{"id":6808,"date":"2026-11-10T16:41:21","date_gmt":"2026-11-10T14:41:21","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6808"},"modified":"2026-11-10T16:41:21","modified_gmt":"2026-11-10T14:41:21","slug":"%d1%83%d1%87%d0%b0%d1%81%d1%82%d0%b8%d0%b5-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b2-cop31-%d0%b8%d0%bd%d1%81%d1%82%d1%80%d1%83%d0%bc%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/11\/10\/%d1%83%d1%87%d0%b0%d1%81%d1%82%d0%b8%d0%b5-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b2-cop31-%d0%b8%d0%bd%d1%81%d1%82%d1%80%d1%83%d0%bc%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekistonning COP31dagi ishtiroki \u2013 iqlim diplomatiyasini mustahkamlash vositasi"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Antaliyada bo\u2018lib o\u2018tayotgan COP31 konferensiyasi global iqlim kun tartibida majburiyatlarni qabul qilishdan ularni amalda bajarishga o\u2018tish bosqichiga to\u2018g\u2018ri kelmoqda. O\u2018zbekiston uchun konferensiya xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlash, sheriklik aloqalarini kengaytirish va mintaqaviy tashabbuslarni ilgari surish imkoniyatidir. So\u2018nggi yillarda iqlim masalalari mamlakatdagi milliy islohotlarning ham, tashqi siyosatning ham muhim yo\u2018nalishiga aylanmoqda. Bunda Toshkentning xalqaro maydonlardagi faolligi, avvalo, mamlakat ichida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarga tayanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Milliy islohotlar \u2013 iqlim diplomatiyasining asosi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston iqlim sohasidagi davlat siyosatining yaxlit tizimini izchil shakllantirmoqda. 2018-yilda Parij bitimini ratifikatsiya qilgan va 2019\u20132030-yillarda \u201cyashil\u201d iqtisodiyotga o\u2018tish strategiyasini qabul qilgan mamlakat milliy miqyosda belgilanadigan hissa (NDC 3.0) doirasidagi majburiyatlarini yangiladi. Ular 2035-yilga borib yalpi ichki mahsulot birligiga to\u2018g\u2018ri keladigan issiqxona gazlari tashlamalarini 2010-yil darajasiga nisbatan 50 foizga qisqartirish hamda 2055-yilgacha uglerod neytralligiga erishishni nazarda tutadi. E\u2019tiborlisi, O\u2018zbekiston tashlamalarni 2030-yilgacha 35 foizga kamaytirish bo\u2018yicha avvalgi maqsadiga muddatidan oldin erishdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish hal qiluvchi o\u2018rin tutadi. Quyosh va shamol elektr stansiyalarining quvvati 6,3 GVtdan oshdi, gidroenergetikani hisobga olganda, elektr energiyasi ishlab chiqarishda \u201cyashil\u201d energiyaning ulushi 30 foizga yaqinlashdi. 2030-yilgacha bu ko\u2018rsatkichni 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Energetika vazirligining baholashicha, hozirgi sur\u2019atlar saqlanib qolsa, ushbu maqsadli ko\u2018rsatkichdan ham yuqori natijaga erishish mumkin. Bu mamlakatda energetik o\u2018tish jarayoni barqaror tus olganidan dalolat beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Energetika bilan bir qatorda suvni tejash va yerlarni qayta tiklashga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda. Suv tanqisligi kuchayib borayotgan sharoitda bu ayniqsa dolzarbdir. Agar 2020-yilda suv tejovchi texnologiyalar qo\u2018llanilgan maydonlar jami sug\u2018oriladigan yerlarning atigi 4 foizini tashkil etgan bo\u2018lsa, 2026-yilga kelib bu ko\u2018rsatkich 60 foizga yetdi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko\u2018ra, bu joriy yilning o\u2018zida qariyb 10 milliard kub metr, 2028-yilga borib esa 14 milliard kub metrgacha suvni tejash imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cYashil makon\u201d loyihasi doirasida har yili 200 million tup ko\u2018chat ekilmoqda, Orol dengizining qurigan tubida esa 2 million gektar maydonda himoya o\u2018rmonzorlari barpo etilgan. Bu mamlakat issiqxona gazlari tashlamalarini qisqartirish bilan birga, iqlim o\u2018zgarishiga moslashishga ham tobora ko\u2018proq e\u2019tibor qaratayotganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Islohotlar zarur mexanizm va institutlarni yaratish bilan birga olib borilayotgani muhimdir. 2025-yil noyabr oyida Ekologiya vazirligi negizida bevosita davlat rahbariga hisobdor bo\u2018lgan Ekologiya va iqlim o\u2018zgarishi milliy qo\u2018mitasi tashkil etildi. Bu davlat boshqaruvi tizimida ekologik siyosatning maqomi yuksalayotganidan dalolat beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, 2025-yilda uglerod birliklari savdosining milliy tizimi to\u2018g\u2018risidagi qonun qabul qilindi. \u201cEnergetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo\u2018llash\u201d (iCRAFT) loyihasi doirasida esa O\u2018zbekiston ushbu sohadagi chuqur islohotlar natijasida Jahon bankidan uglerod moliyalashtirish mablag\u2018larini olgan dunyodagi birinchi mamlakatga aylandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2023-yilda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o\u2018zgarishini o\u2018rganish universiteti (Green University) tashkil etildi. Unga biriktirilgan \u201cyashil\u201d texnikumlar tarmog\u2018i orqali 2030-yilgacha kamida 10 ming nafar mutaxassis tayyorlash rejalashtirilgan. Bu uzoq muddatli \u201cyashil\u201d rivojlanish uchun kadrlar poydevorini yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Suv tanqisligi, cho\u2018llanish va yerlar degradatsiyasi Markaziy Osiyoning barcha davlatlariga muayyan darajada ta\u2019sir ko\u2018rsatmoqda. Shu sababli bu muammolarni faqat muvofiqlashtirilgan harakatlar asosida samarali hal etish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston suv va energetika resurslarini boshqarishning qo\u2018shma mexanizmlarini rivojlantirish tarafdori. Qirg\u2018iziston va Qozog\u2018iston bilan birgalikda amalga oshirilayotgan Qambarota GES-1 loyihasi bunga misoldir. U mamlakatlarning mintaqaviy suv-energetika salohiyatidan kelishilgan holda foydalanishga intilishini aks ettiradi. Umumiy me\u2019yoriy asos ham shakllanmoqda: mintaqa davlatlari COP28 konferensiyasida taqdim etilgan Markaziy Osiyoda iqlim o\u2018zgarishiga moslashish bo\u2018yicha mintaqaviy strategiyani ishlab chiqdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayni paytda O\u2018zbekiston, Ozarbayjon va Qozog\u2018iston elektr energiyasini Yevropaga eksport qilish uchun \u201cyashil yo\u2018lak\u201d loyihasini ilgari surmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ekspertlar darajasidagi hamkorlik ham rivojlanmoqda. Toshkentda Cho\u2018llanishga qarshi kurashish va cho\u2018l iqtisodiyotini rivojlantirish bo\u2018yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ilmiy-tadqiqot markazi, shuningdek, 2025-yilda Green University negizida ochilgan va mintaqaning barcha besh mamlakatini qamrab oluvchi Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda. Bu Toshkentning ekologiya sohasidagi mintaqaviy ekspertiza markazlaridan biri sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston xalqaro maydonlarda, jumladan, Tog\u2018li mamlakatlar guruhi hamda Dengizga chiqish imkoniga ega bo\u2018lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi doirasida Markaziy Osiyo davlatlari pozitsiyalarini muvofiqlashtirishga ham ko\u2018maklashmoqda. Bu mintaqaning muzokaralardagi imkoniyatlarini mustahkamlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Xorijiy mamlakatlar bilan sheriklik<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Milliy va mintaqaviy ustuvor vazifalarni amalga oshirish xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni faol rivojlantirish bilan birga olib borilmoqda. Ushbu hamkorlik investitsiyaviy, texnologik va ekspertlik yo\u2018nalishlarini qamrab oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fors ko\u2018rfazi mamlakatlari bilan qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi hamkorlik ayniqsa keng ko\u2018lam kasb etdi. Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan qo\u2018shma tashabbuslar portfelining umumiy qiymati 24 milliard dollardan ortiq deb baholanmoqda. Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi bilan hamkorlikda esa umumiy quvvati 1,2 GVtdan ziyod elektr stansiyalari ishga tushirilgan. Bunday ko\u2018rsatkichlar O\u2018zbekistonning \u201cyashil\u201d energetika sohasi xorijiy investorlar uchun jozibador ekanini yaqqol namoyon etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yaponiya bilan Parij bitimining 6-moddasi doirasidagi Qo\u2018shma kreditlash mexanizmi asosida hamkorlik rivojlanmoqda. Sho\u2018rlangan yerlarni tiklash uchun galofit bog\u2018lar yaratishda esa Xitoy tajribasi qo\u2018llanilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik alohida o\u2018rin tutadi. 2025-yil aprel oyida Samarqandda bo\u2018lib o\u2018tgan \u201cMarkaziy Osiyo \u2013 Yevropa Ittifoqi\u201d sammiti mintaqalararo hamkorlikka yangi sur\u2019at bag\u2018ishladi. Global Gateway dasturining 12 milliard yevrolik investitsiya paketidan 6,4 milliard yevro gidroenergetika va iqlim loyihalariga yo\u2018naltirilishi ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Xalqaro maydonlardagi tashabbuslar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston xalqaro maydonlarda muhokamalarda ishtirok etishdan o\u2018z tashabbuslarini ilgari surish bosqichiga o\u2018tdi. Mamlakat rahbariyatining BMT minbaridagi chiqishlari ushbu yondashuvning rivojlanishini yaqqol aks ettiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi bu yo\u2018nalishdagi boshlang\u2018ich nuqta bo\u2018ldi. Unda davlat rahbari Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish uchun xalqaro sa\u2019y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi. 2018-yildayoq O\u2018zbekiston tashabbusi bilan Orolbo\u2018yi mintaqasi uchun BMTning inson xavfsizligi bo\u2018yicha ko\u2018p tomonlama sheriklik trast fondi tashkil etildi. 2021-yilda esa BMT Bosh Assambleyasi Orolbo\u2018yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e\u2019lon qilish to\u2018g\u2018risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Shu tariqa mintaqaviy ekologik muammo global darajada e\u2019tirof etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, mamlakatning Tomonlar konferensiyalaridagi ishtiroki kengayib bordi. O\u2018zbekiston 2021-yilda Glazgoda bo\u2018lib o\u2018tgan COP26 konferensiyasida yangilangan milliy miqyosda belgilanadigan hissasini taqdim etdi, Sharm ash-Shayxdagi COP27 konferensiyasida Mintaqaviy iqlim kengashini tuzishni taklif qildi. Dubaydagi COP28 konferensiyasida esa davlat rahbari Green University negizida Iqlim ilmiy forumini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi hamda Iqlim o\u2018zgarishiga moslashish bo\u2018yicha global maqsadni imkon qadar tezroq kelishib olish tarafdori ekanini bildirdi. Bunda asosiy e\u2019tibor bosqichma-bosqich milliy majburiyatlardan mintaqaviy va ilmiy mexanizmlarga ko\u2018cha boshladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur yondashuv Bokudagi COP29 konferensiyasida ayniqsa yaqqol namoyon bo\u2018ldi. Unda O\u2018zbekiston Prezidenti rivojlanayotgan mamlakatlarni qo\u2018llab-quvvatlash uchun Iqlim tufayli yo\u2018qotish va zararlarni baholash bo\u2018yicha xalqaro markazni tashkil etish hamda BMT shafeligida Daryo ekotizimlarining butunligi va ekologik xavfsizligini ta\u2019minlash sohasida majburiyatlar to\u2018g\u2018risidagi deklaratsiyani ishlab chiqishni taklif etdi. Belem shahridagi COP30 konferensiyasida mamlakat NDC 3.0ni taqdim etdi, BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida esa iqlim migratsiyasi sohasida xalqaro sheriklikni rivojlantirish va sa\u2019y-harakatlarni muvofiqlashtirish tashabbusini ilgari surdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Samarqandda yirik xalqaro tadbirlar \u2013 BMTning Cho\u2018llanishga qarshi kurashish konvensiyasi ijrosini ko\u2018rib chiqish qo\u2018mitasi sessiyasi, Yovvoyi hayvonlarning ko\u2018chib yuruvchi turlarini saqlash to\u2018g\u2018risidagi konvensiya hamda Yo\u2018qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to\u2018g\u2018risidagi konvensiya (CITES) tomonlarining konferensiyalari, shuningdek, Global ekologik jamg\u2018arma assambleyasining o\u2018tkazilishi ekologik kun tartibini ilgari surishning qo\u2018shimcha vositasiga aylandi. Bunday forumlar uchun O\u2018zbekistonning mezbon sifatida tanlanishi xalqaro hamjamiyatning mamlakatga bo\u2018lgan ishonchidan dalolat beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shunday qilib, o\u2018n yildan kamroq vaqt ichida O\u2018zbekistonning xalqaro maydonlardagi kun tartibi Orol muammosidan moliyalashtirish, moslashish va iqlim o\u2018zgarishining ijtimoiy oqibatlari masalalarigacha kengaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>COP31: milliy ustuvor vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlari<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">E\u2019tiborlisi, COP31 kun tartibidagi moliyalashtirish, iqlim o\u2018zgarishiga moslashish va majburiyatlarni amalda bajarish masalalari ko\u2018p jihatdan O\u2018zbekistonning milliy ustuvorliklariga mos keladi. Bu mamlakatga Antaliyada umumiy chaqiriqlar bilan cheklanmay, aniq ehtiyoj va takliflarni ilgari surish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish asosiy masala bo\u2018lib qolmoqda. Mamlakatning 2030-yilgacha bo\u2018lgan moliyaviy ehtiyojlari qariyb 50 milliard dollar deb baholanmoqda. Shundan qariyb uchdan bir qismi iqlim o\u2018zgarishiga moslashish choralariga to\u2018g\u2018ri keladi. Shu sababli COP30 konferensiyasining moslashish uchun ajratiladigan moliyalashtirish hajmini uch barobar oshirishga qaratilgan chaqirig\u2018i O\u2018zbekiston uchun bevosita amaliy ahamiyatga ega. Biroq mablag\u2018 jalb etish puxta ishlab chiqilgan loyihalarni taklif qila olishga bog\u2018liq. Shu jihatdan mamlakatning BRIDGE tashabbusi doirasidagi dastlabki tajriba-sinov ishtirokchilari qatoriga kirishi milliy majburiyatlarni aniq investitsiyaviy yechimlarga aylantirish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mintaqaviy yo\u2018nalish ham muhim ahamiyatga ega. Iqlim migratsiyasi bo\u2018yicha \u201cIpak yo\u2018li deklaratsiyasi\u201dni qabul qilish tashabbusi BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasida boshlangan sa\u2019y-harakatlarning davomi bo\u2018lib, Markaziy Osiyo uchun tobora dolzarb tus olayotgan muammoni xalqaro darajaga olib chiqadi. Bu O\u2018zbekistonning mintaqa uchun umumiy kun tartibini shakllantiruvchi mamlakat sifatidagi o\u2018rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiyaning raisligi ham muayyan ahamiyat kasb etadi. Anqaraning ustuvor yo\u2018nalishlari, avvalo, chiqindisiz iqtisodiyot va \u201cyashil\u201d energetika O\u2018zbekistonning milliy loyihalari bilan hamohangdir. Bu ikki mamlakat o\u2018rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni ekologiya sohasidagi yangi hamkorlik yo\u2018nalishlari bilan boyitish uchun sharoit yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shunday qilib, COP31dagi ishtirok O\u2018zbekiston uchun iqlim diplomatiyasini mustahkamlashning muhim vositasiga aylanmoqda. Konferensiya mamlakatga ichki islohotlar natijalariga tayanish, Markaziy Osiyo manfaatlarini ilgari surish hamda avval bildirilgan tashabbuslarni aniq loyihalar va moliyaviy yechimlarga aylantirish imkonini beradi. Bu O\u2018zbekistonning xalqaro maydonlardagi mavqeini mustahkamlash hamda barqaror rivojlanish bo\u2018yicha global kun tartibida mintaqaning rolini oshirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Qayumova Madinabonu<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi SMTI yetakchi ilmiy xodimi<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6809,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6808","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6808","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6808"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6808\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6810,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6808\/revisions\/6810"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6809"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6808"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6808"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6808"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}