{"id":6553,"date":"2026-08-24T21:03:41","date_gmt":"2026-08-24T19:03:41","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6553"},"modified":"2026-08-24T21:03:41","modified_gmt":"2026-08-24T19:03:41","slug":"%d0%bf%d0%b5%d1%80%d1%81%d0%bf%d0%b5%d0%ba%d1%82%d0%b8%d0%b2%d1%8b-%d1%81%d0%be%d1%82%d1%80%d1%83%d0%b4%d0%bd%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/08\/24\/%d0%bf%d0%b5%d1%80%d1%81%d0%bf%d0%b5%d0%ba%d1%82%d0%b8%d0%b2%d1%8b-%d1%81%d0%be%d1%82%d1%80%d1%83%d0%b4%d0%bd%d0%b8%d1%87%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b0-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi va Serbiya o\u2018rtasida AKT sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Serbiya o\u2018rtasidagi munosabatlar 2025-yilning ikkinchi yarmidan boshlab raqamli texnologiyalar, IT-xizmatlar eksporti, startaplar, sun\u2019iy intellekt (SI) va innovatsiyalar yo\u2018nalishida sifat jihatidan yangi bosqichga ko\u2018tarildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025-yil 28-oktabr kuni Serbiya Prezidenti Aleksandar Vuchichning O\u2018zbekistonga rasmiy tashrifi ikki tomonlama aloqalarning muhim burilish nuqtasi bo\u2018ldi. Diplomatik munosabatlar o\u2018rnatilganining 30 yilligiga to\u2018g\u2018ri kelgan ushbu tashrif davlat rahbarlari darajasidagi ilk to\u2018laqonli sammit sifatida qayd etildi. Muzokaralarda axborot texnologiyalari va raqamlashtirish (mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo sanoati, qishloq xo\u2018jaligi va turizm bilan bir qatorda) ustuvor hamkorlik yo\u2018nalishlaridan biri etib belgilandi. Tomonlar muhandislik, ilg\u2018or texnologiyalar, sun\u2019iy intellekt va turdosh sohalarda hamkorlik to\u2018g\u2018risida alohida bitim imzoladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Siyosiy kelishuvlardan texnologik amaliyotga o\u2018tish<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu yuqori darajadagi siyosiy kelishuv ertasi kuniyoq texnologik mazmun bilan to\u2018ldirildi. 2025-yil 29-oktabrda Aleksandar Vuchich IT Park Uzbekistan majmuasiga tashrif buyurib, O\u2018zbekistonning IT ekotizimi, eksportga yo\u2018naltirilgan kompaniyalari va davlat raqamli yechimlari bilan tanishdi Serbiya delegatsiyasiga <strong>UniconSoft, Didox\/Venkon, Kpi.com, UzSpace<\/strong>, shuningdek, UZINFOCOMning Palm ID, HRM.argos.uz, uGaz va DMed kabi yechimlari namoyish etildi. Aynan shu muzokaralarda Serbiyada qo\u2018shma IT korxonasi tashkil etish, Palm ID texnologiyasini joriy etish, ikki mamlakat startaplarini qo\u2018llab-quvvatlash uchun qo\u2018shma venchur mexanizmini ishlab chiqish kabi muhim masalalar kelishib olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, IT Park tomonidan 2025-yilning so\u2018nggida Belgradda logistika va autsorsing kompaniyalariga O\u2018zbekiston imkoniyatlarini taqdim etishga qaratilgan <strong>\u201cTrucking Outsourcing Weekend with IT Park\u201d<\/strong> formatidagi tadbir ham ilgari surildi. Uning konsepsiyasi Serbiya kompaniyalariga O\u2018zbekistonda operatsion xarajatlarni optimallashtirish, malakali mutaxassislarni jalb qilish va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini\u00a0 o\u2018rsatib berishdan iborat bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>2026-yildagi rivojlanish va istiqbolli modellar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muhimi shundaki, 2025-yildagi kelishuvlar faqat umumiy memorandum darajasida qolib ketmadi. 2026-yil fevralida IT Park ishtirokidagi muzokaralarda ayni yo\u2018nalishlar yana kun tartibiga olib chiqildi. 80 dan ortiq tadbirkor va davlat idoralari vakillari qatnashgan forumda IT-outsourcing, BPO (Biznes jarayonlari autsorsingi) va KPO (Bilim talab qiluvchi jarayonlar autsorsingi), qo\u2018shma korxonalar, ma\u2019lumotlar markazlari va venchur fondlari bo\u2018yicha amaliy modellar ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Forumdagi eng istiqbolli konsepsiyalardan biri \u2014 <strong>\u201cSerbiya Yevropa bozori uchun front-office, O\u2018zbekiston esa kengaytiriladigan back-office\u201d<\/strong> modeli bo\u2018ldi. Bu yondashuv Serbiyaning Yevropa mijozlari bilan ishlash tajribasi va bozorga geografik yaqinligini O\u2018zbekistonning kengayib borayotgan mutaxassislar bazasi, IT Park rezidentlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar hamda xizmatlarni masshtablash imkoniyati bilan birlashtirishni nazarda tutadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0Serbiya mijoz, bozor va xalqaro tarmoq bilan ishlashdagi kompetensiyalarini, O\u2018zbekiston esa texnik ijro, jamoalar va kengaytirish imkoniyatlarini birlashtiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2026-yil fevral oyida bo\u2018lib o\u2018tgan navbatdagi uchrashuvda O\u2018zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Serbiya Bosh vaziri o\u2018rinbosari va iqtisodiyot vaziri Adriana Mesarovich IT-sanoat, sun\u2019iy intellekt, ma\u2019lumotlarni qayta ishlash markazlari, davlat boshqaruvini raqamlashtirish va kiberxavfsizlik sohalaridagi hamkorlik masalalarini batafsil muhokama qildilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Serbiya delegatsiyasi IT Park, UzSOC va UZINFOCOM faoliyati bilan tanishib, kiberhodisalarga tezkor javob berish mexanizmlari, shuningdek, davlat axborot tizimlari va ma\u2019lumotlarni qayta ishlash markazlari infratuzilmasini o\u2018rgandi. O\u2018z navbatida, Serbiya tomoni superkompyuter infratuzilmasi va ma\u2019lumotlarni qayta ishlash markazlarini rivojlantirish bo\u2018yicha o\u2018z tajribasini taqdim etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hamkorlik ko\u2018rsatkichlari<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Serbiya o\u2018rtasida IT-xizmatlar eksporti sohasidagi hamkorlik barqaror ijobiy dinamikani ko\u2018rsatmoqda. 2024-yil yakunlariga ko\u2018ra, IT Park Uzbekistan rezidenti bo\u2018lgan ikkita kompaniya Serbiya bozoriga xizmatlar eksport qildi va umumiy eksport hajmi taxminan 42 ming AQSH dollarini tashkil etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025-yilning dastlabki to\u2018qqiz oyi yakunlariga ko\u2018ra, Serbiya bozori bilan ishlaydigan IT Park rezidentlari soni uch barobarga oshib, oltita kompaniyaga yetdi. Shu bilan birga, eksportning umumiy hajmi 72 ming AQSH dollaridan oshdi, bu esa O\u2018zbekiston IT-kompaniyalarining ushbu yo\u2018nalishdagi ishtiroki izchil kengayib borayotganidan dalolat beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0Ijobiy dinamika 2026-yilda ham saqlanib qoldi. Xususan, IT Park\u2019da Serbiyadan ta\u2019sischi bo\u2018lgan rezident kompaniya ro\u2018yxatdan o\u2018tkazildi, bu esa Serbiya biznesining O\u2018zbekiston texnologik ekotizimi imkoniyatlariga qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi. Bugungi kunda Serbiya yo\u2018nalishi bo\u2018yicha xizmatlar eksportining umumiy hajmi 130 ming AQSH dollarini tashkil etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shunday qilib, nisbatan qisqa vaqt ichida hamkorlik yagona eksport shartnomalaridan ikki mamlakat kompaniyalari o\u2018rtasidagi barqaror hamkorlikka o\u2018tdi. Eksportchilar sonining o\u2018sishi, ko\u2018rsatilayotgan xizmatlar hajmining ko\u2018payishi va Serbiya ishtirokidagi rezidentning paydo bo\u2018lishi IT-autsorsing, BPO\/KPO, raqamli yechimlar, startaplar va qo\u2018shma texnologik loyihalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay zamin yaratadi. Serbiya bilan hamkorlikdan O\u2018zbekiston uchun olinadigan asosiy qiymat faqat bitta yangi eksport bozori bilan cheklanmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Birinchidan,<\/strong> Serbiya o\u2018zbekistonlik texnologik kompaniyalar uchun Yevropa mijozlari bilan ishlash mexanizmlarini o\u2018rganish, mahsulotlarni xalqaro talablar asosida moslashtirish hamda xorijiy savdo tarmog\u2018ini rivojlantirish platformasi bo\u2018la oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Ikkinchidan,<\/strong> Serbiyaning shakllangan startap va akseleratsiya infratuzilmasi O\u2018zbekiston startaplarini xalqaro investitsiyaga tayyorlash jarayonini tezlashtiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Uchinchidan,<\/strong> logistika, GameDev, GovTech, AI va kiberxavfsizlik kabi yo\u2018nalishlarda Serbiyaning mavjud salohiyati O\u2018zbekistonda yuqori qo\u2018shilgan qiymatli yangi xizmatlar eksportini rivojlantirishga yordam beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Serbiya tomoni uchun esa O\u2018zbekiston 38 millionga yaqin aholiga ega bo\u2018lgan tez o\u2018sayotgan bozor, Markaziy Osiyoga chiqish platformasi, Yevropa bozori uchun qulay bo\u2018lgan bozor narxi,\u00a0 texnik ijro hamda yangi texnologik va startap loyihalari manbai sifatida manfaatli.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shunday yondashuv O\u2018zbekiston va Serbiya o\u2018rtasidagi raqamli hamkorlikni alohida loyihalar majmuasidan Yevropa va Markaziy Osiyoni bog\u2018lovchi uzoq muddatli texnologik va iqtisodiy ko\u2018prikka aylantirish imkonini beradi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6543,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6553","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6553","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6553"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6553\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6554,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6553\/revisions\/6554"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6543"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6553"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6553"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6553"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}