{"id":6597,"date":"2026-09-04T10:30:38","date_gmt":"2026-09-04T08:30:38","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6597"},"modified":"2026-09-04T10:30:38","modified_gmt":"2026-09-04T08:30:38","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b0-%d0%ba%d0%be%d1%80%d0%b5%d1%8f-%d0%be%d1%82-%d0%b8%d0%bd%d0%b2%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/09\/04\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b0-%d0%ba%d0%be%d1%80%d0%b5%d1%8f-%d0%be%d1%82-%d0%b8%d0%bd%d0%b2%d0%b5\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston va Koreya Respublikasi: investitsiyaviy sheriklikdan texnologik kooperatsiya sari"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston\u2013Koreya munosabatlari rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo\u02bbymoqda. Ilgari ularning asosini savdo, investitsiyalar va uskunalar yetkazib berish tashkil etgan bo\u02bblsa, bugungi kunda asosiy e\u02bctibor sanoat va texnologik kooperatsiyani chuqurlashtirishga qaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qo\u02bbshma ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni mahalliylashtirish, strategik muhim xomashyo turlarini qayta ishlash hamda kadrlar salohiyatini rivojlantirish ikki tomonlama hamkorlik kun tartibining ustuvor yo\u02bbnalishlariga aylanmoqda. Bunday yondashuv har ikki mamlakatning uzoq muddatli ustuvor maqsadlariga mos keladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Koreya Respublikasi xomashyo manbalarini diversifikatsiya qilish va ta\u02bcminot barqarorligini oshirishga intilmoqda. O\u02bbzbekiston, o\u02bbz navbatida, resurslarni chuqur qayta ishlash, ilg\u02bbor texnologiyalarni o\u02bbzlashtirish hamda mamlakatda yaratiladigan qo\u02bbshilgan qiymatni oshirishdan manfaatdor. Ushbu manfaatlarning o\u02bbzaro uyg\u02bbunligi asosan investitsiyalarga tayangan hamkorlikdan keng qamrovli sanoat-texnologik sheriklikka o\u02bbtish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025-yil yakunlariga ko\u02bbra, ikki tomonlama savdo hajmi qariyb 1,8 milliard dollarni tashkil etdi. 2026-yil avgust oyida ikki mamlakat hukumatlari yillik tovar ayirboshlash hajmini yaqin istiqbolda 4 milliard dollarga yetkazish vazifasi yuklatilgan qo\u02bbshma ishchi guruhni tuzdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Investitsiyaviy hamkorlik ko\u02bblami ham sezilarli darajada kengaydi. O\u02bbzbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan Koreya investitsiyalarining umumiy hajmi 10 milliard dollardan oshgan bo\u02bblib, shundan qariyb 8 milliard dollari to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri xorijiy investitsiyalar hissasiga to\u02bbg\u02bbri keladi. Koreya biznesining mamlakatdagi ishtiroki ham izchil ortib bormoqda. Hozirgi kunda O\u02bbzbekistonda Koreya kapitali ishtirokidagi mingga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Taqqoslash uchun, 2019-yilda ularning soni 359 tani tashkil etgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yillar davomida shakllangan investitsiyaviy baza qator yirik loyihalarda amaliy ifodasini topdi. Ularning eng muhimi qariyb 4 milliard dollarlik \u201cUz-Kor Gas Chemical\u201d qo\u02bbshma korxonasi bo\u02bblib, u ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi eng yirik investitsiya loyihasidir. Korxonada ichki bozor va eksport uchun polietilen, polipropilen hamda tovar gazi ishlab chiqariladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avtomobilsozlik sanoati ham hamkorlikda muhim o\u02bbrin tutadi. ADM Jizzakh zavodi Kia Corporation bilan sheriklikda kichik uzelli yig\u02bbish usuli asosida keng turdagi avtomobillarni ishlab chiqarmoqda. \u201cUzAuto Components\u201d tarmog\u02bbiga kiruvchi korxonalarda \u201cUzAuto Motors\u201d avtomobillari uchun konditsioner tizimlari, o\u02bbrindiqlar, shtamplangan detallar va plastmassa qismlar kabi butlovchi buyumlar ishlab chiqarilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishlab chiqarish kooperatsiyasi to\u02bbqimachilik sanoatini ham qamrab olgan. \u201cPosco International\u201d guruhi korxonalari Farg\u02bbona va Buxoro viloyatlarida paxta tolasini qayta ishlab, yuqori sifatli ip-kalava va gazlamalarni Yevropa hamda Osiyo bozorlariga eksport qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkorlik farmatsevtika sohasida ham rivojlanmoqda. \u201cTashkent Pharma Park\u201d klasterida Koreya kompaniyalari xalqaro GMP sifat standartlariga muvofiq dori vositalarini ishlab chiqarish bo\u02bbyicha investorlar va texnologiya yetkazib beruvchilar sifatida ishtirok etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkorlik qamrovining kengayishi alohida investitsiya loyihalaridan ikki mamlakat korxonalari o\u02bbrtasidagi barqaror ishlab chiqarish kooperatsiyasiga o\u02bbtish uchun zamin yaratmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hamkorlik nima uchun yangi mazmun kasb etmoqda?<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jahon iqtisodiyotida kechayotgan o\u02bbzgarishlar sanoat va texnologik kooperatsiyaning chuqurlashuviga xizmat qilmoqda. Geosiyosiy noaniqlik, savdo cheklovlari va global ta\u02bcminot zanjirlarining qayta shakllanishi iqtisodiy xavfsizlikning ahamiyatini oshirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu masala Koreya Respublikasi uchun ayniqsa dolzarbdir. Mamlakatning elektronika, yarimo\u02bbtkazgichlar, avtomobilsozlik va akkumulyator ishlab chiqarish kabi yetakchi tarmoqlari xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarning barqaror yetkazib berilishiga bog\u02bbliq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Koreya Respublikasi elektron mahsulotlar ishlab chiqarish bo\u02bbyicha dunyoda uchinchi o\u02bbrinni egallaydi hamda xotira mikrosxemalari segmentida yetakchilik qiladi. Uning hissasiga jahon yarimo\u02bbtkazgichlar bozorining qariyb 13\u201315 foizi to\u02bbg\u02bbri keladi. Shuningdek, mamlakat dunyoning yettita yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi va akkumulyator texnologiyalari sohasidagi uchta yetakchi davlat qatoriga kiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yetakchi tarmoqlarning tashqi yetkazib berishga bog\u02bbliqligi Seulni iqtisodiy aloqalar ko\u02bblamini kengaytirish hamda xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar manbalarini diversifikatsiya qilishga undamoqda. Shu sharoitda salmoqli resurs bazasiga ega va sanoatni modernizatsiya qilishdan manfaatdor bo\u02bblgan Markaziy Osiyoning ahamiyati ortib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayni paytda, O\u02bbzbekiston jalb etilayotgan investitsiyalar sifatiga nisbatan talablarni oshirmoqda. Hozirgi bosqichda investitsiyalarning nafaqat hajmi, balki texnologik samarasi ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy e\u02bctibor yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, xomashyoni chuqur qayta ishlash, eksport salohiyatini rivojlantirish va malakali kadrlar tayyorlashga qaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Koreya Respublikasining ishonchli xomashyo manbalariga ehtiyoji hamda O\u02bbzbekistonning ushbu resurslarni chuqur qayta ishlashni rivojlantirishga intilishi kritik minerallar sohasidagi hamkorlikka alohida ahamiyat kasb etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Xomashyo almashinuvidan qo\u02bbshilgan qiymat zanjiri sari<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston mis, volfram, litiy, molibden, rux va boshqa talab yuqori bo\u02bblgan resurslar zaxiralariga ega. Koreya Respublikasi uchun ular yuqori texnologiyali sanoat xomashyo bazasining muhim tarkibiy qismi sifatida katta qiziqish uyg\u02bbotadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Toshkent uchun ustuvor vazifa faqat xomashyo eksportini kengaytirish emas, balki uni mamlakat ichida izchil ravishda chuqur qayta ishlashdan iborat. Shu nuqtayi nazardan, resurslarni qazib olish va qayta ishlash, oraliq mahsulot ishlab chiqarish hamda undan keyingi ishlab chiqarish jarayonlarida foydalanishni yagona qiymat yaratish zanjiriga birlashtiradigan model istiqbolli ko\u02bbrinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday yondashuv har ikki tomonning manfaatlariga mos keladi. U Koreya Respublikasiga strategik xomashyo manbalarini diversifikatsiya qilish va ta\u02bcminot barqarorligini oshirish imkonini beradi. O\u02bbzbekiston uchun esa qayta ishlash ko\u02bblamini kengaytirish, yangi texnologik jarayonlarni o\u02bbzlashtirish hamda yuqori qo\u02bbshilgan qiymatli mahsulotlar ulushini oshirish uchun sharoit yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Texnologik siklning ayrim bosqichlarini O\u02bbzbekiston hududida mahalliylashtirish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ishlab chiqarish operatsiyalari mamlakat ichida qanchalik ko\u02bbp amalga oshirilsa, sanoat rivoji, bandlikni ta\u02bcminlash va milliy kadrlarni tayyorlashga ta\u02bcsiri shunchalik salmoqli bo\u02bbladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shunday qilib, asosan, xomashyo va uskunalar yetkazib berishga tayangan an\u02bcanaviy hamkorlik modeli bosqichma-bosqich qo\u02bbshilgan qiymatni birgalikda yaratishga asoslangan model bilan boyib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Texnologiyalar, moliyalashtirish va kadrlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish investitsiyalar bilan bir qatorda, ilg\u02bbor texnologiyalar, uzoq muddatli moliyalashtirish va malakali kadrlarni ham talab etadi. Ushbu imkoniyatlarni o\u02bbzaro uyg\u02bbunlashtirish O\u02bbzbekiston\u2013Koreya sherikligining muhim ustunligiga aylanishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkorlikni chuqurlashtirish uchun zarur moliyaviy va institutsional asos allaqachon shakllanmoqda. Koreya Respublikasining Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg\u02bbarmasi (EDCF) bilan sheriklik doirasida O\u02bbzbekiston uchun imtiyozli moliyalashtirish limiti 2 milliard dollarga oshirildi. Ushbu mablag\u02bblar raqamlashtirish, sog\u02bbliqni saqlash, ta\u02bclim va infratuzilma sohalaridagi loyihalarga yo\u02bbnaltirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Koreya Eksimbanki ham qo\u02bbshimcha imkoniyatlar taqdim etmoqda. Bank O\u02bbzbekiston tijorat banklariga ajratiladigan kredit liniyalari orqali Koreya sanoat uskunalarini xarid qilishni moliyalashtirishda ishtirok etmoqda. Eksport xatarlarini sug\u02bburtalash mexanizmlari ham qo\u02bbshma tashabbuslarni amalga oshirishga bank kapitalini jalb etishga ko\u02bbmaklashmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Moliyaviy vositalar texnologik hamkorlikning kengayishi bilan to\u02bbldirilmoqda. 2026-yil avgust oyida tomonlar sun\u02bciy intellekt va raqamli transformatsiya sohalaridagi hamkorlikni faollashtirdi. Koreya Milliy axborot jamiyati agentligi (NIA) ko\u02bbmagida raqamli davlat boshqaruvi, ma\u02bclumotlarni standartlashtirish va sun\u02bciy intellekt yechimlarini joriy etish yo\u02bbnalishlaridagi hamkorlik rivojlantirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston uchun bu ish faqat ayrim tarmoqlarni raqamlashtirish nuqtayi nazaridan muhim emas. Ishlab chiqarish ma\u02bclumotlarini standartlashtirish, avtomatlashtirish va sun\u02bciy intellektdan foydalanish unumdorlikni oshirishi hamda zamonaviy \u201caqlli\u201d ishlab chiqarishlarni rivojlantirish uchun zamin yaratishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kadrlar tayyorlash ham muhim yo\u02bbnalishlardan biri bo\u02bblib qolmoqda. O\u02bbzbekistonda faoliyat yuritayotgan Janubiy Koreyaning to\u02bbrtta universiteti \u2014 Yodju, Inha, Puchon va Kimyo xalqaro universiteti filiallarida iqtisodiyotning yangi tarmoqlari uchun muhandislar, IT mutaxassislari va texnologlar tayyorlanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u02bclim yo\u02bbnalishi EPS tizimi doirasida o\u02bbzbekistonlik mutaxassislarni Koreya Respublikasida uyushgan holda ishga joylashtirish bilan to\u02bbldirilmoqda. Koreyaning sanoat va kemasozlik korxonalaridagi mehnat faoliyati ularga amaliy ko\u02bbnikmalarni egallash hamda zamonaviy ishlab chiqarish madaniyati bilan tanishish imkonini bermoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu mexanizmning ahamiyati bosqichma-bosqich mehnat mobilligi doirasidan chiqib bormoqda. O\u02bbzlashtirilgan kompetensiyalardan samarali foydalanilgan taqdirda, u ishlab chiqarish tajribasi va kasbiy bilimlarni transfer qilish kanallaridan biriga aylanishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Moliyaviy vositalar, texnologiyalar va kadrlar tayyorlashning uyg\u02bbunligi ishlab chiqarish kooperatsiyasini chuqurlashtirish uchun zarur asosni shakllantirmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Ikki tomonlama sheriklikdan mintaqaviy hamkorlik sari<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston\u2013Koreya hamkorligining Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo o\u02bbrtasidagi mintaqaviy kun tartibiga kiritilishi qo\u02bbshimcha imkoniyatlar ochmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2026-yil 16\u201317-sentabr kunlari Seul shahrida Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyoning besh davlati rahbarlarining birinchi sammitini o\u02bbtkazish rejalashtirilgan. Yangi format Seulning mintaqaga sanoat, texnologik va resurs kooperatsiyasi uchun istiqbolli yo\u02bbnalish sifatida qiziqishi ortib borayotganini ko\u02bbrsatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur format O\u02bbzbekiston uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Yirik ichki bozor, salmoqli demografik salohiyat, boy resurs bazasi va rivojlanayotgan sanoat mamlakatning muhim ustunliklaridir. Koreya biznesi va moliya institutlari bilan hamkorlikda to\u02bbplangan katta tajriba ham O\u02bbzbekistonning mintaqadagi mavqeyini mustahkamlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu omillar majmui O\u02bbzbekistonga Koreya Respublikasining Markaziy Osiyo bilan sanoat va texnologik hamkorligidagi yetakchi maydonlardan biri sifatida o\u02bbrin egallash imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishlab chiqarish zanjirlarini izchil rivojlantirish, texnologiyalarni mahalliylashtirish va kadrlar tayyorlash O\u02bbzbekiston\u2013Koreya hamkorligini Markaziy Osiyoda investitsiyaviy sheriklikdan sanoat va texnologik kooperatsiyaga o\u02bbtishning yorqin namunalaridan biriga aylantirishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><em>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi, iqtisodiyot fanlari doktori<\/em><em> <strong>Dmitriy Trostyanskiy<\/strong><\/em><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6598,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6597","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6597","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6597"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6597\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6599,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6597\/revisions\/6599"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6598"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6597"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6597"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6597"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}