{"id":887,"date":"2019-12-27T14:00:50","date_gmt":"2019-12-27T12:00:50","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=887"},"modified":"2019-12-27T14:00:50","modified_gmt":"2019-12-27T12:00:50","slug":"%d0%bc%d0%b8%d1%81%d1%81%d0%b8%d1%8f-%d0%b1%d0%b4%d0%b8%d0%bf%d1%87-%d0%be%d0%b1%d1%81%d0%b5-%d0%be%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%be%d0%b2%d0%b0%d0%bb%d0%b0-%d0%b7%d0%b0%d1%8f%d0%b2%d0%bb","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2019\/12\/27\/%d0%bc%d0%b8%d1%81%d1%81%d0%b8%d1%8f-%d0%b1%d0%b4%d0%b8%d0%bf%d1%87-%d0%be%d0%b1%d1%81%d0%b5-%d0%be%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%be%d0%b2%d0%b0%d0%bb%d0%b0-%d0%b7%d0%b0%d1%8f%d0%b2%d0%bb\/","title":{"rendered":"YXHT DIIHB missiyasi O\u2018zbekistonda bo\u2018lib o\u2018tgan parlament saylovlarining kuzatuvlari natijalari to\u2018g\u2018risida dastlabki hisobotini e\u2019lon qildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2019-yil 23-dekabr YXHT rasmiy veb-sahifasida YXHT DIIHB missiyasining joriy yilning 25-noyabridan 25-dekabrigacha O\u2018zbekiston Respublikasi parlament saylovlarining kuzatuvlari natijalari to\u2018g\u2018risida e\u2019lon qilingan dastlabki hisoboti e\u2019lon qilindi.<!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hisobotda ta\u2019kidlanishicha, \u201csaylovlar, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-yildan O\u2018zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarida o\u2018zgarishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlari doirasida o\u2018tkazildi\u201d. Shu bilan birga, \u201cYangi O\u2018zbekiston \u2013 yangi saylovlar\u201d shiori ostida Oliy Majlisga o\u2018tkazilgan saylovlar modernizatsiya va demokratlashtirish jarayonidagi muhim bosqich bo\u2018lib, davlat rahbarining ta\u2019rifiga ko\u2018ra \u2013 ortga qaytarib bo\u2018lmaydigan xarakterga ega ekanligi alohida qayd etilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">YXHT yangi qabul qilingan Saylov kodeksida ilgari YXHT DIIHB tomonidan berilgan tavsiyalar mavjud bo\u2018lib, ushbu tavsiyalar saylovlarning huquqiy asoslarini xalqaro standartlar va YXHT majburiyatlariga yaqinlashtirganini tan oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cMarkaziy saylov komissiyaning parlament saylovlarini namunaviy tarzda o\u2018tkazish bo\u2018yicha amalga oshirgan sezilarli darajadagi sa\u2019y-harakatlariga\u201d ijobiy baho berildi. Hisobotda Markaziy saylov komissiyaning saylovlarni o\u2018z vaqtida va belgilangan tartibda o\u2018tkazishga amal qilganligi aytiladi. Saylovchilarning xabardorligini va saylov komissiyasi vakillarining savodxonligini oshirish, nogiron shaxslarga kerakli sharoitlarni yaratish bo\u2018yicha keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirilganligi e\u2019tirof etildi. Jazoni o\u2018tash muassasalarida ozodlikdan mahrum qilingan, o\u2018ta og\u2018ir bo\u2018lmagan jinoyat sodir etganlikda ayblangan shaxslarga ovoz berish huquqining taqdim etilganligi alohida ta\u2019kidlab o\u2018tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko\u2018p marotaba ovoz berishni bartaraf etuvchi va teng ovoz berish huquqini kafolatlovchi saylovchilarning yagona elektron ro\u2018yxati tatbiq etilganligiga \u201culkan yutuq\u201d sifatida baho berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">1999-yildan buyon ilk marotaba DIIHB hisobotida saylovlarning yuqori ochiqlik va shaffolikda o\u2018tgani qayd etilmoqda. Saylov kampaniyasi hukumatning so\u2018z va fikr erkinligiga nisbatan oshib borayotgan hurmat sharoitida o\u2018tganligi ta\u2019kidlandi. YXHT ekspertlarining fikriga ko\u2018ra bu \u201cOAVga saylov jarayonlarini keng yoritish imkonini berdi\u201d. Bundan tashqari, amalga oshirilgan islohotlar fuqarolar va siyosiy partiyalar uchun siyosiy takliflar va hukumatga nisbatan tanqid bilan chiqish imkonini berganligi YXHT tomonidan yuqori baholandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hisobotda eng muhim yangilik sifatida jonli efirda debatlarning tez-tez o\u2018tkazilganligi ta\u2019kidlangan. Mustaqil sharhning muhim manbai sifatida ko\u2018riladigan blogerlarning ta\u2019siri ortib borayotganligi ko\u2018rsatib o\u2018tilgan. YXHT kuzatuvchilari milliy ozchilikning huquqlari buzilishi holatlari kuzatilmaganligi ta\u2019kidlagan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchi marta \u201cSaylov kodeksi saylov qonunchiligining buzilishiga javoban huquqiy vositalarni va partiyalarning saylov oldi tashviqoti doirasida moliyaviy resurslar sarflanganligi to\u2018g\u2018risidagi hisobotlarni bir oy ichida o\u2018z veb-saytlarida va OAVda e\u2019lon qilish majburiyatini ta\u2019minlaydigan oqilona qonunchilik bazasini yaratganligi\u201d e\u2019tirof etilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Alohida qayd etilishicha, saylovda 820 dan ortiq xalqaro kuzatuvchilar va 135 nafar chet ellik jurnalistlar ishtirok etgan va ular uchun saylov jarayonining barcha jabhalariga teng va to\u2018siqsiz kirish imkoniyati yaratilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">YXHT hujjatida davlat va jamoat boshqaruv tizimidagi, saylov amaliyotidagi bir qator ijobiy o\u2018zgarishlar ham qayd etilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, YXHT Missiyasining hisobotida saylov qonunchiligi va saylov amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan qator tavsiyalar mavjud.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tuhmat qilish, \u201cfuqarolarning qadr-qimmatini kamsitish\u201d va \u201cyolg\u2018on ma\u2019lumot\u201d tarqatish uchun jinoiy jazolarni bekor qilish taklif etiladi. Bu Missiyaning fikricha, jurnalistlar faoliyatini va fikr erkinligi huquqini sezilarli darajada cheklaydi. Shu munosabat bilan, YXHT\/DIIHB O\u2018zbekiston Prezidentning tuhmat va haqoratlar endi qamoq jazosi bilan jazolanmasligi uchun qonunlarga o\u2018zgartirishlar kiritish bo\u2018yicha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga topshiriq berganligini olqishlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, YXHT\/DIIHB Missiyasi ta\u2019kidlashicha, deputatlikka nomzodlarga saylov kunidan kamida besh yil davomida mamlakatda bo\u2018lish talablarini belgilash eng yaxshi saylov amaliyotiga mos kelmaydi. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga saylovda ovoz berish huquqini berish, shuningdek fuqarolarga mustaqil nomzod sifatida ishtirok etish imkoniyatini ko\u2018rib chiqish taklif etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">YXHT Missiyasining fikriga ko\u2018ra, hozirgi vaqtda ayollar mamlakat jamoat va siyosiy hayotida yetarli darajada faol qatnashmayapti. Shu bilan birga, DIIHB Missiyasi Markaziy saylov komissiyasida ayollar soni 3 tadan 7 tagacha, saylov organlarida esa 49%ga oshganini ta\u2019kidlab o\u2018tdi. Nomzod sifatida ko\u2018rsatilgan ayollar soni 41 foizdan oshganligi ham alohida ta\u2019kidlab o\u2018tildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">DIIHB Missiyasi O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 iyundagi Oliy Majlis Senatining yalpi majlisidagi nutqida ayollarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o\u2018rni va rolini yanada kuchaytirish muhimligi to\u2018g\u2018risidagi fikrini keltirib o\u2018tdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qolaversa, Missiya, ovoz berish kuni saylov uchastkalarida guruh-guruh bo\u2018lib ovoz berish holatlari, saylovchilarni ro\u2018yxatga olish va ovozlarni sanab chiqish jarayonida kuzatilgan huquqbuzarliklar va yakuniy protokollarni to\u2018ldirishda qiyinchiliklar kuzatilganini qayd etdi. Ta\u2019kidlash joizki, saylov kuni Markaziy saylov komissiyasi O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda saylov qonunchiligi buzilish holatlari uchraganini tan oldi va ushbu holat yuzasidan hozirgi vaqtda tegishli tekshiruvlar o\u2018tkazilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xulosada Missiya Markaziy saylov komissiyasi va Tashqi ishlar vazirligiga saylov jarayoni kuzatish uchun taklif etilgani uchun tashakkurnoma bildirgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Markaziy saylov komissiyasidan ma\u2019lum qilishlaricha, O\u2018zbekistonda bo\u2018lib o\u2018tgan saylovlarda birinchi marotaba YXHT tashkilotiga a\u2019zo bo\u2018lgan 37 davlatdan 316 kengaytirilgan kuzatuvchilar delegatsiyasi, shu jumladan, YXHT\/DIIH byurosidan \u2013 271 va YXHT Parlament Assambleyasidan 45 nafar kuzatuvchi qatnashdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, oldingi hisobotlardan farqli o\u2018laroq, ushbu hisobotda YXHT Parlament assambleyasi delegatsiyasining kuzatuv natijalari ham hisobga olingan.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":888,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-887","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/887","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=887"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/887\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":889,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/887\/revisions\/889"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/888"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=887"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=887"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=887"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}