{"id":703,"date":"2019-04-11T19:06:19","date_gmt":"2019-04-11T17:06:19","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=703"},"modified":"2019-04-11T19:07:29","modified_gmt":"2019-04-11T17:07:29","slug":"%d0%b4%d0%bb%d1%8f-%d0%be%d0%b1%d0%b5%d1%81%d0%bf%d0%b5%d1%87%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d1%81%d0%b2%d0%be%d0%b5%d0%b2%d1%80%d0%b5%d0%bc%d0%b5%d0%bd%d0%bd%d0%be%d0%b3%d0%be-%d0%b8-%d1%8d%d1%84%d1%84","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2019\/04\/11\/%d0%b4%d0%bb%d1%8f-%d0%be%d0%b1%d0%b5%d1%81%d0%bf%d0%b5%d1%87%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d1%81%d0%b2%d0%be%d0%b5%d0%b2%d1%80%d0%b5%d0%bc%d0%b5%d0%bd%d0%bd%d0%be%d0%b3%d0%be-%d0%b8-%d1%8d%d1%84%d1%84\/","title":{"rendered":"Xorijiy investitsiyalar o\u2019z vaqtida va samarali o\u2019zlashtirilishini ta&#8217;minlash uchun yangi nazorat tizimi joriy etiladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div class=\"news-detail\">O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 8 aprel\u044c kuni joriy yilning birinchi choragida to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar amalga oshirilishini tahlil qilish, birinchi yarim yillikka doir vazifalarni belgilash masalalariga bag\u2019ishlangan videoselektor yig\u2019ilishi o\u2019tkazildi.<\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<div class=\"news-detail\"><img decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile aligncenter\" title=\"Xorijiy investitsiyalar o\u2019z vaqtida va samarali o\u2019zlashtirilishini ta'minlash uchun yangi nazorat tizimi joriy etiladi\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/82b\/7944ce5d_527f_27b8_1a96_b06091ebad48.jpg\" alt=\"Xorijiy investitsiyalar o\u2019z vaqtida va samarali o\u2019zlashtirilishini ta'minlash uchun yangi nazorat tizimi joriy etiladi\" border=\"0\" \/><\/p>\n<p>Keyingi yillarda vazirlar va tarmoqlar rahbarlari hududlarga yuborilib, joylarda yangi korxonalar va doimiy ish o\u2019rinlari tashkil etishni ta&#8217;minlaydigan investitsiya loyihalari ishlab chiqish hamda amalga oshirish bo\u2019yicha yangi tizim yaratildi. Investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan ko\u2019plab imtiyoz va yengilliklar joriy etildi.<\/p>\n<p>Xorijiy davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari rahbarlari, jahonning yetakchi ishbilarmonlari bilan muzokaralar o\u2019tkazilib, mamlakatimizga bir necha o\u2019n milliardlab dollar investitsiya jalb etish bo\u2019yicha 700 ga yaqin investitsiya bitimlari imzolandi.<\/p>\n<p>Bunday chora-tadbirlar natijasi o\u2019sish sur&#8217;atlarida ko\u2019zga tashlanmoqda. Xususan, o\u2019tgan yili asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 18 foizdan ziyod o\u2019sgan. Bu, o\u2019z navbatida, sanoat ishlab chiqarishining 14,4 foizga ko\u2019payishini ta&#8217;minlagan.<\/p>\n<p>Muhim sifat o\u2019zgarishi shundaki, ilgari to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida hududiy loyihalar deyarli bo\u2019lmagan bo\u2019lsa, joriy yilda o\u2019zlashtiriladigan to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri xorijiy sarmoyalarning yarmi hududlar hissasiga to\u2019g\u2019ri keladi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" title=\"84e6860b-c808-fe8c-0f30-4ab928509739.jpg\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/medialibrary\/2b4\/84e6860b_c808_fe8c_0f30_4ab928509739.jpg\" alt=\"84e6860b-c808-fe8c-0f30-4ab928509739.jpg\" width=\"640\" height=\"425\" border=\"0\" \/><\/p>\n<p>2019 yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq, jami 3 ming 200 dan ziyod investitsiya loyihasi doirasida qariyb 14 milliard dollar miqdoridagi kapital qo\u2019yilmalarni o\u2019zlashtirish rejalashtirilgan. Shundan 4 milliard dollardan ortiq to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri xorijiy investitsiyalarni o\u2019zlashtirish belgilangan.<\/p>\n<p>Yig\u2019ilishda mazkur investitsiya loyihalari tarmoqlar va hududlar kesimida tahlil qilinib, olib borilayotgan ishlar yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlari eshitildi. Muddatidan kechikayotgan loyihalarning muammoli jihatlari muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Birinchi chorakda belgilangan mablag\u2019lar o\u2019zlashtirilgan bo\u2019lsa-da, ayrim tarmoqlar va hududlarda ish qoniqarsiz ekani ko\u2019rsatib o\u2019tildi. \u0410xborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, \u201cO\u2019zavtosanoat\u201d, \u201cO\u2019zagrotexsanoatxolding\u201d aktsiyadorlik jamiyatlari, \u201cO\u2019zeltexsanoat\u201d uyushmasi rahbarlari, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Farg\u2019ona va Xorazm viloyatlari hokimlarining investitsiya bo\u2019yicha o\u2019rinbosarlari ogohlantirildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari investitsiyalarning o\u2019z vaqtida o\u2019zlashtirilishini ta&#8217;minlash uchun yangi nazorat tizimini joriy etishni taklif qildi. Unga ko\u2019ra, to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi barcha loyihalar to\u2019rt ro\u2019yxatga bo\u2019linib, alohida va izchil nazorat qilib boriladi.<\/p>\n<p>Birinchi ro\u2019yxatga joriy yilda 3,6 milliard dollar xorijiy investitsiyalar o\u2019zlashtirilishi mo\u2019ljallangan 27 ta eng muhim strategik loyiha kiritiladi va u Prezidentning doimiy nazoratida bo\u2019ladi.<\/p>\n<p>Ikkinchi ro\u2019yxat shu yili 1,3 milliard dollar xorijiy investitsiya o\u2019zlashtiriladigan 65 ta yirik loyihadan iborat bo\u2019lib, uni Bosh vazir nazorat qilib boradi.<\/p>\n<p>Bosh vazir o\u2019rinbosarlari nazorat qiladigan uchinchi ro\u2019yxatga 407 million dollar xorijiy investitsiya o\u2019zlashtirilishi rejalashtirilgan 65 ta loyiha kiritiladi.<\/p>\n<p>To\u2019rtinchi ro\u2019yxatdagi loyihalarni hududlarga biriktirilgan markaziy idoralar rahbarlari va hokimlar nazorat qiladi.<\/p>\n<p>Investitsiyaviy loyihalar ijrosi doimiy ravishda muhokama qilinib, muammolar tezkorlik bilan hal etib boriladi.<\/p>\n<p>Prezident to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya institutlari mablag\u2019larini jalb qilish borasida imkoniyatlar to\u2019liq ishga solinmaganiga e&#8217;tibor qaratib, tarmoqlar va hududlarga oid yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish zarurligini ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p>Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga tarmoq vazirliklari bilan birgalikda neft\u044c-gaz, kimyo, energetika, qurilish materiallari, mashinasozlik, elektr texnikasi sohalarida, shuningdek, hududlarda mavjud salohiyat va resurslardan kelib chiqib, har bir tuman va shahar bo\u2019yicha qo\u2019shimcha investitsiya loyihalari ishlab chiqish vazifasi qo\u2019yildi.<\/p>\n<p>Shakllantirilgan ushbu takliflar asosida mamlakatimizning elchixonalari bilan birgalikda yurtimiz va xorijda biznes-forumlar tashkil qilish, mahalliy investorlarning maqsadli taqdimotlarini o\u2019tkazish bo\u2019yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>O\u2019zbekiston bilan ishlash istagini bildirgan xorijiy investorlar bilan mustahkam aloqa o\u2019rnatib, loyihaning boshidan oxirigacha ularga yordam berish, oddiy qilib aytganda, ularni \u201cqo\u2019lidan yetaklab\u201d natijani ta&#8217;minlash kerak, dedi Shavkat Mirziyoev.<\/p>\n<p>Yig\u2019ilishda Toshkent shahriga sarmoya jalb etishni kengaytirish, investitsiya loyihalari uchun yer uchastkalari va davlat mulki ob&#8217;ektlari berish borasidagi ishlar ham muhokama qilindi. Poytaxtimiz to\u2019g\u2019ridan-to\u2019g\u2019ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo\u2019yicha barchaga o\u2019rnak bo\u2019lishi lozimligi ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" title=\"2804402e-743c-612e-7512-eb7ed4c52bcc.jpg\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/medialibrary\/c86\/2804402e_743c_612e_7512_eb7ed4c52bcc.jpg\" alt=\"2804402e-743c-612e-7512-eb7ed4c52bcc.jpg\" width=\"640\" height=\"432\" border=\"0\" \/><\/p>\n<div>Hududlar va tarmoqlarda loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish, yuzaga kelgan muammolarni tezkor aniqlab, hal etish bo\u2019yicha elektron axborot tizimini qisqa muddatda ishga tushirish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi ishlar tahlil qilinar ekan, ijtimoiy sohalardagi loyihalar aholi turmushi uchun muhimligi, ular o\u2019z muddatida va sifatli amalga oshirilishi kerakligi ta&#8217;kidlandi. Sog\u2019liqni saqlash vazirligi tizimida 4 ta, Suv xo\u2019jaligi vazirligida 4 ta, Uy-joy kommunal xizmat ko\u2019rsatish vazirligida 3 ta loyiha bo\u2019yicha ishlar kechikayotgani ko\u2019rsatib o\u2019tildi.<\/p>\n<p>Bunday loyihalarni muvofiqlashtirishni takomillashtirish uchun Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Qishloq xo\u2019jaligini rivojlantirish xalqaro jamg\u2019armasi kabi xalqaro moliya institutlari bilan bevosita ishlaydigan vazirlik va idoralar belgilandi.<\/p>\n<p>Videoselektor yig\u2019ilishida oliy darajadagi tashriflar yakuniga ko\u2019ra tasdiqlangan \u201cyo\u2019l xaritalari\u201d ijrosiga ham e&#8217;tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Ma&#8217;lumki, ular doirasida 700 ga yaqin investitsiya bitimi imzolangan. Hisob palatasi tomonidan kelishuvlarning ma&#8217;lumotlar bazasi yaratilgan, ularning ijrosi bo\u2019yicha monitoring va nazorat o\u2019rnatilgan.<\/p>\n<p>Prezidentimiz \u201cyo\u2019l xaritalari\u201ddagi chora-tadbirlarni tez va izchil amalga oshirish, bu borada hukumatlararo komissiyalar faoliyatini jonlantirish zarurligini ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p>Vazirlar Mahkamasiga har bir davlat bilan hamkorlik yo\u2019nalishlarining asosiy xususiyatlaridan kelib chiqib, hukumatlararo komissiyalar tarkibini qayta ko\u2019rib chiqish vazifasi qo\u2019yildi.<\/p>\n<p>Keyingi yildan boshlab investitsiya dasturlari uch yillik qilib shakllantirilishi, barcha tarmoqlar va hududlar bunga tayyorgarlikni bugundan boshlashi zarurligi ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>Muhokama qilingan masalalar bo\u2019yicha muhim vazifalar belgilab berildi.<\/p><\/div>\n<div><\/div>\n<div class=\"news-props\">O\u2019z\u0410<\/div>\n<div><\/div>\n<div class=\"uza-add\">\n<div><\/div>\n<\/div>\n<div><\/div>\n<\/div>\n<div class=\"viewed\">1 503<\/div>\n<div><a href=\"https:\/\/t.me\/joinchat\/AAAAAEHi_Tk-4p_xI26gIw\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/uza.uz\/include\/img\/tg-chan-uz.png\" \/><\/a><\/div>\n<div class=\"col-md-6 pull-right pad0\"><img decoding=\"async\" class=\"pull-right\" src=\"http:\/\/uza.uz\/include\/img\/mistake-uz.png\" \/><\/div>\n<div class=\"news-share-block col-md-6 pull-left pad0\">\n<div id=\"asd_share_buttons252181\"><a class=\"asd_fb_share\" title=\"\u0420\u0430\u0441\u0448\u0430\u0440\u0438\u0442\u044c \u0432 Facebook\" href=\"http:\/\/uza.uz\/uz\/politics\/xorijiy-investitsiyalarni-o-z-vaqtida-va-samarali-o-zlashtir-08-04-2019#\"><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/uza.uz\/bitrix\/templates\/.default\/components\/bitrix\/asd.share.buttons\/news-detail\/images\/facebook.png\" alt=\"Facebook\" border=\"0\" hspace=\"3\" vspace=\"3\" \/><\/a>\u00a0<a class=\"asd_tw_share\" title=\"\u0420\u0430\u0441\u0448\u0430\u0440\u0438\u0442\u044c \u0432 Twitter\" href=\"http:\/\/uza.uz\/uz\/politics\/xorijiy-investitsiyalarni-o-z-vaqtida-va-samarali-o-zlashtir-08-04-2019#\"><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/uza.uz\/bitrix\/templates\/.default\/components\/bitrix\/asd.share.buttons\/news-detail\/images\/twitter.png\" alt=\"Twitter\" border=\"0\" hspace=\"3\" vspace=\"3\" \/><\/a>\u00a0<a class=\"asd_od_share\" title=\"\u0420\u0430\u0441\u0448\u0430\u0440\u0438\u0442\u044c \u0432 \u041e\u0434\u043d\u043e\u043a\u043b\u0430\u0441\u0441\u043d\u0438\u043a\u0438\" href=\"http:\/\/uza.uz\/uz\/politics\/xorijiy-investitsiyalarni-o-z-vaqtida-va-samarali-o-zlashtir-08-04-2019#\"><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/uza.uz\/bitrix\/templates\/.default\/components\/bitrix\/asd.share.buttons\/news-detail\/images\/odnoklassniki.png\" alt=\"\u041e\u0434\u043d\u043e\u043a\u043b\u0430\u0441\u0441\u043d\u0438\u043a\u0438\" border=\"0\" hspace=\"3\" vspace=\"3\" \/><\/a>\u00a0<a class=\"asd_gp_share\" title=\"\u0420\u0430\u0441\u0448\u0430\u0440\u0438\u0442\u044c \u0432 Google Plus\" href=\"http:\/\/uza.uz\/uz\/politics\/xorijiy-investitsiyalarni-o-z-vaqtida-va-samarali-o-zlashtir-08-04-2019#\"><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/uza.uz\/bitrix\/templates\/.default\/components\/bitrix\/asd.share.buttons\/news-detail\/images\/plus.png\" alt=\"Google Plus\" border=\"0\" hspace=\"3\" vspace=\"3\" \/><\/a>\u00a0<a class=\"asd_vk_share\" title=\"\u0420\u0430\u0441\u0448\u0430\u0440\u0438\u0442\u044c \u0432 \u0412\u041a\u043e\u043d\u0442\u0430\u043a\u0442\" href=\"http:\/\/uza.uz\/uz\/politics\/xorijiy-investitsiyalarni-o-z-vaqtida-va-samarali-o-zlashtir-08-04-2019#\"><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/uza.uz\/bitrix\/templates\/.default\/components\/bitrix\/asd.share.buttons\/news-detail\/images\/vkontakte.png\" alt=\"\u0412\u041a\u043e\u043d\u0442\u0430\u043a\u0442\" border=\"0\" hspace=\"3\" vspace=\"3\" \/><\/a>\u00a0<a class=\"asd_lj_share\" title=\"\u0420\u0430\u0441\u0448\u0430\u0440\u0438\u0442\u044c \u0432 Livejournal\" href=\"http:\/\/www.livejournal.com\/update.bml?subject=Xorijiy+investitsiyalar+o%E2%80%99z+vaqtida+va+samarali+o%E2%80%99zlashtirilishini+ta%27minlash+uchun+yangi+nazorat+tizimi+joriy+etiladi&amp;event=%3Cimg+vspace%3D%225%22+hspace%3D%225%22+align%3D%22left%22+alt%3D%22%22+src%3D%22http%3A%2F%2Fuza.uz%2Fupload%2Fiblock%2Ffce%2F7944ce5d_527f_27b8_1a96_b06091ebad48.jpg%22+%2F%3E%3Ca+href%3D%22http%3A%2F%2Fuza.uz%2Fuz%2Fpolitics%2Fxorijiy-investitsiyalarni-o-z-vaqtida-va-samarali-o-zlashtir-08-04-2019%22+target%3D%22_blank%22%3EXorijiy+investitsiyalar+o%E2%80%99z+vaqtida+va+samarali+o%E2%80%99zlashtirilishini+ta%27minlash+uchun+yangi+nazorat+tizimi+joriy+etiladi%3C%2Fa%3E%3Cbr%2F%3E%3Cbr%2F%3EO%E2%80%99zbekiston+Respublikasi+Prezidenti+Shavkat+Mirziyoev+raisligida+8+aprel%D1%8C+kuni+joriy+yilning+birinchi+choragida+to%E2%80%99g%E2%80%99ridan-to%E2%80%99g%E2%80%99ri+xorijiy+investitsiyalar+va+xalqaro+moliya+tashkilotlari+ishtirokidagi+loyihalar+amalga+oshirilishini+tahlil+qilish%2C+birinchi+yarim+yillikka+doir+vazifalarni+belgilash+masalalariga+bag%E2%80%99ishlangan+videoselektor+yig%E2%80%99ilishi+o%E2%80%99tkazildi.\" target=\"_blank\" rel=\"nofollow noopener\"><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/uza.uz\/bitrix\/templates\/.default\/components\/bitrix\/asd.share.buttons\/news-detail\/images\/livejournal.png\" alt=\"Livejournal\" border=\"0\" hspace=\"3\" vspace=\"3\" \/><\/a>\u00a0<a class=\"asd_ma_share\" title=\"\u0420\u0430\u0441\u0448\u0430\u0440\u0438\u0442\u044c \u0432 Mail.Ru\" href=\"http:\/\/uza.uz\/uz\/politics\/xorijiy-investitsiyalarni-o-z-vaqtida-va-samarali-o-zlashtir-08-04-2019#\" rel=\"nofollow\"><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/uza.uz\/bitrix\/templates\/.default\/components\/bitrix\/asd.share.buttons\/news-detail\/images\/mailru.png\" alt=\"Mail.Ru\" border=\"0\" hspace=\"3\" vspace=\"3\" \/><\/a><\/div>\n<table id=\"asd_social_likes252181\">\n<tbody>\n<tr>\n<td>\n<div id=\"fb-root\"><\/div>\n<p><iframe loading=\"lazy\" class=\"\" title=\"fb:like Facebook Social Plugin\" src=\"https:\/\/www.facebook.com\/plugins\/like.php?action=like&amp;app_id=&amp;channel=https%3A%2F%2Fstaticxx.facebook.com%2Fconnect%2Fxd_arbiter%2Fr%2Fd_vbiawPdxB.js%3Fversion%3D44%23cb%3Df6e232f375d3ec%26domain%3Duza.uz%26origin%3Dhttp%253A%252F%252Fuza.uz%252Ff175f47a5f7c614%26relation%3Dparent.parent&amp;container_width=0&amp;href=http%3A%2F%2Fuza.uz%2Fuz%2Fpolitics%2Fxorijiy-investitsiyalarni-o-z-vaqtida-va-samarali-o-zlashtir-08-04-2019&amp;layout=button_count&amp;locale=ru_RU&amp;sdk=joey\" name=\"f171d0fd72be258\" width=\"1000px\" height=\"1000px\" frameborder=\"0\" scrolling=\"no\" allowfullscreen=\"allowfullscreen\" data-mce-fragment=\"1\"><\/iframe><\/td>\n<td>\n<div>\n<div id=\"___plusone_0\"><iframe id=\"I0_1555001940351\" tabindex=\"0\" src=\"https:\/\/apis.google.com\/u\/0\/se\/0\/_\/+1\/fastbutton?usegapi=1&amp;size=medium&amp;hl=ru&amp;origin=http%3A%2F%2Fuza.uz&amp;url=http%3A%2F%2Fuza.uz%2Fuz%2Fpolitics%2Fxorijiy-investitsiyalarni-o-z-vaqtida-va-samarali-o-zlashtir-08-04-2019&amp;gsrc=3p&amp;ic=1&amp;jsh=m%3B%2F_%2Fscs%2Fapps-static%2F_%2Fjs%2Fk%3Doz.gapi.de.faXpXB33PMo.O%2Fam%3DwQ%2Frt%3Dj%2Fd%3D1%2Frs%3DAGLTcCMOVbuVzjtcb4P9qw70Ja6dgi12GQ%2Fm%3D__features__#_methods=onPlusOne%2C_ready%2C_close%2C_open%2C_resizeMe%2C_renderstart%2Concircled%2Cdrefresh%2Cerefresh&amp;id=I0_1555001940351&amp;_gfid=I0_1555001940351&amp;parent=http%3A%2F%2Fuza.uz&amp;pfname=&amp;rpctoken=41212523\" name=\"I0_1555001940351\" width=\"100%\" frameborder=\"0\" marginwidth=\"0\" marginheight=\"0\" scrolling=\"no\" data-gapiattached=\"true\" data-mce-fragment=\"1\"><\/iframe><\/div>\n<\/div>\n<\/td>\n<td><\/td>\n<\/tr>\n<\/tbody>\n<\/table>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":554,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-703","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/703","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=703"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/703\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":705,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/703\/revisions\/705"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/554"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=703"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=703"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=703"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}