{"id":6675,"date":"2026-10-05T20:27:57","date_gmt":"2026-10-05T18:27:57","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6675"},"modified":"2026-10-05T20:27:57","modified_gmt":"2026-10-05T18:27:57","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8%d0%b3%d1%80%d0%b0%d0%b5%d1%82-%d0%b0%d0%ba%d1%82%d0%b8%d0%b2%d0%bd%d1%83%d1%8e-%d1%80%d0%be%d0%bb%d1%8c-%d0%b2-%d1%8d%d0%ba%d0%be","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/10\/05\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8%d0%b3%d1%80%d0%b0%d0%b5%d1%82-%d0%b0%d0%ba%d1%82%d0%b8%d0%b2%d0%bd%d1%83%d1%8e-%d1%80%d0%be%d0%bb%d1%8c-%d0%b2-%d1%8d%d0%ba%d0%be\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi iqtisodiy integratsiyada faol ishtirok etmoqda"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda TDT mamlakatlarining umumiy iqtisodiy salohiyati 2,1\u00a0trillion dollardan oshgan. 2025-yilda ushbu davlatlar iqtisodiyotining o\u02bbsish sur\u02bcati 6,8 foizni tashkil etdi. O\u02bbzbekistonning Tashkilot mamlakatlari bilan savdo aylanmasi esa 2025-yilda 10,8 milliard dollarga yetdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur raqamlar turkiy makonda iqtisodiy hamkorlik uchun katta salohiyat mavjudligini ko\u02bbrsatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Iqtisodiy tashabbuslarni amaliy mexanizmlarga aylantirish<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekistonning TDTdagi yondashuvining muhim jihati iqtisodiy hamkorlikni aniq mexanizmlar va loyihalar bilan mustahkamlashga qaratilganidadir. Bugungi kunda Tashkilot doirasida 35 dan ortiq yo\u02bbnalishda amaliy hamkorlik olib borilmoqda. O\u02bbzbekiston tomonidan esa yaqin istiqbolda savdo, biznes va o\u02bbzaro investitsiyalar uchun qulay sharoit, huquqiy asos va zarur infratuzilmani birlashtiruvchi <strong>\u201cYangi iqtisodiy imkoniyatlar makoni\u201d<\/strong>ni shakllantirish g\u02bboyasi ilgari surilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Turkiy davlatlarning <strong>Iqtisodiy sheriklik bo\u02bbyicha doimiy kengash<\/strong>ini tashkil etish va uning Loyiha ofisini Toshkent shahrida joylashtirish taklif qilindi. Bunday mexanizm iqtisodiy tashabbuslarni muhokama qilishdan ularni tizimli ravishda tayyorlash va amalga oshirish bosqichiga o\u02bbtishga xizmat qilishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston ilgari surayotgan yana bir muhim yo\u02bbnalish \u2013 Turkiy davlatlar <strong>Sanoat alyansi<\/strong>ni tashkil etishdir. Mashinasozlik, elektrotexnika, tog\u02bb-kon sanoati, neft-kimyo, farmatsevtika, to\u02bbqimachilik, oziq-ovqat sanoati va qurilish materiallari kabi sohalarda kooperatsiya TDT hududida yangi ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish imkonini beradi. Bunda \u201cxomashyo \u2013 qayta ishlash \u2013 ilm va texnologiyalar \u2013 tayyor mahsulot\u201d tamoyiliga asoslangan hamkorlik modeli alohida ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston uchun bu model, bir tomondan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yirik mintaqaviy qiymat zanjirlariga qo\u02bbshilishiga, ikkinchi tomondan esa yuqori qo\u02bbshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va\u00a0eksport geografiyasini kengaytirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Transport bog\u02bbliqligi \u2013 integratsiyaning iqtisodiy asosi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekistonning geografik joylashuvi TDT doirasidagi iqtisodiy integratsiyada transport masalasini strategik ahamiyatga ega yo\u02bbnalishga aylantiradi. Dengizga to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri chiqish imkoniyatiga ega bo\u02bblmagan mamlakat sifatida O\u02bbzbekiston uchun yangi transport yo\u02bblaklari tashqi savdo raqobatbardoshligining muhim omillaridan biridir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu jihatdan O\u02bbrta koridorning rivojlanishi va uni qurilayotgan Xitoy \u2013 Qirg\u02bbiziston \u2013 O\u02bbzbekiston temir yo\u02bbli bilan bog\u02bblash yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yuzaga keltiradi. Kelgusida ushbu tizimning Transafg\u02bbon yo\u02bblagi bilan tutashishi Markaziy Osiyoni Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Kavkaz, Turkiya va Yevropa bozorlarini bog\u02bblovchi yirik transport chorrahasiga aylantirish imkoniyatini kengaytiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Yangi moliyaviy infratuzilma<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Iqtisodiy integratsiyaning chuqurlashishi uni moliyalashtiradigan institutlarni ham talab qiladi. Shu ma\u02bcnoda, Turkiy investitsiya jamg\u02bbarmasining tashkil etilishi TDT doirasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berdi. Jamg\u02bbarma savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, qo\u02bbshma loyihalarni moliyalashtirish va kichik hamda o\u02bbrta biznesni qo\u02bbllab-quvvatlashga yo\u02bbnaltirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2026-yildan Jamg\u02bbarmaning operatsion faoliyati boshlangani, shuningdek, TDT Markaziy banklar kengashi va Yashil moliyalashtirish bo\u02bbyicha Turkiy kengash faoliyatining yo\u02bblga qo\u02bbyilishi umumiy iqtisodiy makonning moliyaviy infratuzilmasi bosqichma-bosqich shakllanayotganini ko\u02bbrsatmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston bu jarayonda Turkiy investitsiya jamg\u02bbarmasi imkoniyatlarini boshqa xalqaro moliya institutlari resurslari bilan uyg\u02bbunlashtirish tarafdori. Xususan, Jamg\u02bbarmaning Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro va milliy moliya institutlari bilan strategik hamkorligini yo\u02bblga qo\u02bbyish taklif etilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday yondashuv TDTning o\u02bbz moliyaviy resurslarini xalqaro kapital bilan birlashtirib, yirik infratuzilma, sanoat, energetika va \u201cyashil\u201d loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Raqamli iqtisodiyot \u2013 integratsiyaning yangi chegarasi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiy davlatlar iqtisodiy integratsiyasining navbatdagi o\u02bbsish nuqtasi raqamli iqtisodiyot va sun\u02bciy intellekt bilan bog\u02bbliq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2026-yilda Turkiston shahrida o\u02bbtkazilgan TDT norasmiy sammitida O\u02bbzbekiston tomonidan sun\u02bciy intellekt sohasida strategik hamkorlik tarmog\u02bbini shakllantirish va \u201cRaqamli turkiy koridor konsepsiyasi\u201dni ishlab chiqish taklif etildi. Ushbu konsepsiya mintaqadagi data-markazlarni yuqori tezlikdagi aloqa kanallari orqali o\u02bbzaro bog\u02bblash, yagona zamonaviy raqamli makonni rivojlantirish va yangi texnologik xizmatlar bozorini shakllantirishga qaratilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu tashabbus ayniqsa O\u02bbzbekiston uchun muhim. Mamlakatning Markaziy Osiyodagi geografik o\u02bbrni kelgusida nafaqat transport, balki raqamli tranzit va ma\u02bclumotlar almashinuvi markazi sifatidagi rolini ham kuchaytirishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u201cYashil\u201d iqtisodiyot va yangi bozorlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiy davlatlar uchun yangi o\u02bbsish manbalari an\u02bcanaviy sanoat bilan cheklanmaydi. Qayta tiklanuvchi energetika, \u201cyashil\u201d vodorod va ammiak, strategik minerallar, organik qishloq xo\u02bbjaligi hamda ekologik texnologiyalar istiqbolli hamkorlik yo\u02bbnalishlari sifatida shakllanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston tomonidan ilgari surilgan \u201cYashil transformatsiya\u201d konsorsiumi \u201cyashil\u201d energetika loyihalarini birgalikda amalga oshirish, texnologiyalar va standartlarni jalb etish hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan. Strategik minerallar bo\u02bbyicha esa asosiy e\u02bctibor xomashyoni eksport qilishdan ko\u02bbra, uni chuqur qayta ishlash va yuqori qo\u02bbshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishga qaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">TDT mamlakatlarining katta agrar salohiyati, turli iqlim zonalari va yirik iste\u02bcmol bozorlariga yaqinligi organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilishda yangi kooperatsiya zanjirlarini yaratish imkonini beradi. O\u02bbzbekiston tomonidan bu yo\u02bbnalishda ilmiy tadqiqot, seleksiya, ishlab chiqarish va logistika imkoniyatlarini birlashtirish, istiqbolda mahsulotlarni umumiy brend ostida jahon bozoriga olib chiqish g\u02bboyasi ilgari surilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Yangi bosqich \u2013 yangi imkoniyatlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi iqtisodiy hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga o\u2018tmoqda. Savdo hajmini oshirish bilan bir qatorda, sanoat kooperatsiyasi, o\u2018zaro investitsiyalar, transport va raqamli bog\u2018liqlik, energetika hamda yangi moliyaviy mexanizmlar umumiy iqtisodiy kun tartibining muhim yo\u2018nalishlariga aylanmoqda. Bu esa TDT makonida mavjud salohiyatdan yanada samarali foydalanish va yangi o\u2018sish manbalarini shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6667,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6675","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6675","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6675"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6675\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6676,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6675\/revisions\/6676"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6667"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6675"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6675"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6675"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}