{"id":6615,"date":"2026-09-14T09:26:19","date_gmt":"2026-09-14T07:26:19","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6615"},"modified":"2026-09-14T09:26:19","modified_gmt":"2026-09-14T07:26:19","slug":"%d1%82%d0%b0%d1%88%d0%ba%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d0%be%d0%b1%d1%8a%d0%b5%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d1%8f%d0%b5%d1%82-%d0%bb%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d1%80%d0%be%d0%b2-%d0%b8-%d0%ba%d0%bb%d1%8e%d1%87%d0%b5%d0%b2%d1%8b","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/09\/14\/%d1%82%d0%b0%d1%88%d0%ba%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d0%be%d0%b1%d1%8a%d0%b5%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d1%8f%d0%b5%d1%82-%d0%bb%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d1%80%d0%be%d0%b2-%d0%b8-%d0%ba%d0%bb%d1%8e%d1%87%d0%b5%d0%b2%d1%8b\/","title":{"rendered":"Toshkent Markaziy Osiyo polimer bozori yetakchilarini birlashtiradi"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>22<\/em>\u2013<em>24 sentabr kunlari O\u2018zbekiston poytaxtida an\u2019anaviy <\/em><em>\u201c<\/em><em>Plastex Uzbekistan 2026<\/em><em>\u201d<\/em><em> ko\u2018rgazmasi bo\u2018lib o\u2018tadi.<\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><a href=\"http:\/\/www.plastex.uz\/\">Ko\u2018rgazmada<\/a> Avstriya, Germaniya, Hindiston, Eron, Italiya, Xitoy, Latviya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, O\u2018zbekistondan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etishini tasdiqladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions xalqaro ko\u2018rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cPlastex Uzbekistan\u201d har yili kuzda Toshkent shahrida uskunalar ishlab chiqaruvchilar, xomashyo yetkazib beruvchilar, qayta ishlovchilar, muhandislar va polimer sanoati korxonalari rahbarlarini jamlaydi. O\u2018zbekistondagi yagona ixtisoslashtirilgan plastmassa sanoati ko\u2018rgazmasi sifatida u har yili kimyo va polimer komplekslarining eng yangi ishlanmalarini namoyish etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu galgi ko\u2018rgazmada Avstriya, Eron, Germaniya, Hindiston, Italiya, Latviya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Xitoy, O\u2018zbekistondan 250 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etishi rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko\u2018rgazmaning yangi ishtirokchilari orasida ilk bor o\u2018z yechimlarini o\u2018zbekistonlik mutaxassislarga taqdim etadigan kompaniyalar ham bor. \u201cKoenig&amp;Bauer Kammann GmbH\u201d (Germaniya) 70 yildan ortiq vaqt davomida plastik idishlarni bezash bo\u2018yicha to\u2018liq avtomatik bosma mashinalarning yetakchi ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cDefinitive Innovation\u201d (Italiya) \u2013 dozalash, aralashtirish, filtrlash, saqlash, pnevmatik tashish va sanoat avtomatlashtirish texnologiyalari bo\u2018yicha ilg\u2018or yechimlar sohasida ishonchli hamkor hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, yana bir Italiya kompaniyasi \u2013 \u201cPLAS MEC S.R.L.\u201d\u00a0PVX, plastmassa, superkonsentratlar, kukunli qoplamalar, konstruksion plastmassalar va boshqa yuqori sifatli materiallar uchun aralashtirish tizimlarining yetakchi ishlab chiqaruvchisi sifatida jahon miqyosida e\u02bctirof etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Turkiyaning \u201cTERMOKAR MAK\u0130NA\u201d kompaniyasi plastmassa, rezina, tibbiyot, farmatsevtika, oziq-ovqat va avtomobilsozlik kabi sohalar uchun yuqori samarali chillerlar va issiqlik almashinuvi yechimlarini taklif etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko\u2018rgazmada mahalliy korxonalarni termoelastoplastlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning yetakchi ishlab chiqaruvchisi sanalgan yurtimizdagi \u201cNOVOPLAST TPE\u201d\u00a0kompaniyasi namoyish qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashrif buyuruvchilar plastmassa ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun zamonaviy uskunalar, polimer xomashyosi va maxsus qo\u2018shimchalar, press-qoliplar, periferik uskunalar, qadoqlash va qayta ishlash sanoati uchun yechimlar bilan tanishishi mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cPlastex Uzbekistan\u201d ko\u2018rgazmasining asosiy afzalliklaridan biri uning amaliy formatidir. Tashrif buyuruvchilar uskunalarni amalda ko\u2018rishi, kompaniyalar vakillaridan maslahat olishi va ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchilar bilan texnik masalalarni bevosita muhokama qilishi mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025-yildan boshlab \u201cPlastex Uzbekistan\u201d qadoqlash, qayta ishlash va tegishli texnologiyalar yo\u2018nalishlarini birlashtirgan holda \u201c4P Central Asia\u201d bilan hamkorlikda o\u2018tkaziladi. Bunday format ekspozitsiyani kengaytiradi va mutaxassislarga bir tashrif davomida bir nechta o\u2018zaro bog\u2018langan sohalarning takliflari bilan tanishish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kimyo va polimer sanoati O\u2018zbekiston sanoatini modernizatsiya qilishning ustuvor yo\u2018nalishlaridan biri bo\u2018lib qolmoqda: polimerlarni ishlab chiqarish va qayta ishlashning o\u2018sishi zamonaviy uskunalar, xomashyo va texnologiyalarga barqaror talabni shakllantirmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday sharoitda \u201cPlastex Uzbekistan\u201d xorijiy uskunalar va xomashyo ishlab chiqaruvchilar, savdo palatalari va ixtisoslashtirilgan uyushmalar uchun muhim B2B platforma hisoblanadi. Bu yerda O\u2018zbekiston bozorining dolzarb ehtiyojlarini bevosita o\u2018rganish, mahalliylashtirish va eksport istiqbollarini baholash, sohaning asosiy korxonalari bilan bevosita aloqalar o\u2018rnatish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Rasmiy delegatsiyalar uchun ko\u2018rgazma polimer sanoatining investitsiya va savdo salohiyatini baholash vositasi sifatida amaliy ahamiyatga ega.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6616,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6615","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6615","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6615"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6615\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6617,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6615\/revisions\/6617"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6616"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6615"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6615"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6615"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}