{"id":698,"date":"2019-04-11T18:57:01","date_gmt":"2019-04-11T16:57:01","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=698"},"modified":"2019-04-11T18:58:28","modified_gmt":"2019-04-11T16:58:28","slug":"%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2019\/04\/11\/%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83-2\/","title":{"rendered":"O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro baxshichilik san&#8217;ati festivali ochilishiga bag\u2019ishlangan tantanali marosimdagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div class=\"news-detail\">\n<div class=\"wrapper\">\n<div class=\"workarea\">\n<div class=\"content\">\n<div class=\"news-detail\">\n<div>Muhtaram festival ishtirokchilari!<\/div>\n<div><!--more--><\/div>\n<\/div>\n<div><img decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile aligncenter\" title=\"O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro baxshichilik san'ati festivali ochilishiga bag\u2019ishlangan tantanali marosimdagi nutqi\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/9bb\/rasmiy_7572_aa-_-kopiya.jpg\" alt=\"O\u2019zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro baxshichilik san'ati festivali ochilishiga bag\u2019ishlangan tantanali marosimdagi nutqi\" border=\"0\" \/><\/div>\n<div class=\"news-detail\">\n<div><\/div>\n<div>Qadrli do\u2019stlar!<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Xonimlar va janoblar!<\/div>\n<div><\/div>\n<div>\u0410vvalo, siz, azizlar bilan jonajon O\u2019zbekistonimizda, go\u2019zal Surxondaryo zaminida ko\u2019rishib turganimdan baxtiyorman.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Barchangizni Xalqaro baxshichilik san&#8217;ati festivalining tantanali ochilishi bilan chin yurakdan muborakbod etaman.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Yurtimizda birinchi bor o\u2019tkazilayotgan ushbu san&#8217;at bayramida dunyoning 74 ta davlatidan 160 dan ziyod vakillar qatnashmoqda. Ularning orasida atoqli madaniyat arboblari, folklor san&#8217;ati namoyandalari, ommaviy axborot vositalari xodimlari borligi bizga katta mamnuniyat yetkazadi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Bugungi festivalimizda ishtirok etayotgan hurmatli mehmonlarimiz: YuNESKOning Osiyo va Tinch okeani boshqarmasi boshlig\u2019i \u0410ndrey Shevelevga, Islom hamkorlik tashkilotining tuzilmasi \u2013 \u0410YSESKOning Madaniyat bo\u2019yicha direktori Rxiati Salihga, Jahon hunarmandlar kengashi Osiyo va Tinch okeani mintaqasi rahbari Gada Rida Xijjaviga, Qirg\u2019iz Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sultanbay Raevga, Qozog\u2019iston Respublikasi madaniyat va sport vaziri \u0410ristanbek Muxameto\u2019g\u2019liga, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzodaga, Turkmaniston madaniyat vazirining o\u2019rinbosari Kurbanmurat Miradalievga, \u0410fg\u2019oniston Islom Respublikasining Balx viloyati hokimi Muhammad Ishoq Raxguzar va boshqa xorijiy do\u2019stlarimizga chuqur tashakkur izhor etishga ijozat bergaysiz.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Siz, muhtaram mehmonlarimizni biz xalqimiz va madaniyatimizning yaqin do\u2019stlari sifatida qabul qilamiz. Butun el-yurtimiz nomidan barchangizga samimiy hurmat va ehtiromimizni bildiramiz.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>O\u2019zbekistonga xush kelibsizlar!<\/div>\n<div><\/div>\n<div>\u0410ziz do\u2019stlar!<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Insoniyat yaratgan bebaho madaniyat durdonalari eng avvalo har qaysi millatning fol\u044cklor san&#8217;atida mujassam topgani hammamizga yaxshi ma&#8217;lum.\u00a0<b>Turli xalqlarning milliy o\u2019zligini, ularning tili va hayot tarzini, an&#8217;ana va urf-odatlarini ifoda etadigan baxshichilik san&#8217;ati umumbashariy madaniyatning uzviy qismi sifatida barchamiz uchun qadrlidir.<\/b><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Jahon madaniy merosining bu o\u2019lmas asarlari bizga insoniyatning naslu nasabi, tarixiy ildizlari, olijanob ideallari bir ekanini, binobarin, turli millat va elat vakillarining kelajak sari intilishlari ham mushtarak ekanini anglatadi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>\u0410yni vaqtda hozirgi globallashuv davrida, tijorat vositasiga aylangan \u201commaviy madaniyat\u201d, shou-biznesning salbiy ta&#8217;siri tobora kuchayib borayotgan murakkab zamonda har qanday milliy madaniyatning bulog\u2019i bo\u2019lgan fol\u044cklor san&#8217;atiga e&#8217;tibor va qiziqish, afsuski, susayib borayotgani ham sir emas. Holbuki,\u00a0<b>folklor san&#8217;ati, ta&#8217;bir joiz bo\u2019lsa, bu \u2013 insoniyatning bolalik qo\u2019shig\u2019idir.<\/b><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Mana shunday noyob va buyuk san&#8217;at bugungi kunda shunchaki madaniy yodgorlik namunasiga aylanib, ko\u2019p joylarda unutilib ketayotgani, himoya va muhofazaga muhtoj bo\u2019lib turgani \u2013 bu ham davrimizning achchiq haqiqatidir. Bu haqiqat ushbu go\u2019zal va betakror san&#8217;atning chinakam fidoyilari sifatida siz, azizlarni hammadan ko\u2019ra ko\u2019proq tashvishga solayotganiga ishonaman.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Shu sababli tengsiz ma&#8217;naviy boyligimiz bo\u2019lmish mumtoz san&#8217;atni, xalq ijodining nodir namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish jahondagi ilg\u2019or fikrli olimlar va san&#8217;atkorlarning, davlat va jamoat arboblari, barcha madaniyat ahlining ezgu burchidir.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Shu ma&#8217;noda, biz xalq ijodiyotini, turli o\u2019lkalarda baxshi, jirov, oqin, manaschi, shoir, oshiq kabi nomlar bilan ataladigan, o\u2019z timsolida ham shoirlik, ham sozandalik, ham xonandalik mahoratini mujassam etadigan insonlarning nodir iste&#8217;dodini har tomonlama qo\u2019llab-quvvatlashimiz zarur. Bugun o\u2019z ishini boshlayotgan Xalqaro baxshichilik san&#8217;ati festivali ayni shunday ulkan va muhim maqsadga qaratilganini alohida ta&#8217;kidlamoqchiman.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Bu borada, avvalo, baxshichilik san&#8217;atining ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini chuqur o\u2019rganish va mustahkamlash, uni milliy madaniyatning o\u2019ziga xos \u201ctashrif qog\u2019ozi\u201dga aylantirish uchun birgalikda jiddiy ish olib borishimiz kerak.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Xususan, baxshichilik sohasida shakllangan ijodiy maktablar, \u201custoz \u2013 shogird\u201d an&#8217;analarini qayta tiklash va rivojlantirish, baxshi-shoirlar, folklorshunos olimlar, o\u2019qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyatini har tomonlama rag\u2019batlantirish, madaniyat va san&#8217;at muassasalari qoshida baxshichilik to\u2019garaklari tashkil etish, baxshi-shoirlar ijodiga keng yo\u2019l ochib berish, to\u2019y-tomoshalar, turli bayram va madaniy tadbirlarda ularning doimiy ishtirokini ta&#8217;minlash, shu yo\u2019nalishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, o\u2019zaro tajriba almashishni yo\u2019lga qo\u2019yish, baxshichilik san&#8217;atini keng targ\u2019ib etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, televidenie va Internet imkoniyatlaridan samarali foydalanish, fol\u044cklor asarlarining audio va video variantlarini ko\u2019paytirish maqsadga muvofiqdir.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><b>\u0410gar biz bu noyob san&#8217;atni saqlab qolish uchun bugun barchamiz birgalikda harakat qilmasak, ertaga, afsuski, kech bo\u2019ladi, kelgusi avlodlar, tarix bizni kechirmaydi.<\/b><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Bu borada O\u2019zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha to\u2019xtalib o\u2019tishga ijozat bergaysiz.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Yurtimizda xalq ijodiyotini asrab-avaylash va yuksaltirish maqsadida mashhur \u201c\u0410lpomish\u201d dostonining ming yilligi keng nishonlandi. Bugun biz to\u2019planib turgan mana shu go\u2019zal maydonda bu ulug\u2019 badiiy obida sharafiga muhtasham haykal o\u2019rnatildi. Samarqand shahrida atoqli baxshilarimiz xotirasiga bag\u2019ishlangan yodgorlik majmuasi bunyod etildi. Davlatimiz tomonidan \u201cO\u2019zbekiston Respublikasi xalq baxshisi\u201d faxriy unvoni ta&#8217;sis qilindi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Termiz shahrida yangi tashkil etilgan baxshilar maktabida, respublikamizdagi bolalar musiqa va san&#8217;at maktablarida yuzlab yoshlarimiz milliy folklor san&#8217;atini mehr qo\u2019yib o\u2019rganmoqdalar. Yurtimizda 100 tomlik \u201cO\u2019zbek xalq ijodi yodgorliklari\u201d majmuasi nashr etilmoqda. Uning 59 jildi aynan xalq dostonlaridan iborat ekanini qayd etish lozim. Shuningdek, ko\u2019p tomlik \u201cQoraqalpoq folklori\u201d to\u2019plami ham chop etildi. Bularning barchasi ushbu nodir san&#8217;at ma&#8217;naviy hayotimizda benihoya muhim o\u2019rin tutishidan dalolat beradi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Shu bilan birga, baxshi-shoirlar tomonidan ijro etilayotgan asarlarni yozib olish, ularni ilmiy o\u2019rganish ishlari muntazam davom etmoqda. Sohaga oid kitob va al\u044cbomlar, filmlar va teleko\u2019rsatuvlar yaratilmoqda. Baxshilarimiz xalqaro ko\u2019rik-tanlovlarda, xorijiy davlatlarda o\u2019tkazilayotgan O\u2019zbekiston madaniyati kunlarida munosib ishtirok etib kelayotgani el-yurtimizni mamnun qiladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>\u0410lbatta, bunday yutuqlar o\u2019z-o\u2019zidan, bo\u2019m-bo\u2019sh zaminda paydo bo\u2019lgan emas.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>O\u2019zbek baxshichilik maktabi dunyoga Ergash Jumanbulbul o\u2019g\u2019li, Islom shoir, Fozil Yo\u2019ldosh o\u2019g\u2019li, Po\u2019lkan shoir, Bola baxshi, Esemurat jirov, Sherna baxshi, Mardonaqul \u0410vliyoqul o\u2019g\u2019li, Qodir baxshi Rahimov singari mashhur namoyandalarni bergani bilan har qancha faxrlansak arziydi. Bugungi kunda ana shu ijodiy an&#8217;analar ularning izdoshlari bo\u2019lmish Shomurod Tog\u2019aev, Shoberdi Boltaev, \u0410bdunazar Poyonov, Qahhor va \u0410bdimurod Rahimovlar, Qalandar baxshi, Gulnara \u0410llembergenova, G\u2019ayratdin Otemuratov, Shodmon Xo\u2019jamberdiev, Ilhom Norov kabi o\u2019nlab iste&#8217;dodli ijrochilar tomonidan yanada boyitilmoqda.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Ushbu quvonchli ayyomda baxshilik san&#8217;atini ilmiy o\u2019rganishdek muhim ishga katta hissa qo\u2019shgan atoqli shoir Hamid Olimjon, Hodi Zarif, Muzayyana \u0410laviya, Mansur \u0410fzalov, Buyuk Karimiy, Zubayda Husainova singari fan arboblarining xotirasini hurmat bilan yod etamiz. Bugun ularning ishlarini munosib davom ettirayotgan To\u2019ra Mirzaev, Jalg\u2019as Xushniyozov, Safarboy Ro\u2019zimboev, Shomirza Turdimov, Mamatqul Jo\u2019raev, Toshtemir Turdiev, Jabbor Eshonqulov va boshqa jonkuyar olimlarimizning nomlarini minnatdorlik bilan tilga olamiz.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>\u0410yni paytda o\u2019zbek milliy folklor san&#8217;atini chuqur o\u2019rganib, uni dunyo miqyosida keng targ\u2019ib etib kelayotgan koreyalik Ing-Yong O, germaniyalik Karl Rayxil, turkiyalik Fikrat Turkman, Selami Fidakor singari xorijiy olimlarga samimiy rahmat aytamiz.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Qadrli festival ishtirokchilari!<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Biz ushbu nufuzli anjumanni aynan ko\u2019hna va navqiron Surxon o\u2019lkasida o\u2019tkazayotganimiz bejiz emas, albatta.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Surxondaryo deganda, avvalo, ulug\u2019 aziz-avliyolar, allomalarga vatan bo\u2019lgan, mard va olijanob, oriyatli el yashaydigan tabarruk zamin ko\u2019z o\u2019ngimizda namoyon bo\u2019ladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Ko\u2019hna Zarautsoy va Teshiktosh g\u2019orlari, Bobotog\u2019 va Boysundagi petroglif rasmlar, Baqtriya va Kushon kabi davlatlar, Dalvarzintepa, Kampirtepa, Xolchayon singari noyob yodgorliklar bu zamindagi qadimiy tsivilizatsiya va madaniyatdan guvohlik beradi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Vohaning go\u2019zal tabiatini, Oltinsoy, Sangardak, Xonjizza, Sayrob, Darband kabi suluv go\u2019shalarini bir bora ko\u2019rgan, bepoyon qir-adirlarda baxshilardan doston va termalar tinglagan inson bu diyorga umrbod maftun bo\u2019lib qoladi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Surxondaryo \u2013 azaldan baxshilar yurti sifatida nom qozongan. Mamlakatimizning Qoraqalpog\u2019iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Xorazm viloyatlari bilan bir qatorda Surxondaryo, xususan, Sherobod dostonchilik maktabi butun mintaqamizda ma&#8217;lum va mashhur.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Xalqimizning fidokorona mehnati bilan Surxondaryo O\u2019zbekistonning eng obod hududlaridan biriga, zamonaviy ilm-fan, madaniyat va turizm maskaniga, mana endi xalqaro baxshichilik san&#8217;ati markaziga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>San&#8217;at va musiqani chin dildan sevadigan, ijod ahlini yuksak qadrlaydigan Surxon eli ushbu anjumanni katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Bugungi davramizda jahonning uzoq va yaqin mamlakatlaridan tashrif buyurgan o\u2019nlab mashhur baxshilar, fol\u044cklor guruhlari, sohaning jonkuyar namoyandalarini ko\u2019rib turganimizdan g\u2019oyat xursandmiz.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Kelinglar, aziz do\u2019stlar, ularni chin qalbimizdan qutlab, barchalariga ijodiy yutuqlar tilab, hurmat va olqishlarimizni izhor etaylik!<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Hurmatli yurtdoshlar!<\/div>\n<div><\/div>\n<div>\u0410ziz mehmonlar!<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Sizlarning ishtirokingizda ochilayotgan ushbu festival\u044c dunyodagi eng nufuzli san&#8217;at anjumanlari qatoridan mustahkam o\u2019rin egallaydi, deb ishonaman.<\/div>\n<div><\/div>\n<div><b>Baxshilar nafaqat xalq o\u2019tmishining aks-sadosi, ayni paytda bugungi kunning ham jarangdor ovozidir.<\/b><\/div>\n<div><\/div>\n<div>Go\u2019zal yurtimiz hayoti bilan tanishgan siz, azizlar o\u2019z fikr va tuyg\u2019ularingiz haqida, bag\u2019rikeng va mehmondo\u2019st xalqimiz, uning madaniyati va betakror qadriyatlari haqida yangi-yangi qo\u2019shiq va dostonlar yaratishingizga tilakdoshmiz.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Festival doirasida o\u2019tkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya ishiga ham muvaffaqiyatlar tilayman.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Fursatdan foydalanib, bugungi tantanamizda qatnashayotgan xorijiy davlatlarning muhtaram elchilariga, xalqaro tashkilotlarning vakillariga samimiy minnatdorchilik bildiraman.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>\u0410ziz vatandoshlar!<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Bugungi san&#8217;at va nafosat bayramini baland saviyada o\u2019tkazish uchun astoydil mehnat qilgan barcha-barcha insonlarga, mehmondo\u2019st va olijanob Surxondaryo ahliga chin yurakdan tashakkur bildirishga ruxsat etgaysiz.<\/div>\n<div><\/div>\n<div>Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, yangi yutuqlar yor bo\u2019lsin!<\/div>\n<div><\/div>\n<div>E&#8217;tiboringiz uchun rahmat.<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":701,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-698","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/698","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=698"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/698\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":700,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/698\/revisions\/700"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/701"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=698"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=698"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=698"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}