{"id":79,"date":"2017-06-18T16:05:45","date_gmt":"2017-06-18T14:05:45","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=79"},"modified":"2017-06-18T16:06:29","modified_gmt":"2017-06-18T14:06:29","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%88%d0%b0%d0%b2%d0%ba%d0%b0%d1%82-%d0%bc%d0%b8%d1%80%d0%b7%d0%b8%d1%91%d0%b5%d0%b2-%d0%b2%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b5%d1%82%d0%b8%d0%bb%d1%81","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2017\/06\/18\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%88%d0%b0%d0%b2%d0%ba%d0%b0%d1%82-%d0%bc%d0%b8%d1%80%d0%b7%d0%b8%d1%91%d0%b5%d0%b2-%d0%b2%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b5%d1%82%d0%b8%d0%bb%d1%81\/","title":{"rendered":"Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi"},"content":{"rendered":"<p>Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida 10-iyun kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning uchrashuvi bo\u2018ldi.\u00a0<!--more--><br \/>\nPrezidentimiz yuqori\u00a0martabali mehmonni mamlakatimizga\u00a0tashrifi bilan qutlab, O\u2018zbekiston BMT va uning tashkilotlari bilan hamkorlik munosabatlarini izchil rivojlantirib boradi, deb\u00a0ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari Bosh kotibga O\u2018zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirgani uchun minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p>Islom Karimovning tinchlikparvar siyosati, asosli tashabbuslari va amaliy ishlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta\u2019minlashda muhim asos bo\u2018lganini jahon hamjamiyati keng e\u2019tirof etayotganini ta\u2019kidlash joiz,\u00a0dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Antoniu Guterrish Prezidentimiz\u00a0Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan\u00a0islohotlar mamlakat taraqqiyoti va\u00a0xalq farovonligini yuksaltirish borasida muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.<\/p>\n<p>Uchrashuvda O\u2018zbekiston bilan BMT va uning tashkilotlari o\u2018rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Orol fojiasining ekologik oqibatlarini yumshatishga doir masalalar muhokama etildi. Global xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etish masalalari ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Taomilga binoan Qur\u2019on tilovat qilindi.<\/p>\n<p>Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etilmoqda.<\/p>\n<p>Prezidentimiz qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi. Qurilish loyihasiga ko\u2018ra, Hazrati Xizr maqbarasi atrofida milliy me\u2019morlik an\u2019analari asosida qo\u2018shimcha ayvonlar, choyxona qurilmoqda, boshqa qulayliklar yaratilmoqda.<\/p>\n<p>Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz maqbarasi Hazrati Xizr masjidi bilan uyg\u2018un, ayvonlar maqbara bilan hamohang bo\u2018lishiga alohida e\u2019tibor qaratish zarurligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Uni yanada takomillashtirish, ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar\u00a0yaratish\u00a0bo\u2018yicha tavsiyalar berdi. Majmua atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, zamonaviy tungi yoritish tizimi bilan ta\u2019minlash zarurligini qayd etdi.<\/p>\n<div><em>\u00a0<\/em><\/div>\n<div class=\"news-props\"><em>Sarvar O&#8217;rmonov (surat), O\u2018zA<\/em><\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":80,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-79","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/79","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=79"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/79\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":81,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/79\/revisions\/81"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/80"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=79"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=79"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=79"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}