{"id":6561,"date":"2026-08-24T21:22:23","date_gmt":"2026-08-24T19:22:23","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6561"},"modified":"2026-08-24T21:22:23","modified_gmt":"2026-08-24T19:22:23","slug":"%d1%81%d0%b5%d1%83%d0%bb%d1%8c%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%bc%d0%b8%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b2-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%be%d0%b9-%d0%bf","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/08\/24\/%d1%81%d0%b5%d1%83%d0%bb%d1%8c%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d1%81%d0%b0%d0%bc%d0%bc%d0%b8%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b2-%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%be%d0%b9-%d0%bf\/","title":{"rendered":"Seul sammiti: C5+1ning yangi sanoat arxitekturasida O\u2018zbekiston"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bo\u2018lajak birinchi \u201cMarkaziy Osiyo \u2013 Koreya Respublikasi\u201d sammitining Seul shahrida o\u2018tkazilishi C5+1 formatiga yanada aniq va amaliy iqtisodiy mazmun bag\u2018ishlamoqda. Yangi kun tartibining markazida sanoatni modernizatsiya qilish, infratuzilma, muhim foydali qazilmalar va energetika, kadrlar tayyorlash hamda xususiy sektorning ishtiroki masalalari turibdi. Ushbu yo\u2018nalishdagi ishlarning institutsional asosini sanoat vazirlari uchun alohida maslahatlashuv mexanizmi tashkil etib, u muntazam tarmoq muloqotini yo\u2018lga qo\u2018yish, qo\u2018shma tashabbuslarni izlash va ustuvor loyihalar ro\u2018yxatini shakllantirishga yo\u2018naltirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu tariqa, Markaziy Osiyo mamlakatlarining milliy sanoat ustuvor yo\u2018nalishlari Koreya Respublikasining texnologik va investitsiyaviy imkoniyatlari bilan aniq ishlab chiqarish zanjirlari darajasida uyg\u2018unlashishi uchun imkoniyat yaratiladi. Texnologiyalar, infratuzilma, moliyalashtirish va bozorlar yirik qo\u2018shma tashabbuslarni amalga oshirishning yagona tizimiga birlashadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur modelning salohiyati, ayniqsa, O\u2018zbekiston misolida yaqqol namoyon bo\u2018ladi. Toshkent va Seul o\u2018rtasidagi munosabatlar 2019-yildan buyon alohida strategik sheriklik maqomiga ega bo\u2018lib, Koreyaning O\u2018zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri investitsiyalarining jamlangan hajmi 8 milliard dollardan oshdi. 2026-yil yanvar\u2013iyun oylarida o\u2018zaro tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollarga yaqinlashib, 11,5 foizga oshdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur ko\u2018rsatkichlar ortida allaqachon shakllangan hamkorlikning texnologik bazasi turibdi. O\u2018zbekistonda to\u2018qimachilik sanoati, noyob metallar va qotishmalar sohasi, qishloq xo\u2018jaligi mashinasozligi hamda elektron hukumat yo\u2018nalishlarida qo\u2018shma markazlar faoliyat yuritmoqda, kimyoviy texnologiyalar va qurilish sohalaridagi hamkorlik rivojlanmoqda. Ushbu tarmoq muhandislik yechimlari, amaliy bilimlar va ishlab chiqarish tajribasini uzatish uchun barqaror kanallarni yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">To\u2018plangan salohiyat O\u2018zbekistonning C5+1 kun tartibini qayta ishlash, mahalliylashtirish, texnologik yangilanish va yuqori qo\u2018shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga yo\u2018naltirish imkonini beradi. Shu bilan birga, mintaqaviy format Markaziy Osiyo mamlakatlari korxonalari va Koreya biznesi o\u2018rtasidagi potensial hamkorlar va aloqalar doirasini kengaytiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Eng istiqbolli yo\u2018nalishlardan biri muhim foydali qazilmalar bilan bog\u2018liq. Hamkorlik butun texnologik zanjirni \u2014 geologik qidiruv, qayta ishlash, rafinatsiya va qo\u2018shilgan qiymatga ega ishlab chiqarishlarni rivojlantirishni qamrab oladi. Bunday modelda Markaziy Osiyoning mineral-xomashyo bazasi texnologik aloqalarni chuqurlashtirish va mintaqa ichida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishning boshlang\u2018ich nuqtasiga aylanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston ushbu yo\u2018nalishda allaqachon muayyan amaliy salohiyatga ega. Mamlakatda Noyob metallar va qotishmalar bo\u2018yicha O\u2018zbekiston\u2013Koreya ilmiy-texnologik markazi faoliyat yuritmoqda. Uning salohiyati materialshunoslik, qayta ishlash texnologiyalari, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar tayyorlash sohalaridagi hamkorlikni, keyinchalik esa ularni sanoatda qo\u2018llash istiqbollari bilan rivojlantirish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yanada murakkab ishlab chiqarishlarning rivojlanishi bir vaqtning o\u2018zida infratuzilmaga qo\u2018yiladigan talablarni ham oshiradi. C5+1 kun tartibida ushbu blok energetika, sanoat majmualari, transport va logistika, shahar infratuzilmasi, shuningdek, yirik loyihalarning butun hayotiy siklini \u2014 rejalashtirish va qurilishdan tortib modernizatsiya va ekspluatatsiyagacha bo\u2018lgan jarayonlarni qamrab oladi. Investor uchun bu ishlab chiqarish maydonini zarur energetik, muhandislik va logistika yechimlari bilan birgalikda ko\u2018rib chiqish imkoniyatini anglatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston\u2013Koreya hamkorligi bunday ko\u2018lamdagi loyihalarni amalga oshirish uchun allaqachon moliyaviy asosga ega. O\u2018zbekistonning Koreya Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg\u2018armasi (EDCF) bilan 2024\u20132027-yillarga mo\u2018ljallangan hamkorlik dasturi 2 milliard dollar hajmida shakllantirilgan. Shu bilan birga, yangi tashabbuslar portfeli rivojlantirilmoqda hamda davlat kafolatlarisiz va davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirish mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Moliyaviy vositalar doirasining kengayishi tijorat nuqtayi nazaridan barqaror loyihalar, xususiy kapital va kompaniyalar o\u2018rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik uchun yanada katta imkoniyatlar yaratadi. Bu, ayniqsa, uzoq investitsiya sikliga ega bo\u2018lgan sanoat va infratuzilmaviy kooperatsiya uchun muhimdir, chunki moliyalashtirish tuzilmasi ko\u2018p jihatdan loyihani amalga oshirish va keyinchalik uni kengaytirish imkoniyatlarini belgilaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ishlab chiqarishlarning texnologik jihatdan murakkablashib borishi bilan mutaxassislarning malakasiga qo\u2018yiladigan talablar ham ortadi. Kasbiy ko\u2018nikmalarni rivojlantirish va kadrlar tayyorlash C5+1 sanoat mexanizmining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biridir. O\u2018zbekistonda buning uchun allaqachon amaliy baza shakllantirilgan: Toshkent, Farg\u2018ona, Shahrisabz va Samarqand shaharlarida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokida tashkil etilgan to\u2018rtta kasb-hunar ta\u2019limi markazi faoliyat yuritmoqda, yana biri Urganch shahrida qurilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur modelni yanada rivojlantirish ko\u2018p jihatdan kompaniyalar darajasiga o\u2018tadi. Aynan shu darajada texnologiyalar va to\u2018plangan bilimlar yangi ishlab chiqarishlarda o\u2018z ifodasini topadi, tarmoq ustuvor yo\u2018nalishlari esa investitsiyaviy qarorlar va tijorat mahsulotlariga aylanadi. Shu sababli xususiy sektor, moliya institutlari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari C5+1 doirasidagi sanoat hamkorligida muhim o\u2018rin egallaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ustuvor loyihalar ro\u2018yxatini shakllantirish mazkur ishlarning amaliy izchilligini ta\u2019minlaydi. Bunday vosita istiqbolli yo\u2018nalishlarni aniq hamkorlar va moliyalashtirish manbalari bilan bog\u2018lash hamda ularni sanoat mexanizmi yig\u2018ilishlari oralig\u2018ida ilgari surishni ta\u2019minlash imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston yangi mintaqaviy arxitekturaga sezilarli amaliy salohiyat bilan kirib kelmoqda: uning ko\u2018plab elementlari Koreya bilan ikki tomonlama hamkorlik doirasida allaqachon ishlamoqda. Investitsiyalar texnologik markazlar, moliyaviy dasturlar, mutaxassislar tayyorlash tizimi va murakkab loyihalarni amalga oshirish tajribasi bilan uyg\u2018unlashmoqda. C5+1 ushbu bazani yanada kengroq darajaga olib chiqish, Markaziy Osiyo mamlakatlarining milliy imkoniyatlarini yangi ishlab chiqarish aloqalariga birlashtirish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Seul sammitining O\u2018zbekiston uchun asosiy iqtisodiy salohiyati aynan shunda namoyon bo\u2018ladi. Koreya Respublikasi bilan alohida strategik sheriklik mintaqaviy davomga ega bo\u2018lmoqda \u2014 yanada chuqur qayta ishlash, texnologik mahalliylashtirish, yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va tayyor mahsulotlarni yangi xorijiy bozorlarga chiqarish orqali. To\u2018plangan O\u2018zbekiston\u2013Koreya tajribasi C5+1ning sanoat arxitekturasidagi amaliy elementlardan biriga aylanib, O\u2018zbekistonning Koreya Respublikasining Markaziy Osiyo bilan texnologik va sanoat hamkorligidagi rolini mustahkamlamoqda.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6562,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6561","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6561","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6561"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6561\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6563,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6561\/revisions\/6563"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6562"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6561"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6561"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6561"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}