{"id":6600,"date":"2026-09-04T10:32:26","date_gmt":"2026-09-04T08:32:26","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6600"},"modified":"2026-09-04T10:32:26","modified_gmt":"2026-09-04T08:32:26","slug":"ozbekcha-markaziy-osiyoda-ta%ca%bclim-integratsiyasi-shht-doirasidagi-yangi-imkoniyatlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/09\/04\/ozbekcha-markaziy-osiyoda-ta%ca%bclim-integratsiyasi-shht-doirasidagi-yangi-imkoniyatlar\/","title":{"rendered":"MARKAZIY OSIYODA TA\u02bcLIM INTEGRATSIYASI:  SHHT DOIRASIDAGI YANGI IMKONIYATLAR"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Markaziy Osiyo geografik joylashuviga ko\u02bbra, azaldan turli sivilizatsiyalar, madaniyatlar va ilmiy maktablar, ma\u02bcrifat o\u02bbchoqlari tutashgan global chorraha bo\u02bblib kelgan. Bugungi kunda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida amalga oshirilayotgan ta\u02bclim va ilm-fan integratsiyasi, akademik harakatchanlik hamda tadqiqotlar zamonaviy zarurat emas, balki mintaqaning ming yillik tarixiy-madaniy merosi va boy ilmiy an\u02bcanalariga asoslangan tabiiy, qonuniyatli jarayondir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, azaldan Markaziy Osiyoda bilim va ma\u02bcrifat integratsiyasi hech qachon chegaralar, milliy yoki etnik cheklanishlarni bilmagan. Buyuk Ipak yo\u02bbli bo\u02bbylab faqat savdogarlarning xilma-xil mollari emas, balki ilg\u02bbor g\u02bboyalar, ilmiy kashfiyotlar va ta\u02bclim uslublari ham jadal almashinilgan. Fikrimizni bu zaminda ilk ta\u02bclim va bilim integratsiyasi kurtaklari bo\u02bblmish \u201cAvesto\u201dning <strong>\u201cezgu fikr, ezgu so\u02bbz, ezgu amal\u201d<\/strong> ta\u02bclimoti, So\u02bbg\u02bbd va Baqtriya madaniyati yorqin dalillaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mintaqada kechgan tarixiy voqelik \u2014 Sharq Uyg\u02bbonish davri Markaziy Osiyoni til, ma\u02bcnaviyat va siyosiy mushtaraklik asosida dunyo ilm-fani va ta\u02bclim tizimining markaziga aylantirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayniqsa, Chor istilosi va keyingi murakkab geosiyosiy sharoitlarda Markaziy Osiyo yetishtirgan ma\u02bcrifatparvarlar \u2014 jadidlar ta\u02bclimni modernizatsiya qilish va mintaqaviy mushtaraklikni tiklash tashabbusi bilan chiqdilar. Ularning ilmparvar xotiralari va g\u02bboyalari hamon mintaqa xalqlari yuragida abadiy yashamoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yorqin va boqiy xotiralar shuni ko\u02bbrsatadiki, Markaziy Osiyoda ta\u02bclim integratsiyasi chuqur genetik va madaniy ildizlarga ega. Qayd etish kerakki, bugungi kunda SHHT doirasida amalga oshirilayotgan va oliy ta\u02bclim tizimida aks etayotgan jarayonlar ushbu tarixiy an\u02bcanalarning mantiqiy va zamonaviy davomidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari Osiyo va Ozarbayjon davlatlari rahbarlarining uchrashuvida ta\u02bckidlab o\u02bbtganlaridek, ilgari tarqoq bo\u02bblgan Markaziy Osiyo bugungi kunda taraqqiyotning umumiy maqsadlari yo\u02bblida jipslashmoqda. Murakkab va oldindan bashorat qilib bo\u02bblmaydigan bugungi xalqaro voqelik bizdan yangicha qat\u02bciyat, mustahkam iroda va yanada yaqin muvofiqlashtiruvni talab etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu fonda Ozarbayjonning Maslahat uchrashuvlari formatiga qo\u02bbshilishi o\u02bbzaro hamkorligimizni sifat jihatidan yangi \u2014 makromintaqaviy darajaga olib chiqmoqda hamda Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Afg\u02bbonistonni birlashtiruvchi yagona taraqqiyot va rivojlanish makonini shakllantirish borasida tarixiy imkoniyat yaratmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Endilikda mintaqadagi zamonaviy akademik ochiqlik va ta\u02bclim islohotlari Markaziy Osiyoni yana bir bor global ilm-fan va intellektual rivojlanish markazlaridan biriga aylantirishga xizmat qilmoqda. Zamonaviy dunyoda geosiyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning shiddatli o\u02bbzgarishi global maydonda fan, ta\u02bclim va intellektual resursning o\u02bbrnini tubdan yangilamoqda. Bugun SHHT &#8211; siyosiy va iqtisodiy muloqotning muhim maydoni sifatida mamlakatlarimizning barqaror taraqqiyoti, texnologik mustaqilligi va innovatsion yuksalishini ta\u02bcminlaydigan ilmiy-texnologik hamkorlikning asosiy makoni bo\u02bbla oldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu nuqtayi nazardan, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida ta\u02bclim va innovatsiya \u2014 inson kapitalini rivojlantirish va tinchlik-barqarorlikni ta\u02bcminlashning yetakchi harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo\u02bblmoqda. Oliy ta\u02bclim va ilm-fan sohasidagi ko\u02bbp tomonlama hamkorlik mintaqalararo aloqalarni mustahkamlashda yangi bosqich sifatida e\u02bctirof etilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cBizning umumiy kuchimiz \u2014 birlik, o\u02bbzaro ishonch va birlikdagi yaratuvchanlikka qat\u02bciy sadoqatimizdadir\u201d. Mintaqaning ushbu shiori mohiyatidan kelib chiqib, quyidagi strategik vazifalarni amalga oshirish taqozo etiladi:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Markaziy Osiyoni ta\u02bclim, ilm-fan, raqamli texnologiyalar va katta ma\u02bclumotlar (Big Data) sohalarida innovatsiyalar bo\u02bbyicha global raqobatbardosh markazga aylantirish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Yevroosiyoning qoq markazida barqaror rivojlanish, o\u02bbzaro mustahkam bog\u02bbliqlik va yaxshi qo\u02bbshnichilik muhitini shakllantirish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Mintaqamizning xalqaro subyekt sifatidagi maqomini mustahkamlagan holda davlatlararo tashkilotlar va \u201cMarkaziy Osiyo plyus\u201d formatlari doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xususan, SHHT maydonida mushtarak ilmiy va ma\u02bcrifiy muhitni shakllantirish \u2014 mintaqa yoshlari uchun misli ko\u02bbrilmagan keng istiqbollarni ochmoqda. Akademik mobillikni oshirish, malaka va diplomatik hujjatlarni o\u02bbzaro tan olish, shuningdek, qo\u02bbshma tadqiqot loyihalarini kengaytirish SHHTga a\u02bczo mamlakatlarning umumiy barqarorligi hamda intellektual zaxirasini boyitishda asosiy tayanch vazifasini o\u02bbtaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">E\u02bctirof etish zarurki, ta\u02bclim va fan sohasidagi mushtaraklik gumanitar hamkorlikning mustahkam poydevoridir. Gumanitar sohadagi ishlar mohiyatining sifat jihatidan o\u02bbzgarishi xalqlarimiz o\u02bbrtasidagi birlik, hamjihatlik va o\u02bbzaro tushunish tuyg\u02bbusini yanada mustahkamlaydi hamda \u201cShanxay ruhi\u201dning eng ezgu qadriyatlarini kelajak avlodlarga bekamu ko\u02bbst yetkazishda ishonchli ko\u02bbprik vazifasini bajaradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHT Dorilfununi tarmog\u02bbining kengayishi mintaqa oliy ta\u02bclim tizimiga jahon standartlarini tatbiq etishda muhim o\u02bbrin tutadi. Bu jarayon faqatgina talabalar almashinuvini emas, balki mintaqaviy darajadagi murakkab vazifalarni hamjihatlikda hal eta oladigan yangi avlod olimlari va mutaxassislari jamoasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Darhaqiqat, aynan ta\u02bclim integratsiyasi Markaziy Osiyo xalqlarining umumiy istiqboldagi manfaatlariga to\u02bbliq mos keladi. SHHT platformasi tufayli oliy o\u02bbquv yurtlari raqamli ta\u02bclim va sun\u02bciy intellekt imkoniyatlaridan birgalikda foydalanish, fan va texnologiya sohalarida tajriba va resurs almashish imkoniyatiga ega bo\u02bblmoqda, bu esa bevosita iqtisodiy yuksalishning muhim shartidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mintaqada ta\u02bclim tashabbuslarining qo\u02bbllab-quvvatlanishi geosiyosiy barqarorlik va madaniy muloqotni mustahkamlashning eng maqbul omili hisoblanadi. Qolaversa, atrof-muhitni muhofaza qilish, \u201cyashil\u201d texnologiyalarni joriy etish va ekologik xavfsizlikni ta\u02bcminlash har doim mintaqaviy kun tartibining ustuvor yo\u02bbnalishi bo\u02bblib kelgan va shunday bo\u02bblib qoladi. Yoshlar va tadqiqotchilar o\u02bbrtasidagi bilim almashinuvi ilm-fanni rivojlantirib, xalqlarimiz o\u02bbrtasidagi azaliy do\u02bbstlik va o\u02bbzaro ishonch rishtalarini yangi bosqichga olib chiqadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Quvonarlisi, SHHT doirasidagi yangi ta\u02bclim tashabbuslari Markaziy Osiyo oliy o\u02bbquv yurtlariga global akademik muhitda munosib o\u02bbrin egallashga yordam bermoqda. Birgalikda yaratilayotgan qo\u02bbshma dasturlar va grantlar mintaqadagi iqtidorli yoshlarga o\u02bbz yurtida va hamkor mamlakatlarda yuqori sifatli ta\u02bclim olish imkonini taqdim etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan so\u02bbnggi yillarda ilm-fan, texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish davlat siyosatining eng ustuvor yo\u02bbnalishlaridan biri sifatida belgilandi. Mamlakatda bilim, ilmiy tadqiqotlar va texnologik tadbirkorlikka asoslangan zamonaviy innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish bo\u02bbyicha tizimli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Buning amaliy natijalari va erishilgan muhim marralar salmoqli raqamlar va aniq ko\u02bbrsatkichlarda o\u02bbz ifodasini topmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xususan, birgina 2025-yilning o\u02bbzida mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish va yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish borasida ham keng ko\u02bblamli ishlar bajarildi. Jumladan, 250 dan ortiq yosh olim xorijiy yetakchi ilmiy markazlarda stajirovka va amaliyot o\u02bbtadi, oliy ta\u02bclimdan keyingi ta\u02bclim instituti uchun 5 250 ta PhD va DSc kvotalari ajratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, Yoshlar texnoparklari dasturlariga 50 mingdan ziyod yosh novatorlar qamrab olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu tizimli islohotlarning xalqaro e\u02bctirofi sifatida O\u02bbzbekiston Global innovatsion indeksda 139 ta mamlakat orasida 79-o\u02bbrinni egallab, o\u02bbz pozitsiyasini mustahkamladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muhimi ta\u02bclim va ilm-fan sohasidagi deklarativ bayonotlar davri ortda qoldi; bugun SHHT maydoni aniq amaliy loyihalar va strategik tashabbuslar maydoniga aylanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xususan, 2026-yil 16-iyun kuni SHHTga a\u02bczo davlatlar ta\u02bclim vazirlarining Belarusda bo\u02bblib o\u02bbtgan 10-yig\u02bbilishida aynan ta\u02bclim orqali o\u02bbzaro ishonchni mustahkamlash, hamkorlik va bilimlar makonini kengaytirish g\u02bboyasi markaziy mavzuga aylandi. Ushbu anjumanda O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy ta\u02bclim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar va mamlakatimizdagi ta\u02bclim qamrovini oshirish tajribasi a\u02bczo davlatlar diqqat markazida bo\u02bbldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, 2026-yil 22-may kuni SHHTga a\u02bczo davlatlar fan va texnika vazirliklari rahbarlarining Bishkekda bo\u02bblib o\u02bbtgan 10-yig\u02bbilishida innovatsion hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025-yilda O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy ta\u02bclim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda SHHTga a\u02bczo mamlakatlarning sohaviy tashkilotlari tomonidan xalqaro qo\u02bbshma ilmiy loyihalar tanlovi e\u02bclon qilindi. Rossiya, Belarus, Qozog\u02bbiston, Xitoy va Pokistonlik hamkorlar bilan birgalikda amaliy va innovatsion tadqiqotlarni nazarda tugan ushbu tanlovga ilmiy hamjamiyat tomonidan katta qiziqish uyg\u02bbotib, ko\u02bbplab talabnomalar kelib tushdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, SHHT makonida inson kapitalini mustahkamlashning yana bir muhim vositasi \u2014 bu akademik mobillik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan so\u02bbnggi yillarning o\u02bbzida<br \/>\n140 dan ortiq yosh tadqiqotchi va mutaxassislarning Xitoy, Rossiya, Qozog\u02bbiston va Hindistonning yetakchi ilmiy-ta\u02bclim markazlarida ilmiy stajirovkalari tashkil etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu uzoq muddatli hamkorlik va yangi avlod olimlarini tayyorlashning mustahkam mexanizmiga aylanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shanxay hamkorlik tashkilotining 25 yillik yubileyi va Bishkek sammiti arafasida ekspertlar jamiyati tashkilot faoliyatini sarhisob qilar ekan, gumanitar va ta\u02bclim sohasidagi hamkorlik tuzilmaning eng hayotbaxsh yo\u02bbnalishi ekanini e\u02bctirof etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunda ta\u02bckidlanganidek, SHHTning chorak asrga tatigulik eng katta yutug\u02bbi \u2014 turli siyosiy va madaniy qarashlarga ega davlatlar o\u02bbrtasida muloqot uzilmasligini ta\u02bcminlaganidadir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun xavfsizlik konsepsiyasi faqat harbiy yoki chegara omillari bilan cheklanib qolmay, <strong>raqamli taraqqiyot, sun\u02bciy intellekt, ekologiya va inson kapitalini rivojlantirish<\/strong> yo\u02bbnalishini ham qamrab olmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dunyo aholisining qariyb 40 foizini va ulkan intellektual resurslarni mujassam etgan tashkilot uchun ta\u02bclim integratsiyasi \u2014 geosiyosiy raqobat sharoitida barqarorlikni saqlashning yagona to\u02bbg\u02bbri yo\u02bblidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ma\u02bcnoda, Toshkentda muvaffaqiyatli o\u02bbtkazilgan <strong>\u201cKelajak muhandislari\u201d<\/strong> xalqaro festivali doirasida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a\u02bczo davlatlarning yoshlari o\u02bbrtasida <strong>\u201cSHHTning 100 nafar kelajak innovatori\u201d<\/strong> xalqaro tanlovi o\u02bbtkazilganligi alohida ta\u02bckidlash lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu kabi tadbirlar talabalar, yosh olimlar, muhandislik jamoalari va texnologik jamoalarni birlashtirib, SHHT makonida yoshlar diplomatiyasi va texnologik yetakchilikni mustahkamlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHT Davlat rahbarlari kengashi va sohaviy vazirlar yig\u02bbilishlarining yakuniy hujjatlari hamda deklaratsiyalarga muvofiq, Markaziy Osiyo va keng SHHT makonida ta\u02bclim va fan integratsiyasi oddiy yoki odatiy muassasalararo hamkorlik emas, balki mintaqada barqaror taraqqiyot, tinchlik, ahil qo\u02bbshnichilik va raqobatbardoshlikni ta\u02bcminlaydigan eng oqilona va strategik investitsiya sifatida e\u02bctirof etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0Xulosa o\u02bbrnida ta\u02bckidlash joizki, birgalikda yaratilayotgan raqamli ekotizimlar, \u201cyashil\u201d ilm-fan tashabbuslari va yoshlar o\u02bbrtasidagi samimiy akademik muloqot SHHT makonini global taraqqiyot va innovatsiyalarning qudratli dvigateliga aylantirishda hal qiluvchi o\u02bbrin tutadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Oliy ta\u02bclim, fan va innovatsiyalar vazirligi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>boshqarma boshlig\u02bbi Fazliddin MO\u02bbMINOV<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"","protected":false},"author":2,"featured_media":6549,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6600","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6600","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6600"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6600\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6601,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6600\/revisions\/6601"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6549"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6600"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6600"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6600"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}