davlatlar (bu ro\u02bbyxatda O\u02bbzbekiston ham bor)ga COVID-19 pandemiyasiga javoban, shoshilinch ehtiyojlarni qondirish uchun 6,5 milliard dollar qiymatga ega dastlabki yordam paketi ajratilishini e\u02bclon qildi. Bank bundan buyon ham zarur hollarda qo\u02bbshimcha moliyaviy ko\u02bbmak va siyosat masalalari bo\u02bbyicha tavsiyalar berishga tayyor.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Osiyo taraqqiyot banki Osiyo-Tinch okeani mintaqasini farovon, inklyuziv va barqaror hududga aylantirish yo\u02bblida tayyor ekanini, bu jarayonda qashshoqlikni bartaraf etish bo\u02bbyicha sa\u02bcy-harakatlarni davom ettirishini yana bir bor ta\u02bckidlaydi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">1966-yilda tashkil etilgan va bugungi kunda o\u02bbz tarkibida 68 davlatni birlashtirgan OTBga a\u02bczo mamlakatlarning 49 tasi mintaqamizda joylashgan.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Internet materiallari asosida tayyorlandi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div class=\"news-props\">\n<div class=\"viewed\"><\/div>\n<div class=\"prop\"><span class=\"pull-right\">G\u02bbayrat Xonnazarov, O\u02bbzA<\/span><\/div>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":981,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-980","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/980","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=980"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/980\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":982,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/980\/revisions\/982"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/981"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=980"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=980"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=980"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}