{"id":6516,"date":"2026-08-15T15:18:57","date_gmt":"2026-08-15T13:18:57","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6516"},"modified":"2026-08-15T15:18:57","modified_gmt":"2026-08-15T13:18:57","slug":"ozbekcha-dunyo-raqobati-va-yangi-tinchlik-diplomatiyasi-yangi-o%ca%bbzbekistonning-global-maydondagi-ma%ca%bcrifat-sadosi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2026\/08\/15\/ozbekcha-dunyo-raqobati-va-yangi-tinchlik-diplomatiyasi-yangi-o%ca%bbzbekistonning-global-maydondagi-ma%ca%bcrifat-sadosi\/","title":{"rendered":"DUNYO RAQOBATI VA YANGI TINCHLIK DIPLOMATIYASI:  YANGI O\u02bbZBEKISTONNING GLOBAL MAYDONDAGI MA\u02bcRIFAT SADOSI"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Yaqinda O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qo\u02bbshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampdan alohida maktub keldi. Siyosiy va diplomatik olamda katta ahamiyatga ega bo\u02bblgan ushbu nomada AQSH rahbari Davlatimiz rahbarining Vashingtondagi Tinchlik kengashi ta\u02bcsis yig\u02bbilishidagi faol va konstruktiv ishtirokini yuksak baholaydi. Maktubda muhtaram Prezidentimizning Yangi O\u02bbzbekistonda amalga oshirayotgan yangicha islohotlari va erishilayotgan natijalari alohida e\u02bctirof etilib, Tinchlik kengashining navbatdagi yig\u02bbilishiga hamda Mayamida o\u02bbtadigan dunyoning eng nufuzli G20 sammitiga taklif etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u02bbngida esa \u201cYaratgan Sizni va O\u02bbzbekistonning buyuk xalqini yorlaqasin\u201d, degan yuksak ehtirom bilan yakunlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Bilasizmi, bu voqelikning geosiyosiy mohiyati nimada?<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u200bBu \u2013 dunyoning eng qudratli davlati rahbari Yangi O\u02bbzbekistonni Markaziy Osiyodagi kichik davlat emas, global tinchlik, xavfsizlik va yangi dunyo tartibotini belgilab beruvchi strategik hamkor sifatida tan olayotganining ochiq e\u02bctirofidir. Oq uy rahbarining e\u02bctibori va taklifi Prezidentimiz olib borayotgan muvozanatli, ma\u02bcrifiy va pragmatik tashqi siyosatning xalqaro maydondagi asl bahosi bo\u02bbldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Ushbu diplomatik muvafaqqiyat zamirida qanday kuch bor? Nega aynan bugun \u2013 kuchlar raqobati avj olgan bir davrda \u2014 Vashington Toshkentning munosabatiga va pozitsiyasiga e\u02bctibor bilan quloq tutmoqda?<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u200b\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Javob esa aniq va haqli &#8211; insoniyat jiddiy paradigmatik burilish bo\u02bbsag\u02bbasida turibdi. Darhaqiqat, bugun dunyo geosiyosiy arxitekturasi va transformatsiyasining tubdan yangilanish va qayta shakllanish bosqichini boshdan kechirmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqaro munosabatlarda odatdagi kuch ishlatish, moliyaviy bosim yoki sun\u02bciy siyosiy ittifoqdoshlik harakatlari o\u02bbz qimmatini yo\u02bbqotmoqda. Insoniyat kutilmagan global inqirozlar va ziddiyatlar girdobida turgan bir paytda, geosiyosat sahnasiga aynan aql-idrok, ilm, ratsional tahlil, ma\u02bcrifat,\u00a0 mantiqqa asoslangan yangi tinchlik diplomatiyasi chiqmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Shu bois, AQSH Prezidenti Donald Trampning mazkur maktubi ham tom ma\u02bcnoda oddiy diplomatik odob yoki ramziy protokoldan farqli ravishda Yangi O\u02bbzbekistonning global siyosiy me\u02bcmorchilikda mustahkam ustunga aylanayotganidan dalolat beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Ayniqsa, biz ilm-fan ahli ushbu jarayonga chuqur fundamental nazar tashlashimiz zarur: Nega dunyoning eng qudratli davlati rahbari aynan O\u02bbzbekiston ovoziga, uning muvozanatli va ma\u02bcrifatparvar pozitsiyasiga yuqori e\u02bctibor qaratmoqda?<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Qayd etish joizki, yaqin davr ichida xalqaro hamjamiyat Toshkentning tashqi siyosatini \u201cinsonparvarlik va ma\u02bcrifatga asoslangan pragmatizm fenomeni\u201d sifatida e\u02bctirof etmoqda. Demak, endi O\u02bbzbekiston global ziddiyatli nuqtalarda oddiy kuzatuvchi emas. Toshkent muammolarni aniq, tizimli, aql va ilmga asoslangan yechim orqali hal etishni taklif qiladi. Aynan shu bois Donald Tramp Davosda ta\u02bcsis etilgan Tinchlik kengashida va Vashingtondagi sammitda Toshkentning roliga fundamental ahamiyat qaratmoqda. Uning qarashlaridan anglash mumkinki, O\u02bbzbekiston allaqachon \u201cko\u02bblankadagi geosiyosiy ishtirokchi\u201d yoki \u201cmitti davlat\u201d maqomidan chiqib bo\u02bblgan. Mamlakatimiz Markaziy Osiyoda barqarorlik va global diplomatiyada mustahkam tinchlik ko\u02bbprigi sifatida gavdalanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Davlatimiz rahbari joriy yil fevral oyida Tinchlik kengashining birinchi sammitidagi tarixiy nutqida:<strong><em> \u201cBiz Yangi G\u02bbazoni \u2013 iqtisodiyoti farovon, aholi uchun munosib turmush sharoitlariga ega bo\u02bblgan mintaqani barpo etish uchun ushbu tarixiy imkoniyatdan foydalanishimiz zarur\u201d <\/em><\/strong>\u2013 deya aniq va keskin munosabat bildirdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Inqirozli hududlarda aynan uy-joylar, bolalar bog\u02bbchalari, maktab va shifoxonalar qurish haqidagi O\u02bbzbekiston yetakchisining bu tashabbusi \u2013 urush, vayronkorlikni faqat va faqat ma\u02bcrifat, ta\u02bclim va ijtimoiy-iqtisodiy tiklanish, ilm-fan diplomatiyasi orqali yengish mumkinligini dunyoga anglatuvchi fundamental konsepsiyadir!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Buning yaqqol dalili sifatida 2022\u20132026-yillarni qamrab olgan davr ta\u02bclim va ilm-fan sohasida mutlaqo yangi tashabbuslar, yirik investitsiyalar hamda akademik almashinuvlarning jadallashuvi bilan yodda qolmoqda. O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy ta\u02bclim, fan va innovatsiyalar vazirligi va AQSHning Toshkentdagi elchixonasi, shuningdek, American Councils kabi xalqaro tashkilotlar ma\u02bclumotlari bu boradagi o\u02bbsish ko\u02bblamini aniq ko\u02bbrsatib bermoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yaqin yillarda AQSH Davlat departamenti ko\u02bbmagida amalga oshirilgan \u201cEnglish Speaking Nation\u201d (ESN) dasturi doirasida minglab mahalliy ingliz tili o\u02bbqituvchilari xalqaro standartlar asosida qayta tayyorlandi. Amerikalik mutaxassislar (ETA \u2013 English Teaching Assistants) O\u02bbzbekistonning turli hududlaridagi maktab va universitetlarda bevosita dars berishga jalb etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Shuningdek, AQSH ko\u02bbmagida umumta\u02bclim maktablarining<br \/>\n1\u201311-sinflari uchun ingliz tili va informatika (IT) fanlari bo\u02bbyicha zamonaviy, xalqaro talablarga javob beradigan o\u02bbquv-metodik majmualar yaratildi va amaliyotga joriy etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oliy ta\u02bclim sohasidagi hamkorlik nafaqat talabalar almashinuvi, balki institutsional rivojlanish darajasiga chiqdi:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; \u201cFulbright\u201d va \u201cFlex\u201d dasturlari kengayishi natijasida tadqiqotchilar, magistrlar va maktab o\u02bbquvchilari uchun mo\u02bbljallangan akademik almashinuv dasturlari kvotalari sezilarli darajada oshirildi. O\u02bbzbekistonlik yosh olimlar va o\u02bbqituvchilar AQSHning Berkleydagi Kaliforniya universiteti, Texas universiteti kabi yetakchi universitetlarida tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega bo\u02bblishdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Amerika universitetlari bilan franshiza va hamkorlik rivojlanib, AQSH oliygohlari bilan qo\u02bbshma ta\u02bclim dasturlari (double degree) va akademik hamkorlik tarmog\u02bbi kengaydi. Vebster Universitetining (Webster University) Toshkentdagi filiali o\u02bbz faoliyatini yanada kengaytirib, magistratura va bakalavriat yo\u02bbnalishlari bo\u02bbyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashni davom ettirmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Vazirlik va AQSH oliy ta\u02bclim tashkilotlari o\u02bbrtasida IT, muqobil energetika, agrotexnologiyalar va sotsiolingvistika sohalarida qo\u02bbshma ilmiy loyihalar hajmi ortdi. Ta\u02bclim muassasalaridan tashqari, aholining keng qatlami uchun ochiq bo\u02bblgan ta\u02bclim resurslari ham rivojlantirildi: Toshkent, Qarshi, Namangan, Termiz va boshqa shaharlarda zamonaviy kutubxonalar, STEM laboratoriyalari va bepul til o\u02bbrganish markazlaridan iborat tarmoq faoliyati yo\u02bblga qo\u02bbyildi. Bu markazlar yoshlar uchun bepul bilim va axborot almashinuvi maydoniga aylandi. STEM (fan, texnologiya, injiniring va matematika) sohasida xotin-qizlar ishtirokini oshirishga qaratilgan maxsus grantlar va treninglar yo\u02bblga qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, 13\u201318-iyul kunlari \u201cFuture 100\u201d xalqaro stajirovka doirasida Oliy ta\u02bclim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi xizmat safariga yuborildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dastur doirasida dunyoda yetakchi universitetlar, texnologik kompaniyalar, akseleratorlar hamda boshqa tashkilotlarda stajirovkasi tashkil qilindi. Jumladan:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Massachusets texnologiya instituti (TOP-1), Stenford universiteti (TOP-3), Garvard universiteti (TOP-5), Berkleydagi Kaliforniya universiteti (TOP-17) hamda San-Fransisko davlat universitetlariga tashriflari tashkil qilindi;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Coursera, Google, OpenAI, StartX Accelerator, San-Fransisko meri idorasi hamda BMT faoliyati bilan tanishib, seminarlarda ishtirok etildi;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 So\u02bbnggi yillarda o\u02bbzbek-amerika ta\u02bclim munosabatlarida miqdor va sifat jihatidan tub burilish davri bo\u02bbldi. Bu hamkorlik O\u02bbzbekistonda inson kapitalini rivojlantirish, global mehnat bozoriga raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va ta\u02bclim tizimini modernizatsiya qilishda muhim drayver vazifasini o\u02bbtamoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Bugun ishonch bilan aytish mumkinki, kuchli tashqi siyosat faqat kuchli ma\u02bcrifat va qudratli iqtisodiy fundamentga tayanadi. Bu borada kecha va bugun Vashington va Toshkent o\u02bbrtasida kechayotgan iqtisodiy, ijtimoiy hamkorlik ko\u02bblamini alohida e\u02bctirof etish lozim. Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Vashingtondagi biznes-muloqotlar doirasida AQSH Eksimbanki hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) rahbariyati, shuningdek, <em>\u201cBlackRock\u201d, \u201cJohn Deere\u201d, \u201cTraxys\u201d, \u201cValmont Industries\u201d<\/em> kabi dunyoning eng yirik gigant kompaniyalari bilan erishilgan kelishuvlar ham tasodif emas.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Sog\u02bbliqni saqlash, muhim minerallarni qayta ishlash, \u201cyashil\u201d energetika, sun\u02bciy intellekt, raqamlashtirish, data-markazlar hamda Toshkentda yangi xab-aeroport qurish kabi yirik loyihalar \u2013 ilm va texnologiyaga tayangan intellektual qudratning amaliy mevasidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Bu jarayonda AQSH tomonining O\u02bbzbekistonga strategik hamkor sifatida qarayotgani manbasi \u2013 yurtimizda kechayotgan Oliy ta\u02bclim va ilm-fan islohotlari bilan ham chambarchas bog\u02bbliq. Chunki zamonaviy raqobat doirasida xomashyo emas, intellektual kapital va yuqori texnologiyalar hal qiluvchi o\u02bbringa chiqmoqda. Ilm-fan \u2013 chegara bilmas va har qanday vaziyatda mantiqiy murosa yo\u02bblini ko\u02bbrsata oladigan yagona umuminsoniy fenomendir. O\u02bbzbekiston tomonidan ilgari surilayotgan global tinchlik tashabbuslari negizida quyidagi 3 asosiy ma\u02bcrifiy yechim mujassam:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Nizolarni siyosiy va harbiy bosim bilan emas, jamiyatni ijtimoiy-madaniy qayta tiklash va ta\u02bclim infrastrukturasini yo\u02bblga qo\u02bbyish orqali hal etish;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Har qanday tinchlik mexanizmi, jumladan G\u02bbazoni qayta tiklash kabi mahalliy aholining ichki qo\u02bbllab-quvvatloviga va barqaror iqtisodiy modellarga tayanishi shartligi;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Yangi O\u02bbzbekistonning dunyoning eng og\u02bbriqli nuqtalarida geosiyosiy mas\u02bculiyatni o\u02bbz zimmasiga olishga va yechim berishga tayyorligi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Aynan shuning uchun ham Amerika, dunyo hamjamiyati Shavkat Mirziyoyev siymosida global barqarorlikning yangi, ishonchli va muvozanatli kafilini ko\u02bbrmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ko\u02bbrish mumkinki, dunyo raqobati shafqatsiz tus olayotgan XXI asrda mamlakatimizning o\u02bbz ovozi, o\u02bbz konseptual modeli va global maydonda o\u02bbz mustahkam o\u02bbrni bor. O\u02bbylaymizki, Mayamidagi G20 sammiti va Tinchlik kengashining kelgusi yig\u02bbilishlari O\u02bbzbekistonning global siyosiy kun tartibini shakllantirishdagi faol ishtirokini yanada yuqori bosqichga olib chiqadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Biz esa muhtaram Prezidentimiz yetaklayotgan bu sharafli va oqilona diplomatik yo\u02bblni ilm-fan, innovatsiya va yuqori kadrlar salohiyati bilan qo\u02bbllab-quvvatlashimiz, dunyoga o\u02bbzbek ma\u02bcrifat maktabining qudratini namoyon etishimiz zarur.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Demak, Yangi O\u02bbzbekiston \u2013 bu tinchlik, ma\u02bcrifat, akademik aql-idrok va global hamkorlikning yangi dunyoviy markazidir! Bu sado xalqaro minbarlarda baralla yangrashda va butun dunyoni ezgulik atrofida birlashtirishda davom etaveradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Oliy ta\u02bclim, fan va innovatsiyalar vazirligi <\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>boshqarma boshlig\u02bbi,<\/strong> <strong>Fazliddin MO\u02bbMINOV<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"","protected":false},"author":2,"featured_media":5833,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6516","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6516","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6516"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6516\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6517,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6516\/revisions\/6517"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5833"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6516"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6516"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6516"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}