{"id":911,"date":"2020-03-02T11:14:37","date_gmt":"2020-03-02T09:14:37","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=911"},"modified":"2020-03-02T11:14:37","modified_gmt":"2020-03-02T09:14:37","slug":"%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b0%d1%82%d0%b8%d0%b2%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d1%8b%d0%b3%d1%80%d0%b0%d0%bb%d0%b0-%d0%b2%d0%b0%d0%b6%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/03\/02\/%d0%b8%d0%bd%d0%b8%d1%86%d0%b8%d0%b0%d1%82%d0%b8%d0%b2%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d1%8b%d0%b3%d1%80%d0%b0%d0%bb%d0%b0-%d0%b2%d0%b0%d0%b6%d0%bd\/","title":{"rendered":"AQSH va Tolibon harakati o\u02bbrtasidagi uchrashuv ishtirokchilari O\u02bbzbekistonning Afg\u02bbonistonda tinchlik o\u02bbrnatish yo\u02bblidagi qat\u02bciy sa\u02bcy-harakatlarini e\u02bctirof etishmoqda"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\">\u201cTolibon\u201d harakatining Qatardagi vakolatxonasi a\u02bczosi Anas Haqqoniy: Biz Mirziyoyevga ishonamiz!<\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><!--more--><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\">&#8211; Janob Prezident Shavkat Mirziyoyev Afg\u02bboniston taraqqiyoti va ertangi ravnaqini ta\u02bcminlash maqsadida, ushbu mamlakatda tinchlikni qaror toptirish yo\u02bblida qat\u02bciy iroda namoyon etmoqda. Yagona mintaqada qo\u02bbshni bo\u02bblib yashayotgan jamiki xalqlar, mamlakatlar uchun ahil-inoq, osoyishta yashash hayotiy zaruratdir. Bir qo\u02bbshnining tinchligi boshqa qo\u02bbshnilarning ham osoyishtaligi hisoblanadi. Biron-bir qo\u02bbshniga xavf tug\u02bbilishi esa boshqa qo\u02bbshnilarga ham xavf-xatar uyg\u02bbotadi. Bu borada biz janob Mirziyoyevning siyosati va qarashlarini qo\u02bbllab-quvvatlaymiz. Eng muhimi, u kishi Afg\u02bbonistonda tinchlik, sulh va osoyishtalikni qaror toptira oladi, deb ishonamiz.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Germaniya Federativ Respublikasining Afg\u02bboniston va Pokiston bo\u02bbyicha vakili Markus Potsel: Afg\u02bbonistonda tinchlik o\u02bbrnatilishi butun Markaziy Osiyo manfaatlariga xizmat qiladi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Markaziy Osiyoning bir qismi hisoblangan Afg\u02bboniston masalasida O\u02bbzbekiston va Germaniya ko\u02bbp yillardan buyon hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida ikki davlat afg\u02bbon yoshlari ta\u02bclim olishi uchun grantlar ajratib kelyapti. Bugungi kelishuvdan so\u02bbng amalga oshadigan besh tomonlama yondashuv, ya\u02bcni Qatar, Norvegiya, Indoneziya, O\u02bbzbekiston va Germaniyaning Afg\u02bbonistondagi turli siyosiy kuchlar va guruhlar o\u02bbrtasida o\u02bbzaro muloqotni yo\u02bblga qo\u02bbyish borasidagi harakatlari ham birgalikdagi intilishlarning yorqin misolidir.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Umuman, olganda Germaniya va YEI davlatlari Afg\u02bboniston zaminida tinchlik o\u02bbrnatilishi tarafdori, chunki bu mojaroning yakun topishi avvalo jabrdiyda afg\u02bbon xalqi manfaatlariga xizmat qiladi. Bu o\u02bbz navbatida Markaziy Osiyo uchun ham har tomonlama foydali. Jumladan, savdo-sotiqni yo\u02bblga qo\u02bbyish va rivojlantirish, iqlim o\u02bbzgarishiga qarshi birgalikda kurashish yo\u02bbllarini topish, muqobil energiya ishlab chiqarish bo\u02bbyicha loyihalarni hayotga tadbiq etish yaxshi samara beradi. Men 2018-yilning mart oyida Afg\u02bboniston masalasida Toshkentda bo\u02bblib o\u02bbtgan xalqaro anjumanda ishtirok etgandim. Keyin 2019-yil avgustda ham O\u02bbzbekistonga kelib, tashqi ishlar vaziri hamda Prezidentning Afg\u02bboniston masalalari bo\u02bbyicha maxsus vakili bilan uchrashdim. Germaniya O\u02bbzbekistonning Afg\u02bbonistonda tinchlik o\u02bbrnatish borasidagi alohida o\u02bbrnini e\u02bctirof etadi. Zero, Afg\u02bbonistonda tinchlikni ta\u02bcminlashga qaratilgan Toshkent konferensiyasi aynan O\u02bbzbekiston yetakchisi tashabbusi bilan tashkil etildi. Qolaversa, 2019-yil may oyida GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning Toshkentga tashrifi mobaynida ham ikki davlat rahbari o\u02bbrtasida Afg\u02bboniston masalasi chuqur tahlil qilingan edi.<\/div>\n<p>O\u02bbz<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":912,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-911","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/911","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=911"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/911\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":913,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/911\/revisions\/913"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/912"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=911"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=911"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=911"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}