{"id":6652,"date":"2026-09-28T17:53:22","date_gmt":"2026-09-28T15:53:22","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6652"},"modified":"2026-09-28T17:53:22","modified_gmt":"2026-09-28T15:53:22","slug":"%d0%ba%d0%bb%d1%8e%d1%87%d0%b5%d0%b2%d1%8b%d0%b5-%d1%82%d0%be%d1%80%d0%b3%d0%be%d0%b2%d1%8b%d0%b5-%d0%bf%d0%b0%d1%80%d1%82%d0%bd%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/09\/28\/%d0%ba%d0%bb%d1%8e%d1%87%d0%b5%d0%b2%d1%8b%d0%b5-%d1%82%d0%be%d1%80%d0%b3%d0%be%d0%b2%d1%8b%d0%b5-%d0%bf%d0%b0%d1%80%d1%82%d0%bd%d0%b5%d1%80%d1%8b-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekistonning asosiy savdo hamkorlari OHICHKda ishtirok etadi"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston eksportini kengaytirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish ishonchli logistika, kapitalga kirish imkoniyati hamda xorijiy bozorlarda barqaror va prognoz qilinadigan shart-sharoitlarni talab etadi. Ushbu vazifalar 28 davlatni birlashtirgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo\u2018yicha kengash (OHICHK) iqtisodiy kun tartibida muhim o\u2018rin tutadi. OHICHKning yettinchi sammiti 2026-yil 15-oktabr kuni Boku shahrida o\u2018tkazilishi rejalashtirilgan. Sammit Ozarbayjon raisligi davrida bo\u2018lib o\u2018tadi. Mazkur raislikning ustuvor yo\u2018nalishlari sifatida o\u2018zaro bog\u2018liqlik, raqamlashtirish va barqaror o\u2018sish belgilangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">OHICHK ishtirokchilari orasida O\u2018zbekistonning asosiy savdo hamkorlari ham bor. 2026-yilning birinchi yarim yilligida Xitoy, Rossiya, Qozog\u2018iston, Turkiya va Afg\u2018oniston hissasiga respublika tashqi savdo aylanmasining jami qariyb 53 foizi to\u2018g\u2018ri keldi. Ko\u2018p tomonlama platforma tashuvlarni tashkil etish yoki investitsiyaviy tashabbuslarni amalga oshirish uchun bir nechta davlatning muvofiqlashtirilgan ishtiroki zarur bo\u2018lgan yo\u2018nalishlarda shakllangan ikki tomonlama munosabatlarni to\u2018ldiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarida MDH mamlakatlari bilan hamkorlik muhim o\u2018rin tutadi. O\u2018zbekistonning Hamdo\u2018stlik davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 2020-yildagi 11,8 milliard dollardan 2025-yilda 28,1 milliard dollarga yetdi. Joriy yilning yanvar\u2013iyul oylarida tovar ayirboshlash hajmi 18,3 milliard dollarni tashkil etib, o\u2018sish sur\u2019ati 122,7 foizga yetdi. Avgust oyi boshidagi holatga ko\u2018ra, respublikada Rossiya, Qozog\u2018iston, Ozarbayjon va Tojikiston kapitali ishtirokidagi qariyb 5 800 ta korxona faoliyat yuritgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Turli bozorlar bilan ishlashda yetkazib berish yo\u2018nalishlarini ularning qiymati va muddatlarini hisobga olgan holda tanlash imkonini beruvchi, bir-birini to\u2018ldiradigan transport yo\u2018laklari tarmog\u2018i muhim ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyoning Janubiy va Sharqiy Osiyo hamda Yaqin Sharq bilan ishlab chiqarish-logistika aloqalarini rivojlantirish masalasi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yilda Astanada bo\u2018lib o\u2018tgan OHICHK sammitida iqtisodiy ustuvor yo\u2018nalishlardan biri sifatida qayd etilgan edi<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, bilimlar iqtisodiyoti va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish ham ustuvor vazifalar qatorida ko\u2018rsatib o\u2018tilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur kun tartibining amaliy masalalari 2026-yil iyun oyida Markaziy va Janubiy Osiyo o\u2018rtasidagi o\u2018zaro bog\u2018liqlik bo\u2018yicha ikkinchi Termiz muloqotida ko\u2018rib chiqildi. OHICHK Kotibiyati ishtirokida o\u2018tkazilgan tadbir Kengashga a\u2019zo 17 davlat vakillarini birlashtirdi. Multimodal yo\u2018nalishlar va raqamli logistika masalalari muhokamasi hududlar o\u2018rtasidagi yuk tashish va savdoga xizmat ko\u2018rsatuvchi Termez Cargo Terminal hamda \u201cAyritom\u201d xalqaro savdo markazi infratuzilmasi bilan tanishish bilan davom etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Kaspiy mintaqasi portlari bilan aloqalar quruqlikdagi transport tarmog\u2018ini dengiz yo\u2018nalishlariga chiqish imkoniyati bilan to\u2018ldiradi. Sentabr oyida Boku shahrida o\u2018tkazilgan OHICHK davlatlari portlari rahbarlarining konferensiyasi dengiz, temir yo\u2018l va avtomobil transporti orqali tashuvlarni muvofiqlashtirish, yuklarga ishlov berish hamda operatorlar o\u2018rtasidagi hamkorlik masalalariga bag\u2018ishlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Transport kun tartibi MDH doirasida texnik talablarni yaqinlashtirish, muvofiqlikni baholash natijalarini o\u2018zaro tan olish hamda notarif to\u2018siqlarni bartaraf etish borasidagi ishlar bilan chambarchas bog\u2018liq. Elektron hujjat aylanishi yuklarni rasmiylashtirish va nazorat tartib-taomillaridan o\u2018tish uchun sarflanadigan vaqtni qisqartiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Hududlar va biznes o\u2018rtasidagi to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri aloqalar texnologiyalar transferi, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va yangi materiallarni o\u2018zlashtirish bo\u2018yicha qo\u2018shma loyihalar uchun hamkorlar hamda tegishli maydonlarni tanlash imkonini beradi. Bunday aloqalarni mustahkamlash masalalariga 2025-yilda Toshkent shahrida o\u2018tkazilgan birinchi MDH Hududlar forumida alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Tadbirkorlik sohasidagi hamkorlik uchun qo\u2018shimcha imkoniyatlarni OHICHK Ishbilarmonlar kengashi ham yaratib, Kengashga a\u2019zo davlatlarning ishbilarmon doiralari va birlashmalari o\u2018rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ko\u2018maklashadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">2026-yil aprel oyida Toshkent shahrida o\u2018tkazilgan MDH Innovatsion sanoat forumida sun\u2019iy intellektni qo\u2018llash, shuningdek, ilm-fan va ishlab chiqarish o\u2018rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Kichik va o\u2018rta biznesning bunday ishlab chiqarish zanjirlarida ishtirok etishi yirik korxonalar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish va ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko\u2018rsatish imkoniyatlarini yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Qo\u2018shma loyihalarni tayyorlash moliyalashtirish manbalarini kelishishni ham talab etadi. Tegishli milliy institutlar bilan aloqalarni yo\u2018lga qo\u2018yishning qo\u2018shimcha mexanizmi sifatida OHICHK Moliyaviy sammiti xizmat qiladi. Uning birinchi yig\u2018ilishi 2026-yil 8-sentabr kuni Astana shahrida bo\u2018lib o\u2018tdi. Sammitning maslahatlashuv kun tartibi rivojlanishni moliyalashtirish, investitsiyaviy hamkorlik va raqamli yechimlarni qamrab oladi. O\u2018zbekiston tomoni logistika, energetika va sanoat sohalaridagi tashabbuslarni salohiyatli investorlarga taqdim etish hamda ularni amalga oshirish shartlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko\u2018p tomonlama formatlardagi ishtirok yangi mamlakatlar bozorlariga chiqish va qo\u2018shma loyihalarni tayyorlashda shakllangan hamkorlik aloqalariga tayanish imkonini beradi. Ushbu ishlarning iqtisodiy samarasi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, uzoq muddatli eksport shartnomalarini tuzish hamda O\u2018zbekistonda yaratiladigan qo\u2018shilgan qiymat hajmining oshishi bilan o\u2018lchanadi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6525,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6652","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6652","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6652"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6652\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6653,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6652\/revisions\/6653"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6525"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6652"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6652"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6652"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}