{"id":6778,"date":"2026-10-27T19:49:54","date_gmt":"2026-10-27T17:49:54","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6778"},"modified":"2026-10-27T19:49:54","modified_gmt":"2026-10-27T17:49:54","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%be%d1%82%d0%b3-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d1%8b%d0%b9-%d0%bc%d0%b0%d1%81%d1%88%d1%82%d0%b0%d0%b1-%d0%ba%d0%be%d0%be%d0%bf%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/10\/27\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%be%d1%82%d0%b3-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d1%8b%d0%b9-%d0%bc%d0%b0%d1%81%d1%88%d1%82%d0%b0%d0%b1-%d0%ba%d0%be%d0%be%d0%bf%d0%b5\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston \u2014 TDT: kooperatsiya aloqalarining yangi ko\u2018lami"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotidagi (TDT) ishtirokini savdo aloqalariga yangi sanoat mazmunini berish imkoniyati sifatida ko\u2018rmoqda. Gap turli mamlakatlar korxonalari tayyor mahsulot ishlab chiqarishda ishtirok etadigan va ushbu mahsulot bilan tashqi bozorlarga chiqadigan ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish haqida bormoqda. Bu O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan \u201cYangi iqtisodiy imkoniyatlar makoni\u201d tashabbusining asosiy vazifalaridan biridir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonning TDTga a\u2019zo davlatlar, shuningdek, Turkmaniston va Vengriya bilan savdo aylanmasi 2017-yildagi 4,13 milliard dollardan 2025-yilda 10,82 milliard dollarga yetdi. 2026-yil yanvar\u2013iyul oylarida tovar ayirboshlash hajmi o\u2018tgan yilning shu davriga nisbatan 19,8 foizga oshdi. Hamkor davlatlarning O\u2018zbekiston iqtisodiyotidagi ishtiroki ham kengaymoqda. Avgust oyi boshidagi holatga ko\u2018ra, mamlakatda ularning kapitali ishtirokidagi 4 871 ta korxona faoliyat yuritgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday aloqalar ko\u2018lami sharoitida savdo tarkibi tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. 2026-yilning yetti oyida O\u2018zbekistonning mazkur davlatlarga eksporti 2,29 milliard dollarni, importi esa 4,46 milliard dollarni tashkil etdi. Eksport salohiyatini mustahkamlash yuqori darajada qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishni talab qiladi. Sanoat kooperatsiyasi O\u2018zbekiston korxonalariga hamkor davlatlar bozoridagi talab bilan ishlash va tashkilot doirasidan tashqaridagi bozorlarga chiqish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur vazifa O\u2018zbekistonning TDTdagi kun tartibida bosqichma-bosqich markaziy o\u2018rin egalladi. Shavkat Mirziyoyev 2018-yilda turkiy davlatlar sammitida ishtirok etganidan so\u2018ng, 2019-yilda O\u2018zbekiston o\u2018sha paytdagi Turkiy kengashning to\u2018laqonli a\u2019zosiga aylandi. 2022-yilda Samarqandda TDT sammitiga mezbonlik qilgan O\u2018zbekiston tashkilotga raislikni ham o\u2018z zimmasiga oldi. Sammitda davlat rahbari qo\u2018shilgan qiymat zanjirlarini yaratish va tayyor mahsulotlar bilan uchinchi davlatlar bozorlariga chiqishni taklif qildi. 2024-yilda Bishkekda bo\u2018lib o\u2018tgan sammitda esa u uzoq muddatli loyihalarning siyosiy asosini mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin bo\u2018lgan strategik sheriklik to\u2018g\u2018risidagi bitimni tuzish tashabbusini ilgari surdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025-yilda O\u2018zbekiston kompaniyalar o\u2018rtasidagi to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan qator mexanizmlarni taklif etdi. Budapeshtdagi uchrashuvda Prezident \u201cTURK-TRADE\u201d savdo platformasini yaratish, sanoat kooperatsiyasi dasturini ishlab chiqish hamda yagona investitsiya portalini shakllantirishni taklif qildi. Ushbu takliflar biznes hamkorligini yo\u2018lga qo\u2018yishning izchil bosqichlarini \u2014 hamkorlarni izlash, investitsiya imkoniyatlarini namoyish etish va ishlab chiqarishlarni tashkil etishni qamrab oladi. To\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri aloqalar turkiy davlatlarning Boku shahrida o\u2018tkazilgan savdo forumida ham rivojlandi. Unda O\u2018zbekiston ishlab chiqaruvchilari tayyor trikotaj mahsulotlari va qurilish materiallarini yetkazib berish bo\u2018yicha kelishuvlar tuzdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Takliflar bilan bir qatorda, amaliy qarorlar ham qabul qilindi. 2026-yil fevral oyida TDT davlatlarining iqtisodiyot va savdo vazirlari savdo sohasidagi hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi memorandumni imzolab, iqtisodiyot, savdo, investitsiyalar va moliya yo\u2018nalishlaridagi hamkorlik bo\u2018yicha \u201cyo\u2018l xaritasi\u201dni ma\u2019qulladilar. Shu yili Turkiy investitsiya jamg\u2018armasi ham o\u2018z faoliyatini boshladi. Iqtisodiy sheriklik kengashini tashkil etish masalasi esa hali davlatlar tomonidan kelishib olinishi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkor davlatlar bilan ikki tomonlama investitsiyaviy aloqalar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun allaqachon muayyan asos yaratgan. 2025-yilda Ozarbayjon, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Turkiya, Turkmaniston va Vengriyadan O\u2018zbekistonga kiritilgan investitsiyalar hajmi 4,29 milliard dollarni tashkil etdi. 2026-yilda umumiy qiymati 17,24 milliard dollarlik 280 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda. Yanvar\u2013avgust oylarida ushbu loyihalar doirasida 3,84 milliard dollar mablag\u2018 amalda o\u2018zlashtirildi. Mazkur investitsiyalarning keyingi samarasi yaratilayotgan quvvatlarning ishga tushirilishi va mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog\u2018liq bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikki tomonlama hamkorlikning misollaridan biri Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilmoqda. Bu yerda Ozarbayjonning \u201cMatanat\u201d kompaniyasi tomonidan gips mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasining birinchi bosqichi yakunlandi va gipsokarton ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo\u2018yicha ikkinchi bosqich boshlandi. Shu tariqa, hamkor investitsiyalari O\u2018zbekiston hududida qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo\u2018naltirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Transport sohasida esa tashkilot miqyosida erishilgan amaliy natija mavjud. \u201cE-permit\u201d elektron ruxsatnomalar tizimi dastlab O\u2018zbekiston va Turkiyaning qo\u2018shma loyihasi sifatida boshlangan bo\u2018lsa, bugungi kunda O\u2018zbekiston va TDTning barcha davlatlari o\u2018rtasida amal qilmoqda. Bu tajriba dastlab ikki davlat o\u2018rtasida kelishilgan yechim umumiy tartib-taomilga aylanishi mumkinligini ko\u2018rsatadi. Transport aloqalarini yanada rivojlantirish tariflarni muvofiqlashtirish, bojxona jarayonlarini raqamlashtirish va logistika markazlari faoliyatini takomillashtirish bilan bog\u2018liq. O\u2018zbekiston O\u2018rta koridorni qurilayotgan Xitoy\u2013Qirg\u2018iziston\u2013O\u2018zbekiston temir yo\u2018li hamda istiqboldagi Transafg\u2018on yo\u2018nalishi bilan bog\u2018lash tarafdori.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Transport bog\u2018liqligini rivojlantirish bilan bir qatorda, raqamli kun tartibi ham shakllanmoqda. 2026-yilda Turkistonda bo\u2018lib o\u2018tgan sammitda Prezident hududiy ma\u2019lumotlar markazlarini yuqori tezlikdagi aloqa kanallari orqali bog\u2018laydigan \u00abRaqamli turkiy koridor\u00bbni ishlab chiqishni taklif qildi. Shuningdek, u Qozog\u2018iston bilan hamkorlikda shakllantirilayotgan venchur fondida hamkor davlatlarni ishtirok etishga taklif etdi. Mazkur tashabbuslar iqtisodiy o\u2018sishning navbatdagi manbai &#8211; bir nechta mamlakatlar bozorlarida faoliyat yurita oladigan texnologiyalar, innovatsion ishlanmalar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston uchun TDT doirasidagi hamkorlikning keyingi bosqichi iqtisodiy o\u2018sish sifatiga bog\u2018liq. Tovar ayirboshlash va investitsiyaviy aloqalar kooperatsiya ko\u2018lamini belgilaydi. Uning strategik samarasi esa O\u2018zbekiston korxonalarining tayyor mahsulot yaratishdagi o\u2018rni va ushbu mahsulot uchun bozorlarning qanchalik kengayishiga bog\u2018liq bo\u2018ladi. Mamlakatning sanoat, investitsiyalar, transport va texnologiyalar sohasidagi takliflari aynan shu vazifani hal etishga qaratilgan.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6779,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6778","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6778","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6778"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6778\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6780,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6778\/revisions\/6780"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6779"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6778"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6778"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6778"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}