{"id":6683,"date":"2026-10-05T20:44:43","date_gmt":"2026-10-05T18:44:43","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6683"},"modified":"2026-10-05T20:44:43","modified_gmt":"2026-10-05T18:44:43","slug":"%d1%86%d0%b8%d1%84%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%be%d0%b5-%d1%81%d0%be%d1%82%d1%80%d1%83%d0%b4%d0%bd%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be-%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%be%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b0%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/10\/05\/%d1%86%d0%b8%d1%84%d1%80%d0%be%d0%b2%d0%be%d0%b5-%d1%81%d0%be%d1%82%d1%80%d1%83%d0%b4%d0%bd%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be-%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%be%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b0%d0%bd\/","title":{"rendered":"Turkiy davlatlar o\u2018rtasidagi raqamli hamkorlik yagona texnologik ekotizim shakllanishiga olib kelmoqda"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Raqamli kun tartibidan amaliy hamkorlikka<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiy davlatlar tashkilotining amaldagi a\u2019zolari Ozarbayjon, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Turkiya va O\u2018zbekistondan iborat. Turkmaniston esa tashkilotda kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi. Tashkilot har yili davlat rahbarlari sammitlarini o\u2018tkazib, erishilgan natijalarni ko\u2018rib chiqish va keyingi davr uchun hamkorlik yo\u2018nalishlarini belgilash mexanizmini shakllantirgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2026-yil 15-may kuni Turkiston shahrida o\u2018tkazilgan TDTning norasmiy sammiti ham ushbu jarayonda raqamli texnologiyalarning tobora ortib borayotgan ahamiyatini namoyon etdi. \u201cSun\u2019iy intellekt va raqamli rivojlanish\u201d mavzusidagi uchrashuvda O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sun\u2019iy intellekt sohasida strategik hamkorlik tarmog\u2018ini shakllantirish, bulutli va kvant hisoblash texnologiyalarini rivojlantirish hamda yagona raqamli makon yaratish bo\u2018yicha tashabbuslarni ilgari surdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlat rahbari, shuningdek, mintaqadagi ma\u2019lumotlar markazlarini yuqori tezlikdagi aloqa kanallari bilan bog\u2018lashga qaratilgan \u201cRaqamli turkiy koridor konsepsiyasi\u201dni ishlab chiqish va Toshkent shahrida TDT a\u2019zo davlatlari ishtirokida Texnologiyalar forumini o\u2018tkazishni taklif etdi. Mazkur tashabbuslar raqamli infratuzilmani alohida davlatlar doirasidagi loyihalardan mintaqaviy hamkorlik darajasiga olib chiqish masalasini kun tartibiga qo\u2018ydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu nuqtai nazardan, Anqaradagi sammit oldidan TDT makonidagi mavjud ikki tomonlama aloqalar raqamli kun tartibining amaliy asoslarini tashkil etmoqda. Bugungi hamkorlikning o\u2018ziga xos jihati shundaki, u faqat kelishuvlar va uchrashuvlar bilan cheklanmay, kompaniyalar, eksport, investitsiya, texnologik infratuzilma va mutaxassislar darajasida ham namoyon bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>IT eksporti va kapital harakati: hamkorlikning iqtisodiy o\u2018lchovi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonning TDT davlatlari bilan raqamli iqtisodiyot yo\u2018nalishidagi aloqalarini IT Park Uzbekistan faoliyati misolida ham kuzatish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qozog\u2018iston bilan hamkorlik ayniqsa keng ko\u2018lamli ko\u2018rsatkichlar bilan ajralib turadi. 2026-yil 6 oylik yakunlariga ko\u2018ra, Qozog\u2018iston kapitali ishtirokidagi 79 ta korxona IT Park Uzbekistan rezidenti sifatida faoliyat yuritgan. Ushbu kompaniyalar tomonidan 6 oyda 3,1 mln AQSh dollari miqdorida eksport xizmatlari ko\u2018rsatilgan va 1 409 ta ish o\u2018rni yaratilgan. Shu davrda O\u2018zbekistondan Qozog\u2018istonga IT-xizmatlar eksport qiluvchi kompaniyalar soni 114 tani, eksport hajmi esa 8,2 mln dollarni tashkil etgan. Ularda 2 299 kishi faoliyat yuritgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu hamkorlik faqat ikki tomonlama eksport ko\u2018rsatkichlari bilan cheklanmaydi. 2024-yildan boshlab Central Asian Innovation Hubs hamkorligi doirasida Markaziy Osiyo startaplarini xalqaro bozorlarga olib chiqish mexanizmlari shakllana boshladi. Qozog\u2018istonning Astana Hub markazi va O\u2018zbekistonning IT Park Uzbekistan o\u2018rtasidagi aloqalar doirasida startaplar xalqaro akseleratsiya dasturlarida, investitsiya tadbirlarida va xorijiy bozorlarni egallashga qaratilgan loyihalarda ishtirok etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ozarbayjon bilan raqamli iqtisodiyotdagi hamkorlik ham izchil kengaymoqda. 2026-yil birinchi yarim yilligi bo\u2018yicha dastlabki ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, Ozarbayjon kapitali ishtirokidagi IT Park rezidentlari soni 16 taga yetgan. Ushbu kompaniyalar tomonidan 6 oyda 2,6 mln AQSh dollari miqdorida eksport xizmatlari ko\u2018rsatilgan va 137 ta ish o\u2018rni yaratilgan. O\u2018z navbatida, Ozarbayjon bozoriga xizmatlar eksport qiluvchi rezident kompaniyalar soni 19 tani tashkil etib, eksport hajmi 1 282,7 ming AQSh dollariga yetgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qirg\u2018iziston bilan ham IT va raqamli xizmatlar sohasidagi aloqalar sezilarli sur\u2019atlarda rivojlanmoqda. 2026-yil birinchi yarim yilligi yakunlariga ko\u2018ra, Qirg\u2018iziston kapitali ishtirokidagi 28 ta korxona IT Park rezidenti sifatida faoliyat yuritgan. Ular tomonidan 974\u00a0 ming dollar miqdorida eksport xizmatlari ko\u2018rsatilgan va 255 ta ish o\u2018rni yaratilgan. Shu davrda O\u2018zbekistondan Qirg\u2018iziston Respublikasiga IT-xizmatlar eksport qiluvchi kompaniyalar soni 39 taga, eksport hajmi esa 3,3 mln dollarga yetgan. Ushbu kompaniyalarda 1939 xodim mehnat qilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur ko\u2018rsatkichlar turkiy davlatlar bilan raqamli hamkorlikda iqtisodiy mazmun tobora kuchayib borayotganini ko\u2018rsatadi. IT xizmatlari eksporti, mahalliy bozorlar bilan ishlash, xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalar va yangi ish o\u2018rinlari bir-birini to\u2018ldiruvchi jarayonlar sifatida shakllanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Startaplar va venchur kapital: umumiy texnologik makon uchun yangi mexanizmlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Raqamli hamkorlikning yana bir muhim yo\u2018nalishi \u2014 startap ekotizimlarini o\u2018zaro bog\u2018lash va venchur kapital uchun umumiy imkoniyatlarni kengaytirishdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2023-yilda O\u2018zbekiston, Qozog\u2018iston va Qirg\u2018iziston texnologik ekotizimlari vakillari \u201cCentral Asia\u2019s Emerging Digital Market\u201d mavzusida muloqot o\u2018tkazgan edi. Unda Markaziy Osiyoni alohida milliy bozorlar yig\u2018indisi sifatida emas, balki global investorlar uchun yagona texnologik makon sifatida rivojlantirish g\u2018oyasi ilgari surildi. Keyingi yillarda ushbu yondashuv startaplar uchun mintaqaviy akseleratsiya va eksport mexanizmlarining paydo bo\u2018lishi bilan to\u2018ldirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonda Qozog\u2018istonning venchur fondlari faoliyatining kengayishi ham ushbu jarayonning amaliy ko\u2018rinishlaridan biridir. 2025-yilda \u201cBig Sky Capital\u201d fondi O\u2018zbekistonda faoliyat boshlagan, \u201cWhite Hill Capital\u201d esa IT Park Ventures fondi tomonidan xalqaro venchur fondlar qatorida tanlangan. Tomonlar teng ulush asosida qo\u2018shma investitsiya tuzilmasini shakllantirish bo\u2018yicha ish olib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2026-yil may oyida Turkiston shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan TDT norasmiy sammitida O\u2018zbekiston Prezidenti yoshlarning istiqbolli startaplari, innovatsion ishlanmalari va sun\u2019iy intellektga asoslangan yechimlarini moliyalashtirish uchun O\u2018zbekiston va Qozog\u2018iston tomonidan tashkil etilayotgan Qo\u2018shma venchur jamg\u2018armasiga Tashkilotga a\u2019zo davlatlarni qo\u2018shilishga chaqirdi. Bu tashabbus milliy startap ekotizimlarini bir-biridan alohida rivojlantirishdan ko\u2018ra, ularni kapital, ekspertiza va bozorlar orqali o\u2018zaro bog\u2018lashga qaratilgan yondashuvni anglatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Toshkentda\u00a0\u201cICT Week Uzbekistan 2026\u201d\u00a0doirasida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti\u00a0Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) birinchi Texnologiyalar forumi\u00a0bo\u2018lib o\u2018tdi. TDTga a\u2019zo davlatlar ishtirokida Toshkentda Texnologiyalar forumini o\u2018tkazish tashabbusi davlat rahbari tomonidan 2026-yil may oyida Turkistonda bo\u2018lib o\u2018tgan TDT norasmiy sammitida ilgari surilgan edi. Forum O\u2018zbekiston, Ozarbayjon, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston va Turkiyaning yetakchi texnologik parklari va innovatsiyalar agentliklari vakillarini birlashtirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Forum<\/strong> doirasida <strong>IT Park Uzbekistan, Ozarbayjon Innovatsiyalar va raqamli rivojlanish agentligi, Astana Hub, Qirg\u2018iz Respublikasi High Technology Park<\/strong> hamda <strong>Bili\u015fim Vadisi<\/strong> o\u2018rtasida memorandum imzolandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hujjat Turkiy davlatlar texnologik va innovatsion ekotizimlari o\u2018rtasidagi hamkorlikni tizimli ravishda rivojlantirishga qaratilgan. Memorandumga ko\u2018ra, <strong>OTS Technology Forum har yili TDTga a\u2019zo davlatlardan birida navbatma-navbat o\u2018tkaziladi<\/strong>, texnoparklar va innovatsion tashkilotlar rahbarlari esa hamkorlik natijalari va yangi qo\u2018shma tashabbuslarni muhokama qilish uchun muntazam uchrashib boradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qolaversa, Forum doirasida IT Park Ventures hamda Bili\u015fim Vadisi O\u2018zbekiston va Turkiyaning startap va investitsiya ekotizimlari o\u2018rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkorlikning asosiy yo\u2018nalishlaridan biri istiqbolli startaplar va investitsiya imkoniyatlari almashinuvi, shuningdek, potensial bitimlarni birgalikda ko\u2018rib chiqish, investorlarni jalb etish hamda texnologik kompaniyalarning xalqaro bozorlarga chiqishi va kengayishini qo\u2018llab-quvvatlash mexanizmlarini rivojlantirishdan iborat bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Raqamli davlat va telekommunikatsiya: hamkorlikning infratuzilmaviy qatlami<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiy davlatlar bilan raqamli hamkorlik IT-biznes bilan cheklanmaydi. Elektron hukumat, telekommunikatsiya, ma\u2019lumot almashinuvi va davlat axborot tizimlari ham tobora muhim yo\u2018nalishga aylanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ozarbayjon bilan elektron hukumat yo\u2018nalishida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi va \u201cASAN\u201d agentligi o\u2018rtasida hamkorlik yo\u2018lga qo\u2018yilgan. Shuningdek, Ozarbayjonning \u201cDOST\u201d agentligiga ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun mo\u2018ljallangan onlayn navbat xizmatini joriy etishda amaliy yordam ko\u2018rsatilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qozog\u2018iston bilan ham transchegaraviy ma\u2019lumot almashinuvi va raqamli davlat xizmatlari bo\u2018yicha aloqalar rivojlanmoqda. 2025-yilda turizm sohasida ma\u2019lumot almashish bo\u2018yicha boshlangan pilot loyiha doirasida O\u2018zbekiston, Qozog\u2018iston va Koreya o\u2018rtasidagi transchegaraviy ma\u2019lumot almashuvining huquqiy va texnik asoslari ishlab chiqilgan. Keyingi bosqichlarda ushbu mexanizmni boshqa ustuvor yo\u2018nalishlarga kengaytirish va davlatlararo ma\u2019lumot almashinuvi uchun yagona platforma yaratish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Telekommunikatsiya yo\u2018nalishida ham ikki tomonlama mexanizmlar shakllangan. Qozog\u2018iston bilan xalqaro aloqa kanallari orqali trafik almashinuvi yo\u2018lga qo\u2018yilgan bo\u2018lsa, Qirg\u2018iziston bilan xalqaro internet tarmog\u2018iga ulanish, kanal ijarasi va xalqaro trafik almashinuvi bo\u2018yicha xizmatlar amalga oshirilmoqda.<br \/>\nO\u2018zbekiston Prezidenti Turkiston sammitidagi nutqida \u201cE-Permit\u201d elektron ruxsatnomalar tizimining O\u2018zbekiston va TDTga a\u2019zo davlatlar o\u2018rtasida to\u2018liq ishga tushirilganini qayd etib, bojxona va tranzit tartib-taomillarini raqamlashtirish, ma\u2019lumot almashuvini kengaytirish va logistika zanjirlarining samaradorligini oshirish bo\u2018yicha amaliy vazifalarni ilgari surgan edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shunday qilib, raqamli transformatsiya TDT doirasida alohida texnologik loyihalardan iborat yo\u2018nalish emas, balki savdo, logistika, bojxona, davlat xizmatlari va telekommunikatsiya jarayonlarini bog\u2018laydigan infratuzilmaviy qatlam sifatida namoyon bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Turkiya va Turkmaniston bilan aloqalar: hamkorlikning boshqa yo\u2018nalishlari<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiya bilan raqamli hamkorlikda malaka oshirish va kadrlar tayyorlash masalalari alohida o\u2018rin tutadi. TIKA orqali O\u2018zbekistonda turli yo\u2018nalishlarda malaka oshirish va qisqa muddatli o\u2018quv kurslari amalga oshirilmoqda. Raqamli texnologiyalar, davlat axborot tizimlari, raqamli sog\u2018liqni saqlash va kiberxavfsizlik yo\u2018nalishlarida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo\u2018yicha takliflar mavjud.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday yondashuv raqamli iqtisodiyot uchun muhim bo\u2018lgan inson kapitali masalasini alohida kun tartibiga olib chiqadi. Texnologik ekotizimning barqaror rivojlanishi nafaqat infratuzilma va investitsiyalarga, balki malakali mutaxassislar tayyorlash, xalqaro tajriba almashish va yangi kompetensiyalarni shakllantirishga ham bog\u2018liq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkmaniston esa TDTda kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etadi. O\u2018zbekiston bilan raqamli iqtisodiyot va telekommunikatsiya yo\u2018nalishlarida hamkorlik ham mavjud. 2026-yil I chorak yakunlariga ko\u2018ra, Turkmaniston kapitali ishtirokidagi 3 ta IT Park rezidenti faoliyat yuritgan. Shu bilan birga, \u201cO\u2018zbektelekom\u201d va Turkmanistondagi \u201cTurkmantexnokurilishyk\u201d o\u2018rtasida xalqaro telekommunikatsiya xizmatlari bo\u2018yicha shartnoma amal qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Anqara kun tartibi oldidan shakllangan amaliy poydevor<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi manzara shuni ko\u2018rsatadiki, Turkiy davlatlar o\u2018rtasidagi raqamli hamkorlik alohida loyihalar yig\u2018indisidan asta-sekin tizimli ekotizimga aylanmoqda. Bu jarayonda bir tomondan IT xizmatlari eksporti, xorijiy kapital va startaplar o\u2018rtasidagi aloqalar kuchayib borayotgan bo\u2018lsa, ikkinchi tomondan ma\u2019lumot almashinuvi, elektron hukumat, logistika, telekommunikatsiya va kiberxavfsizlik kabi infratuzilmaviy yo\u2018nalishlar rivojlanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2026-yil may oyidagi norasmiy sammitda O\u2018zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar ham ushbu jarayonning keyingi bosqichini belgilab berdi. Sun\u2019iy intellekt bo\u2018yicha strategik hamkorlik tarmog\u2018i, \u201cRaqamli turkiy koridor konsepsiyasi\u201d, Toshkentda Texnologiyalar forumini o\u2018tkazish, qo\u2018shma venchur moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish, transchegaraviy ma\u2019lumot almashinuvi va kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlik bo\u2018yicha takliflar raqamli kun tartibiga kengroq, mintaqaviy mazmun bermoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu nuqtai nazardan, Anqarada o\u2018tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkilotining 13-sammiti uchun mavjud ikki tomonlama tajriba muhim amaliy asos bo\u2018lib xizmat qiladi. Bugun O\u2018zbekistonning TDT davlatlari bilan raqamli aloqalari kompaniyalar va eksport geografiyasidan tortib, startap investitsiyalari, davlat xizmatlari, ma\u2019lumot almashinuvi va raqamli infratuzilmagacha bo\u2018lgan keng doirani qamrab olmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kelgusidagi asosiy vazifa esa ushbu aloqalarni bir-biridan alohida yo\u2018nalishlar sifatida emas, balki o\u2018zaro bog\u2018langan texnologik va iqtisodiy makon sifatida rivojlantirishdan iborat. Bunday modelda IT kompaniyalari uchun yangi bozorlar, startaplar uchun kapital va akseleratsiya imkoniyatlari, mutaxassislar uchun xalqaro tajriba, davlatlar uchun esa raqamli infratuzilma va ma\u2019lumot almashinuvi bo\u2018yicha yangi mexanizmlar shakllanishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Anqara sammiti arafasidagi eng muhim jihat ham shunda: TDT doirasidagi raqamli hamkorlik endilikda faqat texnologiyalar haqida emas. U savdo va investitsiyadan tortib, inson kapitali, logistika, davlat boshqaruvi va mintaqaviy bog\u2018liqlikkacha bo\u2018lgan jarayonlarning raqamli o\u2018lchovini shakllantirmoqda. O\u2018zbekistonning so\u2018nggi yillarda to\u2018plagan ikki tomonlama tajribasi esa ushbu kun tartibining amaliy mazmunini belgilab berayotgan muhim omillardan biridir.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6683","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6683","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6683"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6683\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6685,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6683\/revisions\/6685"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6683"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6683"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6683"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}