{"id":683,"date":"2019-03-07T23:29:00","date_gmt":"2019-03-07T21:29:00","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=683"},"modified":"2019-03-07T23:30:48","modified_gmt":"2019-03-07T21:30:48","slug":"%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2019\/03\/07\/%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag\u02bbishlab o\u02bbtkazilgan tantanali marosimdagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p>Assalomu alaykum, muhtarama opa-singillar!<\/p>\n<p>Hurmatli do\u02bbstlar!<\/p>\n<p>Bugun mana shunday dilbar, qutlug\u02bb bahor ayyomida siz, munis onalarimiz, hurmatli opa-singillarimiz, suluv qizlarimizni o\u02bbzlaringiz kabi go\u02bbzal bayramingiz \u2013 Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.<!--more--><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile\" title=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag\u02bbishlab o\u02bbtkazilgan tantanali marosimdagi nutqi\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/af0\/uzb.jpg\" alt=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag\u02bbishlab o\u02bbtkazilgan tantanali marosimdagi nutqi\" border=\"0\" \/><\/p>\n<p>Sizlarning timsolingizda butun O\u02bbzbekiston xotin-qizlarini tabriklab, barchangizga chuqur hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarimni bildiraman.<\/p>\n<p>Qadrli yurtdoshlar!<\/p>\n<p>Hammamiz yaxshi tushunamiz,\u00a0<strong>\u201cMehr \u2013 hayotning ustuni\u201d,\u00a0<\/strong>degan so\u02bbzlarda chuqur ma\u02bcno va mazmun mujassam.<\/p>\n<p>Bu haqda gapirganda,\u00a0<strong>muqaddas ona, ayol zoti \u2013 chinakam mehr bulog\u02bbi, mehr quyoshi<\/strong>, desak, har tomonlama to\u02bbg\u02bbri bo\u02bbladi. Shu quyosh bor ekan, mehr-oqibat, ezgulik va adolat, vafo va sadoqat kabi buyuk qadriyatlar necha asrlardan buyon bezavol yashab kelmoqda.<\/p>\n<p>Shu bois\u00a0<strong>bugungi quvonchli ayyomda avvalo dunyoda \u201cfidoyi\u201d degan so\u02bbzga eng munosib bo\u02bblgan Ona siymosi oldida ta\u02bczim qilamiz.\u00a0<\/strong><strong>Hayotimiz quvonchi, xonadonlarimiz<\/strong><strong>\u00a0ko\u02bbrki bo\u02bblmish aziz ayollarimiz sha\u02bcniga eng go\u02bbzal tilaklarimizni izhor etamiz.<\/strong><\/p>\n<p>Yer yuzida so\u02bbz va soz san\u02bcati, shoiru hofiz, rassom va haykaltarosh paydo bo\u02bblibdiki, ona va ayol zoti yuksak pardalarda tarannum etib kelinadi. Ulug\u02bb shoirimiz Erkin Vohidov aytganlaridek,<strong>\u201cOlamda ayol madhiga doston tugamaydi\u201d<\/strong>. Chunki, ayol siymosi Yaratganning tengsiz mo\u02bbjizasi bo\u02bblib kelgan va hamisha shunday bo\u02bblib qoladi.<\/p>\n<p>Bizga mana shu yorug\u02bb, go\u02bbzal olamni yanada go\u02bbzal va yorug\u02bb qilib turganlaringiz uchun katta rahmat sizlarga!<\/p>\n<p>Biz \u2013 O\u02bbzbekistonning mard o\u02bbg\u02bblonlari, er yigitlari siz, azizlarga bo\u02bblgan hurmatimiz, mehr va muhabbatimizni oilalarimiz, el-yurtimiz hayotini yanada obod va farovon qilishga qaratilgan amaliy ishlarimiz bilan izhor etishga intilmoqdamiz.<\/p>\n<p>Biz xalqimiz roziligini, avvalo, siz, muhtarama onalarimiz, opa-singillarimizning roziligi deb tushunamiz. Sizlarning sog\u02bb-salomat bo\u02bblib, baxtli bo\u02bblib yashashing\u0301izni amalga oshirayotgan barcha-barcha islohotlarimizning asosiy maqsadi va mezoni deb bilamiz. Bu yo\u02bblda erishgan natijalarimiz faqatgina birinchi qadamlar bo\u02bblib, sizlarning qo\u02bbllab-quvvatlashingiz, duolaringiz, hech shubhasiz, bizga cheksiz kuch-g\u02bbayrat bag\u02bbishlaydi.<\/p>\n<p>Qadrli opa-singillar!<\/p>\n<p>Ma\u02bclumki, hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining qariyb 50 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Lekin sizlarning barcha sohalardagi samarali mehnatingiz, farzandlar tarbiyasi, oila hayotidagi ulkan xizmatlaringizni hisobga olib aytadigan bo\u02bblsak, jamiyatdagi o\u02bbrningiz, O\u02bbzbekistonimiz erishayotgan yutuqlardagi beqiyos hissangizni hech narsa bilan o\u02bblchab, baholab bo\u02bblmaydi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1 ming 400 ga yaqin opa-singillarimiz rahbarlik lavozimlarida ishlamoqda. Xotin-qizlarning ulushi sog\u02bbliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 82 foizdan ziyodni, ilm-fan, ta\u02bclim-tarbiya, madaniyat va san\u02bcat sohalarida 72 foizni, qishloq xo\u02bbjaligida 45 foizdan ortiqni, sanoatda 38 foizni tashkil etmoqda. Va sizlarning sidqidildan qilayotgan mehnatlaringiz davlatimiz, xalqimiz tomonidan munosib taqdirlanmoqda.<\/p>\n<p>Mustaqillik yillarida 2 ming 180 nafardan ortiq xotin-qizlarimiz yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo\u02bblgani ham shundan dalolat beradi. Ularning orasida o\u02bbnlab O\u02bbzbekiston Qahramonlari, fan arboblari, xalq o\u02bbqituvchilari, xalq shoirlari, xalq artistlari borligini alohida ta\u02bckidlab aytmoqchiman. Bugungi davramizda turli jabhalarda astoydil mehnat qilayotgan ana shunday jonkuyar, oqila, mehr-oqibatli ayollarimizni, ularning davomchilari bo\u02bblgan iste\u02bcdodli qizlarimizni ko\u02bbrib turganimdan xursandman.\u00a0<strong>Ularning barchasi O\u02bbzbekiston insoniy salohiyatining oltin fondini tashkil etadi, desak, hech qanday mubolag\u02bba bo\u02bblmaydi.<\/strong><\/p>\n<p>Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yanada yuksak bosqichga ko\u02bbtarish yo\u02bblidagi samarali mehnatingiz, ezgu fazilatlaringiz bilan hammaga o\u02bbrnak bo\u02bblib kelayotganingiz uchun sizlarga o\u02bbz nomimdan, ko\u02bbp millatli butun xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p>Hurmatli yurtdoshlar!<\/p>\n<p>Barchangizga ma\u02bclumki, biz\u00a0<strong>\u201cXotin-qizlarni qo\u02bbllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201d<\/strong>\u00a0Prezident farmonini qabul qildik. O\u02bbtgan qisqa davrda ushbu farmon doirasida O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta farmoni, 2 ta qarori, hukumatimizning 6 ta qarori va 4 ta farmoyishi qabul qilindi.<\/p>\n<p>Ana shu hujjatlar asosida ilgari imkoniyatlari cheklanib, faoliyati susayib qolgan Xotin-qizlar qo\u02bbmitasi va uning hududiy bo\u02bblimlari butunlay yangi asosda tashkil etildi. Ularga qo\u02bbshimcha vakolat va imkoniyatlar berilib, samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Hozirgi kunda ushbu tizimda katta bilim va hayotiy tajribaga ega bo\u02bblgan 10 mingdan ortiq opa-singillarimiz xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>Xotin-qizlar qo\u02bbmitasining hududiy bo\u02bblimlari qoshida \u201cHuquqshunos ayollar\u201d, \u201cIlm-fan va ayol\u201d, \u201cIjodkor ayollar\u201d, \u201cTashabbuskor ayollar\u201d, \u201cAyol va salomatlik\u201d, \u201cFaxriy ayollar\u201d jamoatchilik uyushmalari tashkil etildi. \u201cYil ayoli\u201d, \u201cIbratli oila\u201d tanlovlari o\u02bbtkazilmoqda. Eng asosiysi, amalga oshirilgan ana shunday muhim chora-tadbirlar bugun o\u02bbz samarasini bermoqda.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Xotin-qizlar qo\u02bbmitasi va yurtimizdagi siyosiy partiyalar o\u02bbrtasidagi hamkorlik kuchaytirilib, 3 mingga yaqin yetakchi xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi shakllantirilgani e\u02bctiborga loyiqdir. Ayni vaqtda ijtimoiy faol ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlab borish, ularni o\u02bbqitish, malakasini oshirish tizimi yaratilmoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda xotin-qizlar harakati katta salohiyat va istiqbolga ega ekanini ko\u02bbrsatadi.<\/p>\n<p>Xabaringiz bor, bu yil yurtimizda milliy parlamentimiz va mahalliy Kengashlarga saylovlar bo\u02bblib o\u02bbtadi. Ana shu saylovlarga ayollarimiz ham katta tayyorgarlik ko\u02bbrmoqda. Shu maqsadda joylarda \u201cDeputatlikka start\u201d aksiyalari tashkil etilayotganini biz albatta qo\u02bbllab-quvvatlaymiz.<\/p>\n<p>Sizlarga ma\u02bclumki, hozirgi paytda mamlakatimiz deputatlar korpusining 30 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. O\u02bbtgan ikki yillik tajribamizni, ayollarning siyosiy ongi va saviyasi oshib borayotganini inobatga olib, bu raqamni ancha ko\u02bbpaytirsak, o\u02bbylaymanki, adolatdan bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>Xotin-qizlar qo\u02bbmitasining xalqaro faoliyati ham kuchayib bormoqda. Masalan, yangi tuzilgan O\u02bbzbekiston ixtirochi ayollari markazi tashabbusi bilan yurtimiz olimalari o\u02bbtgan yili Koreya Respublikasida tashkil etilgan xalqaro forumda munosib ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Muhtaram do\u02bbstlar!<\/p>\n<p>Bugungi davramizda O\u02bbzbekistonda faoliyat ko\u02bbrsatayotgan Fransiya Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor, Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan, BMT Taraqqiyot dasturining O\u02bbzbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining mamlakatimizdagi turli vakolatxonalarining rahbarlari bo\u02bblgan Ashita Mittal, Miyeko Yabuta, Lian Kuppens, Mariya del Pilar Alvarez-Laso xonimlarni ko\u02bbrib turganimizdan g\u02bboyat mamnunmiz.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga munosib hissa qo\u02bbshayotgan ana shu hurmatli mehmonlarimizni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qutlab, ezgu tilaklarimizni bildirishga ijozat bergaysiz.<\/p>\n<p>Aziz opa-singillar!<\/p>\n<p>Barchangizga ma\u02bclumki, biz uchun mehr-muhabbat qo\u02bbrg\u02bboni bo\u02bblgan oila institutini mustahkamlash keyingi paytda yurtimizda davlat siyosati darajasiga ko\u02bbtarildi. Ana shu siyosatni belgilaydigan muhim hujjat \u2013\u00a0<strong>O\u02bbzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi<\/strong>\u00a0qabul qilindi. Mazkur konsepsiyani hayotga tatbiq etish maqsadida \u201cOila\u201d ilmiy-amaliy tadqiqot markazi qayta tashkil etildi.<\/p>\n<p>Oila masalasini kompleks o\u02bbrganib, mavjud holatni tahlil etish, monitoring qilish va baho berishga, ilmiy tadqiqotlar orqali oila farovonligini oshirishga xizmat qiladigan yangi tizim yaratildi.<\/p>\n<p>Ilgari Adliya vazirligi tasarrufida bo\u02bblgan fuqarolik holatiga oid hujjatlarni qayd etish idoralari tuman va shahar hokimi o\u02bbrinbosari \u2013 Xotin-qizlar qo\u02bbmitasi raisiga bo\u02bbysundirildi. Hozirgi vaqtda ular tomonidan oila institutini mustahkamlash, ajralishlarning oldini olish bo\u02bbyicha faol ish olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Albatta, bu borada belgilangan chora-tadbirlarning mazmuni, sifati va samarasini oshirish uchun hali ko\u02bbp ish qilishimiz kerak. Bugungi kunda izchil amalga oshirilayotgan\u00a0<strong>\u201cObod qishloq\u201d<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>\u201cObod mahalla\u201d<\/strong>,\u00a0<strong>\u201cYoshlar \u2013 kelajagimiz\u201d<\/strong>,\u00a0<strong>\u201cHar bir oila \u2013 tadbirkor\u201d<\/strong>\u00a0kabi dasturlar ayni shu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.<\/p>\n<p>Bugun\u00a0<strong>\u201cXotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo\u02bbllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201d<\/strong>gi qarorni imzoladim.<\/p>\n<p>Bu qarorda ayollarning mehnat va pensiya sohasidagi huquqlari, gender tengligini ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha mutlaqo yangi kafolatlar belgilab berilmoqda. Ayollarga o\u02bbz biznesini tashkil etish, biznes g\u02bboyalarini tayyorlashda yordam berish, uzoq vaqt davomida bola tarbiyasi bilan band bo\u02bblgan, og\u02bbir iqtisodiy ahvolga tushib qolgan ayollarni talab katta bo\u02bblgan kasbga tayyorlash va ishga joylashish uchun ularga ko\u02bbmaklashish maqsadida Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etilmoqda. Ayollarga tadbirkorlik bilan shug\u02bbullanishlari uchun 100 milliard so\u02bbm ajratiladi. Bu mablag\u02bb ularga imtiyozli kredit sifatida beriladi. Mazkur mablag\u02bblarning kamida 50 foizi qishloq joylarda yashayotgan xotin-qizlar o\u02bbrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yo\u02bbnaltiriladi.<\/p>\n<p>Biz opa-singillarimizni har tomonlama qo\u02bbllab-quvvatlash maqsadida bu boradagi ezgu ishlarni bundan buyon ham davom ettiramiz.<\/p>\n<p>Qadrli yurtdoshlar!<\/p>\n<p>Xalqimizda\u00a0<strong>\u201cEl sog\u02bb<\/strong><strong>lig\u02bbi<\/strong><strong>\u00a0\u2013\u00a0<\/strong><strong>yurt<\/strong><strong>\u00a0boyligi\u201d<\/strong>\u00a0degan maqol bor. Haqiqatan ham, tinchlik bilan sog\u02bbliqni asrasak, qolgan hamma narsaga erishamiz.<\/p>\n<p>Bu masalada hurmatli ayollarimizning salomatligini mustahkamlash biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>Hozirgi paytda barcha hududlarimizda perinatal, skrining, reproduktiv salomatlik va diagnostika markazlari faoliyat ko\u02bbrsatmoqda. Tug\u02bbruq bo\u02bblimlari, ko\u02bbp tarmoqli poliklinikalar va qishloq oilaviy poliklinikalari soni ortib bormoqda. Ushbu tibbiyot maskanlarida ayollar va qiz bolalar yil davomida chuqurlashtirilgan ko\u02bbrikdan o\u02bbtkazilib, ularga doimiy patronaj xizmati ko\u02bbrsatilmoqda. Bu esa onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash uchun zamin yaratishi shubhasiz.<\/p>\n<p>Xotin-qizlarda uchraydigan kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash ishlari samarali tashkil etilayotgani tufayli ayollar o\u02bbrtasida kasalliklar qariyb 2 barobar, onalar o\u02bblimi 3 marta, go\u02bbdaklar o\u02bblimi esa salkam 4 marta kamaydi. O\u02bbtkazilgan skrining tekshiruvlari natijasida 2018 yilda 5 ming nafar chaqaloqda og\u02bbir nuqsonlar bilan tug\u02bbilish xavfi bartaraf etildi.<\/p>\n<p>O\u02bbtgan yildan boshlab biz bu borada yana bir katta ishni boshladik. Ya\u02bcni, barcha shahar va tumanlar, ayniqsa, uzoq va borish qiyin bo\u02bblgan hududlardagi markaziy poliklinikalar va qishloq oilaviy poliklinikalari qoshida ayollar uchun maslahatxonalar va bolalar salomatlik markazlari tashkil qilinmoqda.<\/p>\n<p>Yaxshi bilasizlar, men\u00a0<strong>\u201cBog\u02bbchaga borgan bola bilan bog\u02bbchaga bormagan bolaning o\u02bbrtasida katta farq bor\u201d<\/strong>, degan fikrni, hayotiy haqiqatni takror-takror aytishdan, uni hamma joyda da\u02bcvat qilishdan charchamayman. O\u02bbtgan davrdagi ikki yillik tajribamiz va joylarda aholi bilan olib borayotgan muloqotlarimizdan kelib chiqib, ana shu fikrga qo\u02bbshimcha qilib aytmoqchiman:<strong>\u00a0\u201cBog\u02bbchaga borgan bolaning onasi bilan bog\u02bbchaga bormagan bolaning onasi o\u02bbrtasida ham katta farq bor\u201d.<\/strong>Chunki har kuni tarbiyachilar, pedagog mutaxassislar, psixologlar, tibbiyot xodimlari bilan muloqotda bo\u02bblib, bolasidagi ijobiy o\u02bbzgarishlarni ko\u02bbrib, onalarning ham bilimi, hayotiy tajribasi, madaniy saviyasi oshadi. Bolalari bilan birga ular ham ijtimoiy-ma\u02bcnaviy tarbiya muhitiga, jamiyatga yaqinlashadi, faollashadi. Shularning barchasini hisobga olib, biz maktabgacha ta\u02bclim sohasiga ulkan e\u02bctibor bermoqdamiz.<\/p>\n<p>O\u02bbylaymanki, mehribon onalar, buvijonlar sifatida buning ahamiyatini sizlar hammadan ko\u02bbra ko\u02bbproq tushunasizlar.<\/p>\n<p>Bugungi kunda mamlakatimizda 7 ming 104 ta maktabgacha ta\u02bclim maskani faoliyat ko\u02bbrsatmoqda. Keyingi 2 yil davomida 2 ming 211 ta yangi bog\u02bbchalar tashkil etilib, ularga qo\u02bbshimcha 243 ming bola qabul qilindi. Boshqacha aytganda, yurtimizda bog\u02bbcha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta\u02bclim muassasalari bilan qamrab olish darajasi so\u02bbnggi bir yarim yilda 12 foizga oshib, 38 foizni tashkil etmoqda.<\/p>\n<p>Biz yaqin 4-5 yilda yurtimizdagi bog\u02bbcha yoshidagi barcha bolalarni maktabgacha ta\u02bclim muassasalariga to\u02bbliq qamrab olish vazifasini o\u02bbz oldimizga maqsad qilib qo\u02bbyganmiz.\u00a0<strong>Bu \u2013 bizning ayollarimiz, bolalarimiz oldidagi qarzimiz, kerak bo\u02bblsa, kelajak oldidagi muqaddas vazifamiz va biz uni albatta ado etamiz.<\/strong><\/p>\n<p>Oliy ta\u02bclim sohasida ham katta o\u02bbzgarishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Hindiston, Italiya, Singapur, Latviya kabi davlatlarning 14 ta universitet va institutlarining filiallari faoliyat ko\u02bbrsatmoqda. Bundan tashqari, viloyatlarda tashkil etilgan respublika oliy o\u02bbquv yurtlarining 23 ta bo\u02bblimi ham ish olib bormoqda.<\/p>\n<p>Bugungi kunda yurtimizdagi oliy ta\u02bclim maskanlarida 373 ming 500 ga yaqin yoshlarimiz ta\u02bclim olmoqda. Ulardan 168 ming 470 nafarini, ya\u02bcni 45,1 foizini qizlar tashkil etishi alohida e\u02bctiborga loyiq.<\/p>\n<p>Hurmatli anjuman ishtirokchilari!<\/p>\n<p>Mamlakatimizda bolalar va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularning bilim olishi, mehnat qilishi, munosib hayot kechirishini ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha erishilayotgan natijalar nafaqat yurtimiz aholisi, balki xalqaro hamjamiyat, xususan, Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan ham e\u02bctirof etilmoqda.<\/p>\n<p>Bu borada ba\u02bczi misollarga e\u02bctiboringizni qaratmoqchiman.<\/p>\n<p>Oxirgi ikki yilda xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kreditlar ajratish hajmi 2 barobar oshirildi.<\/p>\n<p>Qiyoslash uchun aytadigan bo\u02bblsak, agar\u00a0<span class=\"wmi-callto\">2014-2016<\/span>\u00a0yillarda tijorat banklari tomonidan xotin-qizlarga tadbirkorlik uchun jami 3 trillion 800 milliard so\u02bbm kredit ajratilgan bo\u02bblsa, birgina 2018 yilning o\u02bbzida esa bu ko\u02bbrsatkich 3 trillion 361 milliard so\u02bbmni tashkil etdi.<\/p>\n<p>O\u02bbylaymanki, mana shu raqamlarning o\u02bbzi ham ko\u02bbp narsadan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, yangi tashkil etilgan Xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo\u02bbllab-quvvatlash jamoat fondi mablag\u02bblari hisobidan yillik to\u02bblovi 7 foiz bo\u02bblgan imtiyozli kreditlar berish tizimi joriy etildi. Bu maqsadlar uchun o\u02bbtgan yili 50 milliard so\u02bbm ajratildi. Bu esa ayollarning oiladan, farzand tarbiyasidan ajralmagan holda, hunarmandlik, kasanachilik, tomorqa xo\u02bbjaligi bilan shug\u02bbullanishi uchun zarur sharoitlar yaratib berishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Xotin-qizlar qo\u02bbmitasi tashabbusi bilan joylarda 2018 yilda 2 mingdan ziyod kichik sex tashkil etilib, 18 mingga yaqin xotin-qizlar ish bilan ta\u02bcminlandi.<\/p>\n<p>Andijon, Namangan, Farg\u02bbona viloyatlarida \u201cHunarmand\u201d uyushmasi bilan hamkorlikda \u201cUstoz-shogird\u201d tizimi asosida ishsiz xotin-qizlar bandligini ta\u02bcminlash yo\u02bblga qo\u02bbyildi. Hozirgi vaqtda bu tajribani barcha hududlarda qo\u02bbllash bo\u02bbyicha ish olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Xotin-qizlarning haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida hududlarda zo\u02bbrlikdan jabr\u0301 ko\u02bbrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo\u02bbyicha 155 ta markaz, \u201cIshonch telefonlari\u201d tashkil etildi.<\/p>\n<p>Xabaringiz bor, o\u02bbtgan qisqa davrda yurtimizda uyma-uy yurib, ijtimoiy-ma\u02bcnaviy muhitni o\u02bbrganish, mavjud muammolarni hal etish bo\u02bbyicha samarali tizim yaratildi. Ushbu tizim asosida 2018 yilda 47 ming 690 nafardan ortiq og\u02bbir sharoitda yashayotgan, shuningdek, 13 ming 344 nafar nogironligi bo\u02bblgan xotin-qizlarning muammolari joyida o\u02bbrganildi.<\/p>\n<p>Ko\u02bbrilgan chora-tadbirlar natijasida ana shunday xotin-qizlarning 14 ming 750 nafardan ziyodiga tibbiy yordam ko\u02bbrsatildi, 13 ming 636 nafari ishga joylashtirildi, 24 ming 660 nafardan ortig\u02bbiga 21 milliard 540 million so\u02bbmga yaqin moddiy yordam berildi. Shu toifaga mansub, uy-joyga ehtiyoji bo\u02bblgan opa-singillarimizga 4 mingga yaqin arzon uy-joylar topshirilib, davlat tomonidan ularning boshlang\u02bbich badallari to\u02bblab berildi. Ana shu turar joylar atrofida tikuvchilik sexlari tashkil etilib, qariyb 1 ming nafar xotin-qizlar ish bilan ta\u02bcminlandi.<\/p>\n<p>Biz bu ishlarni bundan buyon ham albatta izchil davom ettiramiz. Jumladan, 2019 yilda 1 ming 576 nafar sharoiti og\u02bbir xotin-qizlar uy-joylar bilan, shu toifaga mansub 13 ming nafardan ziyod qizlar ish bilan ta\u02bcminlanadi<em>.<\/em><\/p>\n<p>Xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo\u02bbllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan og\u02bbir sharoitda yashayotgan, nogironligi bo\u02bblgan 1 ming 460 nafardan ziyod xotin-qizlarga arzon uy-joylar uchun 54 milliard 580 million so\u02bbmdan ortiq boshlang\u02bbich badallar to\u02bblab berildi.<\/p>\n<p>Albatta, haqiqatan ham ko\u02bbmakka muhtoj bo\u02bblgan bunday ayollarga keyingi 10 yilda arzon uy-joylar berilganini hech kim eslay olmasa kerak. Chunki bunday tizimning o\u02bbzi yo\u02bbq edi.<\/p>\n<p>Shuningdek, joriy yilda og\u02bbir ijtimoiy ahvolda yashayotgan, nogironligi bo\u02bblgan 15 ming 282 nafar ayolga tibbiy yordam ko\u02bbrsatiladi. Shu toifaga kiradigan 10 mingga yaqin xotin-qiz nogironlik aravachasi, eshitish va harakatlanish vositalari bilan ta\u02bcminlanadi.<\/p>\n<p>Ayollarning mehnat va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan bunday misollarni yana ko\u02bbplab keltirish mumkin. Lekin\u00a0<strong>o\u02bbzining uy-joyiga, ish o\u02bbrniga ega bo\u02bblgan har bir ayolning ortida oilasi, farzandlari, ota-onasi, yaqinlari borligini hisobga oladigan bo\u02bblsak, qancha xonadonga quvonch kirgani, qancha odamning ruhi ko\u02bbtarilib, ularda hayotga, kelajakka ishonch paydo bo\u02bblgani biz uchun eng muhim natijadir<\/strong>.<\/p>\n<p>Muhtaram yig\u02bbilish ishtirokchilari!<\/p>\n<p>Barchangiz yaxshi bilasiz, xalqimiz, millatimiz qiz farzandlarini doimo asrab-avaylab, mehr bilan voyaga yetkazadi. Ularni \u201cona qizim\u201d deb ardoqlaydi.\u00a0<strong>Chindan ham, qizlarimiz \u2013 bizning kelajagimiz, millatimiz genofondini asraydigan, munosib davom ettiradigan insonlardir\u00a0<\/strong>va ularni jismoniy hamda ma\u02bcnaviy barkamol etib tarbiyalash \u2013 ezgu burchimiz.<\/p>\n<p>Ayniqsa, hozirgi kunda qizlarimizga zamonaviy ta\u02bclim, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiya berish, ularni kasb-hunarga o\u02bbrgatish, oilaga tayyorlash o\u02bbta dolzarb ahamiyat kasb\u0301 etmoqda. Shu maqsadda barcha ta\u02bclim maskanlari va mahallalarda faoliyat ko\u02bbrsatayotgan\u00a0<strong>\u201cQizlarjon\u201d<\/strong>,\u00a0<strong>\u201cQiz bola va yosh oila\u201d, \u201cMustaqil hayot ostonasida\u201d, \u201cOrasta qizlar\u201d\u00a0<\/strong>kabi klublar faoliyatini real hayotga, yoshlarimizning orzu-intilishlariga yanada yaqinlashtirish kerak, deb o\u02bbylayman.<\/p>\n<p>Shu o\u02bbrinda yaqinda Namangan viloyatida aytgan bir fikrimni yana takrorlamoqchiman.<\/p>\n<p><strong>Agar siz farzandingizga dang\u02bbillama uy qurib bersangiz \u2013 vaqti-soati kelib, u eskirishi mumkin. Agar eng zo\u02bbr mashina olib bersangiz \u2013 uyam tez orada eskirishi mumkin. Agar unga moddiy boylik, pul qoldirsangiz \u2013 uyam bir kun sarf bo\u02bblib tugashi mumkin. Ammo dunyoda hech qachon eskirmaydigan, yo\u02bbqolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham bo\u02bblsa, farzandingizga bergan bilim va huna<\/strong><strong>rdir<\/strong><strong>. Lekin bilim va ma\u02bcrifatni qayerdan, nimadan olish mumkin? Avvalo, kitob degan xazinadan.<\/strong><\/p>\n<p>Men yurtimiz yoshlari o\u02bbrtasida o\u02bbtkazilayotgan\u00a0<strong>\u201cEng yaxshi kitobxon\u201d<\/strong>\u00a0ko\u02bbrik-tanlovini muntazam kuzatib boraman. Bu bellashuvlarda qizlarimizning eng yuqori o\u02bbrinlarni egallayotgani ularning intellektual salohiyat va tirishqoqlik bobida hammani qoyil qoldirayotganidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Shu nuqtai nazardan qaraganda,\u00a0<strong>\u201cQizlar kutubxonasi\u201d<\/strong>\u00a0nomli mobil ilova yaratilib, ishga tushirilgani e\u02bctiborga loyiq.<\/p>\n<p>Bugungi kunda buyuk shoiramiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo\u02bblgan qizlarimiz soni 283 nafarga yetdi. Ularning ko\u02bbpchiligi hokimiyatlar, turli vazirlik, idora va tashkilotlarda, ommaviy axborot vositalari, ta\u02bclim-tarbiya sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Bu mukofotning eng katta ahamiyati shundaki, unga sazovor bo\u02bblgan har bir qizimizga yuzlab, minglab yoshlar havas qilib, ularga er\u0301g\u0301ashadi. Yoshlar uchun ibrat timsoli \u2013 yetakchilik, liderlik timsoli paydo bo\u02bbladi. Eng muhimi, bunday ibrat o\u02bbz qizlarimiz orasidan, o\u02bbzimizning ma\u02bcnaviy muhitdan yetishib chiqmoqda. Ularni ko\u02bbrib, yoshlarimizda\u00a0<strong>o\u02bbziga, o\u02bbz kuchi va salohiyatiga ishonch, kelajakka intilish paydo bo\u02bblmoqda.<\/strong><\/p>\n<p>Mana, bugungi davramizda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining bu yilgi yangi sovrindorlari ham ishtirok etmoqda. Bugun sizlarning huzuringizda ularga ana shu mukofotlarni tantanali ravishda topshiramiz.<\/p>\n<p>Hurmatli anjuman qatnashchilari!<\/p>\n<p>Barchamiz yaxshi tushunamizki, biz bunday yig\u02bbilishlarda nafaqat yutuqlarimiz haqida gapirishimiz, ayni vaqtda kamchilik va nuqsonlarimiz haqida ham ochiq-oshkora so\u02bbz yuritib, ularni hal qilish yo\u02bbllarini birgalikda izlashimiz zarur.<\/p>\n<p>Takror aytaman, xalqimiz, avvalo, siz, hurmatli opa-singillarimiz bilan maslahatlashib ish olib borsak, xato albatta kam bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>Shu ma\u02bcnoda, ayollar o\u02bbrtasida huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish masalasi ham doimiy e\u02bctiborimiz markazida turishi lozim. Bu borada, birinchi navbatda, huquqbuzarlikka moyilligi bo\u02bblgan shaxslar bilan yakka tartibda ish olib borish hamda jazoni ijro etish maskanlaridan ozod qilingan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo\u02bbyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, muqaddam sudlangan, diniy ekstremistik oqimga daxldorlikda gumon qilinganlar ro\u02bbyxatidan chiqarilgan 3 ming nafardan ziyod ayol va notinch oilalarda yashayotgan xotin-qizlarga amaliy yordam berishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.<\/p>\n<p>Ayni vaqtda sudlarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Xotin-qizlar qo\u02bbmitalari vakillari<strong>jamoatchilik asosida himoyachi<\/strong>\u00a0bo\u02bblib ishtirok etmoqda. Bunday yangi amaliyot natijasida 2018 yilda jinoyat sodir etgan va huquqbuzarlikka qo\u02bbl urgan 893 nafar xotin-qiz kafillikka olinib, jazodan ozod etildi.<\/p>\n<p>Oilaviy muammolar tufayli kelib chiqadigan jinoyatlarni keskin kamaytirish maqsadida 10 ming 14 ta notinch oila bilan profilaktika ishlari olib borildi va 71 foiz shunday oilaning notinchligi bartaraf etildi.<\/p>\n<p>Xotin-qizlar, mahallalar, profilaktika inspektorlarining hamkorlikda olib borgan ishlari va ko\u02bbrilgan choralar natijasida xotin-qizlar o\u02bbrtasida jinoyatchilik 2018 yilda 34 foizga kamayganini alohida ta\u02bckidlash lozim.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Oliy sud bilan Xotin-qizlar qo\u02bbmitasi o\u02bbrtasida memorandum imzolanib, ajrashish uchun ariza bergan shaxslarni dastlab Xotin-qizlar qo\u02bbmitasida suhbatdan o\u02bbtkazish va ajrim yuzasidan xulosasini olish yo\u02bblga qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Keng jamoatchilik vakillari o\u02bbzaro hamkorlikda olib borgan ishlar tufayli 2018 yilda ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalarning 26 mingga yaqini yarashtirildi. Eng muhimi, buning natijasida 36 ming 500 nafarga yaqin bola ota yoki ona mehridan judo bo\u02bblishdan saqlab qolindi.<\/p>\n<p>Yurtimizda to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan adashgan insonlar bo\u02bblmasligi uchun bu boradagi ishlarni\u00a0<strong>jaholatga qarshi ma\u02bcrifat<\/strong>\u00a0asosida izchil davom ettirishimiz zarur.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, siz, azizlarga, bugun meni eshitayotgan barcha yurtdoshlarimizga da\u02bcvat qilib aytmoqchiman: xalqimiz, Vatanimiz taqdiri va kelajagiga bevosita daxldor bo\u02bblgan bu masalada hech kim befarq bo\u02bblib chetda turmasligi kerak. Bu borada nafaqat xotin-qizlar qo\u02bbmitalari, nafaqat mahalla faollari, balki barchamiz birgalikda qattiq ish olib borsak, vaziyat ijobiy tomonga albatta o\u02bbzgaradi.<\/p>\n<p>Bu maqsadga erishishda biz xotin-qizlarimizning og\u02bbirini yengil qilish, ularning hayotiy muammolarini yechish, orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini ro\u02bbyobga chiqarish uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor imkoniyatlarini ishga solamiz. Siz, aziz opa-singillarimiz bu masalada avvalo o\u02bbzlaringiz tashabbuskor bo\u02bblib, faol ishtirok etasizlar, deb ishonaman.<\/p>\n<p>Muhtaram do\u02bbstlar!<\/p>\n<p>Sizlarga ma\u02bclumki, onalik va bolalikni himoya qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo\u02bbyicha ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar uchun\u00a0<strong>\u201cMo\u02bbtabar ayol\u201d nishoni<\/strong>\u00a0ta\u02bcsis etilgan edi. Bu yil 8 mart bayrami arafasida ushbu mukofot bilan 260 nafar opa-singillarimiz taqdirlandi.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, ularni sizlarning nomingizdan, o\u02bbz nomimdan samimiy tabriklayman.<\/p>\n<p>Bugungi bayram munosabati bilan Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini oshirish, sog\u02bblom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, oilalarni mustahkamlash borasidagi munosib xizmatlari uchun xotin-qizlarimizdan bir guruhi davlatimizning yuksak unvonlari, orden va medallari bilan taqdirlandi. Mukofotlanganlar orasida o\u02bbzining noyob iste\u02bcdodi bilan Vatanimiz shuhratini dunyoga tarannum etgan atoqli olimlarimiz, shoir va adiblarimizning sadoqatli umr yo\u02bbldoshlari ham borligini alohida ta\u02bckidlamoqchiman. Ularning ko\u02bbpchiligi bugungi davramizda ishtirok etmoqdalar.<\/p>\n<p>Haqiqatan ham, o\u02bbzining ilmiy va adabiy maktabini yaratgan ulkan olim va ijodkorning rafiqasi bo\u02bblish oson emas. Buni bilgan biladi, bilmaganlar bilib qo\u02bbysa, faqat foyda bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>Mana shunday mehribon, oqila, zukko opa-singillarimiz o\u02bbz umr yo\u02bbldoshlari \u2013 mashhur ilm-fan va adabiyot namoyandalarini doimo qo\u02bbllab-quvvatlab, ularga ilhom bag\u02bbishlab kelganlari, ma\u02bcnaviy tayanch bo\u02bblib, fidoyilik namunasini ko\u02bbrsatganlari har qanday yuksak tahsinga loyiq.<\/p>\n<p>Yuksak unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan opa-singillarimizni, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo\u02bblgan qizlarimizni chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, yangi-yangi muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt tilayman.<\/p>\n<p>Munis va mehribon opa-singillar!<\/p>\n<p>Biz sizlarning mana shunday ochilib, hayotdan rozi bo\u02bblib yurishingiz uchun, sizlarning baxtu saodatingiz uchun doimo sidqidildan xizmat qilishga tayyormiz.<\/p>\n<p>Istaymizki, mana shunday quvonchli kunlarimiz ko\u02bbp bo\u02bblsin!<\/p>\n<p>Barchangizni bugungi bahor va nafosat, go\u02bbzallik bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.<\/p>\n<p>Iqbolingiz baland, umringiz uzoq, rizqu nasibangiz ziyoda bo\u02bblsin!<\/p>\n<p>Hamisha sog\u02bb-omon bo\u02bblinglar!<\/p>\n<div><\/div>\n<div><a href=\"https:\/\/t.me\/joinchat\/AAAAAEHi_Tk-4p_xI26gIw\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><img decoding=\"async\" src=\"http:\/\/uza.uz\/include\/img\/tg-chan-uz.png\" \/><\/a><\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<div class=\"news-props\">O\u02bbz\u0410<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":685,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-683","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/683","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=683"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/683\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":684,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/683\/revisions\/684"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/685"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=683"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=683"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=683"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}