{"id":856,"date":"2019-11-18T18:52:21","date_gmt":"2019-11-18T16:52:21","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=856"},"modified":"2019-11-18T18:52:21","modified_gmt":"2019-11-18T16:52:21","slug":"%d0%b3%d1%80%d0%b0%d0%b6%d0%b4%d0%b0%d0%bd%d0%b5-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b7%d0%b0-%d1%80%d1%83%d0%b1%d0%b5%d0%b6%d0%be%d0%bc-%d1%81%d0%bc%d0%be%d0%b3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2019\/11\/18\/%d0%b3%d1%80%d0%b0%d0%b6%d0%b4%d0%b0%d0%bd%d0%b5-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b7%d0%b0-%d1%80%d1%83%d0%b1%d0%b5%d0%b6%d0%be%d0%bc-%d1%81%d0%bc%d0%be%d0%b3\/","title":{"rendered":"Saylov okruglari va okrug saylov komissiyalari tuzish tartibi va vakolatlari"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Har bir o\u2018tayotgan kun bizni joriy yil 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatligi uchun bo\u2018lib o\u2018tadigan saylovlarga yaqinlashtirmoqda.<!--more--><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile\" title=\"Saylov okruglari va okrug saylov komissiyalari  tuzish tartibi va vakolatlari\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/4a0\/photo5280833582773939137.jpg\" alt=\"Saylov okruglari va okrug saylov komissiyalari  tuzish tartibi va vakolatlari\" border=\"0\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Saylovlarni ochiq-oshkora, milliy saylov qonunchiligimiz talablariga muvofiq, demokratik saylovlar o\u2018tkazish bo\u2018yicha to\u2018plangan boy milliy tajribamizga asoslangan holda hamda umume\u2019tirof etilgan xalqaro huquq normalari va standartlari talablariga hamohang tarzda tashkil etish, eng asosiysi saylovlar jarayonida har bir fuqaroga, saylovchiga o\u2018z xohish-irodasini erkin ifoda etishi uchun shart-sharoit va imkoniyat yaratib berish o\u2018ta muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Darhaqiqat, bu jarayonda milliy saylov tizimining ajralmas bo\u2018g\u2018ini sanalmish saylov komissiyalarining alohida o\u2018rni va roli borligini inobatga olib, bugungi maqolamizda saylov okruglari va okrug saylov komissiyalari faoliyatiga to\u2018xtalib o\u2018tmoqchimiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 9-moddasiga binoan, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Jo\u2018qorg\u2018i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o\u2018tkazish uchun bir yuz ellikta hududiy saylov okrugi tuzilishi, har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanishi belgilangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur saylov okruglarining chegaralari esa, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ma\u2019muriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda, qoida tariqasida, O\u2018zbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda belgilanishi, o\u2018z navbatida saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yo\u2018l qo\u2018yiladigan eng ko\u2018p chetga chiqishi, ya\u2019ni bir biridan farqi o\u2018n foizdan oshmasligi kerakligi qoida tariqasida belgilangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Saylov okruglarining ro\u2018yxatlari ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashgan yeri ko\u2018rsatilgan holda saylovdan kamida yetmish besh kun oldin saylov komissiyasi tomonidan e\u2019lon qilinishi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yuqoridagilarga muvofiq, O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 2019 yil 7 oktabrdagi yig\u2018ilishida Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Jo\u2018qorg\u2018i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomasiga binoan Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o\u2018tkazish uchun bir yuz ellikta hududiy saylov okrugi tuzish haqida qaror qabul qildi. Saylov okruglarining ro\u2018yxatlari ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashgan yeri ko\u2018rsatilgan mazkur qaror Markaziy saylov komissiyasining \u201cVeb sayti\u201dda, \u201cXalq so\u2018zi\u201d va \u201cNorodnoe slovo\u201d gazetalarida hamda mahalliy matbuotda e\u2019lon qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xuddi shuningdek, Saylov kodeksining ushbu moddasiga muvofiq, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o\u2018tkazish uchun \u2014 oltmishtadan ko\u2018p bo\u2018lmagan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylov o\u2018tkazish uchun \u2014 o\u2018ttiztadan ko\u2018p bo\u2018lmagan saylov okrugi tuzilishi lozim. Ushbu normalar doirasida mahalliy Kengashlarga saylov o\u2018tkazish uchun saylov okruglari soni tegishli mahalliy Kengash tomonidan aholi, saylovchilar soni, hudud va boshqa mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanishi kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mahalliy Kengashlarga saylov o\u2018tkazish bo\u2018yicha saylov okruglari tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning ma\u2019muriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda belgilanadi hamda har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 21-moddasiga binoan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o\u2018tkazish bo\u2018yicha okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, mahalliy Kengashlarga saylov o\u2018tkazish bo\u2018yicha okrug saylov komissiyasi esa tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais o\u2018rinbosari, kotibi va olti \u2014 sakkiz nafar komissiya a\u2019zosidan, jami to\u2018qqiz nafardan o\u2018n bir nafarga qadar tarkibda tuzilishi belgilangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o\u2018tkazish bo\u2018yicha okrug saylov komissiyalari a\u2019zoligiga nomzodlar jamoatchilikning obro\u2018-e\u2019tiborli vakillari orasidan tanlanib, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Jo\u2018qorg\u2018i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinib, undan so\u2018ng Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlash uchun tavsiya etilishi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018z navbatida, qonunga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o\u2018tkazish bo\u2018yicha okrug saylov komissiyalarining a\u2019zolari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining tavsiyasiga binoan viloyat saylov komissiyasi tomonidan, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov o\u2018tkazish bo\u2018yicha okrug saylov komissiyalarining a\u2019zolari fuqarolar o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlarining tavsiyasiga binoan tegishli tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yuqoridagilarga muvofiq, O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 2019 yil 11 oktabrdagi yig\u2018ilishida Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Jo\u2018qorg\u2018i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasiga asosan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o\u2018tkazish bo\u2018yicha okrug saylov komissiyalarini tuzdi va ularning to\u2018qqiz nafardan o\u2018n bir nafargacha bo\u2018lgan a\u2019zolarini, shu jumladan rais, rais o\u2018rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tasdiqlash haqida qaror qabul qildi. Mazkur qaror Markaziy saylov komissiyasining \u201cVeb sayti\u201dda hamda mahalliy matbuotda e\u2019lon qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 22-moddasiga binoan, okrug saylov komissiyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Saylov okrugi hududida saylov kampaniyasi davrida O\u2018zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining ijrosi ustidan nazorat qilish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Saylovga kamida oltmish kun qolguniga qadar, saylovchilar soni kamida yigirma nafardan va ko\u2018pi bilan uch ming nafardan oshmagan holda saylov uchastkalarini tuzish va okrug bo\u2018yicha ularning tartib raqamini belgilash, manzilini ko\u2018rsatgan holda ularning ro\u2018yxatini matbuotda e\u2019lon qilish orqali saylov uchastkalarining joylashgan yeri haqida saylovchilarni xabardor etish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalq deputatlari tuman, shahar kengashlarining tavsiyasiga asosan uchastka saylov komissiyalarini tuzish, ularning tarkibini tasdiqlash va bu haqidagi ma\u2019lumotlarni e\u2019lon qilish hamda saylovga tayyorgarlik ko\u2018rish va uni o\u2018tkazish bilan bog\u2018liq jarayonlarda uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Deputatlikka nomzodlar saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta\u2019minlash, ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga ko\u2018maklashish, ishonchli vakillarini ro\u2018yxatga olish va tegishli guvohnomalar berish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, fuqarolar o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari vakillarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko\u2018rish hamda uni o\u2018tkazish bilan bog\u2018liq masalalar yuzasidan axborotini eshitish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Saylovchilar ro\u2018yxatlarining tuzilishini va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib borish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Saylov okrugi bo\u2018yicha saylov natijalarini aniqlash va ularni tegishlicha Markaziy saylov komissiyasiga, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalariga taqdim etish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek bo\u2018shab qolgan o\u2018rinlarga deputatlar saylovi o\u2018tkazilishini tashkil etish hamda saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini ko\u2018rib chiqish hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qilish.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Saylov kodeksida viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarini tuzish va tarkibini tasdiqlash masalalari, ularning vakolatlari ham batafsil keltirib o\u2018tilgan. Milliy saylov tizimining muhim bo\u2018g\u2018ini bo\u2018lgan saylov okruglari va okrug saylov komissiyalari bilan ular faoliyatini chalkashtirib yubormaslik uchun, bugungi maqolamizda faqat Saylov okruglari va okrug saylov komissiyalari haqida to\u2018xtalib o\u2018tdik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kelgusi maqolalarimizda, O\u2018zbekiston Respublikasi saylov tizimida alohida o\u2018ringa ega bo\u2018lgan viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari, uchastka saylov komissiyalari, ularni tuzish, tarkibini shakllantirish va tasdiqlash tartibi, faoliyat yo\u2018nalishlari va vakolatlari xususida batafsil to\u2018xtalamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><b>Xudoyor Mamatov,<\/b><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><i><b>Markaziy saylov komissiyasining Kotibiyat rahbari,<\/b><\/i><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><i><b>Yuridik fanlar doktori, professor<\/b><\/i><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":857,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-856","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/856","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=856"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/856\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":858,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/856\/revisions\/858"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/857"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=856"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=856"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=856"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}