{"id":6854,"date":"2026-11-19T18:25:14","date_gmt":"2026-11-19T16:25:14","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6854"},"modified":"2026-11-19T18:25:14","modified_gmt":"2026-11-19T16:25:14","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8-%d0%b8%d0%be%d1%80%d0%b4%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d0%b3%d0%be%d1%81%d1%83%d0%b4%d0%b0%d1%80%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/11\/19\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8-%d0%b8%d0%be%d1%80%d0%b4%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d0%b3%d0%be%d1%81%d1%83%d0%b4%d0%b0%d1%80%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b0\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston va Iordaniya \u2014 Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning o\u2018zaro yaqinlashuviga yangi sur\u2019at bag\u2018ishlayotgan davlatlar"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqaro munosabatlar o\u2018zgarib borayotgan sharoitda Markaziy Osiyoning qo\u2018shni mintaqalar, jumladan, Yaqin Sharqning yetakchi mamlakatlari bilan sherikligi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Ushbu sheriklikning mazmunini tobora savdo va investitsiyalar hajmidan ko\u2018ra sanoat kooperatsiyasi, texnologik rivojlanish va mushtarak ma\u2019naviy merosni asrab-avaylash vazifalari belgilamoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu nuqtayi nazardan, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi O\u2018zbekistonning tashqi siyosiy ustuvor yo\u2018nalishlarida alohida o\u2018rin tutadi. Ikki mamlakat o\u2018rtasida 1993-yil fevral oyida o\u2018rnatilgan diplomatik aloqalar hamkorlikning asosiy sohalarini qamrab olgan izchil va ko\u2018p qirrali munosabatlarga aylandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>Siyosiy yaqinlashuv va mintaqaviy diplomatiya<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston\u2013Iordaniya aloqalarining izchil mustahkamlanishi ko\u2018p jihatdan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning siyosiy irodasi bilan belgilanadi. Aynan ularning oliy darajadagi ishonchli muloqoti tufayli mamlakatlar o\u2018rtasidagi munosabatlar rivojiga kuchli sur\u2019at bag\u2018ishlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Podshoh Abdulla II ibn al-Husaynning 2025-yil 25\u201326-avgust kunlari O\u2018zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi tarixiy bosqich bo\u2018ldi. Yetakchilarning Samarqanddagi ilk muzokaralari keng qamrovli sheriklikka o\u2018tishni belgilab berdi. Tashrif yakunida Qo\u2018shma bayonot hamda investitsiyalar, savdo, qishloq xo\u2018jaligi, ta\u2019lim va boshqa yo\u2018nalishlarni qamrab olgan 15 ta hujjatdan iborat to\u2018plam qabul qilindi. Shuningdek, Samarqand sammitida tomonlar BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi yondashuvlarni muvofiqlashtirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, Toshkent Ammonning tinchlikni ta\u2019minlashga qaratilgan global tashabbuslarini izchil qo\u2018llab-quvvatlamoqda. Ular orasida Podshoh Abdulla II tashabbusi bilan yo\u2018lga qo\u2018yilgan \u201cAqaba jarayoni\u201d \u2014 xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashish masalalari bo\u2018yicha xalqaro hamkorlik platformasi alohida o\u2018rin tutadi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil noyabr oyida Ostona shahrida \u201cAqaba jarayoni\u201d doirasida o\u2018tkazilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Iordaniya yetakchilari uchrashuvida qatnashgani O\u2018zbekistonning ushbu jarayonga faol jalb etilganini amalda tasdiqladi. Mazkur uchrashuvda davlatimiz rahbari navbatdagi yig\u2018ilishlardan birini Samarqandda o\u2018tkazish taklifini ilgari surdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Siyosiy muloqot 2025-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasi doirasida, shuningdek, 2026-yilda O\u2018zbekiston va Iordaniya parlamentlari hamda tashqi siyosat idoralari vakillari o\u2018rtasidagi uchrashuvlarda davom ettirildi. Aloqalarning bunday jadalligi amaliy sheriklik uchun mustahkam institutsional asos yaratmoqda. Ushbu asosga tayangan holda, Iordaniya O\u2018zbekiston uchun arab dunyosi bilan hamkorlikni kengaytirishning muhim yo\u2018nalishiga, Toshkent esa Ammonning Markaziy Osiyodagi hamkoriga aylanishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>Iqtisodiy hamkorlik: savdodan qo\u2018shma ishlab chiqarishga<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Iordaniya o\u2018rtasidagi o\u2018zaro savdo barqaror o\u2018sib bormoqda. Rasmiy ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, 2017\u20132025-yillarda tovar ayirboshlash hajmi 10 barobardan ziyod oshgan. Bunday sezilarli o\u2018sish biznes vakillarining to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri aloqalarga qiziqishi ortib borayotganini tasdiqlaydi. Bugungi kunda O\u2018zbekistonda Iordaniya kapitali ishtirokidagi 18 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ishbilarmonlar kengashi ishbilarmon doiralar o\u2018rtasida muloqotni yo\u2018lga qo\u2018yishning samarali mexanizmi bo\u2018lib xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi vaqtda tomonlar o\u2018zaro tovar yetkazib berish hajmini shunchaki oshirishni emas, balki yuqori qo\u2018shilgan qiymat yaratishga qaratilgan sanoat kooperatsiyasiga o\u2018tishni strategik maqsad sifatida belgilagan. Iordaniya iqtisodiyotining farmatsevtika, kimyo sanoati va xizmatlar kabi tarmoqlarga ixtisoslashuvi O\u2018zbekistonning sanoat va resurs bazasini samarali to\u2018ldirib, uchinchi mamlakatlar bozorlarini birgalikda o\u2018zlashtirish uchun zamin yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur yo\u2018nalishlar va hamkorlikning aniq mexanizmlari 2026-yil aprel oyida sanoatlashtirish, agrosanoat majmuasi, farmatsevtika va logistika masalalariga bag\u2018ishlangan Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig\u2018ilishida atroflicha ko\u2018rib chiqildi. Shuningdek, tomonlar preferensial savdo to\u2018g\u2018risidagi bitim loyihasi ustida ish boshlanganini tasdiqladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Farmatsevtika tarmog\u2018i hamkorlik eng puxta yo\u2018lga qo\u2018yilgan yo\u2018nalish hisoblanadi. Iordaniya kompaniyalarining xalqaro standartlarga muvofiq dori vositalari ishlab chiqarish tajribasi O\u2018zbekistonga talab yuqori bo\u2018lgan dori vositalarini ishlab chiqarish, texnologiyalar transferini amalga oshirish, import o\u2018rnini bosish va Markaziy Osiyoga eksportni kengaytirish vazifalarini hal etish imkonini beradi. O\u2018zbekiston tomonining 2025-yil sentabr oyida \u201cDar Al-Dawa\u201d kompaniyasi <em>(1975-yilda tashkil etilgan, 40 dan ortiq mamlakatga mahsulot yetkazib beradi)<\/em> bilan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sifat nazorati tizimlarini joriy etish istiqbollari yuzasidan o\u2018tkazgan muzokaralari bunday loyihalarni amalga oshirishga qiziqish yuqori ekanini tasdiqladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2026-yil iyul oyida Ammon va Toshkent o\u2018rtasida muntazam to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri aviaqatnovlarning yo\u2018lga qo\u2018yilishi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo\u2018ldi. \u201cRoyal Jordanian\u201d aviakompaniyasi haftasiga ikki marta amalga oshiriladigan reyslarni yo\u2018lga qo\u2018ydi. Bu tadbirkorlar, sayyohlar va boshqalar uchun safar logistikasini sezilarli darajada soddalashtirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biroq ikki mamlakatning transport sohasidagi hamkorligi faqat yo\u2018lovchi tashish bilan cheklanmaydi. Toshkent uchun yangi tranzit yo\u2018laklarini izlash uzoq muddatli asosiy vazifalardan biri bo\u2018lib qolmoqda. Shu nuqtayi nazardan, Iordaniyaning Aqaba porti va Podshohlikning arab davlatlari bilan tuzgan keng qamrovli savdo bitimlari tizimi O\u2018zbekiston uchun strategik ahamiyat kasb etishi mumkin. Mazkur afzalliklar Iordaniyani O\u2018zbekiston mahsulotlarini Yaqin Sharq va Afrika bozorlariga olib chiqish uchun istiqbolli logistika markazi sifatida ko\u2018rib chiqish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Umuman olganda, Toshkent va Ammon o\u2018rtasidagi hamkorlik salohiyati ikki tomonlama kun tartibi doirasidan ancha kengdir. Har ikki tomon bir-biri uchun mintaqadagi ishonchli tayanch va iqtisodiy manfaatlarni ilgari suruvchi hamkor bo\u2018lishi mumkin. Xususan, Markaziy Osiyoning jadal rivojlanayotgan davlatlaridan biri bo\u2018lgan O\u2018zbekiston Iordaniya biznesini qo\u2018llab-quvvatlab, uning mintaqada faoliyat yuritishi uchun keng imkoniyatlar yaratishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Imkoniyatlarning bunday uyg\u2018unlashuvi Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikani birlashtiruvchi barqaror iqtisodiy aloqalar tizimini bosqichma-bosqich shakllantirish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>Madaniy aloqalar: ishonch poydevori va tarixiy sivilizatsiyalar muloqoti<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Iordaniyani boy islomiy ma\u2019naviy meros, ilm-fanga chuqur hurmat va madaniy an\u2019analarni asrab-avaylashga intilish birlashtirib turadi. Ushbu mushtaraklik yetakchi ta\u2019lim muassasalari o\u2018rtasidagi hamkorlikda amaliy ifodasini topmoqda. Xususan, O\u2018zbekiston xalqaro islom akademiyasi va Iordaniyaning Jahon islom ilmlari va ta\u2019lim universiteti o\u2018zaro sheriklikni anglashuv memorandumi bilan mustahkamladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Akademik almashinuvlar va qo\u2018shma loyihalar ikki mamlakat olimlarining ilmiy salohiyatini birlashtirib, islom sivilizatsiyasi, tarix va arabshunoslikni o\u2018rganish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda. Bunday yondashuv nafaqat ilg\u2018or uslublar almashinuviga ko\u2018maklashadi, balki xalqaro maydonda islomning insonparvarlik g\u2018oyalarini keng targ\u2018ib eta oladigan tadqiqotchilarning yangi avlodini shakllantirishga ham yordam beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Madaniy muloqot ham shu qadar jadal rivojlanmoqda. Iordaniya san\u2019at namoyandalari O\u2018zbekistonda o\u2018tkazilgan nufuzli xalqaro maqom va xalq amaliy san\u2019ati festivallarida ishtirok etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muntazam ko\u2018rgazmalar, ilmiy konferensiyalar va ijodiy uchrashuvlar ushbu aloqalarni mustahkamlash imkonini beradi. Ular Toshkent va Ammon o\u2018rtasida jonli ko\u2018prik bo\u2018lib, mushtarak tarixiy merosni zamonaviy ilm-fan, madaniyat hamda O\u2018zbekiston va Iordaniya xalqlari o\u2018rtasidagi do\u2018stlikni rivojlantirishga kuchli turtki beruvchi omilga aylantiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>Suv xavfsizligi: umumiy muammolar asosidagi sheriklik<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Iordaniyaning o\u2018ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi yana bir yo\u2018nalish \u2014 suvdan oqilona foydalanishdir. Podshohlik chuchuk suv tanqisligi eng keskin bo\u2018lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Iste\u2019molning ortishi, qurg\u2018oqchilik va iqlim o\u2018zgarishi suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish va yangi yechimlarni qo\u2018llashni talab etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqaro valyuta jamg\u2018armasi baholariga ko\u2018ra, Iordaniyada qayta tiklanuvchi suv resurslari aholi jon boshiga yiliga atigi 60 kub metr atrofida bo\u2018lib, mutlaq suv tanqisligi chegarasi 500 kub metrni tashkil etadi. Aqabadan tuzsizlantirilgan suv yetkazib berish loyihasi yiliga 300 million kub metr suv yetkazishni nazarda tutadi va mamlakatning ichimlik suviga bo\u2018lgan ehtiyojining qariyb 40 foizini ta\u2019minlashi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018z navbatida, O\u2018zbekiston suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish va joriy etishda katta salohiyatga ega. So\u2018nggi yillarda mamlakat qishloq xo\u2018jaligida an\u2019anaviy sug\u2018orish usullaridan zamonaviy sug\u2018orish tizimlariga faol o\u2018tilmoqda. Agar 2017-yilda bunday texnologiyalar 28 ming gektar maydonda qo\u2018llanilgan bo\u2018lsa, bugungi kunda ular 2,8 million gektarni, ya\u2019ni respublikadagi jami sug\u2018oriladigan yerlarning qariyb 60 foizini qamrab olgan. Ushbu usullarni qo\u2018llash har yili qariyb 5 milliard kub metr suvni tejash imkonini bermoqda. 2028-yilga qadar esa mamlakatdagi sug\u2018oriladigan maydonlarning 80 foizigacha bo\u2018lgan qismini suv tejovchi texnologiyalar bilan qamrab olish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu jihatdan, O\u2018zbekiston va Iordaniyaning suv tejovchi texnologiyalar sohasidagi sa\u2019y-harakatlarini birlashtirish samarali va istiqbollidir, chunki har ikki davlat bu borada o\u2018zining qimmatli amaliy tajribasiga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>Kelishuvlardan barqaror natijalarga<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025\u20132026-yillarda munosabatlarning faollashuvi moliyaviy resurslar ko\u2018lamiga emas, balki tomonlarning o\u2018ziga xos ustunliklari bir-birini to\u2018ldirishiga asoslangan sheriklik modelini shakllantirmoqda. Iordaniya diplomatik tajribasi, farmatsevtika, tibbiy xizmatlar va suv tanqisligini boshqarish sohalaridagi bilim va ko\u2018nikmalarini, O\u2018zbekiston esa o\u2018sib borayotgan bozori, ishlab chiqarish quvvatlari, agrar salohiyati va Markaziy Osiyodagi iqtisodiy aloqalarini taklif etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu imkoniyatlarni uyg\u2018unlashtirish asosida farmatsevtika mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarishni yo\u2018lga qo\u2018yish, suv tejash bo\u2018yicha tajriba loyihalarini amalga oshirish, ilmiy-ta\u2019lim dasturlarini rivojlantirish hamda hamkorlikning asosiy sohalaridagi tashabbuslarni muvofiqlashtirish ustuvor yo\u2018nalishlar sifatida ilgari surilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shunday qilib, O\u2018zbekiston va Iordaniya iqtisodiy kooperatsiya siyosiy-diplomatik muloqot, shuningdek, suv xavfsizligi, sog\u2018liqni saqlash va mushtarak ma\u2019naviy merosni asrab-avaylash sohalaridagi hamkorlik bilan to\u2018ldiriladigan o\u2018ziga xos sheriklik tizimini shakllantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega. Tomonlarning ushbu salohiyatni aniq loyihalarda ro\u2018yobga chiqarish qobiliyati ikki tomonlama aloqalarning barqarorligi va amaliy ahamiyatini belgilaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>Kamolov Sarvar,<\/em><\/strong><br \/>\n<strong><em>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi<\/em><\/strong><br \/>\n<strong><em>Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti<\/em><\/strong><br \/>\n<strong><em>bosh ilmiy xodimi<\/em><\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6855,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6854","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6854","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6854"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6854\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6856,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6854\/revisions\/6856"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6855"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6854"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6854"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6854"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}