{"id":6564,"date":"2026-08-24T21:23:42","date_gmt":"2026-08-24T19:23:42","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6564"},"modified":"2026-08-24T21:23:42","modified_gmt":"2026-08-24T19:23:42","slug":"ozbekcha-serbiya-bilan-hamkorlik-yuzasidan-ma%ca%bclumotnoma","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/08\/24\/ozbekcha-serbiya-bilan-hamkorlik-yuzasidan-ma%ca%bclumotnoma\/","title":{"rendered":"Serbiya bilan hamkorlik yuzasidan ma\u02bclumotnoma"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Joriy yilning 19-fevral kuni O\u02bbzbekiston Respublikasi Bosh vaziri o\u02bbrinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri J.Qo\u02bbchqorov hamda Serbiya Bosh vaziri o\u02bbrinbosari, iqtisodiyot vaziri A.Mesarovich o\u02bbrtasida uchrashuv bo\u02bblib o\u02bbtdi. Muzokaralar davomida tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama qildilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuv avvalida, Serbiya Bosh vaziri o\u02bbrinbosari Serbiya Prezidenti A.Vuchich nomidan O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevga samimiy salom va ezgu tilaklarni yetkazdi. Shuningdek, u O\u02bbzbekiston tomonining Serbiyaning hududiy yaxlitligini qo\u02bbllab-quvvatlovchi prinsipial pozitsiyasi uchun minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Serbiya tomoni so\u02bbnggi yillarda Yevropada investitsiyalarni jalb qilish bo\u02bbyicha yetakchilardan biriga aylanganini ta\u02bckidladi. Yangi texnologiyalar, robototexnika, avtomobilsozlik va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish sohalari jadal rivojlanayotgani qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston tomoni o\u02bbz navbatida mamlakatimizdagi barqaror makroiqtisodiy o\u02bbsish, yalpi ichki mahsulotning yuqori sur\u02bcatlarda oshishi, inflyatsiyaning pasayishi va investitsiya muhitini yaxshilash bo\u02bbyicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma\u02bclumot berdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchrashuv davomida Serbiya tomoni O\u02bbzbekistonga eksport qilinadigan Serbiyada ishlab chiqarilgan \u201cStellantis\u201d elektromobillar uchun bojxona bojlarini kamaytirishda ko\u02bbmaklashish masalasini ilgari surdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbz navbatida, o\u02bbzbek tomonidan mamlakatimizda elektromobil ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritayotgani va ular oldida muayyan majburiyatlar mavjudligi ta\u02bckidlandi. Shu bilan birga, o\u02bbzbek tomoni mazkur masala belgilangan tartibda ko\u02bbrib chiqilishini ma\u02bclum qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, Serbiya tomoni bir oy muddat ichida investitsiyalar, preferensial savdo va hamkorlikni kengaytirishga doir ustuvor sohalarni o\u02bbz ichiga olgan rasmiy hujjatni taqdim etishini bildirdi. O\u02bbzbek tomoni ushbu takliflarni o\u02bbz vakolati doirasida, belgilangan tartibda ko\u02bbrib chiqishga tayyorligini bildirdi hamda investitsiyalar va savdo sohasida tartibga soluvchi organ Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ekanligi Serbiya tomoniga yetkazildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, o\u02bbzbek tomoni Serbiyaning mudofaa sanoati sohasidagi imkoniyatlariga qiziqish bildirdi hamda hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish taklifini ilgari surdi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"","protected":false},"author":2,"featured_media":6543,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6564","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6564","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6564"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6564\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6565,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6564\/revisions\/6565"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6543"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6564"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6564"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6564"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}