{"id":848,"date":"2019-11-18T13:24:32","date_gmt":"2019-11-18T11:24:32","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=848"},"modified":"2019-11-18T13:24:32","modified_gmt":"2019-11-18T11:24:32","slug":"%d1%84%d0%bb%d0%b0%d0%b3-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%b8%d0%bc%d0%b2%d0%be%d0%bb-%d0%bd%d0%b0%d1%88%d0%b5%d0%b9-%d0%b3%d0%be%d1%80%d0%b4%d0%be%d1%81","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2019\/11\/18\/%d1%84%d0%bb%d0%b0%d0%b3-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%b8%d0%bc%d0%b2%d0%be%d0%bb-%d0%bd%d0%b0%d1%88%d0%b5%d0%b9-%d0%b3%d0%be%d1%80%d0%b4%d0%be%d1%81\/","title":{"rendered":"Hilpira bayrog\u2018im, hilpira mag\u2018rur!"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\">18 noyabr \u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi\u00a0Davlat bayrog\u2018i qabul qilingan kun!<\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><!--more--><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><b>Ranglar jilosida baxt va osoyishtalik ulashib hilpirayotgan milliy bayrog\u2018imizga ko\u2018zimiz tushganda, uni faxr bilan ko\u2018kka ko\u2018targanimizda butun vujudimiz hayajonga, faxru iftixorga to\u2018ladi. Istiqlolimiz, baxt-iqbolimiz ramzi bo\u2018lgan milliy bayrog\u2018imizni sevib qadrlamagan kishi topilmasa kerak.<\/b><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Yuksalish va rivojlanish sari dadil hilpirayotgan, xoh osmono\u2018par binolar peshtoqida bo\u2018lsin, xoh ish stoli ustida viqor to\u2018kib turgan Davlat bayrog\u2018i o\u2018zida milliy-madaniy an\u2019analarni mujassam etgani shundoqqina aks etadi. Bayroqdagi moviy rang mangu osmon va obi hayot ramzi bo\u2018lib, tiriklik mazmuni, yaxshilik, donishmandlik, shon-shuhrat va sadoqatdan ma\u2019no beradi. Tinchlik, poklik, beg\u2018uborlik darakchisi bo\u2018lgan oq rangning uyg\u2018unlashuvi ajib bir go\u2018zallik kashf etayotgan bo\u2018lsa, yashil rang ona tabiatning yangilanishi, navqironlik, umid va shodlik timsoli hisoblanadi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Bayroq uzra ko\u2018tarinkilik ruhida ufurib turgan qizil chiziqlar vujudimizda jo\u2018shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlari bo\u2018lsa, tarixiy an\u2019analarimiz, qadimgi quyosh yilnomasiga bevosita aloqador bo\u2018lgan o\u2018n ikki yulduz tasviri ham undan o\u2018rin olgan. O\u2018zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurimizda \u201cnujum ilmi\u201d taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. O\u2018n ikki yulduz tasviri o\u2018zbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, o\u2018z tuprog\u2018ida saodatga intilish ramzi sifatida tushuniladi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Rivojlanish yo\u2018lidan dadil ketib borayotgan diyorimiz istiqlolning dastlabki yillaridanoq xorijiy mamlakatlar bilan do\u2018stona aloqani izchil yo\u2018lga qo\u2018ydi. Bugun har bir hamkor davlatlarda milliy bayrog\u2018imiz yorqin nurlanayotganiga ko\u2018zingiz tushadi. 1992 yilda o\u2018z safiga qabul qilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti peshtoqida hilpirayotgan yoki turli tantanalar, festivallar, sport musobaqalarida yuqoriga ko\u2018tarilayotgan O\u2018zbekiston Davlat bayrog\u2018ini ko\u2018rganda ko\u2018ngillarni hayajon qamramay iloj yo\u2018q. Beixtiyor ko\u2018zlarda yosh aylanadi. Bu kindik qoni to\u2018kilgan Vatanga, millatga bo\u2018lgan muhabbat hissidir.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">\u2013 Bayrog\u2018imiz tom ma\u2019noda Vatan mehrini, haroratini tuyishing uchun kerak bo\u2018ladigan, yurt qadrini sarbaland qiladigan muqaddas mujda ekanligini men ilk bor Saudiya Arabistoniga safar chog\u2018ida angladim, \u2013 deydi \u201cFarg\u2018ona haqiqati\u201d gazetasi muxbiri, \u201cDo\u2018stlik\u201d ordeni sohibasi Ma\u2019muraxon Abdurahimova. \u2013 Makka shahriga bir kunning o\u2018zida o\u2018n milliondan ziyod turli millat vakillari kirib chiqadilar. Ka\u2019ba atrofida ziyoratchilar, olomon shunchalik ko\u2018payib ketadiki, qisqa daqiqalarda hamrohlaring \u2013 guruhdoshlaringni yo\u2018qotib, yo\u2018lingdan adashib qolishing hech gap emas. Bunday vaziyatlar ko\u2018p bo\u2018lmasa-da, kutilmaganda ro\u2018y berishi turgan gap. Shunda ko\u2018zlarimiz eng avvalo guruh rahbari qo\u2018lidagi O\u2018zbekiston bayrog\u2018ini axtarishga tushadi. Hilpirab turgan bayroqni uzoqlardan taniymiz. Zotan ulug\u2018 manzil, muborak ka\u2019bada bo\u2018lsang-da, Vatan mehri shu bayroq vositasida bizni o\u2018ziga tortaveradi. O\u2018shanda bayrog\u2018imizning hamma davlatlarnikidan-da chiroyli va aziz ekaniga iqror bo\u2018lganman.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">\u2013 Tanlovda g\u2018oliblik diplomini qo\u2018limga olgach hayajon bilan minglab tomoshabinlar orasidan ustozimni izlay boshladim, \u2013 deydi Ispaniyaning Lored-de Mar shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan \u201cSea sun festival\u201d xalqaro ko\u2018rik-tanlov g\u2018olibi Farzona Yuldasheva. \u2013 Ustozim Olimjon Ikromov davlat bayrog\u2018imizni baland hilpiratgancha meni qutlardi. Shu dam qalbimdan bir otash otildi, xursandchilik yoshlari yuzimni yuvdi. Men o\u2018zbek qizi sifatida yurtimiz bayrog\u2018ini dunyo sahnasida turib baland ko\u2018tara olganimdan xursand edim.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">\u2013 Hozirgi tinch, osoyishta davrda bayroqlar mustaqillik va milliylikni aks ettirib turadi, \u2013 deydi Farg\u2018ona davlat universiteti talabasi Iqbol Qosimov. \u2013 Har gal dunyo arenalarida, baland peshtoqlarda O\u2018zbekiston bayrog\u2018i hilpiraydi. Bundan quvonchim ichimga sig\u2018maydi, to\u2018lqinlanib ketaman. Chin ma\u2019noda xalq tarixi, buguni va kelajagi ifodasi bo\u2018lgan davlat ramzlari ham Vatan kabi aziz va muqaddasdir. Mustaqil O\u2018zbekiston bayrog\u2018i ham har vaqt milliy g\u2018urur, fidoyilik va vatanparvarlikni shakllantirishda eng muhim vosita sifatida qadrlanadi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Bayrog\u2018imizda yaxshilik, shon-shuhrat, sadoqat, poklik, xalqning navqironligi aks etgan. Shunday ekan, faxr va iftixor, hurmat va ehtirom<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">ruhida qadr topgan davlat bayrog\u2018i hamisha mustaqillik keltirgan buyuk ne\u2019matlardan biri sifatida yuksak qadr topib boraveradi.<\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<div class=\"news-props\">\n<div class=\"prop\" style=\"text-align: justify;\"><span class=\"pull-right\">Ma\u2019sudjon SULAYMONOV, O\u2018zA<\/span><\/div>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":849,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-848","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/848","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=848"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/848\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":850,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/848\/revisions\/850"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/849"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=848"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=848"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=848"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}