{"id":6568,"date":"2026-08-24T21:27:27","date_gmt":"2026-08-24T19:27:27","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6568"},"modified":"2026-08-24T21:27:27","modified_gmt":"2026-08-24T19:27:27","slug":"%d0%bf%d0%b5%d1%80%d1%81%d0%bf%d0%b5%d0%ba%d1%82%d0%b8%d0%b2%d1%8b-%d1%81%d0%be%d1%82%d1%80%d1%83%d0%b4%d0%bd%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b0-%d0%bc%d0%b5%d0%b6%d0%b4%d1%83-%d1%80%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/08\/24\/%d0%bf%d0%b5%d1%80%d1%81%d0%bf%d0%b5%d0%ba%d1%82%d0%b8%d0%b2%d1%8b-%d1%81%d0%be%d1%82%d1%80%d1%83%d0%b4%d0%bd%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b0-%d0%bc%d0%b5%d0%b6%d0%b4%d1%83-%d1%80%d0%b5\/","title":{"rendered":"Markaziy Osiyo \u2013 Koreya Respublikasi hamkorlik forumi doirasida O\u2018zbekiston va Koreya Respublikasi o\u2018rtasidagi hamkorlik istiqbollari"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Koreya Respublikasi o\u2018rtasidagi strategik hamkorlik so\u2018nggi yillarda izchil rivojlanib, iqtisodiyot, investitsiyalar, yuqori texnologiyalar, raqamlashtirish hamda davlat moliyasini boshqarish kabi ustuvor yo\u2018nalishlarda yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Ikki mamlakat o\u2018rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, ilg\u2018or tajribalarni o\u2018rganish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasidagi aloqalar alohida ahamiyat kasb etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Markaziy Osiyo \u2013 Koreya Respublikasi hamkorlik forumi doirasida mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo\u2018nalishlarini belgilash, innovatsion va yuqori texnologiyali tarmoqlarda qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, inson kapitalini rivojlantirish masalalariga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur jarayon O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 14\u201317-sentabr kunlari Koreya Respublikasiga oliy darajadagi tashrifi arafasida yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tashrif doirasida ikki mamlakat o\u2018rtasidagi strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo\u2018yicha yangi kelishuvlarga erishish uchun muhim imkoniyatlar yaratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xususan, davlat moliyasini boshqarish va g\u2018aznachilik tizimini modernizatsiya qilish yo\u2018nalishida O\u2018zbekiston va Koreya Respublikasi o\u2018rtasidagi hamkorlik ham izchil rivojlanib bormoqda. Jumladan, g\u2018aznachilik tizimini modernizatsiya qilish hamda \u201cRaqamli g\u2018azna\u201d tizimiga bosqichma-bosqich o\u2018tish doirasida Koreya Respublikasining ilg\u2018or tajribasi o\u2018rganilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Joriy yilning 5\u201310-aprel kunlari Koreya Respublikasida Koreya fiskal axborot xizmati (KFIS) tomonidan davlat moliyasini boshqarish axborot tizimlari va sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini joriy etishga bag\u2018ishlangan o\u2018quv-amaliy seminar tashkil etildi. Unda O\u2018zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G\u2018aznachilik xizmati qo\u2018mitasi delegatsiyasi ishtirok etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tashrif davomida Koreya Respublikasida davlat moliyasini boshqarish sohasida qo\u2018llanilayotgan ilg\u2018or axborot tizimlari, jumladan, \u201cdBrain+\u201d, \u201ce-Naradoum\u201d va \u201ce-Hojo\u201d tizimlarining ishlash mexanizmlari, funksional imkoniyatlari hamda davlat moliyasini boshqarish jarayonlarini raqamlashtirishdagi o\u2018rni batafsil o\u2018rganildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, G\u2018aznachilik xizmati qo\u2018mitasi va Koreya fiskal axborot xizmati o\u2018rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ikki tomonlama hamkorlikni institutsional jihatdan yanada mustahkamlash, tajriba almashishni kengaytirish hamda davlat moliyasini boshqarish axborot tizimlarini takomillashtirish bo\u2018yicha amaliy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, Koreya fiskal axborot xizmati rahbariyati bilan o\u2018tkazilgan uchrashuvlar davomida O\u2018zbekiston davlat moliyasini boshqarish axborot tizimlarini modernizatsiya qilish jarayoniga Koreya Respublikasidan yuqori malakali ekspertni jalb etish bo\u2018yicha kelishuvga erishildi. Koreya \u00a0bilan yarimo\u2018tkazgichlar ekotizimini shakllantirish, \u201cOSAT\u201d <em>(chiplarni qadoqlash va sinovdan o\u2018tkazish jarayoni)<\/em> hamda \u201cIC Design\u201d loyihalarini amalga oshirish bo\u2018yicha hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yish istiqbollari mavjud.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yarimo\u2018tkazgichlar uchun xomashyo va yuqori tozalikdagi kimyoviy materiallar ishlab chiqarish sohasida Koreya Respublikasining ilg\u2018or texnologiyalarini O\u2018zbekistonga jalb etish, mahalliy mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yish hamda mamlakatimizda <em>\u201csemiconductor materials\u201d<\/em> bazasini shakllantirish imkoniyatlarini o\u2018rganish muhim yo\u2018nalishlardan biri sifatida belgilanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yarimo\u2018tkazgichlar sohasida \u201cSK Group\u201d, xususan, \u201cSK Hynix\u201d bilan hamkorlikni rivojlantirish doirasida texnologiyalar transferini amalga oshirish, \u201cIC Design\u201d bo\u2018yicha ta\u2019lim dasturlarini yo\u2018lga qo\u2018yish, mahalliy muhandislar va chip dizayni bo\u2018yicha mutaxassislarni tayyorlash, qo\u2018shma o\u2018quv dasturlarini, shu jumladan, grantlar asosidagi loyihalarni amalga oshirish hamda ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etish bo\u2018yicha hamkorlik istiqbollari ko\u2018rib chiqilmoqda. Mazkur tashabbuslarning amalga oshirilishi O\u2018zbekistonda zamonaviy elektronika va yarimo\u2018tkazgichlar sanoatini rivojlantirish, yuqori malakali muhandislik kadrlarini tayyorlash, ilg\u2018or texnologiyalarni mahalliylashtirish hamda yuqori qo\u2018shilgan qiymatga ega yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun muhim zamin yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Koreya Respublikasining ilg\u2018or texnologik va institutsional tajribasini O\u2018zbekistonda qo\u2018llash, o\u2018zaro manfaatli investitsiyaviy loyihalarni kengaytirish hamda zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan tashabbuslar ikki mamlakat o\u2018rtasidagi strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu jihatdan, Markaziy Osiyo \u2013 Koreya Respublikasi hamkorlik forumi va oliy darajadagi tashrif doirasida ilgari surilayotgan tashabbuslar O\u2018zbekiston va Koreya Respublikasi o\u2018rtasidagi ko\u2018p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, yangi texnologik loyihalarni amalga oshirish hamda uzoq muddatli istiqbolda yuqori qo\u2018shilgan qiymatga ega tarmoqlarni rivojlantirish uchun muhim asos bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6562,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6568","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6568","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6568"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6568\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6569,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6568\/revisions\/6569"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6568"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6568"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6568"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}