{"id":796,"date":"2019-08-02T10:37:10","date_gmt":"2019-08-02T08:37:10","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=796"},"modified":"2019-08-02T10:37:10","modified_gmt":"2019-08-02T08:37:10","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d0%b4%d0%bf%d0%b8%d1%81%d0%b0%d0%bb-%d1%83%d0%ba%d0%b0%d0%b7","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2019\/08\/02\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d0%b4%d0%bf%d0%b8%d1%81%d0%b0%d0%bb-%d1%83%d0%ba%d0%b0%d0%b7\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><!--more-->So\u02bbnggi yillarda respublikada fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish bo\u02bbyicha keng miqyosli ishlar amalga oshirildi. Huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, shu jumladan, ustuvor yo\u02bbnalish hisoblangan odam savdosiga qarshi kurashish va majburiy mehnatni tag-tomiri bilan yo\u02bbqotish bo\u02bbyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Odam savdosi qurbonlarini aniqlash, himoya qilish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, shunday jinoyatlar qurboniga aylangan fuqarolarga tibbiy, psixologik va boshqa yordam ko\u02bbrsatish, odam savdosiga aloqador shaxslarni tergov qilish va javobgarlikka tortish, shuningdek, bunday jinoyatlarni sodir etishga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish bo\u02bbyicha ta\u02bcsirchan choralar ko\u02bbrilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bolalar mehnatiga barham berildi, qishloq xo\u02bbjaligi ishlari, hududlarni obodonlashtirish va ko\u02bbkalamzorlashtirish davrida kattalarning majburiy mehnatidan foydalanishga chek qo\u02bbyish bo\u02bbyicha misli ko\u02bbrilmagan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoyalash hamda xalqaro maydonda davlatimiz imijini oshirish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillari va mazkur sohadagi xorijiy nohukumat tashkilotlar bilan o\u02bbzaro hamkorlikni ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha ish olib borilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga hozirgi vaqtda odam savdosiga va majburiy mehnatdan foydalanishga qarshi samarali kurashishga to\u02bbsqinlik qilayotgan bir qator salbiy omillar saqlanib qolayotganligini tahlillar ko\u02bbrsatib turibdi. Jumladan:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>birinchidan,\u00a0<\/strong>vakolatli organlarning tashabbuskorligi yetarli bo\u02bblmayapti, vakolatli organlarning yagona rahbarlik ostida yetarli darajadagi idoralararo hamkorligi mavjud emas;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>ikkinchidan,\u00a0<\/strong>mazkur yo\u02bbnalishda olib borilayotgan ishlar to\u02bbg\u02bbrisida xolis va ishonarli axborotni keng jamoatchilikka va xalqaro hamjamiyatga yetkazish bo\u02bbyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar uyg\u02bbunlashtirilmagan;<\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><strong>uchinchidan,<\/strong>\u00a0qonunchilik bazasi xalqaro standartlarga nomuvofiq, bu esa odam savdosiga va majburiy mehnatga aloqador shaxslarni samarali ta\u02bcqib qilish va jazolashga to\u02bbsqinlik qilmoqda.<\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash sohasida, mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy imijini olg\u02bba surishda davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning ta\u02bcsirchan tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2017-2021yillarda O\u02bbzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo\u02bbnalishi bo\u02bbyicha Harakatlar strategiyasi bo\u02bbyicha belgilangan vazifalarga muvofiq:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">1. Odam savdosiga qarshi kurashish bo\u02bbyicha respublika idoralararo komissiyasi\u00a0<strong>Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi\u00a0<\/strong>(keyingi o\u02bbrinlarda \u2013 Milliy komissiya) etib qayta tashkil qilinsin va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Belgilansinki, Milliy komissiya:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">a) Milliy komissiya raisining o\u02bbrinbosari hisoblanadigan O\u02bbzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri rahbarlik qiladigan Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo\u02bbyicha kichik komissiyadan;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">b) Milliy komissiya raisining o\u02bbrinbosari hisoblanadigan O\u02bbzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri rahbarlik qiladigan Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo\u02bbyicha kichik komissiyadan iborat bo\u02bbladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2. Quyidagilar Milliy komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">davlat organlari va hududiy organlarning, fuqarolarning o\u02bbzini o\u02bbzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati samaradorligini, yaqin hamkorligi va bahamjihat ishlashlarini ta\u02bcminlash maqsadida ularning odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">milliy qonunchilikni va huquqni qo\u02bbllash amaliyotini takomillashtirish maqsadida odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida davlat dasturlari hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish, shuningdek, ularning ijrosini nazorat qilish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo\u02bbyicha ko\u02bbrilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish, baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish, ushbu sohadagi jinoyatlarni aniqlash, tergov qilish, oldini olish va ularga chek qo\u02bbyish amaliyotini o\u02bbrganish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida samarali xalqaro hamkorlik va bahamjihat harakatni tashkil etish, shuningdek, mazkur sohada axborotlarni yig\u02bbish, tahlil qilish va ma\u02bcruzalar tayyorlash.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">3. Milliy komissiya bir oy muddatda:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo\u02bbyicha kichik komissiya to\u02bbg\u02bbrisidagi nizomni;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo\u02bbyicha kichik komissiya to\u02bbg\u02bbrisidagi nizomni;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2019-2020 yillarda odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo\u02bbyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi (\u201cYo\u02bbl xaritasi\u201d)ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>4. Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi Jo\u02bbqorg\u02bbi Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari zimmasiga\u00a0<\/strong>odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo\u02bbyicha\u00a0<strong>hududiy komissiyalarga\u00a0<\/strong>(keyingi o\u02bbrinlarda \u2013 Hududiy komissiyalar)\u00a0<strong>rahbarlik qilish vazifasi yuklansin.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">5. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi milliy qonunchilik, O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va Milliy komissiyaning taqdimnomalari so\u02bbzsiz, o\u02bbz vaqtida va sifatli bajarilishini ta\u02bcminlash hududiy komissiyalarning asosiy vazifasi etib belgilansin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>6. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo\u02bbyicha milliy ma\u02bcruzachi\u00a0<\/strong>(keyingi o\u02bbrinlarda \u2013 Milliy ma\u02bcruzachi) instituti ta\u02bcsis etilsin, uning funksiyalari Milliy komissiya raisi zimmasiga yuklansin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">7. Quyidagilar Milliy ma\u02bcruzachining asosiy vazifalari etib belgilansin:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida mamlakatimiz va jahonda yuzaga kelayotgan vaziyat to\u02bbg\u02bbrisida, ushbu jinoyat turiga aloqador shaxslarni tergov qilish va jazolash hamda odam savdosi qurbonlarini qo\u02bbllab-quvvatlash bo\u02bbyicha ko\u02bbrilayotgan chora-tadbirlar haqida O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentiga har yili axborot taqdim etish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">mazkur sohada respublikamizda ko\u02bbrilayotgan chora-tadbirlar haqidagi ishonchli axborotni keng jamoatchilikka va xalqaro hamjamiyatga yetkazish maqsadida O\u02bbzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning diplomatik korpusi va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini jalb etgan holda ommaviy axborot vositalari uchun muntazam ravishda brifinglar tashkil etish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamjamiyat bilan ushbu yo\u02bbnalishga ixtisoslashgan tashkilotlar va huquq himoyachilari o\u02bbrtasida samarali hamkorlik va hamjihatlikni, davlatimizga nisbatan xurujlarga qarshi tezkor chora ko\u02bbrishni, shuningdek, mazkur sohada respublikaning xalqaro maydondagi milliy manfaatlari himoya qilinishini ta\u02bcminlash.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">8. O\u02bbzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda O\u02bbzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda tegishli ravishda quyidagi qonunlarning loyihalarini ishlab chiqsin va O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">a) quyidagilarni nazarda tutuvchi \u201cOdam savdosiga qarshi kurashish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonuniga o\u02bbzgartish va qo\u02bbshimchalar kiritish haqida\u201dgi loyiha:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 odam savdosi qurbonlarini xalqaro standartlarga muvofiq identifikatsiya qilish mexanizmini belgilash;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 odam savdosi qurbonlarini qayta yo\u02bbnaltirishning milliy mexanizmini joriy etish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">b) bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo\u02bbl qo\u02bbyilganlik uchun javobgarlik normasini belgilaydigan \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo\u02bbshimchalar kiritish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi loyiha.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">9. O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bir oy muddatda:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Milliy komissiyaning rasmiy veb-sayti ishlab chiqilishi va faoliyat yuritishini ta\u02bcminlasin;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Milliy komissiya bilan birgalikda, shu jumladan, xorijiy ommaviy axborot vositalari va internet-resurslarda keng axborot-targ\u02bbibot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirsin, bunda davlat organlarining rahbarlari va jamoatchilik vakillarining chiqishlari nazarda tutilsin hamda odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari bo\u02bbyicha brifinglar, internet-konferensiyalar, televizion ko\u02bbrsatuvlarda ularning ishtirok etishlarini ta\u02bcminlasin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">10. O\u02bbzbekiston Respublikasi Xalqaro mehnat tashkilotining xalqaro mehnat normalari qo\u02bbllanilishiga ko\u02bbmaklashish uchun uch tomonlama maslahatlashuvlar to\u02bbg\u02bbrisidagi 144-son Konvensiyasini (Jeneva, 1976-yil 21-iyun) ratifikatsiya qilganligi hamda Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u02bbyicha respublika uch tomonlama komissiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o\u02bbn kun muddatda O\u02bbzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarini amalga oshirish bo\u02bbyicha Respublika idoralararo komissiyasining faoliyatini tugatish to\u02bbg\u02bbrisida hukumat qarorini qabul qilsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">11. O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta\u02bcminlash masalalari bo\u02bbyicha Parlament komissiyasini tugatish tavsiya etilsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">12. O\u02bbzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o\u02bbzgartirish va qo\u02bbshimchalar to\u02bbg\u02bbrisida takliflar kiritsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">13. Vazirliklar va idoralar ikki oy muddatda o\u02bbzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Mahmudov zimmasiga yuklansin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Prezidenti\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 Sh.MIRZIYOYEV<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":36,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-796","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/796","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=796"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/796\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":797,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/796\/revisions\/797"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/36"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=796"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=796"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=796"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}