{"id":6588,"date":"2026-08-28T16:46:48","date_gmt":"2026-08-28T14:46:48","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6588"},"modified":"2026-08-28T16:46:48","modified_gmt":"2026-08-28T14:46:48","slug":"%d0%b1%d0%b8%d1%88%d0%ba%d0%b5%d0%ba%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%bc%d0%b8%d1%82-%d1%88%d0%be%d1%81-%d1%8d%d0%ba%d0%be%d0%bd%d0%be%d0%bc%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d0%ba%d0%b0%d1%8f","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/08\/28\/%d0%b1%d0%b8%d1%88%d0%ba%d0%b5%d0%ba%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%bc%d0%b8%d1%82-%d1%88%d0%be%d1%81-%d1%8d%d0%ba%d0%be%d0%bd%d0%be%d0%bc%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d0%ba%d0%b0%d1%8f\/","title":{"rendered":"SHHTning Bishkek sammiti: hamkorlikning yangi bosqichidagi iqtisodiy kun tartibi"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHTning 25 yilligiga kelib, Tashkilotning iqtisodiy tarkibiy qismi tobora aniq va amaliy mazmun kasb etmoqda. Bugungi kunda birlashma 3,4 milliarddan ortiq aholiga ega 10 ta davlatni qamrab oladi. Ular jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb chorak qismi va xalqaro savdoning 15 foizdan ortig\u2018ini tashkil etadi. Bozorlar, resurslar va ishlab chiqarish salohiyatining bunday jamlanishi investitsiyalar, kooperatsiya va o\u2018zaro bog\u2018langan infratuzilmani rivojlantirish uchun salmoqli asos yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n2026-yil 31-avgust \u2013 1-sentabr kunlari Bishkek shahrida Qirg\u2018izistonning SHHTga raisligi yakunlanadigan yubiley sammiti bo\u2018lib o\u2018tadi. Mazkur sammit Tyanjin shahrida qabul qilingan Tashkilotni 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishning birinchi yiliga to\u2018g\u2018ri keladi. Investitsiya, savdo va sanoat kun tartibi nuqtayi nazaridan ushbu davr, eng avvalo, korxonalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, to\u2018siqlarni kamaytirish, tartib-taomillarni soddalashtirish, ishlab chiqarish aloqalarini kengaytirish, transport va raqamli infratuzilmani rivojlantirish hamda moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bilan bog\u2018liq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\nO\u2018zbekiston uchun bunday yondashuv SHHTning iqtisodiy tarkibiy qismini kuchaytirishga qaratilgan izchil siyosatning mantiqiy davomi hisoblanadi. 2022-yilgi Samarqand sammiti muhim bosqich bo\u2018lib, unda barqaror ta\u2019minot zanjirlarini shakllantirish, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta\u2019minlash sohasidagi tashabbuslar mustahkamlandi hamda iqtisodiy hamkorlik uchun imkoniyatlar kengaytirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\nMazkur salohiyatning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati asosiy ko\u2018rsatkichlar dinamikasida ham o\u2018z aksini topmoqda. 2025-yilda O\u2018zbekistonning SHHT davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 40,6 milliard dollarni tashkil etib, 21,7 foizga oshdi. 2026-yil yanvar\u2013iyun oylarida ushbu ko\u2018rsatkich 21,9 milliard dollarga yetdi. Tashkilot davlatlaridan jalb qilingan investitsiyalar hajmi 2025-yilda 24,8 milliard dollarni, 2026-yilning birinchi yarim yilligida esa 17,8 milliard dollarni tashkil etdi. Qo\u2018shma investitsiya portfeli umumiy qiymati 102,8 milliard dollarlik 1 438 ta loyihani o\u2018z ichiga oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Erishilgan hajmlar iqtisodiy aloqalarning sifatiga, ya\u2019ni tayyor mahsulot ulushini oshirish, qo\u2018shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish, texnologik jarayonlarni mahalliylashtirish va yangi mamlakatlar bozorlariga chiqish imkonini beruvchi qo\u2018shilgan qiymat zanjirlarini shakllantirishga yanada katta e\u2019tibor qaratish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday aloqalarni rivojlantirish uchun korxonalar ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo\u2018nalishlarini aniq ko\u2018ra olishi zarur. Shu nuqtayi nazardan, 2026-yil iyun oyida nizomi kelishilgan Sanoat sohasidagi investitsiya loyihalarining ma\u2019lumotlar banki muhim vositalardan biri bo\u2018lishi mumkin. Uning ahamiyati investitsiya tashabbuslarini davlatlarning mavjud salohiyati, xomashyo va butlovchi qismlarga bo\u2018lgan ehtiyojlari, mavjud infratuzilma hamda potensial sotuv bozorlari bilan o\u2018zaro muvofiqlashtirish imkoniyatida namoyon bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\nMazkur tizimni SHHTning Sanoat kooperatsiyasi xaritasini yaratish orqali yanada rivojlantirish mumkin. Bunday xarita alohida tashabbuslarni yagona ishlab chiqarish zanjirlariga birlashtirish va turli davlatlarning imkoniyatlari bir-birini qaysi yo\u2018nalishlarda to\u2018ldirishini aniqlash imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\nDastlabki bosqichda istiqbolli yo\u2018nalishlar sifatida tegishli xomashyo bazasi, ishlab chiqarish salohiyati va sotuv kanallariga ega bo\u2018lgan to\u2018qimachilik hamda agrosanoat tarmoqlarini ko\u2018rsatish mumkin. Kelgusida bunday yondashuvni mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, kimyo sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalariga ham tatbiq etish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\nHar bir tashabbus bo\u2018yicha bunday model hamkorlarni, moliyalashtirish manbalarini, amalga oshirish muddatlarini, mahalliylashtirish parametrlarini va sotuv bozorlarini belgilashni nazarda tutadi. Bu esa loyiha iqtisodiyotini hamda har bir ishtirokchining rolini oldindan shakllantirish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\nShundan kelib chiqib, moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlash masalasi ham bevosita kun tartibiga chiqadi. 2025-yilda manfaatdor a\u2019zo davlatlar SHHT Taraqqiyot bankini tashkil etish bo\u2018yicha siyosiy qaror qabul qildilar. 2026-yil iyun oyining oxirida esa uni tashkil etish va faoliyat yuritishi masalalari bo\u2018yicha navbatdagi maslahatlashuvlar bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday institutning istiqboldagi roli, avvalo, samarasi bir nechta davlatga taalluqli bo\u2018lgan loyihalarni \u2014 transport va energetika infratuzilmasini, sanoat zanjirlarini, raqamli tarmoqlar va logistika markazlarini moliyalashtirish bilan bog\u2018liq bo\u2018lishi mumkin. Amaldagi taraqqiyot institutlari bilan hamkorlik, loyihalarni tanlashning shaffof mezonlari va moliyaviy barqarorlik loyiha asosida moliyalashtirish uchun mavjud vositalarni kengaytirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\nIshlab chiqarish kooperatsiyasining samaradorligi, o\u2018z navbatida, xomashyo, butlovchi qismlar va tayyor mahsulotlarning qanchalik tez va prognoz qilinadigan tarzda harakatlanishiga bevosita bog\u2018liq. Shu sababli moliyaviy va sanoat bloklari transportni rivojlantirish bilan chambarchas bog\u2018liq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\nO\u2018zbekiston uchun ushbu omil alohida ahamiyatga ega. Dengiz portlariga to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri chiqish imkoniyatining mavjud emasligi logistika masalasini milliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta\u2019minlovchi muhim shartlardan biriga aylantiradi. Ustuvor vazifa yuk oqimlarini moslashuvchan tarzda taqsimlash va turli yetkazib berish yo\u2018nalishlariga kirish imkoniyatini saqlab qolish imkonini beradigan barqaror yo\u2018nalishlar tarmog\u2018ini shakllantirishdan iborat.<\/p>\n<p>SHHT hududi Sharq \u2013 G\u2018arb va Shimol \u2013 Janub yo\u2018nalishlarini, avtomobil va temir yo\u2018l liniyalarini, shuningdek, multimodal tashuvlar imkoniyatlarini qamrab oladi. Biznes uchun bunday tarmoqning samaradorligi infratuzilmaning o\u2018tkazuvchanlik qobiliyati, tartib-taomillarning o\u2018zaro muvofiqligi va jo\u2018natuvchidan yakuniy bozorgacha bo\u2018lgan butun zanjirning qanchalik tez ishlashiga bog\u2018liq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\nShu bois transport yo\u2018nalishlarini rivojlantirish jarayoni raqamlashtirish bilan bevosita bog\u2018liq. Bojxona va ruxsat beruvchi hujjatlarni elektron almashish, nazorat organlarini oldindan xabardor qilish, milliy axborot tizimlarining o\u2018zaro mosligini ta\u2019minlash hamda yuklarni butun yo\u2018nalish bo\u2018ylab kuzatib borish transport jarayonlaridagi ma\u2019muriy kechikishlarni kamaytiradi va tashuvlarni prognoz qilish imkoniyatini oshiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018plangan ma\u2019lumotlardan foydalanish sun\u2019iy intellekt uchun ham qo\u2018shimcha imkoniyatlarni ochib beradi. Jumladan, yuk oqimlarini prognoz qilish, yo\u2018nalishlarni optimallashtirish, ombor infratuzilmasini boshqarish va xatarlarni baholashda sun\u2019iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish mumkin. Bu esa axborot xavfsizligi va milliy raqamli tizimlarni himoya qilish bo\u2018yicha muvofiqlashtirilgan yondashuvlarni talab etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\nUshbu vositalarning barchasi, pirovardida, savdoni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ishlab chiqarish kooperatsiyasi tovarlar bazasini kengaytiradi, moliyalashtirish yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishni ta\u2019minlaydi, logistika korxonalarni bozorlar bilan bog\u2018laydi, raqamli yechimlar esa vaqt va ma\u2019muriy xarajatlarni qisqartiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Talablarning shaffofligi, elektron hujjatlarni o\u2018zaro tan olish va tartib-taomillarning muvofiqlashtirilishi qo\u2018shimcha samara beradi. Bu SHHT davlatlari bozorlariga kichik va o\u2018rta biznesning kirishini yengillashtiradi hamda investorlar uchun yanada prognoz qilinadigan muhitni shakllantiradi. Aynan shu darajada ko\u2018p tomonlama hamkorlikning afzalliklari korxonalar faoliyatida bevosita namoyon bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\nMintaqaning iqtisodiy salohiyatini ilgari surishga uning xalqaro miqyosda tanilishi ham xizmat qiladi. Sammit kunlarida Markaziy Osiyoga e\u2019tiborni yanada kuchaytiradigan tadbirlardan biri VI Butunjahon ko\u2018chmanchilar o\u2018yinlari bo\u2018ladi. Mazkur yirik tadbir mintaqaning investitsiyaviy va eksport salohiyati, milliy brendlari hamda biznes tashabbuslarini namoyish etish uchun qulay axborot maydonini yaratadi. Bu O\u2018zbekiston uchun xalqaro auditoriyaga mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini namoyish etishning qo\u2018shimcha imkoniyatidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston uchun SHHTning ahamiyati rivojlangan ikki tomonlama aloqalarni ko\u2018p tomonlama formatda ayniqsa samarali bo\u2018lgan vositalar bilan to\u2018ldirish imkoniyatida namoyon bo\u2018ladi. Gap bir nechta davlatlarning ishlab chiqarish salohiyatini birlashtiruvchi loyihalar, umumiy infratuzilma, yangi transport yo\u2018nalishlari va moliyaviy mexanizmlar haqida bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\nShu nuqtayi nazardan, Bishkek sammiti Tashkilotning iqtisodiy kun tartibini yanada rivojlantirishning muhim bosqichiga aylanadi. Uning amaliy mazmun bilan boyitilishi korxonalarning bozorlarga, investitsiya resurslari va logistika imkoniyatlariga kirishini kengaytirish, ayni paytda sanoat kooperatsiyasi uchun yangi shart-sharoitlarni yaratish imkonini beradi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6549,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6588","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6588","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6588"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6588\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6589,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6588\/revisions\/6589"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6549"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6588"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6588"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6588"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}