{"id":6542,"date":"2026-08-21T17:21:02","date_gmt":"2026-08-21T15:21:02","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6542"},"modified":"2026-08-21T17:21:02","modified_gmt":"2026-08-21T15:21:02","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8-%d1%81%d0%b5%d1%80%d0%b1%d0%b8%d1%8f-%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%88%d0%b8%d1%80%d1%8f%d1%8e%d1%82-%d0%bf%d0%b5%d1%80%d1%81%d0%bf%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/08\/21\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%b8-%d1%81%d0%b5%d1%80%d0%b1%d0%b8%d1%8f-%d1%80%d0%b0%d1%81%d1%88%d0%b8%d1%80%d1%8f%d1%8e%d1%82-%d0%bf%d0%b5%d1%80%d1%81%d0%bf%d0%b5\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston va Serbiya ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik istiqbollarini kengaytirmoqda"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Serbiya atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan barqaror foydalanish, biologik xilma-xillikni saqlash va ekologik ta\u2019lim sohalarida hamkorlikning yangi yo\u2018nalishlarini ko\u2018rib chiqmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ekologik muloqotni rivojlantirishdagi muhim qadam sifatida Serbiya Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Sara Pavkov boshchiligidagi delegatsiyasining Samarqand shahrida 2026-yil 30-maydan 5-iyunga qadar bo\u2018lib o\u2018tgan Global ekologik jamg\u2018armaning 8-Assambleyasi hamda 2\u20134-iyun kunlari o\u2018tkazilgan o\u2018tgan \u201cEco Expo Central Asia 2026\u201d xalqaro ko\u2018rgazmasigi ishtirokini ko\u2018rsatish mumkin. Xususan, Serbiya Tomoni ushbu ko\u2018rgazmada \u201cYashil investitsiyalar va innovatsiyalar\u201d mavzusidagi yuqori darajadagi yalpi sessiyada qatnashdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hamkorlikning istiqbolli yo\u2018nalishlaridan biri o\u2018rmon xo\u2018jaligi<br \/>\nva o\u2018rmonlardan barqaror foydalanish sohasida tajriba almashish sanaladi. Serbiya o\u2018rmon resurslarini boshqarish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish borasida salmoqli amaliy tajribaga ega. 2008\u20132023-yillar davomida mamlakatdagi o\u2018rmon hududlari ulushi 25 foizdan 37 foizgacha oshgan. Shu bilan birga, o\u2018rmonlarning 53 foizi davlat, 47 foizi esa xususiy mulk hisoblanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bioxilma-xillik va tabiiy ekotizimlarni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik ham alohida ahamiyatga ega. Serbiyada 460 ta tabiiy obyekt muhofaza etiladigan hudud maqomiga ega bo\u2018lib, ular tarkibiga 5 ta milliy bog\u2018, 17 ta tabiiy bog\u2018, 20 ta alohida landshaft hududi, 68 ta qo\u2018riqxona, 309 ta tabiat yodgorligi hamda 3 ta muhofaza qilinadigan yashash muhiti kiradi. Ushbu tajribani o\u2018rganish O\u2018zbekistonda tabiiy hududlar va bioxilma-xillikni saqlash bo\u2018yicha yondashuvlarni yanada takomillashtirish uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yana bir istiqbolli yo\u2018nalish ekologik ta\u2019lim va ilmiy-akademik hamkorlikdir. Xususan, Serbiyaning yetakchi oliy ta\u2019lim muassasalari hamda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o\u2018zgarishini o\u2018rganish universiteti (Green University) o\u2018rtasidagi hamkorlikni kengaytirish taklif etilmoqda. Bunday loyihalar qo\u2018shma ta\u2019lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlar, talabalar va professor-o\u2018qituvchilar almashinuvi, shuningdek, iqlim o\u2018zgarishi, bioxilma-xillik va barqaror rivojlanish yo\u2018nalishlaridagi qo\u2018shma tashabbuslarni qamrab olishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Serbiyaning \u201cBelgrad\u201d universiteti va \u201cNovi-Sad\u201d universiteti kabi oliy ta\u2019lim muassasalari ekologiya fanlari yo\u2018nalishida katta salohiyatga ega bo\u2018lib, ushbu sohada dunyoning yetakchi universitetlari qatoridan o\u2018rin olgan. Bu esa ilmiy va tadqiqot hamkorligini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ekologik muloqotni yanada mustahkamlash uchun muhim maydonlardan biri sifatida 2027-yil iyun oyida Toshkent shahrida Toshkent xalqaro investitsiya forumi bilan bir vaqtda o\u2018tkaziladigan \u201cEco Expo Central Asia 2027\u201d xalqaro ko\u2018rgazmasi ham xizmat qilishi mumkin. Forumning asosiy mavzusi \u201cBarqaror rivojlanish va yashil investitsiyalar\u201d bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Serbiya tomoniga Markaziy Osiyodagi eng yirik ekologik platformalardan biri sifatida o\u2018zini namoyon etgan mazkur ko\u2018rgazmada faol ishtirok etish taklif etilmoqda. \u201cEco Expo Central Asia\u201dning 2025-yilda Toshkentda va 2026-yilda Samarqandda o\u2018tkazilishi xalqaro hamjamiyatning mintaqadagi ekologik tashabbuslarga bo\u2018lgan yuksak qiziqishini namoyish etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur yo\u2018nalishlarda O\u2018zbekiston va Serbiya o\u2018rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish ilg\u2018or tajribalar almashinuvini kengaytirish, qo\u2018shma ekologik va investitsiyaviy loyihalarni rag\u2018batlantirish, ilmiy-ta\u2019limiy aloqalarni mustahkamlash hamda barqaror rivojlanish va \u201cyashil iqtisodiyot\u201d tamoyillarini ilgari surish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Maxmud Xaydarov,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Ekologiya va iqlim o\u2018zgarishi milliy qo\u2018mitasi Xalqaro hamkorlik, grantlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>va reytinglar boshqarmasi bosh mutaxassisi<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6543,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6542","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6542","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6542"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6542\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6544,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6542\/revisions\/6544"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6543"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6542"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6542"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6542"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}