{"id":6545,"date":"2026-08-21T18:19:56","date_gmt":"2026-08-21T16:19:56","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6545"},"modified":"2026-08-21T18:19:56","modified_gmt":"2026-08-21T16:19:56","slug":"%d1%88%d0%be%d1%81-%d0%b8-%d0%b2%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%b0%d1%8f-%d0%b4%d0%b8%d0%bf%d0%bb%d0%be%d0%bc%d0%b0%d1%82%d0%b8%d1%8f-%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%83%d1%82%d0%b8-%d0%ba-%d0%be%d0%b1%d1%89%d0%b8-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/08\/21\/%d1%88%d0%be%d1%81-%d0%b8-%d0%b2%d0%be%d0%b4%d0%bd%d0%b0%d1%8f-%d0%b4%d0%b8%d0%bf%d0%bb%d0%be%d0%bc%d0%b0%d1%82%d0%b8%d1%8f-%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%83%d1%82%d0%b8-%d0%ba-%d0%be%d0%b1%d1%89%d0%b8-2\/","title":{"rendered":"SHHT VA SUV DIPLOMATIYASI: UMUMIY MANFAATLAR YO\u2018LIDA"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>Suvni raqobat obyekti emas, hamkorlik omiliga aylantirish \u2013 mintaqaviy barqarorlikning muhim sharti<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Suv \u2013 aziz ne\u2019mat, hayot manbai. U faqat tabiiy resurs emas, balki mamlakatlarning oziq-ovqat va energetika xavfsizligi, iqtisodiy taraqqiyoti, ekologik barqarorligi hamda aholi farovonligini belgilaydigan strategik omildir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi sharoitda, ayniqsa, transchegaraviy daryolar va umumiy suv manbalaridan oqilona, adolatli hamda o\u2018zaro manfaatli foydalanishga qaratilgan siyosiy muloqot va amaliy hamkorlikka ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Ya\u2019ni, suv diplomatiyasiga \u2013 suvni nizo manbaiga emas, davlatlarni birlashtiruvchi hamkorlik vositasiga aylantirishga zarurat sezilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shanxay hamkorlik tashkilotining ta\u2019sis hujjatlarida tabiiy resurslardan, jumladan, suv resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va qo\u2018shma ekologik dasturlarni amalga oshirish hamkorlikning asosiy yo\u2018nalishlari qatoriga kiritilgan. Demak, suv masalasi ShHT kun tartibiga keyinchalik qo\u2018shilgan mavzu emas, balki tashkilot faoliyatining dastlabki ustuvor yo\u2018nalishlaridan biridir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi yillarda mazkur yo\u2018nalishning siyosiy va huquqiy asoslari yanada mustahkamlandi. ShHTning Dushanbe va Samarqand deklaratsiyalarida xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish, suv resurslarini kompleks va oqilona boshqarish barqaror taraqqiyotning muhim sharti sifatida qayd etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2026-yil 3-aprel kuni Bishkekda o\u2018tkazilgan ShHTga a\u2019zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilishga mas\u2019ul vazirlik va idoralari rahbarlarining yettinchi yig\u2018ilishida iqlim o\u2018zgarishiga moslashish, muzliklarni saqlash va suv resurslarini boshqarish masalalari muhokama qilindi. Bu holat suv mavzusi tashkilotning amaliy kun tartibida tobora muhim o\u2018rin egallayotganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, ShHTga a\u2019zo davlatlar vakillari turli formatdagi uchrashuv, yig\u2018ilish va muzokaralarda suv resurslari bilan bog\u2018liq masalalarga amaliy yechim izlamoqda. Xususan, 2026-yil 7-avgust kuni Qozog\u2018iston Respublikasining Turkiston shahrida Davlatlararo suv xo\u2018jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining (DSXMK) 94-yig\u2018ilishi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qozog\u2018iston, Tojikiston, Turkmaniston va O\u2018zbekiston suv xo\u2018jaligi vazirlari va mas\u2019ullari Sirdaryo va Amudaryo havzalaridagi suv omborlarining 2026-yilgi vegetatsiya davri uchun limitlari va ishlash rejimlarini hamda Sirdaryo havzasida suvni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish rejasini tayyorlash masalalarini ko\u2018rib chiqdilar. Hujjatni ishlab chiqish ma\u2019qullandi va joriy yilning sentabr oyiga qadar maxsus ishchi guruhini tuzish rejalashtirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, tomonlar Jahon banki bilan hamkorlikdagi Markaziy Osiyo mamlakatlarining suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo\u2018yicha mintaqaviy hamkorlik (CAWEC) 20 mln. dollarlik grant loyihasini amalga oshirish, shuningdek, Orolni qutqarish xalqaro jamg\u2018armasi ta\u2019sischi-davlatlari rahbarlari kengashining qarorlaridan kelib chiqadigan vazifalar ijrosini muhokama qildilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Germaniya hamkorlik jamiyati (GIZ) ko\u2018magida Qozog\u2018iston va O\u2018zbekiston o\u2018rtasidagi transchegaraviy suv obyektlarida suv resurslarini monitoring qilish va hisobga olish tizimini avtomatlashtirish bo\u2018yicha pilot loyihani amalga oshirish choralari ko\u2018rilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2026-yilning 10\u201312-avgust kunlari Toshkent shahrida \u201cMarkaziy Osiyo suv xo\u2018jaligida iqlim o\u2018zgarishi sharoitida suv tejovchi sug\u2018orish texnologiyalari va raqamli yechimlarni joriy etish\u201d mavzusida uch kunlik mintaqaviy trening bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Trening O\u2018zbekiston Respublikasi Suv xo\u2018jaligi vazirligi tashabbusi bilan, O\u2018zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi va Blue Peace Central Asia (BPCA) loyihasi doirasida, Suvchilar maktabi ishtirokida tashkil etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Unda Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iz Respublikasi, Tojikiston, Turkmaniston va O\u2018zbekistondan suv xo\u2018jaligi mutaxassislari ishtirok etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tadbirning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlari suv xo\u2018jaligi mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirish, o\u2018zaro tajriba almashishni kengaytirish, suv resurslaridan samarali foydalanish, zamonaviy sug\u2018orish texnologiyalarini joriy etish va sohani raqamlashtirish bo\u2018yicha amaliy hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, O\u2018zbekistonda amaliyotga tatbiq etilayotgan ilg\u2018or yechimlar bilan tanishtirishdan iborat bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu o\u2018rinda ta\u2019kidlash kerakki, O\u2018zbekiston suv diplomatiyasiga faqat tashqi siyosat vositasi sifatida emas, balki mamlakat ichida amalga oshirilayotgan keng ko\u2018lamli islohotlarning mantiqiy davomi sifatida yondashmoqda. Zero, mintaqaviy muloqotda suvdan samarali foydalanish g\u2018oyasini ilgari surish uchun har bir davlat, avvalo, o\u2018z hududida suv isrofini kamaytirishi va zamonaviy boshqaruv tizimini shakllantirishi zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasida ham suv tanqisligi dunyo miqyosida tobora dolzarblashib borayotgani, shu bois suvdan oqilona foydalanish islohotlarning dastlabki kunlaridanoq davlat siyosati darajasiga ko\u2018tarilgani ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018nggi yillarda sohada erishilayotgan natijalarni raqamlar misolida tahlil qiladigan bo\u2018lsak, 2025-yilda 258 ta irrigatsiya va melioratsiya obyektida qurilish hamda rekonstruksiya ishlari bajarilib, 723 kilometr kanal betonlashtirildi. Shuningdek, 158 kilometr sug\u2018orish va 303 kilometr kollektor-drenaj tarmog\u2018i qurildi yoki rekonstruksiya qilindi. Natijada 364 ming gektar yerning suv ta\u2019minoti yaxshilanib, 500 million kub metrdan ortiq suv yo\u2018qotilishining oldi olindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2026-yilda 308 ta irrigatsiya va melioratsiya loyihasi doirasida qurilish hamda rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun davlat budjetidan jami 2 trillion 199 milliard so\u2018m mablag\u2018 ajratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Joriy yilning 1-avgust holatiga 1,3 trln so\u2018mlik qurilish ishlari bajarildi, bu belgilangan yillik rejaning 59 foizini tashkil etdi. Xususan, 637 kilometr kanallar betonlashtirildi va rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, 52 kilometr sug\u2018orish tarmoqlari \u2013 lotok va quvurlar, 27 ta gidrotexnik inshoot qurildi va rekonstruksiya qilindi. Suv xo\u2018jaligi obyektlarining energiya samaradorligini oshirish va suvni uzluksiz yetkazib berish maqsadida 13 m\u00b3\/sekund quvvatdagi nasos stansiyalari, 31 ta sug\u2018orish qudug\u2018i, 33 kilometr nasos stansiyalarining bosimli quvurlari, 268 kilometr kollektor-drenaj tarmog\u2018i qurildi va rekonstruksiya qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishda ham sezilarli natijalarga erishilmoqda. 2025-yil yakunida bunday texnologiyalar qamrovi 2,6 million gektarga, ya\u2019ni sug\u2018oriladigan maydonlarning 61 foiziga yetdi. Shundan 664 ming gektarda tomchilatib sug\u2018orish texnologiyasi joriy etildi. Mazkur texnologiyalar hisobidan 3 milliard kub metr suv iqtisod qilindi. 2026-yil yakunida suv tejovchi texnologiyalar qamrovini 3,1 million gektarga yetkazish va 5 milliard kub metr suv tejash maqsad qilingan bo\u2018lib bugungi kunda respublika bo\u2018yicha jami 638 ming gektar maydonlarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu raqamlar nafaqat milliy iqtisodiyot, balki mintaqaviy suv balansi uchun ham ahamiyatli. Chunki bir davlatda tejalgan har bir kub metr suv umumiy havzadagi bosimni kamaytiradi. Shu ma\u2019noda sug\u2018orish tarmoqlarini betonlash, suv tejovchi texnologiyalar mamlakat miqyosidagi tadbir bo\u2018lishi bilan birga, mintaqaviy ishonchni mustahkamlaydigan diplomatik hissadir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Suvni samarali boshqarish uchun uni aniq hisobga olish zarur. Hisob bo\u2018lmagan joyda tejamkorlikni baholash, yo\u2018qotishlarni aniqlash va adolatli taqsimotni ta\u2019minlash qiyin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu nuqtai nazardan O\u2018zbekiston suv xo\u2018jaligida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish ishlari mamlakat ichidagi boshqaruv samaradorligini oshirish bilan birga, kelgusida transchegaraviy suv ma\u2019lumotlarini ishonchli almashish uchun ham texnologik asos yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2025-yilda Suv xo\u2018jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi tashkil etilib, sohadagi ma\u2019lumotlarni yagona nuqtada jamlaydigan zamonaviy Vaziyatlar markazi faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yildi. O\u2018nta axborot tizimi joriy etildi. \u201cDavlat suv kadastri\u201d va \u201cMelioratsiya\u201d axborot tizimlarida sun\u2019iy intellekt yordamida ma\u2019lumotlarni tahlil qilish, bashorat tayyorlash va tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyati yaratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Suv omborlarida suv sathi va hajmini masofadan kuzatish imkonini beradigan 44 ta datchik o\u2018rnatildi. Davlat chegarasi orqali olinayotgan suv sarfini real vaqt rejimida aniqlash uchun 272 ta qurilmalarni o\u2018rnatish ishlari hamda tumanlararo suv resurslarini onlayn boshqarish va monitoring qilish uchun esa 1 895 ta nuqtada maxsus uskunalar o\u2018rnatish doirasida loyihachi tashkilot tomonidan Respublika miqyosida o\u2018rganish ishlari olib borilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday loyihalarning ahamiyati faqat texnik qulaylik bilan cheklanmaydi. Real vaqt rejimidagi ishonchli ma\u2019lumotlar suv taqsimotida shaffoflikni oshiradi, inson omilini kamaytiradi va bahsli vaziyatlarning oldini oladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kelgusida ShHTga a\u2019zo davlatlardagi milliy axborot tizimlarini o\u2018zaro muvofiqlashtirish mumkin. Bu barcha ma\u2019lumotlarni bitta markazga topshirish degani emas. Aksincha, davlatlar suvereniteti va milliy qonunchilikni hurmat qilgan holda, zarur gidrologik ko\u2018rsatkichlarni kelishilgan formatda almashish mexanizmini shakllantirish nazarda tutiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Suv\u2013energetika\u2013oziq-ovqat muvozanati \u2013 barqaror taraqqiyot sharti. ShHT doirasida suv, energetika va qishloq xo\u2018jaligi idoralari o\u2018rtasidagi hamkorlikni birlashtiradigan doimiy mexanizmni shakllantirish maqsadga muvofiq. Bunday mexanizm suv omborlarining mavsumiy ish rejimi, elektr energiyasi almashinuvi, sug\u2018orish davri ehtiyojlari va ekologik oqimlarni birgalikda tahlil qilish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">ShHT hududida tomchilatib va yomg\u2018irlatib sug\u2018orish, kanallarni betonlashtirish, yopiq quvurli tarmoqlar, aqlli suv hisoblagichlar, energiya tejamkor nasoslar hamda sun\u2019iy intellekt asosidagi prognozlash tizimlaridan foydalanish bo\u2018yicha katta tajriba to\u2018plangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu tajribani umumlashtirib, turli iqlim sharoitlariga mos namunaviy loyihalarni amalga oshirish mumkin. Masalan, ShHT doirasida suv tejamkor texnologiyalar namoyish etiladigan pilot hududlarni tashkil qilish, mutaxassislar va fermerlarni o\u2018qitish, erishilgan natijalarni yagona metodika asosida baholash maqsadga muvofiq.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Suv masalalari bo\u2018yicha ishonchli qarorlar ilmiy tadqiqotlarga tayanishi zarur. Shuning uchun ShHT mamlakatlarining ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlari va suv xo\u2018jaligi tashkilotlari o\u2018rtasida qo\u2018shma ilmiy dasturlarni amalga oshirish muhim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Suvdan foydalanishda faqat bugungi ehtiyojni hisobga olish yetarli emas. Qabul qilinayotgan har bir qarorning kelajak avlodlar, tabiiy ekotizimlar va qo\u2018shni davlatlar manfaatlariga ta\u2019siri ham chuqur baholanishi zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun suv diplomatiyasiga faqat nizolarning oldini olish vositasi sifatida qarash yetarli emas. U iqtisodiy taraqqiyotni rag\u2018batlantirishi, investitsiyalarni jalb qilishi, texnologiyalar almashinuvini tezlashtirishi, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini mustahkamlashi kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">ShHT ana shu imkoniyatlarni birlashtira oladigan yirik mintaqaviy tuzilmadir. Tashkilot doirasidagi hamkorlik suvni taqsimlash atrofidagi muzokaralardan suv orqali umumiy iqtisodiy manfaat yaratish va barqaror taraqqiyotni ta\u2019minlash bosqichiga o\u2018tishi lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Zero, suv davlat chegaralarini tanlamaydi. Uning oqimi xalqlarning taqdiri, farovonligi va kelajagini bir-biriga bog\u2018laydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Suvdan oqilona foydalanish \u2013 iqtisodiy taraqqiyot, uni adolatli boshqarish \u2013 yaxshi qo\u2018shnichilik, har bir tomchini asrash esa umumiy kelajak oldidagi mas\u2019uliyatdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Zokir Ishpulatov,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Suv xo\u2018jaligi<br \/>\nvazirining birinchi o\u2018rinbosari<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6546,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6545","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6545","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6545"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6545\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6547,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6545\/revisions\/6547"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6546"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6545"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6545"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6545"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}