{"id":762,"date":"2019-07-05T20:46:03","date_gmt":"2019-07-05T18:46:03","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=762"},"modified":"2019-07-05T20:46:03","modified_gmt":"2019-07-05T18:46:03","slug":"%d1%81%d1%87%d0%b5%d1%82%d0%bd%d0%b0%d1%8f-%d0%bf%d0%b0%d0%bb%d0%b0%d1%82%d0%b0-%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%bd%d1%86%d0%b8%d0%bf%d0%b5-%d0%be%d1%82%d0%ba%d1%80%d1%8b%d1%82%d0%be%d1%81%d1%82","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2019\/07\/05\/%d1%81%d1%87%d0%b5%d1%82%d0%bd%d0%b0%d1%8f-%d0%bf%d0%b0%d0%bb%d0%b0%d1%82%d0%b0-%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b8%d0%bd%d1%86%d0%b8%d0%bf%d0%b5-%d0%be%d1%82%d0%ba%d1%80%d1%8b%d1%82%d0%be%d1%81%d1%82\/","title":{"rendered":"Yangi sanoat quvvatlari va infratuzilma imkoniyatlari xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 iyun kuni Yashnobod va Qibray tumanlarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishdi.<!--more--><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile\" title=\"Yangi sanoat quvvatlari va infratuzilma imkoniyatlari xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi \" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/278\/photo5240309346565466900.jpg\" alt=\"Yangi sanoat quvvatlari va infratuzilma imkoniyatlari xalqimiz farovonligiga xizmat qiladi \" border=\"0\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari dastlab Toshkent mexanika zavodiga tashrif buyurdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Toshkentning sanoat, tranzit-logistika, infratuzilma borasidagi imkoniyatlaridan unumli foydalanib, yuqori qo\u02bbshimcha qiymatga ega bo\u02bblgan ilg\u02bbor texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning eksportini kengaytirish poytaxtimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xususan, ulkan maydon, bo\u02bbsh bino va inshootlar, zarur infratuzilmaga ega bo\u02bblgan Toshkent mexanika zavodida xorijiy investitsiya jalb qilish va ishlab chiqarish turlarini ko\u02bbpaytirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Hozirgi vaqtda zavod hududida o\u02bbndan ziyod korxona faoliyat yuritib, ularda ikki yarim mingdan ortiq kishi mehnat qiladi. Zavod hududida tashkil etilgan texnoparkda 2019-2020 yillarda umumiy qiymati 385 million dollardan ziyod bo\u02bblgan 16 korxonani ishga tushirish rejalashtirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu korxonalarda yiliga 1 million donadan ziyod kir yuvish mashinasi, 1 millionta oshxona plitasi, yana shuncha maishiy sovutkich, savdo rastalari uchun 75 ming dona sovutkich va muzlatkich, 700 mingta elektr suv isitkich, 550 mingta suv nasosi, 80 ming dona sanoat konditsioneri, 2 mingta lift va eskalator, shuningdek, alyumin va bimetall radiatorlar, eshik-rom furnituralari, sendvich-panellar, linolium va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish mo\u02bbljallangan. 9 mingga yaqin ish o\u02bbrni yaratish, yiliga qariyb 185 million dollarlik tovarni eksport qilish ko\u02bbzda tutilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz korxonalar barqaror ishlashi uchun doimiy xaridor kerakligini, chet ellardagi korxonalar bilan kelishib, ularga zarur mahsulot va ehtiyot qismlar tayyorlab berish mumkinligini ta\u02bckidladi. Yangi loyihalar ishlab chiqish, ularni aholining ishga talabi va mavjud resurslardan kelib chiqib, oqilona joylashtirish bo\u02bbyicha topshiriqlar berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Toshkent mexanika zavodini ikki bosqichda rivojlantirish rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbarining ko\u02bbrsatmasiga muvofiq, ushbu hududga birinchi bosqichda 500 million dollar, ikkinchi bosqichda yana 500 million dollar, jami 1 milliard AQSH dollari yo\u02bbnaltiriladi. Buning natijasida 20-25 mingta ish o\u02bbrni yaratish mo\u02bbljallanayapti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu yerda Toshkent shahri tumanlariga to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri xorijiy investitsiyalar jalb qilish va hududiy eksport hajmini oshirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o\u02bbtkazildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2019-yilgi Toshkent shahar investitsiya dasturiga umumiy qiymati 2,7 milliard dollarlik loyihalar kiritilgan bo\u02bblib, ularning ijrosi doirasida 1,8 milliard dollarlik to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri investitsiya jalb qilinadi. Dasturga muvofiq, joriy yil birinchi yarmida qariyb 1 milliard dollar mablag\u02bb o\u02bbzlashtirilib, sanoat, xizmat ko\u02bbrsatish, uy-joy qurilishi kabi sohalarda yirik loyihalar amalga oshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbariga dasturning tumanlar kesimidagi ijrosi, shuningdek, unga qo\u02bbshimcha loyihalar haqida ma\u02bclumot berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jami 35 million dollarlik ushbu loyihalar evaziga Sergeli tumanida polimer me\u02bcyorlagich va plastifikatorlari, bezakli plita va mozaikalar, Bektemir tumanida LED yoritgichlari, to\u02bbqimachilik buyumlari, Mirzo Ulug\u02bbbek tumanida qurilish materiallari, Yashnobod va Olmazor tumanlarida qandolat mahsulotlari, Yakkasaroy tumanida sport gilamlari, rezinali plitkalar ishlab chiqarish korxonalari tashkil etiladi. Bu kabi istiqbolli loyihalar boshqa tumanlarda ham ishga tushiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shavkat Mirziyoyev 2020-yilgi investitsiya dasturini hozirdan shakllantirish, unda zamonaviy texnologiyalarni olib kelish hisobiga eksportbop mahsulotlarni ko\u02bbpaytirish va yangi ish o\u02bbrinlari yaratish masalasiga alohida e\u02bctibor qaratish zarurligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz tashabbusi bilan aholining talab va ehtiyoji, poytaxtimizning kelgusi rivojlanishini inobatga olgan holda, Toshkent shahri atrofida yer usti xalqa metro liniyasi, Maxtumquli va Ohangaron ko\u02bbchalari kesishmasida uch qavatli zamonaviy ko\u02bbprik qurilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u02bckidlash joizki, hozirgacha yurtimizda uch qavatli ko\u02bbprik qurilmagan. Mutaxassislar fikricha, poytaxtimizning eng gavjum chorrahalaridan birida qad rostlayotgan bu ko\u02bbprik tirbandlikni ancha kamaytiradi. Ayni paytda yangi transport bog\u02bblamasi Toshkent shahridan Chorvoqqa olib boruvchi yo\u02bblni 22 kilometrgacha qisqartirib, shu tariqa Chorvoq va Chimyon hududlarini rivojlantirishga zamin yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko\u02bbprik loyihasini \u201cBoshtransloyiha\u201d aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari ishlab chiqqan. Qurilish ishlarini \u201cO\u02bbzbekiston temir yo\u02bbllari\u201d aksiyadorlik jamiyatiga qarashli \u201cKo\u02bbprik qurilish tresti\u201d unitar korxonasi ishchilari bajarmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Loyihaga ko\u02bbra, birinchi bosqichda Parkent va Ohangaron shossesiga o\u02bbtuvchi qismda uzunligi 502 metr, kengligi 26,7 metrli tunnel qurilmoqda. Tunnel balandligi jahon standartlariga mos ravishda 5,5 metr bo\u02bblib, ikki yo\u02bbnalishda avtomobillar 3 qatorda harakatlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchi bosqich doirasida Qorasuv dahasidan Maxtumquli ko\u02bbchasiga chiquvchi yo\u02bblning mazkur tunnel ustidan o\u02bbtgan qismida aylanma ko\u02bbprik qurish ishlari qizg\u02bbin davom etmoqda. Bu ko\u02bbprik orqali to\u02bbrt yo\u02bbnalishda harakatlanish mumkin bo\u02bbladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi bosqichda ko\u02bbprikning uchinchi qavati barpo etilib, u Maxtumquli va Temur Malik ko\u02bbchalarini tutashtiradi. Bugun uning poydevori qurilmoqda. Yo\u02bbl o\u02bbtkazgichning umumiy uzunligi 593, kengligi 30 metrni tashkil etadi, avtomobillar 6 qatorda harakatlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, Toshkent mexanika zavodida ta\u02bcmirlangan samolyotlarni ishbilarmonlik aeroportiga olib borish uchun yo\u02bbl o\u02bbtkazgich qurilmoqda. Bunyodkorlik ishlariga 190 dan ortiq maxsus texnika va avtotransport vositasi, 220 dan ortiq quruvchi safarbar etilgan. Inshootni 2019-yil yakuniga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu yerda Prezidentimizga yer usti xalqa metro liniyasi hamda Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasi va Sergeli yo\u02bbnalishidagi qurilish jarayoni haqida ma\u02bclumot berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uzunligi 52,1 kilometr bo\u02bblgan 35 bekatli Toshkent yer usti xalqa metro liniyasi loyihasining qiymati 422,3 milion dollarga teng.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Loyiha besh bosqichda amalga oshirilayapti. Dastlab \u201cDo\u02bbstlik\u201d bekatidan Qo\u02bbyliq bozorigacha bo\u02bblgan qism quriladi. 11 kilometrlik masofada 8 bekat bunyod etish mo\u02bbljallangan. Ikkinchi bosqichda Qo\u02bbyliq bozori bilan \u201cOlmazor\u201d bekati bog\u02bblanadi. So\u02bbng \u201cBeruniy\u201d bekatigacha qatnovlar yo\u02bblga qo\u02bbyiladi. Undan keyin \u201cBodomzor\u201d bekatigacha bo\u02bblgan qism quriladi. Keyingi bosqichda esa xalqa metro liniyasi yana \u201cDo\u02bbstlik\u201d bekatiga ulanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Joriy yilda Investitsiya dasturi doirasida davlat byudjeti mablag\u02bblari hisobidan 317,3 milliard so\u02bbmlik kapital qo\u02bbyilmalarni o\u02bbzlashtirish, jumladan, 257,5 milliard so\u02bbmlik qurilish-montaj ishlarini bajarish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda \u201cDo\u02bbstlik\u201c \u2013 \u201dQo\u02bbyliq\u201c yo\u02bbnalishida qurilish jadal davom etmoqda. \u201dDo\u02bbstlik&#8221; bekati bilan Rohat aylana yo\u02bbli oralig\u02bbida 91 handaq qazilgan, 191 beton qoplama tayyorlangan. 190 ta birinchi pog\u02bbona va 189 ta ikkinchi pog\u02bbona temir-beton poydevori qurilgan, 173 tayanch ustuni, 57 rigel, 191 balka o\u02bbrnatilgan. Elektropoyezdlarning \u201cO\u02bbzbekiston\u201d deposiga o\u02bbtishi uchun 850 metrli yer osti yo\u02bblining 158 metri qurilgan, 223 metrli tayanch devorni montaj qilish ishlari to\u02bbliq yakunlangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, Rohat aylana yo\u02bblidan \u201cQo\u02bbylik\u201d bekatigacha bo\u02bblgan oraliqda 150 handaq qazilgan, 150 beton qoplama tayyorlangan. 150 ta birinchi pog\u02bbona va 150 ta ikkinchi pog\u02bbona temir-beton poydevor qurilgan. 150 tayanch ustuni, 104 rigel, 104 balka o\u02bbrnatilgan, 157 metrli tayanch devorni montaj qilish ishlari nihoyasiga yetkazilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cDo\u02bbstlik\u201c \u2013 \u201dQo\u02bbyliq&#8221; yo\u02bbnalishini joriy yilning dekabr oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunyodkorlik ishlariga 1000 nafar ishchi-muhandis, 300 dan ortiq texnika vositasi jalb qilingan. Metro qurilishi \u201cO\u02bbzbekiston temir yo\u02bbllari\u201d aksiyadorlik jamiyatiga qarashli \u201cKo\u02bbprik qurilish tresti\u201d unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi vaqtlar qancha-qancha uylar qurilayapti, shahar rivojlanayapti. Shuni inobatga olib, jamoat transportini aholiga yanada qulay, arzon, xavfsiz qilib berishimiz kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari ushbu yer usti liniyasini avtobuslar yo\u02bbnalishlari bilan o\u02bbzaro bog\u02bblash bo\u02bbyicha ko\u02bbrsatmalar berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz Yashnobod tumanining Maxtumquli ko\u02bbchasida zamonaviy tibbiyot va ilm-fan yutuqlari asosida barpo etilayotgan Bolalar ko\u02bbp tarmoqli tibbiyot markazi qurilishini borib ko\u02bbrdi. 280 o\u02bbringa mo\u02bbljallangan bu muassasada kardioxirurgiya, neyroxirurgiya, ortopediya va plastik xirurgiya, gemodializ, umumiy xirurgiya, onkologiya, oftalmologiya, pediatriya, reanimatsiya kabi bo\u02bblimlar faoliyati yo\u02bblga qo\u02bbyiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Koreya Respublikasi iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik fondi (EDCF) bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ushbu loyihaning qiymati 130,58 million dollarni tashkil etadi. Markaz loyihasi jahon tibbiyotining noyob andozalari asosida ishlab chiqilgan. Hozir 4 qavatli asosiy davolash korpusi va 3 yordamchi xo\u02bbjalik binosi qurilayapti. Asosiy binoning 1-2 qavatlarida pardozlash, elektromontaj, santexnika, ventilyatsiya, yordamchi xo\u02bbjalik binolarida ichki va tashqi pardozlash ishlari bajarilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yangi tibbiyot muassasasida yiliga 1500 dan ko\u02bbproq murakkab operatsiya o\u02bbtkaziladi. 42,3 million dollarlik 381 turdagi eng zamonaviy tibbiy uskunalar keltirilishi ko\u02bbzda tutilgan. Bu bolalar kasalliklariga 100 foiz tashxis qo\u02bbyish va davolash imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Diagnostikadagi xatoliklar, shifokorlar malakasi yetishmagani tufayli bemor bolalar, ularning ota-onalari ko\u02bbp qiynalardi, og\u02bbirroq kasal bo\u02bblsa, nuqsonli bo\u02bblib ham qolardi. Bu markazning eng muhim tomoni shundaki, u mamlakatimizdagi hamma muassasalar uchun bazaviy bo\u02bbladi. Telemeditsina orqali uzoq hududlarimizdagi bolalarga ham yordam ko\u02bbrsatiladi, dedi Prezident.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tibbiyot markazini qurish va jihozlash bilan birga, bu yerda ishlaydigan kadrlar malakasini oshirish bo\u02bbyicha ham qo\u02bbshma loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugungi kungacha 19 shifokor Janubiy Koreyaning Pusan universitetida malaka oshirib keldi. Joriy yilning avgust oyida 30 hamshira, sentyabr oyida 24 tibbiy texnika va axborot texnologiyalari bo\u02bbyicha mutaxassis, noyabr oyida 21 shifokor yuboriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, ushbu muassasa yonida EDCF bilan birgalikda IV darajadagi kattalar ko\u02bbp tarmoqli tibbiyot markazi barpo etish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari shu loyiha bilan tanishdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Loyiha qiymati 150 million dollar bo\u02bblgan 300 o\u02bbrinli markazda kardioxirurgiya, neyroxirurgiya, rentgenoendovaskulyar xirurgiya, angionevrologiya va ortopediya bo\u02bblimlari faoliyatini yo\u02bblga qo\u02bbyish belgilangan. Yiliga 8 mingdan ortiq texnologik operatsiya o\u02bbtkazish imkoniyati yaratiladi, 764 yangi ish o\u02bbrni ochiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shavkat Mirziyoyev \u201cToshkent-Sharqiy\u201d aerodromi negizida barpo etilayotgan aeroportni ko\u02bbzdan kechirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari o\u02bbtgan yili mazkur loyiha bilan tanishib, fuqaro aviatsiyasi tizimini takomillashtirish yuzasidan ko\u02bbrsatmalar bergan, mamlakatimizda ishbilarmonlik aviatsiyasini jonlantirish kerakligini ta\u02bckidlagan edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda aeroport hududida 4 kilometr uzunlikdagi 2 uchish-qo\u02bbnish yo\u02bblagi, 20 samolyot uchun perron qurilmoqda. Aeroport ikkita terminaldan iborat bo\u02bbladi. Birinchi terminalda davlat rahbarlari va hukumat delegatsiyalariga, ikkinchi terminalda soatiga mingta VIP-yo\u02bblovchiga xizmat ko\u02bbrsatadigan bino va inshootlar barpo etiladi. Kuniga 100 tonna yukni qayta ishlash, \u201cBoing-787\u201d, \u201cA-320\u201d samolyotlari va \u201cMI-8\u201d rusumdagi vertolyotga texnik xizmat ko\u02bbrsatish imkoniyatlari yaratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qurilish ishlari \u201cO\u02bbzbekiston temir yo\u02bbllari\u201d AJ buyurtmasi asosida \u201cTrans yo\u02bbl qurilish maxsus pudrat\u201d MCHJ, \u201cQurilish-montaj tresti\u201d va \u201cToshkent ko\u02bbpriklardan foydalanish\u201d unitar korxonalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish bo\u02bbyicha kompleks ishlarni bajarish uchun Shveysariyaning \u201cB and Contractors S.A.\u201d va \u201cIT Engineering S.A.\u201d kompaniyalari bilan shartnoma imzolangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Loyihaning birinchi bosqichini 2020-yilda yakunlash rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz bu yerdagi qurilish jarayoni bilan tanishib, chet ellik mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Aeroportni uzoqni o\u02bbylab, sifatli va xavfsiz qilib qurish zarurligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatining Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlari hududida qurilgan yangi avtomobil yo\u02bblini borib ko\u02bbrdi. Chirchiq daryosi ustiga qurilgan ko\u02bbprik bilan tanishdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">19,2 kilometr uzunlikdagi yangi qurilayotgan avtomobil yo\u02bbli \u201cUmumiy foydalanishdagi avtomobil yo\u02bbllarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi\u201d davlat unitar korxonasi buyurtmasi asosida \u201cToshkent ko\u02bbpriklardan foydalanish\u201d unitar korxonasi tomonidan barpo etilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uch bosqichda amalga oshirilishi belgilangan mazkur loyiha davlat byudjeti mablag\u02bblari hisobidan moliyalashtirilmoqda. 1-2-bosqichga 306 milliard so\u02bbm mablag\u02bb yo\u02bbnaltirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchi bosqichda avtomobil yo\u02bblining 12,1 kilometr masofasida yer ishlari, qum-shag\u02bbal aralashmasidan va M-75 markali betondan asos qurish, sun\u02bciy inshootlar qurish va 2 ta joyda ko\u02bbprik qurish ishlari yakunlangan. Avtomobil yo\u02bbli ustiga 9 santimetr qalinlikda yirik donali asfaltbeton va 6 santimetr qalinlikda mayda donali asfaltbeton qorishmasini yotqizish, avtomobil yo\u02bblining yoritish tizimini hamda piyodalar yo\u02bblagini qurish ishlari davom etayotir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yo\u02bbl 6 polosali bo\u02bblib, zamonaviy andozalar asosida qurilgan. Ikki chetida piyodalar uchun maxsus yo\u02bblaklar barpo etilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Loyihaning ikkinchi bosqichida 6,5 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo\u02bblini qurish belgilangan bo\u02bblib hozirgi kunda yer ishlari, qum-shag\u02bbal aralashmasidan asos va sun\u02bciy inshootlarni qurish ishlari bajarilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchi va ikkinchi bosqichda belgilangan ishlar joriy yilning to\u02bbrtinchi choragida yakunlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz yo\u02bbllar qurilishini izchil davom ettirish, bu sohada sifatni ta\u02bcminlash uchun malakali kadrlar tayyorlash zarurligini ta\u02bckidladi. Toshkent avtomobil yo\u02bbllarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish institutida Germaniyaning o\u02bbqitish tizimini joriy qilish, shu sohada o\u02bbrta mutaxassislar tayyorlaydigan mintaqaviy kollejlar tashkil etish bo\u02bbyicha tavsiyalar berdi.<\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<div class=\"news-props\" style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzA<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":193,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-762","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/762","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=762"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/762\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":763,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/762\/revisions\/763"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/193"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=762"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=762"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=762"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}