{"id":6566,"date":"2026-08-24T21:25:03","date_gmt":"2026-08-24T19:25:03","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6566"},"modified":"2026-08-24T21:25:03","modified_gmt":"2026-08-24T19:25:03","slug":"ozbekcha-shhtning-yangi-moliyaviy-arxitekturasi-muvofiqlashtirishdan-amaliy-taraqqiyot-mexanizmlari-sari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/08\/24\/ozbekcha-shhtning-yangi-moliyaviy-arxitekturasi-muvofiqlashtirishdan-amaliy-taraqqiyot-mexanizmlari-sari\/","title":{"rendered":"SHHTning yangi moliyaviy arxitekturasi: muvofiqlashtirishdan amaliy taraqqiyot mexanizmlari sari"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida geosiyosiy ziddiyatlar, savdo va\u00a0 investitsiya oqimlarining fragmentatsiyasi, global ta\u02bcminot zanjirlaridagi uzilishlar hamda moliyaviy resurslar qiymatining yuqoriligi davlatlar oldiga yangi vazifalarni qo\u02bbymoqda. Bunday sharoitda mintaqaviy hamkorlikning barqaror moliyaviy mexanizmlarini shakllantirish nafaqat iqtisodiy o\u02bbsish, balki uzoq muddatli barqarorlikni ta\u02bcminlashning muhim omiliga aylanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu nuqtayi nazardan, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida moliyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. SHHT makoni dunyo aholisining 40 foizdan ortig\u02bbini va global yalpi ichki mahsulotning chorak qismidan ziyodini qamrab oladi. Bunday ulkan iqtisodiy salohiyat tashkilot doirasida savdo, investitsiya va sanoat kooperatsiyasini qo\u02bbllab-quvvatlaydigan zamonaviy moliyaviy arxitekturani shakllantirish uchun mustahkam asos yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Iqtisodiy hamkorlik ko\u02bblamining kengayishi uni moliyaviy ta\u02bcminlash masalasining ahamiyatini ham oshirdi. Shu ma\u02bcnoda, SHHT doirasida so\u02bbnggi yillarda kuzatilayotgan jarayonlar tashkilotning o\u02bbziga xos yangi moliyaviy infratuzilmasi bosqichma-bosqich shakllanayotganini ko\u02bbrsatmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Yangi iqtisodiy voqelik \u2014 yangi moliyaviy ehtiyojlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHTning moliyaviy infratuzilmasi kengayishining asosida, eng avvalo, tashkilotning o\u02bbzida sodir bo\u02bblgan iqtisodiy o\u02bbzgarishlar yotadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birinchi omil \u2014 iqtisodiy hamkorlik ko\u02bblamining kengayishi. SHHT makonida savdo va investitsiyalar bilan bir qatorda sanoat kooperatsiyasi, energetika, raqamlashtirish va texnologik hamkorlikning rivojlanishi uzoq muddatli moliyaviy resurslarga bo\u02bblgan ehtiyojni oshirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchi omil \u2014 transchegaraviy loyihalar soni va ko\u02bblamining ortishi. Bir nechta davlat hududini qamrab oladigan transport koridorlari, elektr energetikasi tarmoqlari, logistika markazlari va boshqa infratuzilma obyektlarini amalga oshirish odatda katta hajmdagi va uzoq muddatli investitsiyalarni talab etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchinchi omil \u2014 SHHT tarkibining kengayishi va iqtisodiyotlarning xilma-xilligi. Tashkilot makonida yirik kapital bozorlariga ega iqtisodiyotlar bilan bir qatorda dengizga chiqish imkoniyati bo\u02bblmagan va infratuzilmaviy investitsiyalarga yuqori ehtiyoj sezayotgan davlatlar ham mavjud. Bu esa turli iqtisodiyotlarning manfaatlarini birlashtira oladigan ko\u02bbp tomonlama moliyaviy mexanizmlarga bo\u02bblgan talabni shakllantirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u02bbrtinchi omil \u2014 global moliyaviy muhitdagi o\u02bbzgarishlar. Xalqaro kapital qiymatining o\u02bbzgaruvchanligi, tashqi shoklar va valyuta xatarlari mintaqaviy moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish masalasining ahamiyatini oshirdi. Shu o\u02bbrinda, milliy valyutalarda hisob-kitoblarni kengaytirish ham SHHT moliyaviy kun tartibining alohida yo\u02bbnalishiga aylandi. 2022-yilda Samarqand sammitida o\u02bbzaro hisob-kitoblarda milliy valyutalar ulushini bosqichma-bosqich oshirish bo\u02bbyicha \u201cyo\u02bbl xaritasi\u201d tasdiqlangan edi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shunday qilib, yangi moliyaviy institutlarga bo\u02bblgan ehtiyoj alohida tashabbus sifatida emas, balki SHHT makonida savdo, investitsiya va transchegaraviy iqtisodiy aloqalar ko\u02bblamining o\u02bbsishidan kelib chiqqan obyektiv jarayon sifatida shakllandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Yangi bosqich \u2014 yangi moliyaviy mexanizmlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2024-yilda Ostona bo\u02bblib o\u02bbtgan SHHT Sammiti doirasida o\u02bbzaro investitsiyalarni, birinchi navbatda infratuzilma, yuqori texnologiyalar va\u00a0 xizmatlar sohasida rag\u02bbbatlantirish bilan bir qatorda bunday loyihalarni moliyaviy qo\u02bbllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy qilish hamda SHHT Taraqqiyot jamg\u02bbarmasi va Taraqqiyot banki masalasini ko\u02bbrib chiqishga qaytish muhimligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bir yil o\u02bbtib, 2025-yil 1-sentabrda Tyanszinda bo\u02bblib o\u02bbtgan SHHT Davlat rahbarlari kengashining 25-yig\u02bbilishida manfaatdor a\u02bczo davlatlar tomonidan SHHT Taraqqiyot bankini tashkil etish to\u02bbg\u02bbrisida siyosiy konsensusga erishildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Taraqqiyot bankining shakllanishi SHHTning moliyaviy infratuzilmasi yangi bosqichga o\u02bbtishiga turtki bo\u02bblishi kutilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, milliy valyutalarda hisob-kitoblarni kengaytirish, banklararo aloqalar, qo\u02bbshma moliyalashtirish instrumentlari va davlat moliyasini raqamlashtirish bo\u02bbyicha hamkorlikning rivojlanishi SHHT moliyaviy infratuzilmasining faqat bitta institut bilan cheklanib qolmayotganini ko\u02bbrsatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHTning yangi moliyaviy arxitekturasi faqat bitta bankni tashkil etish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Aksincha, u o\u02bbzaro bir-birini to\u02bbldiruvchi moliyaviy institutlar va instrumentlarni yagona tizimga birlashtirishi maqsadga muvofiq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunda SHHT Taraqqiyot banki, Banklararo birlashma, a\u02bczo davlatlarning milliy taraqqiyot institutlari, tijorat banklari va investitsiya jamg\u02bbarmalari o\u02bbrtasida samarali hamkorlik mexanizmlarini yo\u02bblga qo\u02bbyish muhim. Shu bilan birga, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Yangi taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevroosiyo taraqqiyot banki kabi mavjud ko\u02bbp tomonlama institutlar bilan hamkorlikda qo\u02bbshma moliyalashtirish imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u02bbzbekiston uchun yangi imkoniyatlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHT moliyaviy infratuzilmasining shakllanishi O\u02bbzbekiston uchun bir qator obyektiv iqtisodiy afzalliklar bilan bog\u02bbliq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Eng avvalo, O\u02bbzbekistonning geografik joylashuvi bu jarayonga alohida ahamiyat beradi. Mamlakat Markaziy Osiyoning markazida joylashgan va SHHT makonidagi yirik iqtisodiyotlarni Janubiy va Markaziy Osiyo bozorlari bilan bog\u02bblaydigan transport yo\u02bbnalishlarining muhim bo\u02bbg\u02bbini hisoblanadi. Xitoy \u2013 Qirg\u02bbiziston \u2013 O\u02bbzbekiston temir yo\u02bblining qurilishi buning eng yirik misollaridan biridir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu sababli SHHT doirasida transchegaraviy loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlarining kengayishi O\u02bbzbekiston uchun transport, energetika va logistika infratuzilmasiga qo\u02bbshimcha uzoq muddatli resurslarni jalb qilish imkoniyatlarini ham kengaytiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchidan, yangi moliyaviy mexanizmlar sanoat kooperatsiyasi uchun moliyaviy bazaning kengayishi bilan bog\u02bbliq. O\u02bbzbekistonda sanoatni modernizatsiya qilish, yuqori qo\u02bbshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish va\u00a0 qo\u02bbshma ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish jarayoni SHHTning yirik bozorlari bilan tobora ko\u02bbproq bog\u02bblanmoqda. Shu nuqtayi nazardan, mintaqaviy loyihalarni moliyalashtirish instrumentlarining ko\u02bbpayishi qo\u02bbshma investitsiya loyihalarining moliyaviy manbalari diversifikatsiyasiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchinchidan, SHHT moliyaviy infratuzilmasining rivojlanishi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish imkonini kengaytiradi. Bu O\u02bbzbekiston uchun mavjud xalqaro moliya institutlari va ikki tomonlama kreditorlar bilan hamkorlikni yangi mintaqaviy moliyaviy mexanizmlar bilan to\u02bbldirish imkoniyatini anglatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Moliyaviy hamkorlikning yangi bosqichi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">SHHT o\u02bbz taraqqiyotining yangi bosqichiga kirib bormoqda. Agar tashkilotning dastlabki davrida xavfsizlik va siyosiy muloqot asosiy o\u02bbrinni egallagan bo\u02bblsa, bugun iqtisodiy hamkorlikni aniq loyihalar va samarali moliyaviy instrumentlar bilan ta\u02bcminlashga bo\u02bblgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois, SHHT doirasida yangi moliyaviy arxitekturani shakllantirishning asosiy mezoni yangi institutlar soni emas, balki ularning amaliy natijadorligi bo\u02bblishi lozim. Har bir yangi mexanizm savdo va investitsiyalarni oshirish, infratuzilmaviy bog\u02bbliqlikni kuchaytirish, sanoat kooperatsiyasini rag\u02bbbatlantirish va xususiy kapitalni safarbar etishga xizmat qilishi kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Eng muhimi, SHHTning ulkan iqtisodiy salohiyatini aniq investitsiya loyihalariga aylantira oladigan samarali moliyaviy mexanizmlarni yaratishdir. Ana shunda tashkilot doirasidagi hamkorlik muvofiqlashtirish va muloqot bosqichidan real investitsiyalar, yangi ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy infratuzilma va umumiy iqtisodiy taraqqiyotni ta\u02bcminlaydigan amaliy sheriklik darajasiga ko\u02bbtariladi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"","protected":false},"author":2,"featured_media":6549,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6566","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6566","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6566"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6566\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6567,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6566\/revisions\/6567"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6549"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6566"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6566"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6566"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}