{"id":6823,"date":"2026-11-11T19:40:29","date_gmt":"2026-11-11T17:40:29","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6823"},"modified":"2026-11-11T19:40:29","modified_gmt":"2026-11-11T17:40:29","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%be%d0%bc%d0%b0%d0%bd-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%b0%d1%8f-%d1%8d%d0%bf%d0%be%d1%85%d0%b0-%d0%b8-%d0%b2%d0%be%d0%b7%d0%bc%d0%be","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/11\/11\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%be%d0%bc%d0%b0%d0%bd-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%b0%d1%8f-%d1%8d%d0%bf%d0%be%d1%85%d0%b0-%d0%b8-%d0%b2%d0%be%d0%b7%d0%bc%d0%be\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston \u2013 O\u2018mon: hamkorlikning yangi davri va imkoniyatlari"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jadal geosiyosiy va geoiqtisodiy o\u2018zgarishlar sharoitida Markaziy Osiyo va Arabiston yarimoroli davlatlari o\u2018rtasida o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, yangi transport yo\u2018laklarini shakllantirish, investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash va qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirish mintaqalararo sheriklikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish uchun qulay shart-sharoit yaratmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Shu sharoitda O\u2018zbekiston Respublikasi va O\u2018mon Sultonligi o\u2018rtasidagi munosabatlar an\u2019anaviy diplomatik muloqotdan ko\u2018p qirrali amaliy hamkorlikka o\u2018tish bilan tavsiflanadigan yangi bosqichga qadam qo\u2018ymoqda.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan ochiqlik va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish siyosati ushbu yaqinlashuv uchun mustahkam asos yaratmoqda. O\u2018z navbatida, Sulton Haysam bin Toriq Ol Said rahbarligida amalga oshirilayotgan <strong>\u201cO\u2018mon \u2013 2040\u201d<\/strong> strategiyasi sanoat, logistika va turizmni rivojlantirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan bo\u2018lib, bu ikki mamlakatning barqaror rivojlanish masalalariga yondashuvlari mushtarakligini tasdiqlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu nuqtayi nazardan, <strong>O\u2018zbekiston O\u2018mon uchun Markaziy Osiyodagi muhim iqtisodiy sherikka, O\u2018mon esa O\u2018zbekiston uchun Fors ko\u2018rfazi mintaqasidagi istiqbolli logistika hamkoriga aylanishi mumkin<\/strong>. Oziq-ovqat xavfsizligi, farmatsevtika, ta\u2019lim, axborot texnologiyalari va kadrlar tayyorlash sohalarida ham qo\u2018shimcha imkoniyatlar mavjud.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mavjud sharoitda siyosiy kelishuvlar va investitsiya kiritish bo\u2018yicha niyatlarni aniq, samarali loyihalarga aylantirish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Hukumatlararo qo\u2018shma komissiya ushbu jarayonni ilgari suruvchi asosiy kuch va bosh muvofiqlashtiruvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. Aynan shu ishchi mexanizm diplomatiya va biznes o\u2018rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, erishilgan kelishuvlarni amalda ro\u2018yobga chiqarish hamda ikki davlat salohiyatidan samarali foydalanishni ta\u2019minlashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2026-yil sentabr oyida Masqatda bo\u2018lib o\u2018tgan muzokaralar ushbu yo\u2018nalishdagi amaliy qadam bo\u2018ldi. Ularda tomonlar Hukumatlararo komissiyaning oltinchi yig\u2018ilishiga tayyorgarlik ko\u2018rish, ikki tomonlama Ishbilarmonlar kengashini tuzish va qo\u2018shma biznes forumini o\u2018tkazish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv ishtirokchilari ustuvor loyihalarni hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilishning aniq mexanizmlarini belgilashga alohida e\u2019tibor qaratdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Ikki davlat iqtisodiyotining strategik jihatdan bir-birini to\u2018ldirishi o\u2018zaro yaqinlashuvning asosiy omillaridan biriga aylanmoqda.<\/strong> O\u2018zbekiston katta sanoat, agrar, mehnat va resurs salohiyatiga ega bo\u2018lsa, O\u2018mon rivojlangan port infratuzilmasi, moliyaviy resurslar va xalqaro dengiz savdo yo\u2018llariga chiqish imkoniyatlariga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Siyosiy muloqot \u2013 barqaror sheriklik asosi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va O\u2018mon o\u2018zaro hurmat, ishonch, teng huquqlilik va milliy manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan munosabatlarni rivojlantirmoqda. Yuqori va hukumatlararo darajalardagi muntazam muloqotlar tomonlarning ikki tomonlama aloqalarni yangi mazmun bilan boyitishdan manfaatdor ekanini ko\u2018rsatadi. \u201cMarkaziy Osiyo \u2013 Ko\u2018rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi\u201d formati qo\u2018shimcha imkoniyatlar ochmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025-yil boshida Prezident Shavkat Mirziyoyev O\u2018mon tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidiyni qabul qildi. Vazir Sulton Haysam bin Toriq Ol Saidning shaxsiy maktubini yetkazdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiya-moliyaviy hamkorlik, parlamentlararo aloqalar, madaniy-gumanitar almashinuvlar, shuningdek, to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri aviaqatnovlarni yo\u2018lga qo\u2018yish istiqbollarini muhokama qildilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyinchalik, yil o\u2018rtasida Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O\u2018zbekiston Prezidenti O\u2018monning savdo, sanoat va investitsiyalarga ko\u2018maklashish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusuf bilan uchrashdi. Energetika, geologiya, oziq-ovqat, to\u2018qimachilik va kimyo sanoati, transport hamda moliya sohalaridagi qo\u2018shma loyihalarga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bir yil o\u2018tib, 2026-yil iyun oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev O\u2018mon iqtisodiyot vaziri Xamis bin Sayf al-Jabriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda transport, logistika, geologiya, elektron tijorat va raqamli infratuzilma sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida tomonlar Hukumatlararo qo\u2018shma komissiyaning navbatdagi yig\u2018ilishini Masqatda o\u2018tkazishga kelishib oldilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Natijada siyosiy muloqot izchil ravishda amaliy mazmun kasb eta boshladi. Bunda aniq investitsiya loyihalari, transport yo\u2018nalishlari va savdoni kengaytirish mexanizmlariga e\u2019tibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Savdo-iqtisodiy hamkorlik: o\u2018sish uchun katta salohiyat<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatlar o\u2018rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ijobiy sur\u2019atlarda o\u2018smoqda. Biroq qulay siyosiy sharoitlarga qaramay, o\u2018zaro savdo hajmi hozircha ikki davlatning iqtisodiy salohiyatiga mos kelmayapti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston O\u2018mon bozoriga to\u2018qimachilik, oziq-ovqat, kimyo, elektrotexnika va qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlarini taklif etishi mumkin. O\u2018mon esa neft-kimyo mahsulotlari, sanoat materiallari va uskunalar yetkazib berish, shuningdek, qo\u2018shma ishlab chiqarish zanjirlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Savdo operatsiyalaridan yuqori qo\u2018shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo\u2018lga qo\u2018yishga o\u2018tish alohida ahamiyatga ega.<\/strong> Bu tovar ayirboshlash hajmini oshirish va ikki mamlakat kompaniyalarining Markaziy Osiyo hamda Yaqin Sharq bozorlaridagi barqaror ishtirokini ta\u2019minlash imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Joriy yil sentabr oyining oxirida Masqatda tomonlar Preferensial savdo va investitsiyalarni himoya qilish to\u2018g\u2018risidagi bitimni qabul qilish imkoniyatini muhokama qildilar. Shuningdek, sertifikatlashtirish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish hamda qo\u2018shma korxonalar tashkil etish masalalari ko\u2018rib chiqildi. O\u2018monning erkin iqtisodiy zonalari imkoniyatlaridan foydalanish ushbu rejalarni amalga oshirishning samarali vositasi bo\u2018lishi mumkin. Bu O\u2018zbekiston kompaniyalariga eksportga yo\u2018naltirilgan ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda Ko\u2018rfaz davlatlari, Sharqiy Afrika va Janubiy Osiyoning istiqbolli bozorlariga chiqish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Investitsiyaviy sheriklik \u2013 ikki tomonlama munosabatlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston iqtisodiyotiga O\u2018mon investitsiyalarini jalb etish maqsadida 2025-yilda O\u2018zbekiston delegatsiyasi Masqatda yirik kompaniyalar va moliya tuzilmalari bilan muzokaralar o\u2018tkazdi. Ular orasida \u201cOman Investment Authority\u201d, \u201cSuhail Bahwan Group\u201d, \u201cSohar International Bank\u201d, \u201cOman Cables\u201d, \u201cAsyad Group\u201d va \u201cMB Holding\u201d bor. Shuningdek, neft-kimyo, energetika, tog\u2018-kon sanoati, mashinasozlik, qishloq xo\u2018jaligi, logistika va turizm kabi sohalardagi loyihalar taqdim etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida o\u2018ndan ortiq loyihani moliyalashtirgan <strong>\u201cUzOman\u201d O\u2018zbekiston\u2013O\u2018mon investitsiya kompaniyasi<\/strong> bu borada muhim o\u2018rin tutadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Investitsiyaviy hamkorlik bosqichma-bosqich tizimli tus olmoqda.<\/strong> U moliyalashtirish, texnologiyalar transferi, ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va mutaxassislar tayyorlashni qamrab olmoqda. O\u2018monning sinov, inspeksiya va sertifikatlashtirish sohasidagi yetakchi tashkiloti \u2013 \u201cAtyab International Services\u201dning O\u2018zbekistonda ikki yildan buyon faoliyat yuritayotgan agrooziq-ovqat texnologiyalari markazi bunga yaqqol misoldir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Transport va logistika: jahon bozorlariga chiqishning yangi imkoniyatlari<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dengizga to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri chiqish imkoniyatiga ega bo\u2018lmagan O\u2018zbekiston uchun transport yo\u2018nalishlarini diversifikatsiya qilish strategik ahamiyatga ega. <strong>O\u2018mon O\u2018zbekistonning istiqbolli logistika hamkoriga aylanishi mumkin.<\/strong> Bu Arabiston dengizi va Hind okeani orqali xalqaro yo\u2018nalishlarga chiqish uchun qo\u2018shimcha imkoniyatlar yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Markaziy Osiyoni Arabiston yarimorolining port infratuzilmasi bilan multimodal tashuvlar orqali bog\u2018lashni nazarda tutuvchi <strong>\u201cO\u2018zbekiston \u2013 Turkmaniston \u2013 Eron \u2013 O\u2018mon\u201d<\/strong> transport yo\u2018lagi alohida ahamiyatga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2026-yil 16-fevralda ikki mamlakat transport idoralari vakillari Ashxobod bitimi doirasidagi hamkorlik, <strong>Salola, Sohar va Duqm<\/strong> portlari orqali tashuvlarni kengaytirish hamda multimodal yo\u2018nalishlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. AQSH Xalqaro savdo ma\u2019muriyati ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, ushbu uchta chuqur suvli port <strong>40 ta mamlakatdagi 86 ta dengiz transporti tuguni<\/strong> bilan aloqalarni ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biroq transport tashabbuslarini amalda ro\u2018yobga chiqarish uchun tranzit tariflarini kelishish, bojxona tartib-taomillarini takomillashtirish, tashuvlarni raqamlashtirish va logistika operatorlari o\u2018rtasidagi aloqalarni kengaytirish talab etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018monni O\u2018zbekiston uchun portlarga tayangan savdo-logistika tugunlaridan biriga, O\u2018zbekistonni esa O\u2018mon va Markaziy Osiyoni bog\u2018lovchi bo\u2018g\u2018inga aylantirish strategik vazifa hisoblanadi.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>To\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri aviaqatnovlar \u2013 yaqinlashuv yo\u2018lidagi muhim qadam<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Joriy yil o\u2018rtalarida Toshkent xalqaro aeroportida <strong>\u201cOman Air\u201d aviakompaniyasining Masqat \u2013 Toshkent yo\u2018nalishidagi ilk muntazam reysi<\/strong> kutib olindi. Haftasiga uch marta muntazam parvozlar yo\u2018lga qo\u2018yildi. To\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri aviaqatnovlarning ochilishi ishbilarmonlik safarlari, turistik almashinuvlar va tadbirkorlar o\u2018rtasidagi aloqalarni faollashtirish uchun sharoit yaratmoqda. Bu O\u2018mon fuqarolarining O\u2018zbekistonning tarixiy shaharlariga qiziqishini oshirishi hamda o\u2018zbekistonliklarning O\u2018monga sayohat qilish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>To\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri aviaqatnovlar iqtisodiy va gumanitar aloqalarni kengaytirish uchun muhim infratuzilmaviy asos yaratmoqda.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Sanoat kooperatsiyasi va \u201cyashil\u201d iqtisodiyotning yangi istiqbollari<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirmoqda. Shunga o\u2018xshash vazifalar <strong>\u201cO\u2018mon \u2013 2040\u201d<\/strong> strategiyasida ham muhim o\u2018rin tutadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Joriy yil boshida O\u2018mon 2026\u20132030-yillarga mo\u2018ljallangan besh yillik rivojlanish rejasini taqdim etdi. Unda <strong>o\u2018rtacha yillik iqtisodiy o\u2018sishning maqsadli ko\u2018rsatkichi qariyb 4 foiz etib belgilangan<\/strong> hamda kam uglerodli rivojlanish modeliga o\u2018tish nazarda tutilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu munosabat bilan quyosh va shamol energetikasi, suv tejovchi texnologiyalar, ekologik toza sanoat, chiqindilarni qayta ishlash va barqaror qishloq xo\u2018jaligi hamkorlikning istiqbolli yo\u2018nalishlari hisoblanadi. O\u2018zbekiston uchun energetika infratuzilmasi, energiya saqlash tizimlari va suvdan samarali foydalanishga yo\u2018naltirilgan investitsiyalar muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ekspertlar bahosiga ko\u2018ra, <strong>\u201cyashil\u201d iqtisodiyot strategik yaqinlashuvning yangi yo\u2018nalishiga aylanishi mumkin<\/strong>. U investitsiya resurslari, sanoat salohiyati va barqaror rivojlanishga bo\u2018lgan umumiy manfaatdorlikni birlashtiradi. Ushbu ekologik yo\u2018nalish raqamli kun tartibi \u2013 elektron tijorat, to\u2018lov tizimlari va logistika platformalari bilan uzviy ravishda to\u2018ldirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Madaniy-gumanitar aloqalar \u2013 xalqlar o\u2018rtasidagi do\u2018stlik asosi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Madaniy-gumanitar hamkorlik Markaziy Osiyo va Arabiston yarimoroli xalqlarining boy ma\u2019naviy merosi hamda tarixiy aloqalariga tayanadi. Ushbu an\u2019analar ta\u2019lim, fan, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish uchun qulay asos yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Ziyorat va madaniy-ma\u2019rifiy turizm alohida salohiyatga ega.<\/strong> Samarqand, Buxoro, Xiva va Termiz me\u2019moriy yodgorliklari hamda ilmiy merosi bilan qiziqish uyg\u2018otadi. O\u2018z navbatida, O\u2018mon tarixiy qal\u2019alari, diqqatga sazovor tabiiy maskanlari va o\u2018ziga xos madaniyati bilan sayyohlarni jalb etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turizm rivoji bilan bir qatorda gumanitar hamkorlik ham faollashmoqda. Bunda akademik almashinuvlar, qo\u2018shma ta\u2019lim dasturlari, ilmiy konferensiyalar va madaniyat muassasalari o\u2018rtasidagi aloqalarga e\u2019tibor qaratilmoqda. O\u2018tgan yili <strong>O\u2018zbekistondan 30 nafar tadbirkor ayol ilk bor Masqatdagi biznes forumida ishtirok etib<\/strong>, ikki mamlakat o\u2018rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga hissa qo\u2018shdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Umuman olganda,<\/strong> O\u2018zbekiston va O\u2018mon o\u2018rtasidagi munosabatlar siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va gumanitar aloqalarni mustahkamlash uchun imkoniyatlar ochayotgan sifat jihatidan yangi bosqichga o\u2018tmoqda. <strong>Iqtisodiy salohiyatlarning bir-birini to\u2018ldirishi va strategik manfaatlarning mushtarakligi<\/strong> bu boradagi muvaffaqiyatning asosiy omilidir. Bu qo\u2018shma tashabbuslarni amalga oshirish orqali Markaziy Osiyo va Arabiston yarimoroli o\u2018rtasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlikni mustahkamlash imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Shunday qilib, O\u2018zbekiston va O\u2018mon ikki mamlakat xalqlari manfaatlariga xizmat qiladigan uzoq muddatli, o\u2018zaro manfaatli va ko\u2018p qirrali sheriklikni shakllantirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Dilorom Mamatqulova<\/strong><br \/>\n<em>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi<\/em><em><br \/>\nStrategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti<br \/>\nyetakchi ilmiy xodimi<\/em><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6823","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6823","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6823"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6823\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6825,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6823\/revisions\/6825"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6823"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6823"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6823"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}