{"id":974,"date":"2020-04-22T22:17:38","date_gmt":"2020-04-22T20:17:38","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=974"},"modified":"2020-04-22T22:28:02","modified_gmt":"2020-04-22T20:28:02","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%be%d0%b1%d1%8a%d0%b5%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d1%8f%d0%b5%d1%82-%d1%83%d1%81","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/04\/22\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%be%d0%b1%d1%8a%d0%b5%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d1%8f%d0%b5%d1%82-%d1%83%d1%81\/","title":{"rendered":"Shavkat Mirziyoyev: xalqimizning olijanob fazilatlari bugun yana-da kuchliroq jo\u02bbsh urmoqda"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-aprel kuni global inqiroz va pandemiya sharoitida mamlakatimiz aholisi bandligi masalalariga bag\u02bbishlangan videoselektor yig\u02bbilishi avvalida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarga yana bir bor alohida to\u02bbxtalib o\u02bbtdi.<!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari, jumladan, shunday dedi:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Bugungi kunga qadar 424 nafar yurtdoshimiz bu kasallikdan xalos bo\u02bblib, reabilitatsiya rejimiga o\u02bbtkazilgani barchamizga, butun el-yurtimizga katta kuch beradi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile aligncenter\" title=\"Shavkat Mirziyoyev: xalqimizning olijanob fazilatlari bugun yana-da kuchliroq jo\u02bbsh urmoqda\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/4c6\/1f6fa7de_31f7_075b_320f_75f971025778.jpg\" alt=\"Shavkat Mirziyoyev: xalqimizning olijanob fazilatlari bugun yana-da kuchliroq jo\u02bbsh urmoqda\" border=\"0\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yuzaga kelgan vaziyatni to\u02bbg\u02bbri tushunib, karantin qoidalariga og\u02bbishmay amal qilayotgan, ko\u02bbrilayotgan chora-tadbirlarni keng qo\u02bbllab-quvvatlayotgan barcha yurtdoshlarimizga yana bir marta rahmat aytaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fursatdan foydalanib, kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan, haqiqiy qahramonlik ko\u02bbrsatib, ushbu kasallikka qarshi kurashayotgan jonkuyar shifokorlarimizga, ular bilan bir safda turib xizmat qilayotgan xorijiy vrachlarga, shuningdek, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar va Mudofaa vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlariga o\u02bbz nomimdan, xalqimiz nomidan yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muhtaram do\u02bbstlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">20-aprel kuni bo\u02bblib o\u02bbtgan videoselektor yig\u02bbilishida biz xalqaro va milliy talablarga to\u02bbliq amal qilgan holda, mamlakatimizda karantin rejimini bosqichma-bosqich yumshatish, shu asosda tezroq normal hayotga qaytish bo\u02bbyicha dastlabki chora-tadbirlarni belgilab olgan edik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda virusdan xoli hududlardagi bir qator sanoat korxonalarida, qurilish maydonlarida, fermer va klaster xo\u02bbjaliklarida, sanitar-epidemiologik normalarga qat\u02bciy amal qilgan holda, ishlar asta-sekin boshlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayniqsa, \u201cKo\u02bbklamning har bir dami \u2013 g\u02bbanimat!\u201d degan da\u02bcvatni o\u02bbzlari uchun hayotiy shiorga aylantirib, dalalarimizda, tomorqalarda ter to\u02bbkib, halol mehnat qilayotgan fidoyi dehqon va fermerlarimizga, klaster xo\u02bbjaliklari rahbarlari va ishchi-xizmatchilariga o\u02bbz rahmatimni aytaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, biz koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashni bir lahza ham to\u02bbxtatmaymiz. Bu odamlarimiz, aholimizning sog\u02bblig\u02bbi, hayoti bilan bog\u02bbliq o\u02bbta muhim masala.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayni paytda, biz 34 millionli xalqimizni oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar bilan kafolatlangan holda ta\u02bcminlash, fuqarolar daromadlarining pasayib ketishiga yo\u02bbl qo\u02bbymaslik, yordam va ko\u02bbmakka muhtoj yurtdoshlarimizni qo\u02bbllab-quvvatlashdek g\u02bboyat dolzarb vazifani ham kechiktirmasdan hal qilishimiz kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Buning uchun iqtisodiyotimizning yetakchi tarmoqlari barqaror ishlashi shart. Ko\u02bbrinib turganidek, biz bir vaqtning o\u02bbzida qator murakkab vazifalarni yechishimiz zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi og\u02bbir paytda aholimizning yordam va ko\u02bbmakka muhtoj qatlamlarini aniq, manzilli asosda qo\u02bbllab-quvvatlash maqsadida \u201cSAXOVAT VA KO\u02bbMAK\u201d umumxalq harakatini yo\u02bblga qo\u02bbyish haqidagi tashabbusni xalqimiz, jamoatchiligimiz ko\u02bbtarinki ruhda, qizg\u02bbin kutib olgani barchamizni, albatta, xursand qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu masala bo\u02bbyicha muhtaram faxriylarimiz, olimlar, madaniyat va san\u02bcat arboblari, hurmatli ulamolarimiz, biznes hamjamiyat vakillari, yoshlarimiz tomonidan televideniye va ro\u02bbznomalarda, ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlar, samimiy munosabat bunday ezgu intilish xalqimizning yuragida, qalbida mujassam ekanini yaqqol tasdiqlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu samimiy fikr-mulohazalar el boshiga ish tushgan qiyin damlarda bir-biriga yelkadosh bo\u02bblish, bir-biriga e\u02bctibor va g\u02bbamxo\u02bbrlik ko\u02bbrsatish kabi eng olijanob fazilatlar xalqimizning yuragida, qalbida azaldan mujassam bo\u02bblganini, bugun ushbu intilishlar yana-da kuchliroq jo\u02bbsh urayotganini namoyon etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ma\u02bcnoda, ulug\u02bb shoir va mutafakkir Alisher Navoiy bobomizning \u201cSaxovatli insonning boshiga jannat daraxtlari soya soladi\u201d degan so\u02bbzlarida chuqur hikmat bor, albatta.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Men, mana shu tashabbusni chin dildan qo\u02bbllab-quvvatlab, bu savobli ishga munosib hissa qo\u02bbshayotgan barcha vatandoshlarimizga, saxovatli tadbirkorlarimizga muqaddas kitoblarimizda aytilgan: \u201cYaxshilikning mukofoti \u2013 faqat yaxshilikdir\u201d, degan gapni yana bir bor eslatmoqchiman.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/www.prezident.uz\/uploads\/d6ec407f-a604-aa29-195a-b0e3a6836c28.jpg\" width=\"640\" height=\"427\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, ehtiyojmand, kam ta\u02bcminlangan insonlar va oilalarga mehr va hurmat bilan yordam qo\u02bblini cho\u02bbzadigan barcha tadbirkorlar va fermerlarga, xo\u02bbjalik birlashmalari vakillariga, vazirlik, idora va tashkilotlarning ishchi-xodimlariga bu qilgan yaxshiliklari bir necha bor ziyoda bo\u02bblib qaytadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u02bckidlab aytaman: o\u02bbz navbatida, davlatimiz, jamiyatimiz saxovatpesha tadbirkorlarni har tomonlama qo\u02bbllab-quvvatlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ularga hech qanday og\u02bbirlik tushmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ma\u02bcnoda, \u201cSaxovat va ko\u02bbmak\u201d umumxalq harakati davlatimiz va xalqimiz birligini, uning beqiyos qudratini yorqin namoyon etib, yangi tariximiz sahifalaridan mustahkam o\u02bbrin oladi, deb ishonaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mana, jonajon Vatanimizga Ramazoni sharif kirib kelmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu ulug\u02bb ayyom munosabati bilan nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-uka, opa-singillarimizni, iymon-e\u02bctiqodli xalqimizni chin qalbimdan muborakbod etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barchangizga tinchlik-omonlik, oilaviy xotirjamlik, baxtu saodat yor bo\u02bblishini tilayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi o\u02bbtkinchi qiyinchiliklarga qaramasdan, Ramazoni sharif har doimgidek xonadonlarimizga, dillarimizga quvonch, yurtimizga fayzu baraka baxsh etadi, bir-birimizga bo\u02bblgan mehr-oqibatimizni yana-da ziyoda qiladi, deb ishonaman.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/www.prezident.uz\/uploads\/74c6faae-0ac8-5bb5-19d8-a18f2306cb71.jpg\" width=\"640\" height=\"427\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fursatdan foydalanib, uzoq-yaqin mamlakatlardagi mo\u02bbmin-musulmon birodarlarimizni ham samimiy tabriklab, ularga o\u02bbz nomimdan, xalqimiz nomidan tinchlik va farovonlik tilayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hammamizga ayonki, Alloh taoloning marhamati bilan shahri Ramazonda ezgu niyatlar ijobat bo\u02bbladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mana shu muborak oyda barchamiz tutgan ro\u02bbzalarimiz, qilayotgan duoi fotihalarimiz, xayrli amallarimiz sharofati bilan barcha mamlakatlar qatori el-yurtimizni ham ushbu ofatdan tezroq xalos etishini Yaratgan Parvardigordan so\u02bbrab qolamiz.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/www.prezident.uz\/uploads\/31950eea-63c8-c8d4-f1a2-6ffa990c849a.jpg\" width=\"640\" height=\"427\" \/><\/p>\n<div>\n<hr \/>\n<\/div>\n<p>O&#8217;zA<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":163,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-974","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/974","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=974"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/974\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":976,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/974\/revisions\/976"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/163"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=974"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=974"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=974"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}